Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 26.12.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2541
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXONOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2541]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 508-modda) 8-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi”gi qaroriga muvofiq Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 203-mx, 16 va 96-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-3, 24.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/2541-3/3801-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini yuritishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini yaratish va istiqbolli loyihalarni hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy dasturiy mahsulotlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan, sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash, ularga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishda ko‘mak berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri (bundan buyon matnda Milliy reyestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi — o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat ko‘rsatish), joriy qilish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy ta’minot vositalari — algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy ta’minot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom maqsadlarida o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotish deganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kompyuterda dasturlash va dasturiy ta’minot vositalarini yozish, modifikatsiya qilish, testlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlash, hujjatlashtirishga doir (shu jumladan tijorat yoki erkin tarqalgan modullardan foydalangan holda) faoliyatning barcha turlari, shu jumladan tizim va mazmunni ishlab chiqish va/yoki tizimli dasturiy ta’minot vositalari (shu jumladan tiklash), amaliy dasturlar (shu jumladan tiklash), ma’lumotlar bazalari, veb-saytlarni (shu jumladan ularning audiovizual elementlarini) yaratish va bajarish uchun zarur bo‘lgan komandalar tizimini yozish, dasturiy ta’minot vositalarini sozlash, ya’ni mavjud ilova mijozning axborot tizimi doirasida ishlashi uchun kerakli bo‘lgan tarzda uni modifikatsiya qilish va konfiguratsiyalash, yakka tartibdagi dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish (buyurtma asosida) va dasturlar paketini foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish, foydalanuvchilar uchun dasturiy ilova qilingan yo‘riqnomalarni yozish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarining ma’lumotlarni qayta ishlash va ma’lumotlar bazalariga ma’lumotlarni kiritish, sotilgan yoki foydalanish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va kiritish vositalarining uzoq muddatli (doimiy) asosda ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini ko‘paytirish, joriy qilish, shuningdek kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha faoliyat, shu jumladan o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotish, foydalanishga berish, ularni joriy qilish, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va texnik kuzatish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiquvchining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalari xaridorlari va foydalanuvchilarini o‘qitish hamda ularga maslahatlar berish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Milliy reyestrga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, uch oydan kam bo‘lmagan muddatda, yuridik shaxs sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan va so‘nggi uch oyda o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olgan daromadlari sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etuvchi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini Milliy reyestrga kiritish yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)ga tegishli arizalari asosida amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik Milliy reyestrni shakllantirish, yuritish va yanada rivojlantirish bo‘yicha funksiyalarni amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik shaxslar Milliy reyestrga kirish uchun Vazirlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza taqdim etadilar (shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali).
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik arizani olgan kundan boshlab uni uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi. Har bir arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Vazirlik dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi asoslangan qarorni qabul qiladi, bu haqda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisiga xabarnoma yuboriladi (pochta, shu jumladan elektron pochta orqali).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Nizomning 3-bandidagi talablarga javob bermaydigan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini Milliy reyestrga kiritishda rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritishda asossiz rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan ariza ilgari ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf qilingan holda takroran taqdim etilganda, yangi asoslarga ko‘ra Milliy reyestrga kiritilishda rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Milliy reyestrga kiritilishi rad etilgan holda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi faqat Milliy reyestrga kiritilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etgan holdagina Vazirlikka ariza bilan takroran murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik Milliy reyestrga kiritish to‘g‘risida ariza bilan takroran qilingan murojaatni mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holda, Vazirlik:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilingan kundan keyin bir kun muddat ichida mazkur Nizomning 16-bandida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni Milliy reyestrga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritgan