Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.11.2001 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA TAYYORLANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan uning “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga qarz berishga tayyorligi bildirilgan va loyihaning umumiy parametrlari belgilangan, ularga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha respublikaning beshta tumanida — Ellikqalʼa (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), Marhamat (Andijon viloyati), Nishon (Qashqadaryo viloyati), Sherobod (Surxondaryo viloyati), Ohangaron (Toshkent viloyati) tumanlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning 43,46 mln AQSh dollari miqdoridagi umumiy qiymati va tomonlarning uni mablagʻ bilan taʼminlashdagi ishtiroki belgilangan, shu jumladan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 5 yildan iborat imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil muddatga 36,1 mln AQSh dollari miqdorida kredit berilishi koʻrsatilgan (1-ilova*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davri besh yildan iborat qilib belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklararo va xoʻjaliklar ichidagi irrigatsiya shoxobchalarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlari, muqobil mashina-traktor parklarini va agroservis markazlarini jihozlash uchun moʻljallangan revolver kredit liniyalari, shuningdek loyihada qatnashuvchi tumanlar xoʻjaliklari tomonidan aylanma mablagʻlarni toʻldirish hamda texnika va asbob-uskunalar sotib olish hajmlari belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada qatnashuvchi tumanlarda ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi metodlarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari marketingini sinab koʻrish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, loyihada qatnashuvchi tumanlarda tajriba tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don xarid qilish boʻyicha topshiriqlar oʻrniga ularga 2-ilovaga* muvofiq qatʼiy belgilangan xarid kvotalari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi va boshoqli don qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosi boʻyicha xarid kvotalarini bajargan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalarga qayta ishlash xarajatlari qaytarilgandan soʻng, paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan qoʻshimcha mahsulotlarni oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid kvotalari loyihada qatnashuvchi tumanlarning qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida ular tomonidan foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonlari va sifatini hisobga olgan holda taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir alohida xoʻjalik paxta xomashyosi va boshoqli don boʻyicha oʻziga belgilangan xarid kvotalarining bajarilishi uchun mustaqil ravishda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihani amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi tadbirlar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va manfaatdor viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihada qatnashuvchi tumanlarning qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermer xoʻjaliklari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don boʻyicha xarid kvotalarini taqsimlashning ularni bajarish yuzasidan javobgarlikni nazarda tutuvchi mexanizmini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda loyihada qatnashuvchi tumanlarning qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan loyihani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uni amalga oshirish chora-tadbirlari, shu jumladan loyihani tashkiliy boshqarish va kreditni qaytarish masalalari toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilayotgan eksperimentning borishini va natijalarini chuqur tahlil qilsinlar, zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-avgustdagi 356-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 26-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461-son