Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 15.06.2007 yildagi 162-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik nizolarini hal etishda sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etgan, taraflarning tengligi, sud ishlarini yuritishning oshkoraligi, tortishuvligi va odil sudlovning boshqa tamoyillarini taʼminlagan holda hal etish zarurligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. XPKning 1-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli. Bunda manfaatdor shaxs deganda, oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisida murojaat qilayotgan shaxs tushunilishi lozim. Xoʻjalik sudiga murojaat qilishdan voz kechish haqiqiy emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudiga murojaat qilish XPKda belgilangan tartib va shaklda amalga oshiriladi. Bunday murojaatlar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar xoʻjalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. XPK 6-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun boʻyicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga koʻra, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan soʻnggina xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻatish mumkin. Bunday tartib, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qoʻyilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi daʼvogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim. Agar u nizomlar, qoidalar va boshqa qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa ham, qonunda ularni qoʻllash haqidagi havola normalari belgilangan hollardan tashqari, unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan boʻlsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan boʻlsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yoʻli bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi. Ishlarning prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha qoʻzgʻatilishi talabnoma yuborish tartibiga rioya qilinganligidan qatʼi nazar, amalga oshirilishini eʼtiborga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik sudlari sud hujjati sud majlisi oʻtkazilgan tilda tuzilishi lozimligini hisobga olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. XPK 14-moddasining ikkinchi qismiga koʻra sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sudya tomonidan imzolangan sud hujjatlari ishda qoldirilishi sababli, uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladigan nusxalari gerbli muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Rad qilish toʻgʻrisidagi ariza faqat XPKning 17 va 18-moddalarida koʻrsatilgan hollar mavjud boʻlganda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 17-moddasi birinchi qismining 1-bandini qoʻllashda sudya, agar u ishda ishtirok etuvchi shaxslarning (ishda ishtirok etuvchi shaxslar rahbarlarining) yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa, ishni koʻrishda qatnasha olmasligini nazarda tutish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni yakka tartibda koʻrayotgan sud raisini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza sud raisining oʻrinbosari tomonidan hal etiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar XPKda sudning barcha sudyalarini bir vaqtning oʻzida rad qilish nazarda tutilmaganligini, shu munosabat bilan barcha sudyalarni rad qilish haqidagi arizalar qanoatlantirilmasdan qoldirilishi lozimligini inobatga olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 21-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra bir necha sudʼyani yoki ishni koʻrayotgan butun sud tarkibini butunlay rad qilish masalasi shu sudning toʻliq tarkibida oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. Bunda “shu sud” deganda, ayni shu ishni koʻrayotgan sud tarkibi nazarda tutilganligini hisobga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. XPK 19-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish bundan mustasno. Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish, daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi va boshqa alohida hujjat shaklidagi ajrimlarni chiqarishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda va hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi, lekin daʼvoni koʻrmasdan qoldirish, daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi hamda boshqa alohida hujjat shaklidagi ajrimlar bekor qilingan boʻlsa, ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida va nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni boshqa instansiya sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi, lekin uning ishtirokida chiqarilgan qaror yoki ajrim bekor qilingan hollarda ham ushbu ishni shu instansiya sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya deganda, ishni mazmunan koʻrishda va hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishida ishtirok etgan sudya tushuniladi. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, XPKning 19-moddasida oʻrnatilgan qoida daʼvo arizasini qabul qilish va ish qoʻzgʻatish, ishni sud muhokamasiga tayyorlash, sud majlisini qoldirish toʻgʻrisidagi va boshqa shikoyat qilinmaydigan ajrimlarni qabul qilishda ishtirok etgan sudyalarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xoʻjalik sudiga XPKning 23-moddasida belgilangan iqtisodiyot sohasida fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan xoʻjalik nizolari boʻyicha ishlar taalluqlidir. Xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan, nizo kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa huquqiy munosabatlar deganda, fuqarolik va maʼmuriy huquq normalari bilan qamrab olinmagan yer, soliq va boshqa munosabatlar tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudiga korporativ nizolar boʻyicha ishlar ham taalluqlidir. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilot yoki jismoniy shaxs boʻlishidan qatʼi nazar, faqat xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bundan mehnatga oid nizolar, shuningdek xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, XPKning 15519-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi. Shuning uchun nizoning ushbu moddada koʻrsatilmaganligini asos qilib, daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. XPK 31-moddasining uchinchi qismiga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha daʼvolar yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, ushbu qoidada koʻrsatilgan yuridik shaxs deganda, nizo aynan qaysi yuridik shaxsning faoliyati yuzasidan kelib chiqqan boʻlsa, shu yuridik shaxs tushuniladi.
