Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.05.2001 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRIShNI, ShUNINGDEK SIRDARYo VILOYATI OQOLTIN TUMANIDAGI TARKIBI O‘ZGARTIRILGAN XO‘JALIKLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1999-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (keyingi o‘rinlarda “Loyiha” deb yuritiladi) bo‘yicha o‘zaro tushunish to‘g‘risida Memorandum imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaning umumiy qiymati va Osiyo taraqqiyot bankining 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga beriladigan 36 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini hisobga olgan holda uni mablag‘ bilan ta’minlashda tomonlarning ishtiroki belgilangan (1-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlarining aniq hajmlari belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va uning marketingini tashkil etishning yangi usullarini Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sinovdan o‘tkazish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, tajriba tariqasida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Loyihani amalga oshirish davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil hosilidan boshlab paxta va donning davlat xaridlari bo‘yicha topshiriqlar o‘rniga 17 ming tonna paxta va 12,5 ming tonna bug‘doy miqdorida har yilgi belgilab qo‘yilgan xarid kvotalari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘n kun muddatda xarid kvotasidan ortiqcha sotiladigan paxtaning shartnomaviy narxlarini belgilash to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta bo‘yicha xarid kvotalarini bajargan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari paxtani qayta ishlashdan olingan qo‘shimcha mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan sotib olgandan keyin o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan boshoqli don ekinlari qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid kvotalari tumanning qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida ular foydalanayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarining miqdori va sifati hisobga olingan holda taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanning Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi har bir alohida xo‘jaligi paxta va bug‘doy bo‘yicha unga belgilangan xarid kvotalari bajarilishi uchun mustaqil javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oqoltin tumanining qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklari uchun paxta va boshoqli don ekinlari bo‘yicha xarid kvotalarini taqsimlashning, xarid kvotalari bajarilishi bo‘yicha javobgarlikni nazarda tutuvchi, mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi yakunlari bo‘yicha uni amalga oshirish chora-tadbirlari, shu jumladan loyihani tashkiliy boshqarish va kreditni qaytarish masalalari to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo rivojlanish banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 416-son qaroriga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab- quvvatlash” loyihasining asosiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KO‘RSATKIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎‎

Loyiha komponentlari nomi

Loyiha komponent- larining umumiy qiymati

Shu jumladan:‎

OTB

O‘zbekiston Respublikasi

jami

ulardan:‎‎

Hukumat

loyiha qatnashchilari- qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermyerlar

1.‎ Xo‘jalik ichki irrigatsiya va drenaj infratuzilmalarini yaxshilash* 43,371‎

16,042‎

27,329‎ 25,368‎ 1,961‎
2.‎ Xo‘jaliklararo irrigatsiya va drenaj infratuzilmalarini yaxshilash*‎ 12,408‎ 6,427‎ 5,981‎ 5,981‎ —‎
3.‎ Institutsional qo‘llab-quvvatlash, monitoring va baholash‎ 1,473‎ 0,419‎ 1,054‎ 1,054‎ —‎
4.‎ Mashina-traktor xizmatlari ko‘rsatish ‎ 6,089‎ 5,318‎ 0,771‎ 0,771‎ —‎
5.‎ Loyihani boshqarish‎ 2,218‎ 1,305‎ 0,913‎ 0,913‎ —‎
6.‎ Loyihani amalga oshirish davrida foizlar va majburiyatlar bo‘yicha vositachilik haqi to‘lash** 6,489‎ 6,489‎ —‎ —‎ —‎
Loyihaning umumiy qiymati 72,048 36,000 36,000 34,087 1,961

(mln AQSh dollari)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mablag‘lar amalda o‘zlashtirilishiga qarab aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Kredit amalda o‘zlashtirilishiga va har 6 oyda qayta ko‘rib chiqiladigan foiz stavkalarining o‘zgarib turishiga qarab aniqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)