10.12.2012 yildagi PQ-1875-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5 — 9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlash, ularni qayta nashr etish bo‘yicha belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz xodimlarining soni 12 kishiga ko‘paytirilsin va uning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro e’tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni to‘lov asosida test o‘tkazish (jumladan, Internet orqali masofaviy) va davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganuvchilarning mustaqil ravishda, chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun, testga tayyorlanishlariga zarur ma’lumotlarni tayyorlash va Internet tarmog‘iga joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga to‘lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, ikki oy muddatda, 2015/2016 o‘quv yillaridan boshlab, barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish testlari blokiga xorijiy tilni kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar o‘qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan rag‘batlantiriluvchi to‘lovlar va qo‘shimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritgan holda qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qo‘shimchalar qo‘shib berishni belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar va xayriyachilar mablag‘lari ko‘zda tutilgan holda, 2013 — 2016-yillarda ta’lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan (qo‘shimcha jihozlash) jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda, quyidagilarni ta’minlasin:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
televideniye, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va o‘smirlarni xorijiy tillarga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilmi va texnikasiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o‘zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko‘rsatib borishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNet” tarmog‘i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimediya resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek, ingliz tilida o‘quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va jurnallarni chop etish, ularga maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2013-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha har yili budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1875-son
(“Xalq so‘zi” gazetasi, 11.12.2012-y., 240 (5660)-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)