01.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2321
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 01.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2321
Kuchga kirish sanasi
11.02.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AYRIM FANLAR CHUQUR OʻRGANILADIGAN DAVLAT UMUMTAʼLIM MUASSASALARINING IXTISOSLASHTIRILGAN SINFLARIGA, DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTAʼLIM MUASSASALARIGA OʻQUVCHILAR QABUL QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 1-fevralda 2321-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 312-modda) hamda 2011-yil 9-sentabrdagi 254-son “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 379-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 27-martdagi 4/4, 01-11 q/q-sonli “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1950, 2009-yil 29-aprel) qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 232-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri T. SHIRINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42 q/q-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38, 42 q/q-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlariga (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) oʻquvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻquvchilar tanlov natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan qoʻshma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hujjatlarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan test sinovlarini oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish Komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, tarkibiga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktab) direktori, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi vakili, umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari hamda ota-onalarning vakillari kiritiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktabi) direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita respublika yoki viloyat maktabgacha va maktab taʼlimini boshqarish hududiy organlari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan Komissiya tarkibiga tegishli boshqarish organi vakili kiritiladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlari ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha sinovda qatnashayotgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfiga oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 4-sinf oʻquvchilari, ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfiga oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 6-sinf oʻquvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktabi)ning rahbariyati tanlovni sifatli va raqobatli oʻtkazish maqsadida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi gazetalarda) eʼlon beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha tanlovga buyurtma har yili Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 5 kun muddat ichida Agentlikka taqdim etiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 5-mh-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 12-avgustdagi 11/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-2, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/2321-2/0827-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi uchun tanlovlar Agentlik tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan muddatda oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tanlov ishlarini oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
(8 — 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Test sinovi materiallari va metodikasi Agentlik tomonidan shakllantiriladi. Test savollarining murakkablik darajasi tegishliligi boʻyicha taʼlim dasturlaridan kelib chiqib belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test sinovlari umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari doirasida muassasada taʼlim olib boriladigan tilda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5 va 7-sinflariga qabul qilish boʻyicha test sinovlari uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari oʻtkaziladi, bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻquvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Agentlik tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi boʻyicha bittasidan test sinovlari oʻtkaziladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filologiya — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy fanlar — muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillar — muassasada taʼlim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada taʼlim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻquvchilar Komissiya tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida test sinovlariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Test sinovlari natijalariga koʻra oʻquvchilar ballar ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻquvchilarga tanlovlar oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan faqat ruchka va toza daftar olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovlarga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha tanlovlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tanlovlarda toʻplagan balining 10 foizi miqdorida imtiyoz sifatida qoʻshib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident maktablariga saralash tanlovlarida qatnashib, ajratilgan qabul kvotasidan keyingi eng yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar orasidan ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining 5-sinfiga va maktab-internatlarining 7-sinfiga qoʻshimcha qabul kvotasi doirasida oʻquvchilar saralash test sinovlari oʻtkazilmasdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarda yashayotgan, shuningdek davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining yoʻllanmasi asosida ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga joylashtiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratadi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻquvchilarning tanlovlardagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlovlarning yakuniy natijalari 5 kun ichida Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasidagi eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlovlarni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar Komissiyaga, maktabgacha va maktab taʼlimini boshqarish hududiy organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, Agentlikka va uning joylardagi doimiy vakillariga murojaat etishlari mumkin. Oʻquvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar berilgan javoblardan norozi boʻlsa, belgilangan tartibda sudga murojaat etishlari mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar tanlov oʻtkazilgan yilning 25-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish va boʻsh oʻrinlarga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan oʻquvchilar Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan sinfi yoki maktabiga qaytarib yuboriladi (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga).
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 5-mh-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 12-avgustdagi 11/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-2, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/2321-2/0827-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, tegishli fanlardan yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar ballar reytingi boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi boʻyicha navbatdagi yuqori ball toʻplagan oʻquvchi chaqirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi oʻquv yilining birinchi yarim yilligi boʻyicha qoʻllaniladi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻquv yili tugaganda boʻsh oʻrinlar uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilinadi va oʻtkaziladi. Bunda tanlov oʻquvchining bitirgan sinf hajmidagi oʻquv fanlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 22-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 55-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 09.09.2022-y., 10/22/2321-2/0827-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)