(8.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. XPKning 23-moddasida xoʻjalik sudiga taalluqli nizolar kelib chiqishi mumkin boʻlgan huquqiy munosabatlar qatnashchilarining subyektli tarkibi belgilangan. U eng avvalo, yuridik shaxslarni va yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolarni hamda XPK 23-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha fuqarolar — jismoniy shaxslarni oʻz ichiga oladi. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar daʼvo bilan yuridik shaxsning oʻzi emas, balki uning alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) ishonchnoma asosida murojaat etsa, xoʻjalik sudi daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bunda bunday ishlar boʻyicha vakil sifatida ishtirok etayotgan alohida boʻlinma emas, balki u manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan yuridik shaxs daʼvogar hisoblanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan XPKning 38-moddasiga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, undiriladigan summa ishga tegishli javobgar sifatida jalb qilingan yuridik shaxsdan undirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 23-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq fuqaro, agar u yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa, xoʻjalik sudiga taalluqli nizoning qatnashuvchisi deb tan olinadi. Xoʻjalik sudlari shuni nazarda tutishlari kerakki, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, lekin davlat roʻyxatidan oʻtmagan fuqaro, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olmaydi va bunday shaxslar ishtirokidagi nizolar XPK 23-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq xoʻjalik sudiga taalluqli emas. Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda, tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, xoʻjalik sudiga taalluqlidir. Ammo fuqaro tadbirkor maqomining mavjudligi oʻz-oʻzidan uning ishtirokida xoʻjalik sudida nizoni koʻrib chiqish uchun asos boʻla olmaydi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaro belgilangan tartibda olingan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlsa-da, ammo nizo uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan emas, balki uy-joy, nikoh-oila va boshqa, shu jumladan, fuqarolik huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlsa, bu nizo xoʻjalik sudiga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklar haqidagi nizolar ikki holatda xoʻjalik sudida koʻrish predmeti boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— agar shartnoma tuzish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— agar taraflarning shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun xoʻjalik sudiga topshirish toʻgʻrisida kelishuvi mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan kelib chiqadiki, shartnoma oldidan boʻladigan nizoni, agar bunday shartnomani tuzish qonun boʻyicha hech boʻlmaganda bir taraf uchun majburiy boʻlsa, xoʻjalik sudi koʻrib chiqish uchun qabul qilishi shart (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi)ning 377-moddasi). Shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi nizoni xoʻjalik sudiga hal etish uchun berishning boshqa sharti taraflarning bunday imkoniyat haqidagi kelishuvi hisoblanadi. Mazkur kelishuv turli shakllarda, masalan, xatlar, telegrammalar, maʼlumotlar almashish yoʻli bilan, faksimil yoki elektron aloqa vositasida ifoda etilishi mumkin. Bundan tashqari, shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarni hal etishni xoʻjalik sudiga topshirish tuzilishi kerak boʻlgan shartnomaning sharti sifatida nazarda tutilishi va agar boshqa taraf kelishmovchiliklar bayonnomasida loyihaning bu sharti boʻyicha hech qanday eʼtiroz bildirmasa, taraflardan biri tomonidan loyihaga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomalar shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi iqtisodiy nizolar ham xoʻjalik sudiga taalluqlidir. Bunday turdagi nizolarni xoʻjalik sudi oʻz ish yuritishiga qabul qilishi uchun shartnomaning turi ham, uni tuzish tartibi ham ahamiyatga ega emas. Shu bilan birga FK shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish, agar FK, boshqa qonunlar yoki shartnoma bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuvi boʻyicha mumkinligi toʻgʻrisidagi qoidani belgilaydi (FK 382-moddasining birinchi qismi). Taraflardan birining talabi bilan esa shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf uni jiddiy ravishda buzsa hamda FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (FK 382-moddasining ikkinchi qismi). Bunda xoʻjalik sudi bir taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda koʻrsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa — oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi daʼvoni qabul qilishga haqli (FKning 384-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. XPK 23-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq xoʻjalik sudiga yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi tomonidan aniqlanadigan yuridik faktlarga, xususan: bino yoki yer maydonining mulk huquqi asosida mansubligi fakti; koʻchmas mulkka 15 yil davomida oʻziniki kabi insofli, ochiq va uzluksiz egalik qilish yoki boshqa mulkka 5 yil egalik qilish fakti; tashkilotning muayyan vaqtda va muayyan joyda roʻyxatdan oʻtish fakti va boshqalar tegishli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi quyidagi shartlarning yigʻindisi mavjud boʻlganda yuridik faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalarni oʻz ish yurituviga qabul qiladi va koʻradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— agar qonunga koʻra fakt huquqiy oqibatlarni, yaʼni tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishini keltirib chiqarsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— agar yuridik faktning aniqlanishi keyinchalik xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizoni hal etish bilan bogʻliq boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— agar arizachi yuridik faktni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni olish yoki tiklashning boshqa imkoniyatiga ega boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— agar amaldagi qonun hujjatlarida yuridik faktni aniqlashning boshqa (suddan tashqari) tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza XPK 112-moddasida bayon qilingan talablarga rioya etgan holda beriladi. Bundan tashqari, unda: arizachi aniqlashni soʻrayotgan fakt; uni tasdiqlovchi dalillar; ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati; arizachi uchun fakt aniqlanishi zarurligining maqsadi; arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish imkoni yoʻqligini yoki yoʻqotilgan hujjatlarni boshqa usul bilan tiklashning imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik XPK 118-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi tomonidan XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha arizachi va ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslar ishtirokida koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan manfaatdor shaxslar (qabul qilingan hal qiluv qarori huquqlariga taʼsir etishi mumkin boʻlgan shaxslar) yuridik faktni aniqlash toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudida koʻrilayotgan arizaning asosliligi yoki asossizligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish, ish holatlarini tekshirishda ishtirok etish, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish va XPKning 35-moddasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuridik faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda manfaatdor shaxs tomonidan xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan huquq toʻgʻrisida nizo borligi maʼlum qilinsa yoki xoʻjalik sudining oʻzi yuridik faktning aniqlanishi huquq toʻgʻrisidagi nizoni hal qilish bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, ariza XPK 88-moddasining 8-bandiga asosan koʻrmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Daʼvogar XPK 40-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvo asosini yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Bu norma ish boshqa instansiyalarda koʻrilayotganida qoʻllanilmaydi. Qayd etilgan huquq daʼvogar tomonidan, shuningdek hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya instansiyalari tomonidan yoki nazorat tartibida bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida koʻrilayotganda foydalanilishi mumkin. Daʼvo predmetining oʻzgarishi daʼvogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablarining oʻzgarishini bildiradi. Daʼvo asosini oʻzgartirish daʼvogarning javobgarga nisbatan oʻz talablarini asoslantirgan holatlarning oʻzgarishini bildiradi. Daʼvo predmeti va asosi tushunchalaridan shu narsa kelib chiqadiki, agar bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab shartnomani bekor qilish talabi bilan almashtirilsa va bu oʻzgarishga boshqa asoslar keltirilsa, bunday holda daʼvoning predmeti va asosi oʻzgargan hisoblanadi. XPK daʼvo predmeti va asosini bir vaqtda oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaydi. Daʼvo talablari miqdorining koʻpaytirilishi deganda, daʼvogar tomonidan daʼvo arizasida bayon qilingan oʻsha talab boʻyicha daʼvo summasining koʻpaytirilishi tushuniladi. Daʼvo talablari miqdorining koʻpaytirilishi daʼvogar tomonidan daʼvo arizasida koʻrsatilmagan qoʻshimcha talablarni taqdim qilish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin emas. Masalan, mulkiy sanksiyalarni qoʻllash haqidagi talab asosiy qarzni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha talablar miqdorining koʻpaytirilishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday talab daʼvo predmeti boʻlmagan yangi talab hisoblanishi sababli, koʻrib chiqilmasligi va mazkur talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkinligi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. XPK 49-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudida tashkilotlarning ishlarini ularning organlari va vakillari olib boradi. Tashkilotlar deganda, yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar, muassasalar) tushunilishi lozim. Vakilning ishonchnomasida ishonch bildirgan shaxsning nomidan sudda vakil amalga oshirishga haqli boʻlgan, XPKning 52-moddasida nazarda tutilgan protsessual harakatlar sanab oʻtilgan boʻlishi lozim. Agar vakilga berilgan ishonchnomada uning aniq vakolatlari koʻrsatilmagan boʻlsa, vakil unga XPKning 52-moddasiga muvofiq amalga oshirish uchun vakolatlar berilishi zarur boʻlgan protsessual harakatlardan tashqari, protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 49-moddasining uchinchi qismiga muvofiq fuqarolar oʻz ishlarini xoʻjalik sudlarida shaxsan oʻzlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. XPK 49-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar deganda, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar, shuningdek XPK 23-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan nizolar ishtirokchilari — jismoniy shaxslar tushunilishi lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy maslahatxona yoki advokatlik hayʼati (byurosi, firmasi) tomonidan berilgan order advokatga huquqiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilish huquqini beradi, biroq u ishonchnomaning oʻrnini bosmaydi hamda advokatga XPKning 52-moddasida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudida ishtirok etuvchi vakillar apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini, shuningdek nazorat tartibida ariza berishga, agar bunday protsessual harakatlarni amalga oshirish ishonch bildirgan shaxs tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus qayd etilgan boʻlsa, haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. XPK 55-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi, agar ishni mavjud dalillar asosida koʻrib chiqishning imkoniyati yoʻq deb hisoblasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqlidir. Bunda xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishga majbur emas, balki haqli ekanligi hisobga olinishi kerak. Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishga majburlamasdan, faqat taklif etadi. Qoʻshimcha dalillar nizoning toʻgʻri hal qilinishi va u boʻyicha qonuniy hamda asoslantirilgan sud hujjati qabul qilinishi uchun zarur boʻlishi kerak. Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, XPK 130-moddasining birinchi qismiga koʻra sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taqdim etishni taklif qilgan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni unda mavjud materiallar asosida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir ishda ishtirok etuvchi shaxsga xoʻjalik sudiga va boshqa tarafga dalillarni taqdim etish huquqi kafolatlanadi, ishni koʻrish jarayonida vujudga keladigan savollar boʻyicha dalillarni taqdim etish bilan bogʻliq tushuntirishlarni berish, oʻz vajlarini va fikrlarini bayon etish, iltimosnomalar bilan murojaat qilish huquqi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. XPK 56-moddasining ikkinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi boʻyicha ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdan zarur dalillarni talab qilib olishi mumkin. Talab qilingan dalillarni uzrsiz sabablarga koʻra sudga taqdim etish majburiyati bajarilmagan holda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan jarima ishda ishtirok etuvchi shaxsga ham, ishtirok etmayotgan shaxsga ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Avval qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrilayotganda, sudya boshqa dalillar bilan birgalikda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan (guvohlarning koʻrsatmalari, ekspert xulosasi va boshqalar) va bekor boʻlgan hal qiluv qarori qabul qilingan sud majlisida taqdim etilgan dalillarni eʼtiborga olishga va ularni baholashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishi lozimki, ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, xoʻjalik sudi tomonidan dalil sifatida qabul qilinishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. XPKning 77-moddasida koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralari, agar ularni qoʻllamaslik sudning hal qiluv qarorini bajarishga qiyinchilik tugʻdirishi mumkin boʻlsa yoxud bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, ish boʻyicha ish yuritishning har qanday bosqichida qabul qilinishi mumkin. Shuni inobatga olish lozimki, XPK 77-moddasining birinchi qismi hisob raqamiga band solish kabi daʼvoni taʼminlash chorasini nazarda tutmaydi. Shuning uchun ishda ishtirok etuvchi shaxsning javobgarga tegishli boʻlgan pul mablagʻlariga band solish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqishda hisobga olish kerakki, kredit muassasasidagi hisob raqami emas, balki daʼvoda koʻrsatilgan summa doirasida hisob raqamlarida mavjud boʻlgan mablagʻlari xatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan daʼvo arizasida davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish talabi qoʻyilgan boʻlib, daʼvogar daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa, sud ushbu daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ariza bilan tadbirkorlik subyekti manfaatida daʼvo kiritgan vakolatli organlar murojaat qilganda ham sud daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan bunday arizalar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk, agar u uzoq saqlanganda oʻzining sifatini yoʻqotmasa, xatlanishi mumkin. Bunday chora, xususan tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Pul mablagʻlari hisobdan chiqariladigan yoki mol-mulkni sotishga qaratilgan hujjatni haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi berilgan hollarda, daʼvogarning arizasiga koʻra, javobgarga bu mablagʻlarni hisobdan chiqarish yoki mol-mulkni sotishni taqiqlash haqidagi masala hal etilishi mumkin (XPK 77-moddasi birinchi qismining 2-bandi). XPK 80-moddasining maʼnosi boʻyicha daʼvoni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganda ishni birinchi instansiyada koʻrgan xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi boʻyicha daʼvoni taʼminlashni bekor qilishga majbur. Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi boʻyicha, agar daʼvoni taʼminlashga sabab boʻlgan asoslar yoʻqolgan deb topsa, daʼvoni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ham daʼvoni taʼminlashni bekor qilishga haqli. Daʼvo qanoatlantirilganda uni taʼminlash chorasi hal qiluv qarori haqiqatda ijro etilgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo rad etilgan holda xoʻjalik sudi daʼvoni taʼminlash chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Bunda XPK alohida ajrim chiqarilishini nazarda tutadi va daʼvoni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida daʼvoni taʼminlash chorasining bekor qilinishi koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ish yuritishni toʻxtatish xoʻjalik sudi tomonidan ushbu ish boʻyicha amalga oshiriladigan barcha protsessual harakatlarning toʻxtatilishini anglatadi. Ish yuritishni toʻxtatish asoslari XPKning 82 va 83-moddalarida nazarda tutilgan. Bunda xoʻjalik sudi XPKning 83-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha ish yuritishni oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatishga haqli ekanligi va XPKning 82-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha iltimosnoma mavjudligidan qatʼi nazar, 7 ish yuritishni toʻxtatishga majbur ekanligini eʼtiborga olish lozim. Ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi sud ajrimida ish yuritishni toʻxtatish uchun asos boʻlgan holatlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 82-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq xoʻjalik sudi ushbu ishni konstitutsiyaviy, fuqaroviy, jinoyat yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda, ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuritish toʻxtatilishi bilan barcha tugamagan protsessual muddatlarning oʻtishi ish boʻyicha ish yuritish tiklangunga qadar toʻxtatiladi. Bunda xoʻjalik sudi tomonidan ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgunga qadar tugamagan protsessual muddatlargina toʻxtatiladi. Ish yuritishni toʻxtatishgacha oʻtgan vaqt ish koʻrishning umumiy muddatini hisoblashda hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xoʻjalik sudi XPKning 86-moddasida belgilangan asoslarga koʻra ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Ish yuritishni tugatish nizoning mohiyati boʻyicha sud qarorini chiqarmasdan ish yuritishni tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, sud ish yuritishni tugatadi. Ishning xoʻjalik sudiga taalluqliligi XPK 23 va 24-moddalarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda sudga taalluqlilik boshlanib boʻlgan xoʻjalik protsessida ham oʻzgarishi mumkinligini eʼtiborga olish kerak, masalan protsessga protsessual munosabatlar ishtirokchilari maqomiga ega boʻlmagan shaxslar: jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar boʻlmagan tashkilotlar va boshqalarning jalb etilishi munosabati bilan. Biroq, ishga jalb qilingan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsning yuridik shaxs maqomiga ega emasligini yoki fuqaro (jismoniy shaxs) ekanligini vaj qilib, ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgarning daʼvoni tan olishiga havola qilinib ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda, agar daʼvogarning daʼvodan asosli voz kechganligi boʻyicha ish yuritishni tugatishga asoslar boʻlmasa, xoʻjalik sudi tomonidan javobgarning arizasi hisobga olinib mazmunan hal qiluv qarori chiqariladi. Sudya sud majlisidan tashqari (masalan, ishni sud muhokamasida koʻrishga tayyorlash jarayonida) ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqarishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda yuqorida qayd etilgan moddalarda belgilanmagan boshqa asoslarga koʻra ish boʻyicha ish yuritishni tugatish hollari ham nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Jumladan, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasining uchinchi qismiga koʻra sudgacha sanatsiya oʻtkazilishiga kreditorlarning roziligi boʻlgan taqdirda, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish kabi nizoning mazmuni boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilmasdan turib sud muhokamasini tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. XPKning 88-moddasida koʻrsatilgan daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud XPKning 89-moddasi talablariga muvofiq keladigan ajrim chiqaradi. Ajrimning mazmunida, XPKning 89-moddasida belgilangan maʼlumotlardan tashqari, XPKning 88-moddasida qayd etilgan, ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilayotgan va daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish usullari tushuntirilishi lozim. XPKning 88-moddasida koʻrsatilgan asoslardan tashqari daʼvo daʼvogar tomonidan uning manfaatida davlat organi yoki boshqa organ tomonidan taqdim etilgan daʼvodan voz kechilgan holda ham koʻrmasdan qoldiriladi (XPKning 44-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sud buyrugʻi, agar: soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimandalarni undirishni tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa; hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzni undirish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa; talab toʻlanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qoʻyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslansa; lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan oʻzining mulkini qaytarib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan boʻlsa, beriladi. XPKning 103-moddasida nazarda tutilgan sud buyrugʻini berish mumkin boʻlgan talablarning roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizalar XPKning 14-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud buyrugʻi ustidan berilgan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protest) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPKning 105-moddasiga muvofiq arizachi (kreditor) sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza berganida qarzdorga shu arizaning nusxasini topshirishga majbur. Qarzdorga sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi topshirilganligining dalili boʻlib, qarzdor rahbarining muhr bilan tasdiqlangan imzosi hisoblanadi. Agar arizaning nusxasi aloqa vositalari orqali yuborilgan boʻlsa, sudya XPK 107-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud buyrugʻi berilgunga qadar arizachining arizani qaytarish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushsa, xoʻjalik sudi uni XPK 118-moddasi birinchi qismining 9-bandiga mos holda qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 111-moddasining birinchi qismiga koʻra, agar qarzdor sud buyrugʻi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bersa, sudya buyruqni bekor qiladi. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, agar sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddada koʻrsatilgan muddatni oʻtkazib berilgan boʻlsa va muddatning oʻtkazilishi sabablari uzrli hisoblansa, sudya uni tiklab, sud buyrugʻini belgilangan tartibda bekor qilishga haqli. