01.12.2009 yildagi PQ-1236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVCHI BUYUMLAR VA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISHNI CHUQURLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini yanada chuqurlashtirish, birja va yarmarka savdolarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi rolini oshirish, shuningdek mahalliy xom ashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi import qilinayotgan mahsulotlar hajmlari va turlarini chuqur tahlil qilish, shuningdek tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli o‘rganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yo‘nalishlari hamda aniq ro‘yxatlari bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida respublika tarmoqlari va mintaqalari bo‘yicha mamlakatimiz korxonalarida mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishni amalga oshiradi, Mahalliylashtirish dasturini shakllantiradi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoringni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni Hukumat qarori bilan tashkil etiladigan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyatining ikkita pavilyonini rekonstruksiya qilsin, umumiy ko‘rgazma maydonini 14,5 ming kvadrat metrgacha yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, beg‘araz texnik ko‘makni (grantlarni) jalb etishga doir har bir loyiha bo‘yicha mukofotlarning aniq miqdorlari va mukofotlanadigan mansabdor shaxslarning ro‘yxati tegishli tuzilmalar taqdimiga ko‘ra Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligi — “O‘zinfoinvest”ni tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 11-apreldagi 67-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga grantli beg‘araz texnik ko‘makni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1236-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini (keyingi o‘rinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) tuzish, tasdiqlash va amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek ushbu jarayonda uning asosiy qatnashchilari — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mahalliylashtirish dasturini tuzish unga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashabbus ko‘rsatgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilinadigan mahsulotlarning hajmi, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli o‘rganish asosida ishlab chiqilgan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan joylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, xizmatlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyalashtirish darajasini va raqobat muhiti rivojlanishini, tovarlar (xizmatlar)ning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va narx omilini hisobga olgan holda tovarlar (xizmatlar) bilan ichki bozorning to‘ldirilganligini baholashdan kelib chiqib Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining takliflari asosida tuziladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini o‘zlashtirish loyihalarini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliylashtirish dasturiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) xulosalari asosida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahalliylashtirish dasturini tuzish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Maxsus komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Uning xodimlaridan kotib boshchilik qiladigan Maxsus komissiya Kotibiyati tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritish, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan — Maxsus komissiya tomonidan, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini pasaytirish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiyaning takliflari bo‘yicha mahalliylashtirish loyihalari parametrlari va ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan -Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ishlab chiqarish quvvatlari doirasida Maxsus Idoralararo komissiya va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilmagan holda loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mahalliylashtirish dasturini tuzish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining asosiy funksiyalari va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash va uni amalga oshirishning sifatli monitoringini tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyihalarning tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbus ko‘rsatilayotgan mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlaydilar hamda mahalliylashtirish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun hujjatlarni belgilangan tartibda Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan mahsulotning mamlakatimizdagi potensial xaridorlarini va xorijiy xaridorlarni hamkorlikka jalb qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga buyurtmachilarni faollik bilan izlaydilar, hamkorlikni rivojlantirish shartlarini muhokama qiladilar va shartnoma bilan rasmiylashtirish bo‘yicha ular bilan muzokaralar tashkil etadilar va olib boradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish dasturlarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshiradilar va belgilangan parametrlarga erishadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import kontraktlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda respublika tarmoqlari va korxonalari bo‘yicha import qilinadigan mahsulotlar (xizmatlar) tarkibi va turlarini chuqur tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilinadigan mahsulotlar tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli o‘rganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yo‘nalishlari va aniq ro‘yxatlari bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir takliflarni, shu jumladan eksportga yetkazib berishni kengaytirish uchun ishlab chiqadi, keyinchalik ushbu takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini o‘rganish asosida importning o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning eng ko‘p talab qilinadigan turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga jalb etishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan holatlarda mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
importning o‘rnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining takliflarini respublikaning xo‘jalik birlashmalari va korxonalari bilan birgalikda batafsil o‘rganadi hamda importning o‘rnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish, shu jumladan yangi korxonalar tashkil etish, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
(7-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz iqtisodiyotini kompleks va muvozanatli rivojlantirishni ta’minlashni, tabiiy, mineral-xom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan, shuningdek tegishli infratuzilmadan samarali foydalanishni hisobga olgan holda mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishni iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida va mintaqalarida joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruviga tegishli organlari, sanoat korxonalari bilan birgalikda bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini o‘zlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning samarali sxemalarini, shuningdek ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik jihatdan qayta taqsimlash, mahsulotlarning ishlab chiqariladigan turlari elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan xollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalarini, tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxatlari bo‘yicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining takliflari bo‘yicha respublika korxonalarida joylashtirilgan buyurtmalarni ko‘rib chiqish asosida Mahalliylashtirish dasturini tuzadi;
(7-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bilan belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi hamda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:
(7-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyalashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish darajasini, tovarlar (xizmatlar)ning o‘zaro o‘rnini bosishini va narx omilini hisobga olgan holda bozorning tovarlar (xizmatlar) bilan to‘ldirilganligini baholaydi hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning aniq ro‘yxati bilan birga tovarlar (xizmatlar)ni mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan hollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud bo‘sh yotgan ishlab chiqarish quvvatlari, binolar va inshootlar, shu jumladan bepul xarid qiymati bo‘yicha aniq investitsiya majburiyatlari evaziga taklif etilayotgan quvvatlar, binolar va inshootlar mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishni tashkillashtirish uchun ular to‘g‘risida Iqtisodiyot vazirligiga har chorakda axborot berib borish.
