Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 20.05.2013 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” VIII Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini hamda Qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” II Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012—2016-yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni yanada jadal rivojlantirish, eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilgʻor, yuqori samarali mini-texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarori bilan tashkil etilgan 2012—2016-yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish Idoralararo komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) 2013-yil 28—31-mayda Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining koʻrgazma maydonlari negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo—2013” (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” deb ataladi) VIII Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” deb ataladi) II Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini birgalikda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining koʻrgazma maydonlari koʻrgazma ishtirokchilariga bepul beriladi, koʻrgazma stendlarini qurish va qoʻshimcha koʻrgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar koʻrsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazmalarni oʻtkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazmalar doirasida 2013-yil 28—31-may davrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi koʻmagida, fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni oʻtkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining koʻrgazmalarga kelish jadvali, shuningdek mintaqalardan koʻrgazma ishtirokchilarining Toshkent shahrida boʻlishi boʻyicha birkitilgan masʼul shaxslar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini oʻtkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita Idoralararo komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun mini-texnologiyalar hamda ixcham asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalar va asbob-uskunalarning yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini koʻrgazmalarda qatnashishga jalb etish boʻyicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi koʻrgazmalar ishtirokchilari oʻrtasida shartnoma asosida tarqatish maqsadida Oʻzbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning keng koʻlamli katalogini nashr etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻplab talab qilinadigan mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar turlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining qatnashishini taʼminlasinlar va kontraktlarni imzolashida koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini oʻtkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” koʻrgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek koʻrgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan qishloq xoʻjaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” koʻrgazmasi doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalar va asbob-uskunalarni tender savdolari oʻtkazmasdan sotib olishga istisno tartibida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” koʻrgazmasi natijalariga koʻra 2013-yil 30-iyungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan texnikaning zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalariga binoan koʻrgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koʻrgazmalar oʻtkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligining toʻlov undirilmasdan qoʻriqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarni “Toshkent” aeroportida kutib olish va kuzatib qoʻyishlarni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy-texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek “Toshkent” aeroportida koʻrgazmalar ishtirokchilariga transport xizmati koʻrsatilishi nazarda tutilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi buyurtmanomalarga binoan koʻrgazmaga yuborilayotgan koʻrgazma yuklarining imtiyozli yuk tariflari boʻyicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning “Toshkent” aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yigʻimlar toʻlovidan ozod qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” koʻrgazmalari ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazmalar ishtirokchilariga “Toshkent” aeroportining SIP zalida toʻlov undirilmasdan xizmatlar koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroport binosi xonalarining “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” koʻrgazmalari reklama koʻrsatkichlari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrominitech Expo-2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” koʻrgazmalari ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan koʻrgazmaga yuborilayotgan koʻrgazma yuklarining imtiyozli tariflar boʻyicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yoʻlda koʻrgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yigʻimlar undirmasdan oʻz vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazmaga kelayotgan vagonlarning boʻsh turib qolganligi uchun toʻlovlardan ozod qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi koʻrgazmalarga tayyorgarlik va koʻrgazmalar ishlarining matbuot va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet-nashrlarda keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrominitech Expo — 2013” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo-2013” koʻrgazmalariga keluvchilar uchun shartnoma asosida, imtiyozli shartlarda maʼlumotnoma-axborot bukletlari hamda sumkalar tayyorlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 269-modda)