Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining buyrugʻi, 31.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2520
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2520]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarining qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlarining 3-bandiga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor B. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-339-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 10-oktabrdagi 01-339-sonli buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-sonli “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarining qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlariga muvofiq, taʼlim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-oʻqituvchilari va oʻqituvchilarining (bundan buyon matnda oʻqituvchilar deb yuritiladi) bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini (bundan buyon matnda test sinovlari deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Test sinovlari oʻqituvchilarning chet tilidan malaka va uni bilish darajasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlarida ishtirok etish ixtiyoriy boʻlib, oʻqituvchining istagiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati boʻyicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati boʻyicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati boʻyicha 95 ball va undan yuqori ballga, Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan oʻtkaziladigan “APTIS for teachers” testlaridan S darajasiga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari boʻyicha S1 darajasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida test sinovidan oʻtishlari talab etilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha xarajatlar Davlat test markazining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Test sinovlari topshiriqlarining tuzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Test sinovlari topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan davlat taʼlim standartlari asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Test sinovlari topshiriqlari quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglab tushunish boʻlimi — oʻqituvchining ogʻzaki nutqni tushunish, eshittirilgan matnning asosiy mazmuni va soʻralgan maxsus maʼlumotlarni anglab olish darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi, 30 ta savoldan iborat boʻladi, bajarish va belgilash uchun 35 daqiqa vaqt beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish boʻlimi — oʻqituvchining yarim-autentik va autentik matnlarning asosiy mazmunini hamda soʻralgan maxsus maʼlumotlarni anglab olish darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi, 30 ta savoldan iborat boʻladi, bajarish va belgilash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimi — oʻqituvchining tegishli grammatik tuzilmalar va soʻzlarni farqlash hamda ularni toʻgʻri qoʻllay olish darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi, 30 ta savoldan iborat boʻladi, bajarish va belgilash uchun 40 daqiqa vaqt beriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozish boʻlimi — oʻqituvchining grammatik tuzilmalar va soʻzlarni toʻgʻri ishlatgan holda berilgan mavzular boʻyicha yaxlit matnlar yoza olish darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi, kamida 150 ta va 250 ta soʻzdan iborat javoblar talab qilinadigan 2 ta mavzudan iborat boʻladi, bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gapirish boʻlimi — oʻqituvchining grammatik tuzilmalar va soʻzlarni toʻgʻri ishlatgan holda savollarga javob berish, berilgan mavzu boʻyicha oʻz fikrini bildirish va asoslay olish darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi hamda oʻzi haqidagi savollarga javob berishi, berilgan muammoli vaziyatlarni izohlashi va ularga nisbatan oʻz munosabatini bildirishini nazarda tutuvchi 3 ta savoldan iborat boʻladi, bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Test sinovlarini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻqituvchilar test sinovlarida ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan Davlat test markaziga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Arizalar bevosita, pochta aloqasi yoki Davlat test markazining internetdagi rasmiy sayti orqali har yili aprel va noyabr oylarida qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻqituvchi uning arizasi Davlat test markazi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab ikki oy ichida test sinovidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Test sinovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ariza bilan murojaat qilgan oʻqituvchilarning sonini hisobga olgan holda Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Test sinovlari oʻtkaziladigan sana, vaqt, joy va unda ishtirok etadigan oʻqituvchilar roʻyxati test sinovlari oʻtkazilishidan kamida bir hafta oldin Davlat test markazining internetdagi rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ajratilgan, test sinovlari oʻtkazish uchun tayyorlangan va zarur texnik vositalar bilan taʼminlangan binolarda oʻtkaziladi. Test sinovlari unda ishtirok etadigan oʻqituvchilar sonini hisobga olgan holda Davlat test markazida ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan shaxslarning test sinovlari oʻtkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Test sinovlarini oʻtkazishda taʼlim tizimidan mutaxassislar Davlat test markazi vakili, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi sifatida jalb etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Test sinovlari oʻtkaziladigan guruhlar Davlat test markazi tomonidan 30 kishidan koʻp boʻlmagan tarkibda qurʼa tashlash yoʻli bilan shakllantiriladi. Oʻqituvchilar test sinovlari oʻtkaziladigan bino va xonalarga pasport asosida kiritiladi. Oʻqituvchilar test sinovi vaqtida bir kishidan oʻtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Test sinovlariga kechikib kelgan oʻqituvchilar test sinovlariga kiritilmaydi va qaydnomada “kelmadi” deb qayd etiladi. Test sinovlariga uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, xizmat safarida boʻlganligi va h.k.) kelmagan oʻqituvchilar uzrli sabab yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatni uzrli sabab bartaraf etilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida taqdim etgan taqdirda, test sinovlarini topshirish uchun toʻlov undirilmagan holda test sinovlari bosqichlarida qatnashish uchun qayta murojaat qilishlari mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-2, 15.