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Bunda ajrimda kreditorning sudga daʼvo bilan murojaat qilish huquqi va nizoning umumiy tartibda koʻrilishi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. XPKning 112-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudiga taqdim etilayotgan daʼvo arizasi daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Oʻzining buzilgan huquqi va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab sudga murojaat etayotgan shaxs daʼvogar hisoblanadi. XPK 112-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra daʼvo arizasi daʼvogarning rahbari yoki uning vakili tomonidan oʻz qoʻli bilan imzolangan boʻlishi lozim. Bunda imzoning mexanik yoki boshqa nusxa koʻchirish vositalari orqali amalga oshirilishiga qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan tashkilotning nomidan daʼvo arizasi tugatish komissiyasining vakolatli vakili — tugatish komissiyasining raisi tomonidan imzolanadi. Yakka tartibda boshqariladigan ijro organining rahbari vazifasini bajaruvchisi daʼvo arizasini imzolashga haqli, lekin bunda daʼvo arizasiga uning maqomini tasdiqlovchi dalil ilova qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 112-moddasining birinchi qismini qoʻllashda shuni nazarda tutish kerakki, agar tashkilotni hayʼat organi boshqarsa va daʼvo arizasiga uning rahbari yoki oʻrinbosarining uni imzolashga vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlashda daʼvogarga tegishli hujjatni taqdim etishni taklif qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. XPKning 115-moddasiga muvofiq daʼvogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha talabni bitta daʼvo arizasida birlashtirishga haqli. Bir necha daʼvo talablari, agar ular xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan nizoli moddiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan holda oʻzaro bogʻliq boʻlsa, birlashtirilishi mumkin (xususan, qaytarilmagan kredit, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar va neustoykani undirish haqida; hujjatni haqiqiy emas deb topish va shu hujjat asosida toʻlangan summalarni qaytarish haqida; bir necha transport hujjatlari boʻyicha olingan va bitta qabul qilish hujjati bilan rasmiylashtirilgan yoki bitta hisob-kitob hujjati boʻyicha toʻlangan kamomad miqdorini undirish haqida). Agar qoʻshimcha daʼvo talabi dastlabki daʼvo bilan bogʻliq boʻlmasa yoki ikkala talabni birgalikda koʻrish maqsadga nomuvofiq deb topilsa, sud XPK 118-moddasi birinchi qismining 7-bandiga mos holda uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xoʻjalik sudlari shuni nazarda tutishlari kerakki, daʼvo arizasi uni ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish qoʻzgʻatilgunga qadar sud dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga (XPKning 72-moddasi), sud topshiriqlarini berishga (XPKning 74-moddasi), daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishga (XPKning 77-moddasi), ish yuritishni toʻxtatish yoki tugatishga (XPKning 82, 86-moddalari), ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga (XPKning 122-moddasi), hal qiluv qarori qabul qilishga (XPKning 135-moddasi) haqli emas. Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish masalasi hayʼat tarkibida koʻrish qoidalariga bogʻliq boʻlmagan holda sudya tomonidan yakka tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 116-moddasining uchinchi qismini qoʻllashda shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi koʻrsatma hamda ishda ishtirok etayotgan shaxslarning bajarishi lozim boʻlgan harakatlari va ularni bajarish muddatlari daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda aks ettirilishi mumkin, biroq bu hujjatlarning ketma-ketligi protsessual munosabatlarning haqiqiy rivojlanishiga muvofiq boʻlishi kerak. Sudya avval daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish masalasini hal etib, bu haqda ajrim chiqaradi, soʻngra XPKning 123-moddasiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashga qaratilgan XPKning 122-moddasida qayd etilgan protsessual harakatlarni sudya XPKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi. Agar ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya boshqa javobgarni yoxud boshqa shaxslarni jalb qilishni, ekspertiza tayinlashni, daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishni zarur deb topsa, u holda tegishli harakatlar ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi ularga, hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli xoʻjalik sudiga yuboriladigan ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan yozma dalillar ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudiga yuborilishini taʼminlash majburiyati videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan xoʻjalik sudi zimmasiga yuklanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish asoslari XPKning 117-moddasida nazarda tutilgan va ushbu roʻyxat kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi. Agar XPK 117-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish XPK 86-moddasi birinchi qismining tegishincha 1 va 3-bandlariga asosan tugatiladi. XPK 117-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo XPK 88-moddasining 1-bandiga asosan koʻrmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xoʻjalik sudlari XPK 118-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun asoslar roʻyxatini kengaytirilgan tarzda talqin etishga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutishlari kerak. Agar XPK 118-moddasi birinchi qismining 1, 4, 5, 7-bandlarida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish asoslari xoʻjalik sudi tomonidan daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan soʻng aniqlansa, ish mazmunan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishtirish choralarini koʻrishi hamda XPKning 115-moddasi tartibida talablarni alohida ish yuritishga ajratish masalasini koʻrib chiqishi (agar bir nechta talablar bir yoki bir nechta javobgarlarga nisbatan qoʻyilgan boʻlib, oʻzaro bogʻliq boʻlmasa) shart. XPK 118-moddasi birinchi qismining 2 va 8-bandlarida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun asoslar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, sud daʼvoni XPK 88-moddasining tegishincha 3 va 4-bandlari asosida koʻrmasdan qoldiradi. Daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan soʻng XPK 118-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan daʼvo arizasini qaytarish uchun boʻlgan asos aniqlangan holda, sud XPK 33-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan sudlovga tegishlilik qoidalari boʻyicha ishni koʻrish uchun boshqa xoʻjalik sudiga oʻtkazishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining palata aʼzosining manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvo arizasi (arizasi)ga Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va daʼvogar oʻrtasida tuzilgan aʼzolik shartnomasi ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda daʼvo arizasi (ariza) XPK 118-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi, ushbu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo XPK 88-moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldiriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. XPK 120-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgar ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvogarga dastlabki daʼvo bilan birga koʻrish uchun qarshi daʼvo arizasini taqdim etishga haqli. Bunda nazarda tutish kerakki, XPK 120-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shartlardan birontasi mavjud boʻlsa, qarshi daʼvo