08.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2549
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari lavlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 08.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2549
Kuchga kirish sanasi
13.01.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2549]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 508-modda) 7-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/21-30-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
330 V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 25-noyabrdagi 61-mh, 17, 01-02/21-30, 330 V-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 10-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y, 39-son, 508-modda) muvofiq, dasturiy taʼminot vositalari eksporti va importi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot vositalari — algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va maʼlumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yigʻindisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun moʻljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy taʼminot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi — oʻz dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat koʻrsatish), joriy qilish va sotish bilan bogʻliq faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri (bundan buyon matnda Milliy reyestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari toʻgʻrisidagi axborotning yagona elektron banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot vositalari eksporti — dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan dasturiy taʼminot vositalarini norezidentga elektron shaklda, shu jumladan olib yuriladigan tashuvchilarda va Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlar orqali sotish, shu jumladan dasturiy taʼminot vositalarini kuzatish (xizmat koʻrsatish) boʻyicha tashqi savdo faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot vositalari importi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti norezidentdan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olishi, shu jumladan dasturiy taʼminot vositalarini kuzatish (xizmat koʻrsatish) boʻyicha tashqi savdo faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkon — Internet tarmogʻi orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan savdo qiluvchi, foydalanuvchilarga real vaqt rejimida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun buyurtmalarni shakllantirish, ular uchun haq toʻlash va yetkazib berish usullarini belgilash imkonini beruvchi sayt.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining eksport operatsiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan shartnomalar tuzish orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrga kiritilgan boʻlsa, eksport shartnomasisiz dasturiy taʼminot vositalarini chet el valyutasida Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlari orqali sotish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy reyestrni shakllantirish va yuritish Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining eksport shartnomalarini tuzish va ijro etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan Internet tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali 5 ming AQSH dollarigacha boʻlgan dasturiy taʼminot vositalarini eksport shartnomasisiz xorijiy valyutaga sotish, Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga maʼlumot kiritmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy taʼminot vositalarining eksporti 5 ming AQSH dollaridan oshgan taqdirda, dasturiy taʼminot vositalarining eksport shartnomasi boʻyicha maʼlumotlar elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi mh-186, 1-p, 01-02/15-79, 330-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2549-2, 04,02,2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/2549-2/2570-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlari orqali dasturiy taʼminot vositalari eksportining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dasturiy taʼminot vositalari uchun chet el valyutasidagi tushum dasturiy mahsulotni sotish fakti boʻyicha dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisining hisob raqamiga chet el valyutasida kelib tushishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushumlarning tushish muddatlari xorijiy onlayn-savdo maydonchasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi mh-186, 1-p, 01-02/15-79, 330-V-2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-2, 04,02,2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/2549-2/2570-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrdan chiqarilsa, u 3 ish kuni davomida bu haqda Internet tarmogʻidagi on-layn doʻkonlari orqali dasturiy taʼminot vositalari eksportidan olinadigan chet el valyutasidagi tushum kelib tushadigan xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankka xabar berishi kerak.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi mh-186, 1-p, 01-02/15-79, 330-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2549-2, 04,02,2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/2549-2/2570-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining import shartnomalarini tuzish va ijro etish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Internet tarmogʻida chet el on-layn doʻkonlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan import shartnomasi mavjud boʻlmaganda ham amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan eksport-import operatsiyalarining toʻgʻri oʻtkazilganligini nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 26-yanvardagi 97-mh, 2015/10-2, 01-02/21-05 va 330-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2549-1, 28.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 47-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 25-modda; 2015-y., 4-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 10/19/2549-2/2570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)