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 28-son, 379-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Test sinovlari qogʻozda yoki maxsus dasturiy taʼminot yordamida kompyuterda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Test sinovlari ikki bosqichda tashkil etiladi. 1-bosqichda oʻqituvchining tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish boʻyicha bilim va koʻnikmalari, 2-bosqichda gapirish koʻnikmasi baholanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻqituvchi test sinovi oʻtkaziladigan binoga qoʻllanmalar, lugʻat, jadval, shpargalka, kompyuter, uyali telefon va boshqa telekommunikatsiya vositalarini olib kirgan boʻlsa, test sinovi vaqtida test materiallarini boshqalarga uzatsa, ularga yordam bersa, oʻzaro gaplashsa yoki savollar kitobi varaqalarini yirtsa, test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda test sinovidan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test sinovlari jarayoni videotasvirga olinadi. Videotasvir test sinovlari jarayoni boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda foydalanish uchun Davlat test markazida bir yil davomida saqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻqituvchilarning yozish boʻlimidagi topshiriqlar boʻyicha javoblarini tekshirish va gapirish boʻlimi boʻyicha sinov oʻtkazish uchun Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan taʼlim tizimidagi malakali mutaxassislardan iborat tarkibda imtihon komissiyasi tuziladi. Imtihon komissiyasi aʼzolari komissiya ishiga shartnoma asosida jalb etiladi. Imtihon komissiyasi yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimlaridan ixtiyoriy biri boʻyicha belgilangan maksimal ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan oʻqituvchining yozma ishi tekshirilmaydi, yozma ishi tekshirilmagan yoki yozish boʻlimi boʻyicha belgilangan maksimal ballning 60 foizidan kam ball toʻplagan oʻqituvchi test sinovining 2-bosqichiga qoʻyilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Test sinovining 1-bosqichi natijalari test sinovi oʻtkazilgan kundan soʻng ikki hafta ichida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Test sinovining 2-bosqichi uning 1-bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir haftadan keyin, biroq ikki haftadan kechiktirmasdan oʻtkaziladi. Gapirish boʻlimi boʻyicha belgilangan maksimal balning kamida 50 foizini toʻplagan oʻqituvchi mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Test sinovlari natijalari har bir boʻlim boʻyicha alohida va umumiy ball koʻrinishida qaydnomada aks ettiriladi. Har bir boʻlim uchun maksimal ball 30 balni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gapirish boʻlimi boʻyicha test sinovlari oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida barcha boʻlimlar boʻyicha test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchilarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda maxsus raqamlangan blankada rasmiylashtiriladigan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnomalar test sinovi natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Davlat test markazi tomonidan taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlariga yoki oʻqituvchining oʻziga beriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnomaning haqiqiyligi unda koʻrsatilgan oʻqituvchining maxsus kodi yordamida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotnoma barcha turdagi taʼlim muassasalari uchun bir xil kuchga ega.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Test sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻqituvchilar tegishli bosqichlar boʻyicha natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini yozish uchun oʻqituvchiga test materiallari (savollar kitobining asli, javoblar varaqasining nusxasi, oʻqituvchi tomonidan belgilangan notoʻgʻri javoblar roʻyxati, yozma ishning nusxasi, gapirish boʻlimi boʻyicha berilgan savollar) beriladi. Apellatsiya shikoyatida oʻqituvchi aniq asoslangan eʼtirozlarini koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlarini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibni buzish holatlari yuzasidan apellatsiya shikoyati test sinovining tegishli bosqichi oʻtkazilgan kuni berilishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan 5 — 7 kishidan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasiga Davlat test markazi, tegishliligiga koʻra taʼlimni boshqarish organlari va muassasalari hamda boshqa tashkilotlardan mutaxassislar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi va quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlari natijalarini notoʻgʻri deb topish va ularni qayta hisoblash toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlarini oʻtkazish tartibi buzilgan deb topish, test sinovlari natijalarini bekor qilish va oʻqituvchiga test sinovining tegishli boʻlimini qayta topshirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlarini oʻtkazish tartibi buzilmagan deb topish va test sinovlari natijalarini oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellatsiya shikoyatiga Apellatsiya komissiyasining qarori asosida yozma ravishda javob beriladi. Bunda Apellatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimlari boʻyicha belgilangan maksimal balning 40 foizi va undan ortiq ball toʻplagan deb topilgan oʻqituvchining yozma ishini tekshirish va gapirish boʻlimi boʻyicha test sinovlari oʻtkazish yoki tegishli boʻlimlar boʻyicha test sinovlarini qayta oʻtkazish uch kun ichida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Oʻqituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Test sinovlarining tinglab tushunish, oʻqish, leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 50 foizini, gapirish va yozish boʻlimlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 60 foizini toʻplagan oʻqituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqituvchining Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi malaka sertifikati boʻyicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati boʻyicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati boʻyicha 95 ball va undan yuqori ballga, Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan oʻtkaziladigan “APTIS for teachers” testlaridan S darajasiga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari boʻyicha S1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjati Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma oʻrnida qabul qilinadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarining qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Test sinovlarining ijobiy natijasi 3 yil muddatga amal qiladi. 3 yildan soʻng oʻqituvchi ustama olish huquqini beruvchi test sinovlaridan qaytadan muvaffaqiyatli oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtmagan yoki testda ishtirok etish uchun ariza berib, test sinovida uzrsiz sabablarga koʻra qatnashmagan yoxud test sinoviga kechikib kelgan yoki test sinovidan chetlashtirilgan oʻqituvchi test sinovlarini navbatdan tashqari qayta topshirishi mumkin. Bunda test sinovlarini qayta topshirish uchun oʻqituvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida toʻlov toʻlanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har uch yilda topshiriladigan navbatdagi test sinovlari uchun oʻqituvchilardan toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Test sinovlarini qayta topshirish uchun toʻlangan mablagʻlar Davlat test markazining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushiriladi va birinchi navbatda test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-2, 15.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 28-son, 379-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oʻqituvchining test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻta olmasligi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish yoki boshqa intizomiy jazo chorasi qoʻllash uchun asos boʻlmaydi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son “Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, lavozim maoshiga oylik ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan kalendar yil mobaynida qatorasiga ikki marta oʻtmagan umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kelgusi oʻquv yilidan boshlab oʻz mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslaridan oʻtmagunlariga qadar chet tili boʻyicha oʻqituvchilik faoliyatiga qoʻyilmaydilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2520-2, 15.07.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 28-son, 379-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi direktori U. SALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV

Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovidan chetlashtirish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
__________________________
20__ yil “____” ____________
(test oʻtkaziladigan joy)
(kun)
(oy)
Bino: ___________
Qavat: ________
Xona: _________
Guruh: _________
Biz quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, ______________________________ _______________________________________________________________________
(oʻqituvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
maxsus kodi _______________ javoblar varaqasi raqami ________________________
________________________________________________________________ sababli,
_______________ da test sinovidan chetlashtirildi.
(soat, daqiqa)
1. Auditoriya rahbari: _____________________________________
_________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(imzo)
2. Auditoriya kuzatuvchisi: _________________________________
_________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(imzo)
3. Davlat test markazi vakili: ______________________________
_________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida MAʼLUMOTNOMA
Maʼlumotnoma raqami
Chet tili
Oʻqituvchining maxsus kodi
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Ish joyi
Test sinovi natijalari
Tinglab tushunish
Oʻqish
Leksik va gramm�tik kompetensiyalar
Yozish
Gapirish
ball
%
Berilgan sana
Amal qilish muddati
Direktor
______________
____________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʻ.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 28.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 48-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Apellatsiya komissiyasi raisiga ________________________________dan
(oʻqituvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
APELLATSIYA ShIKOYATI
Oʻqituvchining maxsus kodi: ____________ Javoblar varaqasi raqami: _____________
Test topshirilgan chet tili: ______________________________
Mening quyidagi eʼtirozlarimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 44-son, 582-modda; 2015-y., 4-son, 48-modda, 28-son, 379-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)