ish yuritishga qabul qilinishi mumkin. Qarshi daʼvo protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda taqdim etilgan boʻlsa-yu, ammo yuqorida koʻrsatilgan moddadagi shartlar mavjud boʻlmasa, sud qarshi daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Qarshi daʼvo arizasini XPK 120-moddasida nazarda tutilgan shartlar mavjud emasligi asosida qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim xoʻjalik sudiga mustaqil daʼvo taqdim etishga toʻsqinlik qilmasligi uchun shikoyat qilinmaydi. Agar qarshi daʼvo arizasini qabul qilish XPKning 117-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha rad etilgan boʻlsa, qarshi daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi daʼvo xoʻjalik sudi tomonidan sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi qoidalardan tashqari daʼvo taqdim etishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda qabul qilinishi mumkin. Qarshi daʼvo uning sudlovga tegishliligidan qatʼi nazar, dastlabki daʼvo koʻrilayotgan xoʻjalik sudiga taqdim etiladi. Agar qarshi daʼvo ishni koʻrish jarayonida berilsa, zaruriyat boʻlganda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tegishli tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt berish maqsadida sud majlisini qoldirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa organlar ham XPKda belgilangan tartibda sudga javobgarning manfaatida qarshi daʼvo berishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. XPKning 122-moddasiga binoan sudya ishni sud muhokamasiga tegishli tartibda tayyorlashi zarur, chunki bu nizoni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni koʻrishga tayyorlash vazifalari: nizoli huquqiy munosabatning xarakteri va qoʻllanishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini, ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash; ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibi va xoʻjalik protsessining boshqa ishtirokchilarini aniqlash masalasini hal etish; ishda ishtirok etuvchi shaxslarga zarur boʻlgan dalillarni taqdim etishda koʻmaklashish; taraflarni murosaga keltirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya tomonidan bajariladigan harakatlar sud muhokamasini mukammal va tez oʻtkazish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. XPK 122-moddasining birinchi qismida qayd etilgan harakatlarning barchasini bajarish talab etilmaydi. U yoki bu harakatlar bajarilishining zaruriyati har bir holatda sudyaning ixtiyorida boʻlib, nizoning holatlariga va ishda ishtirok etuvchilarning faolligiga bogʻliq. XPK 122-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha harakatlarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi hamda sudya nizoni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda, agar sud nizoni mavjud dalillar asosida koʻrishning imkoniyati yoʻq deb hisoblasa (XPK 122-moddasi birinchi qismining 3-bandi), ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilishni taklif etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishni sudda koʻrishga tayyorlashda xoʻjalik sudi manfaatdor shaxslarni ish boʻyicha ish yuritish haqida XPK 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, yaʼni ishdan shaxsiy yoki jamoat manfaatlari bor shaxslarni xabardor qiladi. Bunday shaxslar sud majlisida yoxud alohida protsessual harakatda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslik masalasini mustaqil hal etishga haqlidirlar. Shu bilan birga xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisida ishtirokini majburiy deb hisoblashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi odil sudlovga koʻmaklashadigan shaxslarni: ekspert, guvoh, tarjimonni sud majlisiga chaqiradi. Qayd etilgan shaxslarning xoʻjalik sudi chaqiruvi boʻyicha kelishi majburiy hisoblanadi (XPKning 46, 47, 48-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sudga kelmagan har bir holatda kelmaganlik sabablari haqida mavjud maʼlumotlar inobatga olingan holda hal etilayotgan ishning xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib, ishni uning ishtirokisiz koʻrish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinishi lozim. Agar daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqish haqida rozilik bermagan boʻlsa, u holda XPK 88-moddasining 6-bandiga muvofiq daʼvo koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda shuni taʼkidlash lozimki, tegishli tartibda sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qilinmagan shaxsning ishtirokisiz ishning koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bu har qanday holda hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi (XPKning 170, 188-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. XPK 122-moddasi birinchi qismining 9-bandiga muvofiq sudya taraflarni murosaga keltirish choralarini koʻradi. Xoʻjalik sudlari nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda ishni kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan tamomlashga koʻmaklashishlari lozim. Nizoni kelishuv bitimi tuzish bilan hal etish imkoniyati ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida ham (XPK 122-moddasi birinchi qismining 9-bandi), sud muhokamasi jarayonida ham (XPKning 132-moddasi) aniqlanishi lozim. Taraflar tomonidan tuzilgan kelishuv bitimining shartlari ijro qilinayotganda uning mazmuni boʻyicha noaniqliklar va nizolar boʻlmasligi uchun ajrimning xulosa qismida aniq va ravshan ifodalangan boʻlishi lozim. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqariladi (XPKning 132-moddasi). Kelishuv bitimi agar u qonun hujjatlariga xilof boʻlmasa, boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa va shart asosida tuzilmagan boʻlsa, xoʻjalik sudlari hujjatlari ijrosini tartibga soladigan umumiy qoidalar va XPK 146-moddasining beshinchi qismidagi qoidalar hisobga olingan holda ijro qilinadigan xoʻjalik sudining ajrimi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. XPK 125-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatini uzaytirish masalasi xoʻjalik sudi raisi tomonidan ishni koʻrayotgan sudyaning bildirgisi asosida hal etiladi. Sudyaning bildirgisida ishni bir oylik muddatda koʻrish imkoni boʻlmaganligi sabablari koʻrsatilib, ishni koʻrish muddatini uzaytirish soʻraladi. Xoʻjalik sudi raisi tomonidan ushbu bildirgiga ish koʻrish muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish haqida rezolyutsiya qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 125-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qoida oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi lozim boʻlgan ishlarga ham tatbiq etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. XPK 128-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi ishni koʻrayotganda ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatmalarini, ekspertlarning xulosalarini eshitadi; yozma dalillar bilan tanishadi; ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi. Bunda sudya sud majlisida dalillarni ularning ishonchliligi, daxldorligi va ularga yoʻl qoʻyilishi mumkinligi nuqtai nazaridan baho berish maqsadida shaxsan oʻzi tekshirishi lozimligi inobatga olinishi kerak. Sud tomonidan bevosita tekshirilmagan dalillar (masalan, taraflardan birining vakili tomonidan unga ogʻzaki yetkazilgan) sud hujjatining asosiga qoʻyilishi mumkin emas. Bundan tashqari, sud yozma ravishda taqdim etilgan va sud majlisida oʻzlari tomonidan eʼlon qilinmagan (masalan, sud majlisiga kelmaganligi uchun) taraflarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatmalari va ekspertlarning xulosalarini eʼlon qilishga majbur. Bunday dalillarning eʼlon qilinishi protsessning boshqa ishtirokchilariga ularni baholash va oʻzlarining fikrlarini bildirish imkonini berish uchun zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xoʻjalik sudlari nazarda tutishlari lozimki, XPK 128-moddasining uchinchi qismida mustahkamlangan qoida boshlangan sud protsessining dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom ettirilishini talab qiladi. Alohida hollarda majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPKga muvofiq birinchi instansiya sudida protsess hal qiluv qarori qabul qilish (XPKning 135-moddasi), ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim (XPKning 86-moddasi) yoki daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqidagi ajrim (XPKning 88-moddasi) chiqarilishi bilan tugatilishi mumkin. Ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga yoki yuqorida qayd etilgan ajrimlar chiqarilgunga qadar xoʻjalik sudi boshqa ishlarni koʻrishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xoʻjalik sudlari XPK 129-moddasining birinchi qismida belgilangan, taraflarning arizalari va iltimosnomalari sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitib boʻlingach, hal qilinishi toʻgʻrisidagi qoidaga rioya etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 129-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq arizalar va iltimosnomalarni koʻrish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi. Ajrimning shakli iltimosnomaning mazmuni va uni koʻrib chiqish natijalariga bogʻliq. Masalan, agar iltimosnoma sud majlisini qoldirish toʻgʻrisida berilgan boʻlsa, u qanoatlantirilganda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqariladi, qanoatlantirish rad etilganda — hal qiluv qarorida koʻrsatiladi. Agar taraf ish hujjatlariga qoʻshimcha dalillarni qoʻshish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, u qanoatlantirilganda yoki rad etilganda ogʻzaki ajrim chiqariladi. Berilgan iltimosnomalar boʻyicha chiqariladigan ajrimlarga qoʻyiladigan umumiy talab — maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritilishining majburiyligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza, iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimlar shikoyat (protest) qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. XPKning 131-moddasi xoʻjalik sudining ishni shu majlisda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud xoʻjalik sudining videokonferensaloka rejimidagi majlisini oʻtkazish chogʻida videokonferensaloka oʻrnatishning imkoni boʻlmagan taqdirda koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda ishni koʻrishni keyinga qoldirish huquqini belgilaydi. Ushbu moddada koʻrsatilgan ishni koʻrishni qoldirish asoslari tugal hisoblanmaydi. Bunda nazarda tutish lozimki, ishni koʻrish sudning tashabbusi bilan ham, taraflarning iltimosnomalariga koʻra ham keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar ishni koʻrish muddatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun har bir aniq holatda sud majlisini qoldirish masalasini ish holatlaridan, iltimosnomada keltirilgan ishni qoldirish sabablaridan kelib chiqqan holda hal etishlari zarur. Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda yoki sud majlisi sudning tashabbusi bilan qoldirilganda, sud majlisi ishni koʻrish uchun belgilangan bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga qoldirilishi kerak (XPKning 125-moddasi). Agar sud majlisini ishni koʻrish umumiy muddatidan oshadigan muddatga qoldirish zarur boʻlsa, u xoʻjalik sudining raisi tomonidan XPK 125-moddasining ikkinchi qismiga asosan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi. Ajrimda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari, sud majlisini qoldirish uchun asos boʻlgan sabablar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning keyingi sud majlisigacha bajarishi lozim boʻlgan protsessual harakatlar koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Shu bilan birga sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar yangi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida bevosita sud majlisida xabardor qilinishlari mumkin, bunday holda xabardor qilinganlik fakti ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladigan tegishli tilxat bilan tasdiqlanadi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat (protest) qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. XPK 67-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishni koʻrish vaqtida kelib chiqadigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosiga koʻra ekspertiza tayinlaydi. Bunda nazarda tutish kerakki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi kerak boʻlgan savollarni taqdim etishga, xoʻjalik sudi esa shaxslarni bunday savollarni sudga taqdim etishga majburlashga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taklif etilgan savollar rad etilsa, sud ularni asoslab berishi shart. Shu bilan birga xoʻjalik sudi taqdim etilgan savollarning mazmunini aniqlash, ularni tuzatish, mustaqil ravishda ekspert oldiga savollar qoʻyishga haqli. Zaruriyat tugʻilganda xoʻjalik sudi sud majlisiga ekspertni chaqirishi hamda savollarni toʻgʻri va aniq ifoda qilish maqsadida uning ishtirokida ekspertiza oʻtkazish uchun savollarni shakllantirishga haqli. Ekspertizaning xulosasi talab qilinadigan savollarning uzil-kesil roʻyxati xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XPK 67-moddasining birinchi qismi ekspertizaning faqat taraflarning iltimosnomasiga koʻra tayinlanishi imkonini nazarda tutadi. Sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza tayinlanganda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi mavjudligi talab etilmaydi.
(36-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki iltimosnomani rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda ekspertiza uchun savollarning roʻyxati koʻrsatilishi kerak. Shu ajrimning oʻzi bilan ish yuritish ekspert xulosasi olingunga qadar toʻxtatilishi mumkin. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisidagi ajrim, sud tomonidan ekspertiza tayinlashni rad qilish sabablari koʻrsatilib, asoslantirilgan boʻlishi lozim. Ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat (protest) qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bayonnoma sud majlisi vaqtida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda kotib tomonidan XPKning 134-moddasi qoidalariga rioya etgan holda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi bayonnomasidagi yozuvlar sud majlisi boshlangan vaqtdan to hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar protsessual harakatlar qanday ketma-ketlikda amalga oshirilgan boʻlsa, shu yoʻsinda bayon qilinishi lozim. Guvohlarning koʻrsatmalari va ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va agar sud buni zarur deb topsa, ular tomonidan imzolanishi mumkin. XPKning 134-moddasiga muvofiq sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati tugal hisoblanmaydi. Bayonnomaga sud ish uchun muhim deb hisoblagan boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin. Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomada bu haqdagi maʼlumot koʻrsatilishi kerak. Xususan, unda guvohning koʻrsatma berishni rad etishi yoki boʻyin tovlashi, yolgʻon koʻrsatma berganlik uchun javobgarligi haqida ogohlantirilganligi, shuningdek uning majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi haqida undan tilxat olinganligi koʻrsatiladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan majlisning ertasi kunidan kechiktirmay yoki bevosita alohida protsessual harakat bajarilgandan soʻng imzolanishi lozim. Uch kunlik muddat ichida imzolash kechikkan taqdirda bayonnomaga fikrlar taqdim qilish uchun yangi muddat u imzolangan kunning ertasidan boshlanadi. Sud majlisi bayonnomasiga u imzolanganidan uch kun oʻtmasdan berilgan fikrlar ishda ishtirok etgan shaxslar chaqirtirilmasdan sud majlisiga raislik qilgan sudya tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudya bayonnoma xususida berilgan fikrlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bayonnoma yuzasidan berilgan fikrlar va sudyaning ajrimi ishga qoʻshib qoʻyilishi lozim. Muddat oʻtgandan keyin berilgan fikrlar sudya tomonidan koʻrmasdan qaytariladi. Oʻtkazib yuborilgan muddat XPKning 99-moddasida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi mumkin.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnoma hal qiluv qarori (ajrim) tuzilgan va sud majlisi olib borilgan tilda tuzilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. XPKning 135-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudi ishni mazmunan koʻrib, shu sud majlisida XPK 138-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etgan holda hal qiluv qarori qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi oʻqib eshittirilgan holda xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan tanishishlari mumkin boʻlgan sanani eʼlon qiladi. Bu sana sud majlisi bayonnomasida yozilgan boʻlishi lozim. Asoslantirilgan hal qiluv qarori va uning ilgari eʼlon qilingan xulosa qismi uni qabul qilishda ishtirok etgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Asoslantirilgan hal qiluv qarorining xulosa qismi ishni koʻrish tugagan kunda eʼlon qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismiga soʻzma-soʻz muvofiq boʻlishi lozim. Majlisda hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi eʼlon qilingan holda hal qiluv qarori qabul qilingan sana deb hal qiluv qarorining xulosa qismi eʼlon qilingan sana hisoblanadi. Ishga hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi ham va yakuniy shaklda tuzilgan hal qiluv qarori ham qoʻshib qoʻyiladi. Sudning hal qiluv qarori yoki ajrimi eʼlon qilinganidan soʻng raislik qiluvchi ularning mazmunini tushuntirishi, shikoyat berish tartibi va muddatini, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va vakillarning sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va bayonnomaga undagi yoʻl qoʻyilgan notoʻgʻriliklar va toʻliqsizliklarni koʻrsatib yozma fikrlar bildirish huquqini tushuntirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. XPK 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq boshqa sudyalarning qaroriga qoʻshilmagan sudya bu qarorni imzolashga majbur va muhrlangan konvertda ishga qoʻshib qoʻyiladigan oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli. Bunda nazarda tutish lozimki, alohida xonada ishni koʻrish yakuni boʻyicha ajrim chiqarilgan hollarda ham sudya alohida fikrda qolishi mumkin. Alohida fikr sud majlisida eʼlon qilinmaydi va u bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanishtirilmaydi. Alohida fikr shikoyat (protest) qilinadigan sud hujjati hisoblanmaydi. Alohida fikr hal qiluv qarorini apellatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrish uchun asos hisoblanmaydi, lekin u ishda ishtirok etuvchi shaxsning apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati asosida ish qayta koʻrilayotganda eʼtiborga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi (XPKning 149-moddasi). Qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar, yaʼni u qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddat tugaguncha qabul qilinishi mumkin. Qonun hujjatlarida darhol qonuniy kuchga kirishi belgilangan hal qiluv qarorlari qabul qilingan ishlar (masalan, Oliy xoʻjalik sudi tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari) boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qoʻshimcha hal qiluv qarori xoʻjalik sudi tomonidan sudning tashabbusi bilan ham va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bilan ham qabul qilinishi mumkin. Qoʻshimcha hal qiluv qarori va qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. XPK 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudiga hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi ariza bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki sud ijrochisi murojaat qilish huquqiga ega. Hal qiluv qarorini tushuntirishda uning mazmuni toʻldirilishi, aniqlangan faktik holatlarining bayon etilishiga, dalillarning baholanishiga, hal qiluv qarorining qabul qilinishi asoslari va xulosalariga, shu jumladan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning hal etilgan iltimosnomalari va arizalarining natijalariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha yoki oʻzining tashabbusi bilan tuzatishga haqli. Bunda nazarda tutish kerakki, hal qiluv qarorining mazmunini, dalillarni tekshirish, holatlarni aniqlash va qonunni qoʻllash natijasida kelingan xulosalarni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganidan keyin yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarorini tushuntirish, yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish masalasi xoʻjalik sudi tomonidan sud majlisidan tashqari taraflar chaqirilmasdan hal etiladi. Hal qiluv qarorini tushuntirish, yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida shikoyat (protest) qilinishi mumkin boʻlgan ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. XPK 151-moddasining birinchi qismiga muvofiq xoʻjalik sudi ishni koʻrish keyinga qoldirilganda, ish yuritish toʻxtatib turilganda, tugatilganda, daʼvo koʻrmasdan qoldirilganda, shuningdek XPKda nazarda tutilgan boshqa hollarda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. XPK 26-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan Oliy xoʻjalik sudining har qanday ishni istalgan xoʻjalik sudidan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilish yoki bir xoʻjalik sudidan boshqasiga oʻtkazish huquqi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 53-moddasining yettinchi xatboshisiga asosan Oliy xoʻjalik sudining raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Xoʻjalik nizolarini koʻrishda iqtisodiyot sohasida qonunbuzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlashga koʻproq eʼtibor berilishi lozim. Ishlarni koʻrish jarayonida qonun buzilishi yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan hollarda xoʻjalik sudlari XPKning 152-moddasi asosida xususiy ajrimlar chiqarishga, jinoyat alomatlari aniqlanganda esa — jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishga haqli. Xususiy ajrimlar sud majlisida oʻqib eshittirilishi lozim.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudlari xususiy ajrimlarning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishlari zarur. Xoʻjalik sudlariga zarur hollarda, jamiyat uchun ahamiyatga ega boʻlgan nizolarni sud muhokamasining tegishli tashkiliy tayyorgarligini taʼminlab, sayyor sud majlislarida koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2000-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining sudning birinchi instansiyasida qoʻllanish amaliyoti haqida”gi 82-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162-son