27.02.2023 yildagi 84-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni sog‘lomlashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 1-bandiga muvofiq bolalarni sog‘lomlashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Oromgoh o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Dam olish maskani o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
11. Dam olish maskanida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi Dam olish maskanlarida dam oluvchilarni ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi.
2. Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

1.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy komissiyalar raislari

2.

Lavozimga ko‘ra

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, hududiy komissiyalar raislari o‘rinbosarlari

3.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari

4.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari

5.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari

9.

Lavozimga ko‘ra

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari

10.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va turizm boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

12.

Lavozimga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

13.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari

14.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar raqamli texnologiyalar boshqarmalari boshliqlari

15.

Lavozimga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari

16.

Lavozimga ko‘ra

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha hududiy bo‘linmalari rahbarlari (kelishuv asosida)

17.

Lavozimga ko‘ra

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha hududiy bo‘linmalari rahbarlari (kelishuv asosida)

18.

Lavozimga ko‘ra

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha hududiy bo‘linmalari rahbarlari (kelishuv asosida)

19.

Lavozimga ko‘ra

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha hududiy bo‘linmalari rahbarlari (kelishuv asosida)

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirishning samarali tizimini yaratish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari tarmog‘ini takomillashtirish

Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga malakali pedagog kadrlarni jalb etish.

1. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarning pedagog kadrlarga bo‘lgan eh�iyojini aniqlash, faoliyat olib boradigan tarbiyachi, yetakchi va to‘garak rahbarlarining eng munosiblarini tanlash.

2023-yil may

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oromgohlarda to‘garaklarni tashkil etish, ularga malakali o‘qituvchi-mutaxassislarni jalb etish.

2023-yil iyun

3. Oromgohlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish yuzasidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda seminarlar tashkil etgan holda ishtirokchilarga yetkazilishini ta’minlash.

2023-yil iyun

Mavsum davomida oromgohlarda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish.

1. Oromgohlarning hududlar va smenalar kesimida tibbiy xodimlarga bo‘lgan talabini aniqlash, biriktiriladigan malakali shifokor va hamshiralar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni mavsum davomida biriktirilgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil may

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalarida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga biriktirilgan malakali shifokor va hamshiralar uchun o‘quv dasturlari hamda o‘quv-seminarlarni tashkil etish.

2023-yil may

3. Tibbiyot xodimlariga metodik yordam tariqasida tibbiy qo‘llanmalarni tayyorlash va oromgohlarga yetkazish.

2023-yil may

4. Ilon va qoraqurt zardoblarini ehtiyojga qarab har bir oromgohga yetarli miqdorda ajratish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish va tibbiy xonalar tashkil qilib, ularga malakali mutaxassislar ajratish.

2023-yil iyun — avgust

Oromgohlarga boruvchi bolalarning xavfsizligini ta’minlash.

1. Oromgohlarga olib boruvchi yo‘llar holatini o‘rganish, tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish va aniqlangan muammolarning mutasaddilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash.

2023-yil mart-may

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oromgohlar joylashgan hududda huquqbuzarlik va jamoat tartibi buzilishining oldini olish bo‘yicha alohida profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2023-yil may

3. Hududlar va smenalar kesimida ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va oromgohlarga biriktirish.

2023-yil iyun — avgust

Oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti uzluksizligini ta’minlash.

1. Oromgohlarda ichimlik suvi, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirish.

2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda mavsumda oromgohlarda elektr energiyasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.

3. Zaruratga qarab, oromgohlarni qo‘shimcha ravishda dizel yoqilg‘isida ishlaydigan generatorlar bilan ta’minlash.

Mavsum davomida

Energetika vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

II. Bolalarning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorini namoyon qilish

Oromgohlarda bolalar o‘rtasida intellektual o‘yinini tashkil etish.

1. Ishchi guruhini tuzish va oromgohlarda intellektual o‘yinlar o‘tkazish tartibini belgilash.

2. Mavsum davomida intellektual o‘yinlarni o‘tkazib borish.

3. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yil may-avgust

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

“Zakovat” intellektual klubi

(kelishuv asosida)

Oromgohlarda bolalar o‘rtasida milliy va zamonaviy raqs turlarini ommalashtirishga qaratilgan “Raqs jilosi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish.

2. Mavsum davomida bolalar o‘rtasida tanlovni tashkil etish.

3. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yil may-avgust

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bolalarni oromgohlarda mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi jamoalari konsertlarini tashkil etish.

1. Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi konsertlarini tashkil etishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

2023-yil may

Madaniyat va turizm vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.Oromgohlarga tashrif buyuradigan jamoalar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil iyun

3. Jamoalarni konsert tashkil etish bo‘yicha reja-jadvalini ishlab chiqish.

4. Reja-jadval asosida har mavsumda konsert dasturlarini tashkil etish va OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023-yil iyun — avgust

Bolalarni yozgi dam olish mavsumini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlari bo‘yicha turli to‘garaklarga jalb qilish.

