Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.08.2002 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002 YIL PAXTA HOSILINI UYuShQOQLIK BILAN YIG‘IShTIRIB OLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni hamda kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat”, “O‘zagromashservis” uyushmalari, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va ularning hududiy bo‘linmalari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining muhim vazifalari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta terish mashinalari, transport traktorlari, tirkamalar, maxsus jihozlangan yuk avtomobillari, paxta tozalash zavodlari, paxta tayyorlash punktlari hamda quritish-tozalash sexlari joriy yilning 1-sentabrigacha hozirlab qo‘yilishini tugallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq paxta terish mashinalari, shu jumladan gorizontal shpindelli “Keys-2022” paxta terish mashinalarining paxta yig‘im-terimida qatnashishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta terish mashinalari va paxtani yig‘ishtirib olish va tayyorlashda band bo‘lgan boshqa texnikalarni ish holatida saqlash uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxirasini yaratish, ularning kerakli joylarga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlash, texnikani tuzatish va ularga servis xizmati ko‘rsatish bo‘linmalarining uzluksiz ishlashini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Keys-2022” gorizontal shpindelli mashinalardan samarali foydalanish uchun har bir mashinaga kontur bo‘yicha kamida 140 gektardan dala ajratish, dalalarning agrotexnika talablariga muvofiq sifatli tayyorlanishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zagromashservis” uyushmasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining 2-ilovaga muvofiq “Keys-2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini Buxoro va Navoiy viloyatlari mashina-traktor parklari balansidan Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari mashina-traktor parklari balansiga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zagromashservis” uyushmasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari 2002-yil 1-sentabrgacha paxta terish mashinalarining belgilangan joylarga temir yo‘l transportida yetkazilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta-bank” ilgari Buxoro va Navoiy viloyatlari mashina-traktor parklariga paxta terish mashinalarini xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun berilgan kreditlarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘o‘za bargini to‘kishni yerda olib borish usuli bilan o‘tkazish uchun texnika vositalari va apparatlarni tayyorlashni joriy yilning 1-sentabrigacha tugallasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklarga zarur miqdorda defoliantlar yetkazib berilishini hamda g‘o‘za bargini to‘kish 3-ilovaga muvofiq qulay muddatlarda sifatli o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za bargini to‘kish uchun yetarli miqdorda samolyotlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni tashkil etish, shuningdek “Keys-2022” paxta terish mashinalaridan samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi hamda uning hududiy mashina-traktor parklari birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoni bilan belgilangan paxtaning xarid narxlarini shakllantirish tartibidan kelib chiqqan holda 2002-yil hosili paxta xomashyosi xarid narxlarini tasdiqlasin hamda bir hafta muddatda o‘ziga qarashli bo‘linmalarga va paxta ekuvchi xo‘jaliklarga xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob qilish tartibini yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2002-yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasini xarid qilish hajmi amalda uni ishlab chiqarish hajmining 50 foizi darajasida belgilansin (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son hamda 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmidan ortiqcha yetishtirilgan paxta tolasi shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta yig‘im-terimi qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida xo‘jaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq to‘lash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘l terimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali nav paxta uchun — kamida 28 so‘m, ingichka tolali paxta uchun — 31 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali urug‘lik paxta uchun — kamida 31 so‘m, ingichka tolali paxta uchun — 34 so‘m haq to‘lansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashina-traktor parklari va xo‘jaliklar ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun mexanik-haydovchilarga — kamida 546 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilgan paxta uchun 364 so‘m, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun — kamida 273 so‘m miqdorida haq to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har 5 kunda hisob-kitob qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta ekuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga mazkur qarorda belgilangan eng kam stavkalardan kelib chiqib hamda mahsulot yetishtirish xarajatlarini va terim shart-sharoitlarini hisobga olgan holda terimchilarga va paxta terish mashinalari mexanik-haydovchilariga tabaqalashtirilgan haq to‘lash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, Markaziy bank, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklar, fermyerlar, tayyorlov punktlari, transport tashkilotlari, paxta tozalash zavodlariga terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda unga ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati ko‘rsatish va tuzatishda band bo‘lgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ichki idoraviy normativlari bo‘yicha, mashina-traktor parklarini esa paxtani mexanizatsiya vositasida yig‘ishtirib olish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan har bir oilaviy pudratchi va xo‘jalik ichki bo‘linmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlanishini alohida nazoratga olsinlar. Bunda oilaviy pudratchilar va boshqa bo‘linmalar bilan tuzilgan xo‘jalik ichki shartnomalariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik ichki pudrati ayrim bo‘linmalarining zararlari boshqa bo‘linmalar hisobiga qoplanishi qat’iy taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan avtotransport korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida paxta xomashyosini tashishda yetarli miqdordagi yuk avtomashinalari (shu jumladan jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari) safarbar etilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zbekneftgaz”, “O‘zneftmahsulot” kompaniyalari yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini barpo etsinlar, ularning qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklariga, paxta tozalash sanoati korxonalariga, boshqa tashkilotlar va korxonalarga yig‘im-terim, tashish va paxtaga ishlov berish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan miqdorda uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Keys-2022” paxta terish mashinalari uchun moy yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2002-yil paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni tashkil etish bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday komissiyalar respublikaning barcha mintaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari rahbarligida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya (I.H. Jo‘rabekov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish ishlarining borishini muntazam ravishda tahlil qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yig‘im-terimni o‘z vaqtida o‘tkazish va paxta xomashyosini tayyorlashni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilishda ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi komissiya majlislarida hududiy komissiyalar, respublika vazirliklari va idoralari rahbarlarining hosilni uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish amalda qo‘llansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zbeksavdo” kompaniyalari, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi qishloq aholisini, ayniqsa paxta yig‘im-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa zarur xalq iste’mol tovarlari bilan ta’minlash masalalarini tezkorlik bilan hal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi hosil yig‘im-terimi davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yig‘im-terimida band bo‘lgan xodimlarga tibbiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terimchilarga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, buning uchun san’at va adabiyot arboblarining xo‘jaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi paxta yig‘im-terimining borishini radio, televideniye va matbuotda muntazam ravishda yoritib borishni tashkil etsinlar, paxta yetishtirish va uni terib olishda yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish ilg‘orlari — terimchilar, mexanik-haydovchilar, fermyerlar, xo‘jaliklar rahbarlariga alohida e’tiborni qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2002-yilda paxta xomashyosi yetishtirish, g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish hamda navlarni yangilashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qarori 1-bandining ikkinchi xat-boshi va ushbu qarorga 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil paxta hosilini yig‘ishtirib olish uchun paxta terish mashinalarini safarbar qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOPShIRIG‘I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ekin maydoni, ming ga