kunda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini uning Milliy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrga kiritilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga yuridik shaxsning to‘liq nomlanishi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami va Milliy reyestrga kiritilgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi quyidagi asoslarda Milliy reyestrdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqish to‘g‘risidagi o‘z arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vakolatli organlarning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi mazkur Nizomda belgilangan yuridik shaxslarni Milliy reyestrga kiritish mezonlarga nomuvofiq ekanligi to‘g‘risidagi asoslangan ma’lumoti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Milliy reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi masala Milliy reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli materiallar olingan kundan boshlab uch kun muddat ichida Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Vazirlik dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrdan chiqarish to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrdan chiqarish bu haqda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Milliy reyestrdan chiqarilgan yuridik shaxslar, Milliy reyestrga agarda o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olgan daromadlari o‘tgan yilga nisbatan sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etsa, Milliy reyestrdan chiqarilgan yildan keyingi kalendar yilida qayta kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Milliy reyestrni shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Milliy reyestr on-layn rejimida software.uz Internet-portalida elektron shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy reyestr dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili) telefoni va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan, joriy qilingan va sotilgan dasturiy ta’minot vositalari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (loyihalar va dasturiy ta’minot vositalari nomi, vazifasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa));
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy reyestrga kiritilgan sana va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy reyestrga kiritish va/yoki chiqarish uchun asoslar va sanalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balans hisoboti va xo‘jalik faoliyatining asosiy parametrlari, shu jumladan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olinadigan daromadlar miqdori va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Milliy reyestrdagi ma’lumotlar umumfoydalanadigan ma’lumotlar hisoblanadi, dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining moliyaviy ko‘rsatkichlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Milliy reyestr Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, bu do‘konlar vositasida Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning xorijiy valyutada eksport qilinishini amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarining qo‘llanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi soliqlar;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 203-mx, 16 va 96-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-3, 24.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/2541-3/3801-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar mazkur band bilan nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga (2022-yilning 1-yanvarigacha) uzaytiriladi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lardan maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, ushbu mablag‘lar to‘liq hajmda, belgilangan tartibda penya hisoblangan holda Davlat budjetiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Imtiyozdan foydalanib olib kelingan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalari erkin muomalaga chiqarish sanasidan 5 yil mobaynida o‘z ehtiyojlari uchun bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish faktlari aniqlangan holda soliq to‘lovchini moliyaviy-xo‘jalik tekshiruvlarini o‘tkazish davomida (reviziya) davlat soliq xizmati organlari aniqlangan faktlar to‘g‘risidagi hujjatlarni tuzadi va uch ish kuni ichida hududiy davlat bojxona xizmati organlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z ehtiyojlari uchun bo‘lmagan maqsadlarda foydalanilgan, olib kelingan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi penya hisoblangan holda, o‘rnatilgan tartibda Davlat budjetiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq va majburiy ajratmalar bo‘yicha − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar Milliy reyestrga kiritilgan oyning keyingi oyi 1-sanasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona to‘lovlari bo‘yicha − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar Milliy reyestrga kiritilgan sanadan boshlab qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha hududiy davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ariza asosida beriladi. Ariza davlat bojxona xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, bir nusxasi vakolatli organ belgisi bilan arizachiga qaytariladi. Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari bo‘lib hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalar bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash maqsadida ariza taqdim etmaydilar.