31.01.2013 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, fermer xoʻjaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fermer xoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonini ijara shartnomasi tuzish asosida uzoq muddatli ijaraga berish, fermer tomonidan tegishli majburiyatlar qabul qilish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish — yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xoʻjaligining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida uning yer maydoni hajmini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligini tugatish — fermer xoʻjaligini ixtiyoriylik asosida yoki mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tugatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatuvchi — fermer xoʻjaligi rahbari yoki xoʻjalik sudi tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya – yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar)) komissiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fermer xoʻjaligi yer maydonini kamaytirishni nazarda tutgan holda ixtiyoriylik asosida uni maqbullashtirish fermer xoʻjaligi rahbarining tuman (shahar) hokimiga berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining yer maydonini kengaytirgan holda uni ixtiyoriylik asosida maqbullashtirishni xohlovchi fermer xoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimi ariza tushgandan soʻng uch kun muddatda hujjatlarni tuman fermerlari kengashiga taqdim etadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashi ikki kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashi xulosasi arizalar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini ixtiyoriylik asosida maqbullashtirish masalasini bir hafta muddatda koʻrib chiqadi. Bunda Komissiya fermer xoʻjaligiga birkitilgan yer maydonini yaxlit holda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya qaror qabul qiladi, ushbu qaror protokol bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermerlari kengashining qarori bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Ushbu qaror tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida bir hafta muddatda ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda boʻshab qolgan yer maydoni olib qoʻyiladi va kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talabgorlarga tanlov asosida beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan soʻng fermer xoʻjaligida qolgan yer maydoni “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak, dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun — kamida 30 gektar, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun — kamida 5 gektar boʻladi. Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaxlitligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar) hokimining ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi, Komissiya oʻn kun mobaynida tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlaydi yoki uni rad etish toʻgʻrisida asoslangan qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (shahar) hokimining fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, tuman (shahar) hokimi va fermer xoʻjaligi rahbari oʻrtasida tuzilgan yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirishlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fermer xoʻjaligini ixtiyoriylik asosida tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yer maydonini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish va fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman (shahar) hokimi) tomonidan taqdim etiladigan daʼvolar asosida, xoʻjalik sudi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fermer tomonidan oʻz zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlari bajarilishining chuqur tahlili natijasida quyidagi holatlarning aniqlanishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer maydonini ijaraga olish shartnomasi shartlarining qoʻpol ravishda buzilganligi, eng avvalo, fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi — yer resurslari va davlat kadastri, qishloq va suv xoʻjaligi organlari hamda tuman fermerlari kengashi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fermer xoʻjaligini shakllantirish chogʻida fermer xoʻjaligi ixtisoslashuvining buzilganligi — yer resurslari va davlat kadastri, qishloq va suv xoʻjaligi organlari hamda tuman fermerlari kengashi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan oqilona foydalanmaslik, muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olinganligi — qishloq va suv xoʻjaligi, yer resurslari va davlat kadastri organlari hamda tuman fermerlari kengashi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fermer xoʻjaligi bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlarining muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) bajarilmaganligi (fors-major holatlarining vujudga kelishi holatlari bundan mustasno) — qishloq va suv xoʻjaligi organlari, tuman fermerlari kengashi, shuningdek tayyorlov tashkilotlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xoʻjalik faoliyatining samarasiz va past rentabellik bilan yuritilishi — qishloq va suv xoʻjaligi organlari, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek tuman fermerlari kengashi tomonidan fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha daʼvo arizalarini qoʻzgʻatish va xoʻjalik sudiga berish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi, unga yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari holatini tasdiqlovchi zarur hujjatlar va materiallar ilova qilinadi, dalolatnoma mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) vakillari va fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fermer xoʻjaligi rahbari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomada bu toʻgʻrida yozuv qayd qilinadi, u tuman fermerlari kengashi raisi hamda ikki nafar jismoniy shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri fermer xoʻjaligi rahbariga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) bir kun mobaynida tegishli taqdimnomani dalolatnoma, shuningdek zarur hujjatlar va materiallar bilan birga tuman (shahar) hokimiga yuboradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman (shahar) hokimi uch kun muddatda barcha hujjatlar va materiallarni tuman fermerlari kengashiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashi ikki kun mobaynida hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman fermerlari kengashining xulosasi hujjatlar va materiallar bilan birgalikda tegishli xulosani olish uchun Komissiyaga yuboriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdigʻini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdigʻini topgan taqdirda, Komissiya bir hafta muddatda taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish asosida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida yoxud uning maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi, ushbu xulosa barcha hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermerlari kengashining xulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud uning yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida fermer xoʻjaligi rahbariga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmaganda tuman (shahar) hokimi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermerlari kengashining xulosasini dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasini yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijara shartnomasini bekor qilish yuzasidan daʼvo arizasi qondirilishi xoʻjalik sudi tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga, tuman fermerlari kengashiga, Komissiyaga va tegishli organlarga (tashkilotlarga) bildirishnoma yuboradi va kiritilgan materiallarni qaytaradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Daʼvo arizasi sud tomonidan qoniqtirilgan taqdirda sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab tuman (shahar) hokimi bir hafta muddatda fermer xoʻjaligi yer maydonini zaxiraga olib qoʻyish va fermer xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qarorga muvofiq fermer xoʻjaligi ishlarini boshqarish yuzasidan barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilgan fermer xoʻjaligining yer maydoni olib qoʻyiladi va keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa talabgorlarga tanlov asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Fermer xoʻjaligini tugatishda mulk huquqi bilan unga qarashli boʻlgan imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer maydonini olib qoʻyishga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning koʻrgan zararlarini qoplash yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomining buzilishi va xoʻjalik faoliyatining samarasiz yuritilishi aniqlangan holatlar asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining qarzlarini toʻlash mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining qarzlarini toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Fermer xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida tugatilganda uning qarzlarini toʻlash tugatuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kreditorlarning talablarini toʻliq qondirishning imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda tugatuvchi fermer xoʻjaligini iqtisodiy nochor (bankrot) deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishi shart. Fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, uning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan fermer xoʻjaligining mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar, shuningdek uni qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining, shuningdek xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 56-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2016-y., 6-son, 57-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 21.12.2019-y., 09/19/1024/4183-son; 25.08.2020-y., 09/20/501/1205-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)