Mashinada teriladigan maydon, ming ga*

Yig‘imda paxta terish mashinalarining qatnashishi, ta

Mashinada terishning hisoblab chiqilgan hajmi, ming tonna

hammasi

shu jumladan:

gorizontal shpindelli‎

vertikal shpindelli‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 74,0‎ 0,4‎ 3‎ 3‎ —‎ 0,9‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 109,6‎ —‎ —‎ —‎ —‎ —‎
Buxoro‎ 128,9‎ 0,6‎ 4‎ 4‎ —‎ 1,6‎
Jizzax‎ 105,5‎ 30,5‎ 218‎ 218‎ —‎ 65,1‎
Qashqadaryo‎ 170,3‎ 16,6‎ 144‎ 104‎ 40‎ 37,6‎
Navoiy‎ 43,0‎ —‎ —‎ —‎ —‎ —‎
Namangan‎ 97,4‎ 1,1‎ 8‎ 8‎ —‎ 2,9‎
Samarqand‎ 108,8‎ 1,7‎ 12‎ 12‎ —‎ 3,5‎
Surxondaryo‎ 122,3‎ 1,5‎ 11‎ 11‎ —‎ 4,4‎
Sirdaryo‎ 123,1‎ 29,1‎ 208‎ 208‎ —‎ 60,0‎
Toshkent‎ 110,3‎ 31,0‎ 234‎ 214‎ 20‎ 70,8‎
Farg‘ona‎ 117,0‎ —‎ —‎ —‎ —‎ —‎
Xorazm‎ 111,2‎ 1,4‎ 10‎ 10‎ —‎ 3,7‎
Jami:‎ 1421,4‎ 113,9‎ 852‎ 792‎ 60‎

250,5‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Paxtani mashinada terish maydoni mavsumda bitta “Keys-2022” paxta terish mashinasi bilan 140 gektar va bitta vertikal shpindelli paxta terish mashinasi bilan 50 gektar maydondagi paxta terib olinishidan kelib chiqib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Keys-2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini mashina-traktor parklari balansidan balansga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Viloyatlar

Balansga berishdan oldin mavjud “Keys-2022” paxta terish mashinalari

Quyidagilardan olib beriladi

Balansga berilgandan keyin mavjud “Keys-2022” paxta terish mashinalari

Buxoro viloyati mashina-traktor parklari balansidan‎

Navoiy viloyati mashina-traktor parklari balansidan‎
Jizzax‎ 207‎ —‎ 11‎ 218‎
Sirdaryo‎ 201‎ 7‎ —‎ 208‎
Toshkent‎ 206‎ 8‎ —‎ 214‎

Jami:‎

614‎ 15‎ 11‎ 640‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil hosili uchun g‘o‘zani defoliatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Defoliatsiya va desikatsiya qilinadigan maydon, hammasi, ming ga

Defoliatsiya muddatlari‎‎

boshlanishi‎

tugallanishi‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 50‎ 15-sentabr‎ 25-sentabr‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 80‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Buxoro‎ 90‎ 15-sentabr‎ 25-sentabr‎
Jizzax‎ 90‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Qashqadaryo‎ 145‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Navoiy‎ 30‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Namangan‎ 75‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Samarqand‎ 90‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Surxondaryo‎ 100‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Sirdaryo‎ 110‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Toshkent‎ 90‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Farg‘ona‎ 80‎ 10-sentabr‎ 20-sentabr‎
Xorazm‎ 60‎ 15-sentabr‎ 25-sentabr‎

Jami:‎

1090‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306 - son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish bo‘yicha ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jo‘rabekov I.H.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya rahbari‎
Yusupov N.S.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya rahbarining o‘rinbosari‎
Qalibekov I.J.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri, komissiya kotibi‎

Komissiya a’zolari:

Alimov T. A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
Nurmurodov M.B.‎ —‎‎ Moliya vaziri‎
Mullajonov F.M.‎ —‎‎ Markaziy bank raisi‎
Polvon-zoda A.A.‎ —‎‎ Adliya vaziri‎
Nazirov F.G‘.‎ —‎‎ Sog‘liqni saqlash vaziri‎
Jo‘rayev X.R.‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
Haydarov R.‎ —‎‎ Davlat bojxona qo‘mitasi raisi‎
Subanov B.J.‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari‎
Bobojonov P.R.‎ —‎‎ Bosh prokuror o‘rinbosari‎
Begaliyev S.B.‎ —‎‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Gadoyev E.F.‎ —‎‎ Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎
Najmiddinov I.X.‎ —‎‎ “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi raisi‎
Zikriyoyev E.Z.‎ —‎‎ “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi raisi‎
Nishonov Sh.N.‎ —‎‎ “O‘zagromashservis” uyushmasi raisi‎
Bobomirzayev A.B.‎ —‎‎ Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi raisi‎
Salimov A.X.‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘rinbosari‎
Chub V.E.‎ —‎‎ “Boshgidromet” boshqarmasi boshlig‘i‎
Xolmuhamedov B.J.‎ —‎‎ “Oziqovqatsanoat” uyushmasi raisi‎
Xudoyorov M.B.‎ —‎‎ “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi raisi‎
Ko‘chimov A. K.‎ —‎‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi‎
Hasanov O‘.H.‎ —‎‎ “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi‎
Saydahmedov I.M.‎ —‎‎ “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi‎
Ahmedov A.A.‎ —‎‎‎ “O‘zneftmahsulot” kompaniyasining bosh direktori‎
Axmedov A.A.‎ —‎‎‎ “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi raisi‎
Axmetov A.A.‎ —‎‎‎ “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi raisi‎
Matchonov R.D.‎ —‎‎‎ “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi raisi‎
Bekchonov M. S.‎ —‎‎‎ “O‘zbekbirlashuv” kompaniyasi raisi‎
Fayziyev Z.O.‎ —‎‎‎ “O‘zbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
Yusupov F.O.‎ —‎‎‎ “O‘zkishlokxo‘jalikkimyo” kompaniyasi raisi‎
Ayupov A.‎ —‎‎‎ “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi raisi‎
Toshmatov Q.F.‎ —‎‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Abdullayev S.S.‎ —‎‎‎ Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi direktori‎