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalarini erkin muomalaga chiqarish bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 750-sonli “O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘rnatilgan mezonlarga mosligini tasdiqlash uchun (o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish, joriy qilish va amalga oshirish daromadlari mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi yoki 2020-yildan boshlab xususiy dasturiy ta’minot vositalari hajmi umumiy mahsulotlarning (ishlar, xizmatlar) hajmining 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etadi), imtiyozlardan foydalangan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar yil yakuni bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-hisobotni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisobotga ko‘ra hisobot yili yakuni bo‘yicha tashkilot imtiyoz berish bo‘yicha mazkur Nizom bilan o‘rnatilgan mezonga mos kelmasa, mazkur Nizomning 19-bandida keltirilgan imtiyozlar, o‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan xolda Davlat budjetiga to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar imtiyoz berish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga mos emasligi aniqlangan hollarda, davlat soliq xizmati organlari 10 kun muddatda aniqlangan faktlar haqida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojxona xizmati organlarini bojxona to‘lovlarini o‘rnatilgan tartibda undirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikni mazkur yuridik shaxsni Milliy reyestrdan chiqarish uchun xabardor qiladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi kalendar yili davomida Milliy reyestrdan o‘z xohishiga ko‘ra chiqsa, mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar, ular o‘rnatilgan mezonlarga mos kelgan avvalgi hisobot davri (chorak, yarim yil, 9 oy) uchun saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Milliy reyestr ishlashiga doir tashkiliy-texnik masalalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Milliy reyestrning ishlashiga, uni on-layn rejimida yuritishga doir tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshirish uchun Vazirlik Milliy reyestrning vakolatli operatorini tayinlaydi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli operator vazifasini ijro etish doirasida qabul qilib oladigan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli operatorning faoliyati notijorat asosda amalga oshiriladi va quyidagilarga qaratilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifat menejmenti davlat va xalqaro standartlari (ISO-9000)ni ishlab chiqish, qabul qilish va joriy qilish, kompaniyaning dasturiy ta’minot vositalarini (CMMI) ishlab chiqishga qobiliyatini baholash va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini xalqaro va milliy ko‘rgazmalarda ishtirok etishlarini tashkil qilish yo‘li bilan mamlakatimizda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini ichki va xalqaro bozorlarda ilgari surish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati salohiyati, axborot texnologiyalari sohasidagi ekspert hamjamiyatini sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mamlakatimiz dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish jarayonlarini rag‘batlantirishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish sohasining o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmlarini faollashtirish, mahalliy dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifoda etish, ularga ichki va tashqi bozorlarda o‘z mahsulotini ilgari surishga yordam berish va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining haqiqiy ehtiyojini hisobga olgan holda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida vakolatli operator Milliy reyestr ma’lumotlarining tahlilini amalga oshiradi, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazadi va ular asosida dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilishini ta’minlash uchun Vazirlik uchun tahliliy hisobotlar, takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ariza berishdan oldin keladigan hisob-kitob soliq davrida sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning umumiy hajmidagi o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan quyidagi tushum olinganligini xabar qilamiz:
ming so‘m
Hisob-kitob davri (avvalgi 3 oy)
Sof tushumning umumiy summasi
O‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olinadigan sof tushum summasi
% nisbatida (2-ustunga nisbatan 3-ustun)
1
2
3
4
3. Ishlab chiqilgan, joriy qilingan va sotilgan dasturiy ta’minot vositalari ro‘yxati:
№
Dasturiy ta’minot vositalarining nomi
Dasturiy ta’minot vositalari vazifasining qisqa tavsifi
Dasturiy ta’minot vositalarining intellektual mulk sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan raqami va sanasi — mavjud bo‘lganda
1.
2.
4. Quyida imzo qo‘yuvchilar yuqorida keltirilgan axborot ishonchli va to‘liq ekanligini tasdiqlaydilar.
Rahbar
____________
_______________________________
(imzo)
(familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari)
Bosh buxgalter
____________
_______________________________
(imzo)
(familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari)
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)yo
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risida nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan ___________________________________________
1. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
2. Tashkil etilgan sanasi (kun/oy/yil)
3. STIR
4. IFUT
5. Telefon:
kod
raqam
____________ yil uchun Shaxsiy dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirishdan olingan foydaning hisob ma’lumotnomasi
Imtiyozni qo‘llash uchun asos
_________________________________________
(normativ-huquqiy hujjat nomi)
(ming so‘m)
Ko‘rsatkichlar nomi
Satr kodi
Summa
Tovar (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan sof foyda − jami
010
Shaxsiy dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirishdan tushgan sof foyda
020
shu jumladan:
shaxsiy dasturiy ta’minot vositasini eksport qilishdan tushgan sof foyda
030
Tovar (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan sof foydadagi shaxsiy dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirishdan olingan sof foydaning solishtirma qiymati, foizda (020 satr / 010 satr)
040
shu jumladan:
shaxsiy dasturiy ta’minot vositasini eksport qilishdan olingan sof foydaning solishtirma qiymati , foizda (030 satr / 010 satr)
050
Ma’lumotlar ishonchliligi va to‘liqligini tasdiqlayman:
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 701-modda; 2016-y., 18-son, 206-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)