Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 23.03.2010 yildagi PQ-1306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 YILDA SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import hajmi va tarkibini tizimli tahlil qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirishni rag‘batlantirish, eksportga mo‘ljallangan raqobatbardosh mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarmoqlararo va ichki tarmoq sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mustahkamlash va shu asosda aholi bandligi o‘sishini ta’minlash va uning moddiy farovonligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qayd etib o‘tilsinki, respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha loyihalar tayyorlash va amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmi yaratilgan, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakolatlari hamda funksiyalari, ularning sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida hamkorlik qilish tartibi aniq belgilab berilgan, ushbu dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi korxonalar uchun imtiyoz va preferensiyalar tizimi shakllantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan respublika xo‘jalik birlashmalari va korxonalari bilan birgalikda mavjud yondashuvlar va mezonlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan 2010-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi ma’qullansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilda mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmining 1,45 baravar o‘sishini nazarda tutuvchi sanoat mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmining maqsadli parametrlari va mahalliylashtirish darajasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot turlari, butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2010-yilga o‘tuvchi loyihalari ro‘yxati 2, 2a, 3 va 3a-ilovalariga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2, 2a, 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot turlari, butlovchi uzellar va detallar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yangi loyihalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlashtirishga tavsiya etilayotgan tayyor mahsulot turlari, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 15-apreliga qadar muddatda 2010-yilda mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda uni ishlab chiqarishning mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz hajmlarini bajarishning tarmoqli jadvallarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahsulotni mahalliylashtirish yangi loyihalarining tashabbuskorlari bilan birgalikda mazkur qarorning 4-ilovasiga kiritilgan loyihalarning pasportlari tayyorlanishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarori bilan tuzilgan Maxsus idoralararo komissiyaga taqdim etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda uning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq takliflar bilan Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda ikki oy muddatda 5-ilovaga kiritilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mamlakatimiz korxonalari o‘zlashtirishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasiga, Maxsus idoralararo komissiyaning takliflari bo‘yicha, ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2010-yilgi mahalliylashtirish Dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. Dasturga 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni o‘zlashtirish tavsiya etilgan tayyor mahsulot turlari, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda puxta ishlab chiqilgan loyihalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 3-bandida belgilangan imtiyozlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar uchun — 2011-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2a va 3a-ilovalarga kiritilgan korxonalar uchun — 2012-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi ushbu qarorning 4-ilovasiga kiritilgan korxonalarga loyihalar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng Maxsus idoralararo komissiyaning qarorlariga binoan 2012-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalaniladigan buyumlar toifasiga kiritish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi yangilangan Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliylashtirish Dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va dizaynini tanqidiy tahlil qilish asosida, ularning sifati va dizaynini zamonaviy xalqaro talablar va standartlar darajasiga yetkazish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2010-yilning 1-dekabriga qadar muddatda 2011-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini ishlab chiqishni ta’minlasin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1306-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 12-son, 83-modda)