Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025 05.05.2014 yildagi 115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Respublika oʻquvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ–2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturining 83-bandini bajarish yuzasidan hamda oʻquvchi-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, ularga vatanparvarlik tuygʻularini va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Xortum qishloq fuqarolar yigʻini, Kamolot koʻchasida barpo etilayotgan oʻquv, madaniyat, sport va turar joy maskanlari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquvchi-yoshlar markazi (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼtillar davrida oʻz bilimlarini yanada oshirishga koʻmaklashish, ularning mazmunli dam olishi va sogʻligʻini mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sogʻlom immunitetni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va mahorat darslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yili davomida Markazga yaqin atrofda joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun qiziqishlariga koʻra toʻgaraklar tashkil etish va boshlangʻich kasb-hunar sirlarini oʻrgatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Markaz toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin hamda Markazning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Markazga taʼtillar davrida oʻquvchilarni qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markazning shtatlar jadvalini tasdiqlasin. Bunda shtatlarni saqlash xarajatlarining tegishli binolar hajmiga va foydalanishga topshirish muddatlariga mutanosib ravishda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida Markazni malakali mutaxassislar va zarur oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Andijon viloyati hokimligi yuqorida koʻrsatilgan oʻquv, madaniyat, sport va turar joy binolari qurilishini qisqa muddatlarda tugatish hamda ularni tezkor boshqarish huquqi bilan Markazga berish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilda Markazni saqlash va unga respublikaning boshqa hududlaridan keladigan oʻquvchilarning yoʻl xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni ajratsin, 2015-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligining Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan, asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Markazni tegishli asbob-uskuna va jihozlar, shuningdek bitta “Isuzu” rusumli avtobus hamda bitta “Damas” rusumli yengil avtomobil bilan bosqichma-bosqich taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni moliyalashtirishni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 214-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda)