29.09.1994 yildagi 490-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ TA’LIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASH SHARTLARINI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi Farmonini bajarish va xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1994-yilning 1-oktabridan boshlab umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va rahbarlari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha hozir amalda bo‘lganga nisbatan bir razryadga oshirilgan lavozim maoshlarining yangi miqdorlari joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab xalq ta’limi xodimlari uchun hozir amalda bo‘lgan ustamalar va qo‘shimcha haqlarning ish haqiga nisbatan foiz ifodasida tabaqalashtirilgan yangi miqdorlari belgilansin. Shu maqsadda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim sohalari xodimlari lavozimlari, qo‘shimcha haqlar turlari va miqdorlarining ro‘yxati 1—3-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tasarrufida o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar ish haqining oshirilgan miqdorlarining shu jumladan ustamalar va qo‘shimcha haqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatilgan maqsadlar uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari S. S. Saidqosimov va B. S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
490-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turlari va miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha haq quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga (hunar-texnika o‘quv yurtlarining umumta’lim predmetlari o‘qituvchilaridan tashqari) o‘quv kabinetlari va laboratoriyalariga mudirligi, sikl, predmet va uslubiy komissiyalarga rahbarligi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-kurs kabinetlari (o‘quv punktlari), kurslar o‘qituvchilariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga kechki, sirtqi bo‘limlarga, mutaxassislik (bitta yoki bir necha turdosh) bo‘yicha bo‘limga mudirligi uchun bo‘limda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 dan 125 nafargacha o‘quvchi bo‘lganda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126 dan 150 nafargacha o‘quvchi bo‘lganda — 8,8 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151 dan 200 gacha o‘quvchi bo‘lganda — 10,6 foizi miqdorida.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. San’at xodimlari tayyorlash bo‘yicha o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining hamda pedagogika bilim yurtlarining musiqa bo‘limlari o‘qituvchilariga — bo‘limga mudirligi uchun — bo‘limda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 dan 100 nafargacha o‘quvchi bo‘lganda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lganda — 10,6 foizi miqdorida.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9—11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yotoqxonalari bo‘lgan o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining direktorlariga hamda tarbiya (o‘quv-tarbiya) ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga qo‘shimcha haq ularda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200 gacha o‘quvchi yashaganda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200 dan — 400 gacha o‘quvchi yashaganda — 7,1 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400 dan ko‘p o‘quvchi yashaganda — 28,1 foizi miqdorida to‘lanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13—14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Direktor lavozimi nazarda tutilmaydigan, 80 nafargacha shaharlarda va ishchi shaharchalarida 100 nafargacha) o‘quvchi bo‘lgan kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida, yetti yillik musiqa maktablarida hamda badiiy maktablarda, boshlang‘ich maktablarda maktabga (sinflarga) rahbarlik uchun, kunduzgi umumta’lim maktablari huzuridagi o‘qitishning kunduzgi-sirtqi shakllaridagi sinflarga rahbarlik uchun o‘qituvchilardan bittasiga qo‘shimcha haq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich maktablarda o‘quvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160 nafargacha bo‘lganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161 dan 240 nafargacha bo‘lganda — 7,1 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida va kunduzgi umumiy ta’lim maktablari huzuridagi o‘qish kunduzgi-sirtqi shaklda bo‘lgan sinflarda o‘quvchilar soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61 dan 80 nafargacha (shaharlarda va ishchilar shaharchalarida 100 gacha) bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar soni 50 nafargacha bo‘lgan yetti yillik musiqa maktablarida va badiiy maktablarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida to‘lanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘quvchilar soni 150 dan 200 nafargacha bo‘lgan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi belgilanmaydigan yetti yillik musiqa maktablari va badiiy maktablarda o‘quv ishlariga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdoricha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Umumta’lim maktabi direktorining (direktor lavozimi nazarda tutilmagan boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining) lavozim maoshiga maktab huzuridagi internatga mudirlik qilganligi uchun tarbiyalanuvchilar soniga qarab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar 20 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining — 3,6 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21 dan 40 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41 dan 75 nafargacha bo‘lsa — 7,1 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76 dan 120 nafargacha bo‘lsa — 8,8 foizi miqdorida qo‘shimcha haq belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maktablarning sirtqi bo‘limlarining, sirtqi maktablarning, o‘qitish kunduzgi-sirtqi shaklda olib boriladigan kechki (navbatli) o‘rta umumiy ta’lim maktablarining o‘quv-maslahat punktlariga mudirlik qilganlik uchun o‘quv-maslahat punktlarida sirtdan o‘quvchilar soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 dan 60 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorda (qo‘shimcha haq faqat qishloq joylardagi punktlarda beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61 dan 100 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101 dan 200 nafargacha bo‘lsa (faqat sirtqi bo‘limlar va sirtqi maktablar punktlarida) — 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha haq beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘r va yaxshi ko‘rmaydigan, kar va yaxshi eshitmaydigan o‘quvchilar uchun — o‘quv — maslahat punktlarida sirtdan o‘quvchilar 15 dan 60 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtdan o‘quvchilar 61 dan 100 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bo‘limga rahbarlik qiluvchi (bo‘limning ixtiyorida bir ixtisoslikdagi kamida 10 ta to‘garak mavjud bo‘lsa) maktabdan tashqari muassasaning to‘garak rahbariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida haq to‘lanadi. Bo‘limda mudir lavozimi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida va maktablar huzuridagi internatlarda (ularda xo‘jalik mudiri lavozimi nazarda tutilmagan hollarda) xo‘jalik ishlari bo‘limi bo‘yicha direktorlarning yordamchilariga yoki xo‘jalik mudirlariga va (shtatda bu lavozimlar mavjud bo‘lmaganda) umumta’lim maktablarining boshqa xodimlariga xo‘jalikni yuritganliklari uchun kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida sinflar soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 dan 20 tagacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 dan ko‘p bo‘lsa — 10,6 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablari huzuridagi maktablarda, o‘rta musiqa va badiiy maktablarda tarbiyalanuvchilar soni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 dan 120 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120 nafardan ko‘p bo‘lganda — 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 8 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yordamchi xo‘jalikka ega bo‘lgan barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylari direktorlariga hamda direktorlarning yordamchilariga, (o‘rinbosarlariga) (xo‘jalik mudirlariga) shuningdek, o‘quv xo‘jaligiga ega bo‘lgan hunar-texnika o‘quv yurtlarining direktorlariga, o‘quv-ishlab chiqarish ishi bo‘yicha direktorlarning o‘rinbosarlariga, katta masterlarga yordamchi (o‘quv) xo‘jaligiga rahbarlik qilganliklari uchun yuqori tashkilotlarining qarori bilan yordamchi (o‘quv) xo‘jaliklari o‘z faoliyatlaridan oladigan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kunduzgi o‘rta maktablarning ayni bir vaqtda kechki (navbatli) umumta’lim maktablarining fizika va kimyo kabinetlari laboranti vazifasini bajaruvchi laborantlariga, agar kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida 10 va undan ortiq sinf mavjud bo‘lishi hamda shtatda laborant lavozimi nazarda tutilgan bo‘lishi sharti bilan har bir kabinet uchun har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur ilova bilan o‘rta umumiy ta’lim maktablarining o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan qo‘shimcha haq gimnaziyalar va litseylarning o‘qituvchilariga joriy etiladi, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan qo‘shimcha haq esa kollejlar, hunar litseylari, oliy hunar va texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turlari va miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shug‘ullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tarbiyachilari bundan mustasno), ruhshunoslar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, mehnat ta’limi instruktorlari va tarbiyachilarning yordamchilari stavkalari hamda lavozim maoshlariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi:
(I-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy turdagi maktab-internatlarda — oyiga 15 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iqtidorli bolalar gimnaziyalari, kollejlari, maktab-internatlari (sinflari, guruhlari)da (bunday sinflar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — oyiga 20 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litseylar (sinflar, guruhlar)da — umumta’lim maktablari va hunar-texnika o‘quv yurtlaridagi xuddi shunday xodimlarga nisbatan 20 foiz, litsey-internatlar va yotoqxonasi bo‘lgan litseylarda shu toifadagi maktab-internatlar va hunar o‘rgatuvchi litseylar xodimlariga nisbatan (bunday sinflar, guruhlar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — 50 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, alohida tarbiya sharoitlariga yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (shu jumladan, bunday bolalarni yakka tartibda o‘qitganda) maktablari, maktab-internatlari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida; balog‘atga yetmaganlarni qabul qilish-taqsimlash joylari va mehnat-tarbiya koloniyalarida; axloq tuzatish-mehnat muassasalari huzuridagi maktablarda; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, bolalar uylari, uy-internatlar, musiqa ta’limi beruvchi maktablar (maktab-internatlar), yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida; ichki ishlar organlari bolalar xonalari tomonidan yuboriladigan tarbiyasi qiyin bolalar uchun tashkil etiladigan maktabdan tashqari muassasalarda; bolalar uylarida; maxsus sog‘liqni saqlash muassasalaridagi pedagog xodimlarga; bolalar kasalxonalari (bo‘linmalari) sanatoriylari va shu kabilarda — oyiga 50 foiz.
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus maqsadli (alohida rejimli) sinflari va guruhlari bo‘lgan Umumiy maqsaddagi muassasalarda ish haqi stavkasi (lavozim maoshi)ga qo‘shimcha to‘lov faqat ana shunday sinflar (guruhlar)da ishlangan vaqt uchungina, rahbar xodimlarga esa — ko‘rsatilgan sinflar yoki guruhlar muassasada kamida 50 — foizni tashkil qilgandagina to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun alohida guruhlar (sinflar) tashkil etilgan umumiy turdagi yoki maxsus maqsadli maktablar va maktab-internatlar xodimlariga ko‘rsatilgan to‘lovlar to‘lanmaydi.
(1-band izohlarining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan; ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar kontingent bo‘lgan bolalar uylarida, bolalar uy-internatlarida, yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida, bolalar uylari (sinflari guruhlari) da — oyiga 60 foiz.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. I-bandning “g” kichik bandida ko‘rsatilgan muassasalar (yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar muassasalari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlardan tashqari) o‘zlarining shu xususiyatlari bo‘yicha ushbu muassasalarning o‘quvchilari yoki tarbiyalanuvchilari bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan boshqa xodimlariga qo‘shimcha haqlar lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida belgilanadi.
(II-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin bo‘lgan xodimlarning aniq ro‘yxati va ushbu qo‘shimcha haqlarining miqdorlari, kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan, uzoq muddat davolanishga yoki alohida sharoitlarda tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan munosabatda bo‘lish darajasi va davom etishiga qarab muassasalarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. I-bandda sanab o‘tilmagan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uylari va maktab-internatlarning xodimlariga qo‘shimcha haq 50 foiz miqdorida belgilanadi, ota-onalar qarovisiz qolgan, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalari bo‘lgan bolalar uylarida, yetim bolalar maktab-internatlarida esa — oyiga 60 foiz miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(IV band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya muassasalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshitish qobiliyati yomonlashgan (kar-soqov), zaif eshituvchi, ko‘r, (ko‘r-kar), zaif ko‘ruvchi, g‘ilay va ambliopiya, nutqi zaif; tayanch-harakat a’zosida nuqsoni bo‘lgan, paralich va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan tarbiyalanuvchi o‘quvchilar uchun maktablar, maktab — internatlar, bolalar uylari, hunar-texnika o‘quv yurtlari (sinflar, guruhlar); Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun logopedik bo‘limlar, muassasalar kiradi.
(1-kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, ko‘r va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi.
(2-kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiya muassasalariga: ruhiy asab kasalliklariga (psixonevrotika), sil kasalligi va uning shakllariga, yurak-tomir tizimi kasalliklari, markaziy asab tizimining buzilishiga, ruhiy nuqsoni bo‘lgan; yuqumli gepatit bilan og‘rigan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) uchun; skolioz kasalligiga chalingan bolalar uchun mo‘ljallangan hunar-texnika o‘quv yurtlari, maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); sog‘liqni saqlash muassasalari; ixtisoslashtirilgan bolalar uylari, bolalar kasalxonalari (bo‘limlari), sanatoriylar va boshqalar kiradi.
(3-kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uyda quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan bolalar yakka tartibda o‘qitiladi: suyak sili, poliomiyelit, serebral spatik paralich, Littil kasalligi, psixopat, tutqanoq va boshqa kasalliklar kasal bo‘lgan bolalar, faqat tegishli tibbiyot xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda; bolalar kasalxonalari (klinikalari) da va kasalxonalarning bolalar bo‘limida uzoq muddat davolanishda bo‘lgan bolalar uchun yakka tartibdagi yoki guruhli o‘qitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TURLARI VA MIQDORLARI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha to‘lovlar quyidagilarga belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-o‘qituvchilariga sog‘liqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza bo‘lgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafedra mudirlari, professorlar va dotsentlarga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
assistentlarga — lavozim maoshining 25 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu toifadagi xodimlarga — bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qo‘llovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qo‘shimcha to‘lovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ta’lim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida — lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan ta’lim muassasalarida — bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha belgilangan tartibda malaka oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish. Test sinovlarini o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillar bo‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan, mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadigan professor-o‘qituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun fanni o‘qitish kursining davomiyligiga va chet tilini o‘qitish kasb mahoratiga qarab, budjet mablag‘lari hisobidan ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorining) 25 foizidan 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun chet tilida o‘quv fanini o‘qitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professor-o‘qituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)