1. To‘garak reja-jadvalini ishlab chiqish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

2. Reja-jadvalga asosan to‘garaklarni tashkil etish.

3. Yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib to‘garaklarga jalb etish.

2023-yil may-avgust

Oromgohlarda bolalar uchun “Yoshlar teatr studiyalari”ning ijodiy tomoshalarini tashkil etish.

1. “Yoshlar teatr studiyalari”ning teatr tomoshalari reja jadvalini ishlab chiqish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(kelishuv asosida)

2. Jadval asosida tasdiqlangan ssenariylar bo‘yicha teatr namoyishlarini tashkil etish.

3. Tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda yoritish.

2023-yil may-avgust

III. Bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

“Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” ustuvor g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbarining yoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibori, mamlakat kelajagida yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan suhbatlar tashkil etish.

1. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’rifiy suhbatlar mavzularini tanlash.

2023-yil may

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(kelishuv asosida)

2. Har bir mavzu bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash.

2023-yil iyun

3. Mavzulardan kelib chiqib ma’ruza matnlarini tayyorlash va oromgohlardagi bolalarga yetkazish choralarini ko‘rish.

2023-yil iyun — avgust

Taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida davra suhbati va uchrashuvlar o‘tkazish.

1. Tadbir o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2023-yil 25-may

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(kelishuv asosida)

2. Reja-jadval bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish.

2023-yil iyun — avgust

Bolalarni yozgi dam olish mavsumini mazmunli o‘tkazish maqsadida spektakllar namoyishini tashkil etish.

1. Tadbir o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2023-yil 25-may

Madaniyat va turizm vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Reja-jadval bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish.

2023-yil iyun — avgust

Bolalar oromgohlarida kitob savdo-yarmarkalarini tashkil etish.

1. Nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Joylarda o‘tkaziladigan kitob savdo-yarmarkalarini tashkil etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan reja-jadval asosida nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning f�ol ishtirokini ta’minlash.

Reja-jadval asosida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yozgi dam olish mavsumida bolalar dam olish maskanlari va oromgohlarda bolalarning mazmunli madaniy dam olishlarini tashkil etish maqsadida yoshlar uchun mo‘ljallangan badiiy, hujjatli va animatsion filmlar namoyishini tashkil etish.

1. Kinematogarfiya agentligi qoshidagi qo‘shma komissiya tomonidan tegishli kontentni tanlab olish.

2. Agentlik tomonidan badiy, hujjatli va animatsion filmlarni elektron tashuvchi moslamalarda Kasaba uyushmasi federatsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etish.

3. Kasaba uyushmasi federatsiyasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozgi bolalar dam olish maskanlari va oromgohlarda tanlab olingan badiiy, hujjatli va animatsion filmlar namoyishini tashkil etish.

2023-yil iyun — avgust

Madaniyat va turizm vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida)

IV. Bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport turlarini ommalashtirish

O‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi va Qiz bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish.

1. Musobaqalarni o‘tkazishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

2. Tartibni bolalar oromgohlariga yetkazish.

2023-yil may

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Sport musobaqasini oromgohlarda mavsum davomida o‘tkazish choralarini ko‘rish.

4. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Reja-jadval asosida

Sportning basketbol, shashka, yengil atletika va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish.

1. Musobaqalarni o‘tkazishning namunaviy tartiblarini ishlab chiqish.

2. Tartiblarni bolalar oromgohlariga yetkazish.

2023-yil may

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Sport musobaqalarini oromgohlarda mavsum davomida o‘tkazish choralarini ko‘rish.

4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Reja-jadval asosida

3 ta sog‘lomlashtirish oromgohida 954 nafar Mehribonlik (6 ta) va Oilaviy bolalar uylari (121 ta) tarbiyalanuvchilarini hamda 48 ta oromgohda 18 967 nafar bolalar dam olishini ta’minlash.

1. Oromgohlarga jalb etiladigan pedagog xodimlar uchun o‘quvlar o‘tkazish.

2. To‘garak va tarbiyachilarning ish reja namunalarini ishlab chiqish va yetkazish.

3. Oromgohning har navbatida o‘quvchilarning dam olishini monitoring qilish.

2023-yil iyun — avgust

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Yoshlar” teleradiokanalida “Oromgohlarda bir kun” yangi teleloyihasini tashkil etish.

Yozgi ta’tilda sog‘lomlashtirish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi oromgohlarda bolalarning kun tartibi, qatnashadigan to‘garaklari, shug‘ullanadigan mashg‘ulotlari, tashkil etiladigan ma’naviy, intellektual va sport tadbirlaridagi ishtirokini keng yoritib borish.

1. Ko‘rsatuv ssenariysini ishlab chiqish.

2023-yil may

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

(kelishuv asosida),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda oromgohlarda tasvirga olish va efir setkasiga kiritish.

3. Ko‘rsatuvni belgilangan muddatlarda efirga uzatish.

2023-yil iyun — avgust