Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Qarori
AYRIM FANLAR ChUQUR OʻRGANILADIGAN DAVLAT UMUMTAʼLIM MUASSASALARiNING IXTISOSLAShTIRILGAN SINFLARiGA, DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN UMUMTAʼLIM MUASSASALARIGA OʻqUVChiLAR QABUL QILiSh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-aprelda 1950-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38, 42 q/q-sonli “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2321, 01.02.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-son qarorining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-mart,
4/4-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-mart
01-11 Q/Q-son
Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 27-martdagi 4/4, 01-11Q/Q-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlarga (bundan keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) oʻquvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻquvchilar tanlov natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan qoʻshma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
II. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
1. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga hujjatlar 2-sinflar uchun 1-apreldan 20-maygacha, 5-sinflar uchun 25-maydan 20-iyungacha (shu kun ham) qabul qilinadi.
2. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, saqlash va tanlovda ishtirok etuvchi oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish hamda qabulga oid hisobotlarni tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida yoki umumtaʼlim maktablarida kamida 5 kishidan iborat qabul komissiyalari tuziladi. Qabul komissiyasi direktor, direktor oʻrinbosarlari, fan oʻqituvchilari va ota-onalar qoʻmitasi vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabga joriy oʻquv yilida 1-sinfini tugatgan oʻquvchilar 2-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatiga joriy oʻquv yilida 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.
4. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati oʻquvchilar tanlovining sifatli va raqobatli oʻtkazishga erishish maqsadida tanlov boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.
5. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi.
a) ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori nomiga ariza;
b) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
v) №086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
g) 3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
d) psixologik-pedagogik tashxis daftari asosida oʻquvchining qiziqishlari, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma;
e) turar joyidan maʼlumotnoma;
yo) isteʼdod va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan namunalar taʼlim sohasi boʻyicha (nashr etilgan yoki qoʻlyozma sifatida yozilgan sheʼrlar, hikoyalar, rasmlar va shu kabilar).
6. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasida tasdiqlangan reja asosida murojaat qiluvchilar uchun doimiy ravishda maslahat berib boriladi.
III. Tanlov ishlarini oʻtkazish tartibi
7. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test natijalariga hamda psixologik-pedagogik diagnostika xulosalari asosida tanlab olinadi.
8. Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladi.
9. Test sinovlari 2-sinfda 40 minut, 5-sinfda 60 minut davom etadi.
Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari oʻtkaziladi, bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.
10. 2-sinf qabuli uchun taʼlim sohalari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi:
filologiya: ona tili va oʻqishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli;
matematika: matematikadan 15 ta, ona tili va oʻqishdan 5 ta, jami 20 ta test savoli;
inson va jamiyat: ona tili va oʻqishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli.
5-sinf qabuli uchun taʼlim sohalari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi:
filologiya: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
ijtimoiy bilimlar: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
matematika: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
tabiiy bilimlar: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
maʼnaviyat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli ;
sanʼat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
texnologiya: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.
11. Oʻquvchilar qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida test sinovlariga kiritiladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi va tasarrufida ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar hamkorlikda test sinov ishlarini tashkillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
13. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilarni sinov (fanlardan test va psixologik test)dan oʻtkazish va tanlash 2-sinflar uchun 5-iyundan 20-iyungacha, 5-sinflar uchun 5-avgustdan 20-avgustgacha oʻtkaziladi.
Test sinovlari ertalab soat 9.00 da yoki 14.00 dan boshlab oʻtkaziladi.
Test sinovlariga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.
14. Oʻquvchilarga test sinovlari oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan faqat ruchka va oq qogʻoz olib kirishlariga ruxsat etiladi.
15. Test sinovlari umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlari doirasida hamda muassasaning oʻqitish tilida oʻtkaziladi.
16. Test sinovlarining (taʼlim sohalari boʻyicha fanlardan test sinovlari hamda psixologik-pedagogik diagnostikasi) har biridan alohida 70 foizdan kam boʻlmagan natija koʻrsatgan oʻquvchilar belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.
17. Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga test sinovlarida ular toʻplagan ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ball imtiyoz sifatida qoʻshib beriladi.
18. Oʻquvchilarning test sinovlaridagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
koʻp bolali, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.
19. Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida eʼlon qilinadi, qabul komissiyasi tomonidan muassasaning koʻrsatkichlar doskasiga osib qoʻyiladi.
20. Test sinovlaridan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari ota-onalarga qaytarib beriladi.
21. Tanlovni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari Davlat test markaziga, uning joylardagi doimiy vakillariga, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.
22. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2-sinflar uchun 1-iyulga, 5-sinflar uchun 25-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.
IV. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish va boʻsh oʻrinlarga qabul qilish tartibi
23. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan oʻquvchilar tuman va shahar hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan sinfi yoki maktabiga qaytarib yuboriladi (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan sharoitda tegishli hududdagi boshqa maktabga).
24. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, taʼlim sohalari boʻyicha tegishli fanlardan 70 foizdan ortiq natija koʻrsatgan, lekin oʻtish bali yuqori boʻlganligi sababli qabul qilinmay qolgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
Agar oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, unda roʻyxat boʻyicha bu oʻquvchidan keyingi yuqori ball toʻplagan oʻquvchi chaqirilishi mumkin. Mazkur talabga faqatgina oʻquv yilining birinchi yarmi natijalari boʻyicha rioya etiladi. Oʻquv yili tugaganda esa boʻsh oʻrinlarni toʻldirish uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilinadi va oʻtkaziladi.
V. Yakuniy qoida
25. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 232-modda)