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zlashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar ro‘yxatini texnologik qayta taqsimlash, asbob- uskunalar va respublika sanoat korxonalari salohiyatini, foydalanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganish asosida yangi samarali texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini o‘zlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning oqilona va eng maqbul sxemasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “O‘zstandart” agentligi ishlab chiqariladigan mahsulotni sifati va dizayni bo‘yicha zamonaviy talablar va standartlar darajasiga yetkazish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi kredit mablag‘lari hisobiga Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar amalga oshirilgan taqdirda iqtisodiy samaradorlikni kelishish yuzasidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar — mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari (keyingi o‘rinlarda loyiha tashabbuskori deb yuritiladi) loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan shakl bo‘yicha Maxsus komissiya Kotibiyatiga “bir darcha” prinsipi bo‘yicha kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo‘yicha elektron shaklda takliflar berish huquqiga ega.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 366-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyiha tashabbuskori taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Loyiha tashabbuskoridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxsus komissiya Kotibiyati loyihaning maqsadidan, uni moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda tushgan takliflarni ko‘rib chiqish uchun ikki kun muddatda vakolatli organlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Takliflar bir vaqtning o‘zida quyidagi vakolatli organlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketingning taklif etilayotgan konsepsiyasi, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish istiqbollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtiriladigan mahsulotni tashqi bozorda sotish narxlari parametrlari (loyiha tashabbuskori tomonidan mahsulotni eksport qilish nazarda tutilgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shunga o‘xshash mahsulot importini tahlil qilish (TIF TN kodi bo‘yicha 10 belgi darajasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirish samaradorligi va imkoniyati baholanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan — raqobat muhitini, monopoliya qilib olish darajasini, tovarlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishini hisobga olgan holda bozorni to‘ldirish va narx belgilash baholanadi;
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Hukumat kafolati ostidagi kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda) — loyihaning iqtisodiy samaradorligi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruriyat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot vazirligida vakolatli organlar mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organlar loyiha tashabbuskorlarining takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha asoslangan xulosalarni hujjatlar tushgan paytdan boshlab o‘n kundan kech bo‘lmagan muddatda Maxsus komissiya Kotibiyatiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosaning nusxasi vakolatli organ tomonidan loyiha tashabbuskoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fikr-mulohazalar mavjud bo‘lgan taqdirda hujjatlar vakolatli organlar tomonidan loyiha tashabbuskoriga puxta ishlash uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Puxta ishlangan hujjatlar loyiha tashabbuskorlari tomonidan vakolatli organlarga taqdim etiladi. Hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish va tegishli xulosalarni Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etish vakolatli organlar tomonidan ilgari bildirilgan fikr-mulohazalar loyiha tashabbuskorlari tomonidan bartaraf etish sharti bilan bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Puxta ishlangan loyihani ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan yangi fikr-mulohazalar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maxsus komissiya Kotibiyati ikki hafta muddatda vakolatli organlarning tushgan ijobiy xulosalarini umumlashtiradi va maxsus Komissiya Protokoli loyihasini, zaruriyat bo‘lganda, Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda uning kelishilishini ta’minlaydi va Vazirlar Mahkamasi kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoki bir nechta vakolatli organning salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror Maxsus komissiya majlisida tegishli xulosalar asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish monitoringini olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan har bir loyiha bo‘yicha loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvali ishlab chiqiladi. Jadvalda loyiha orqali Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishiladigan aniq belgilangan muddatlarda belgilangan parametrlarga erishish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiyot vazirligi tarmoq jadvali asosida Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarda belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Mahalliylashtirish dasturi loyihalarining tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek bajarilishi monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish monitoringini olib borishda aniqlangan muammolar va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha idoralararo maxsus komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Azimov R.S.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi‎
B.I. Zakirov —‎ Bosh vazir o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari
E.M. G‘aniyev ‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Xo‘jayev B.A.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari‎
Bekenov S.X.‎ —‎ Iqtisodiyot vaziri‎
Nosirov S.X.‎ —‎ Davlat bojxona qo‘mitasi raisi‎
Qudratov G‘.S.‎ —‎ Davlat statistika qo‘mitasi raisi‎
Najimov N.E.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari‎
G‘ulomov R.A.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Gadoyev E.F.‎ —‎ Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎
Shayxov A.E.‎ —‎ Savdo-sanoat palatasi raisi‎
Abduvaliyev A.A.‎ —‎ “O‘zstandart” agentligi bosh direktori‎
Abdukarimov R.M.‎ —‎ Markaziy bank raisining o‘rinbosari‎
Yusupov Sh.F.‎ —‎ “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisining o‘rinbosari‎
Ibragimov G‘.I.‎ —‎ “O‘zkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi‎
Zaripov B.K.‎ —‎ “O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi‎
Izbosarov A.F.‎ —‎ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi‎
Saidaminov S.S.‎ —‎ “Toshkent traktor zavodi” OAJ bosh direktori v.b.‎
Fayzullayev Sh.N.‎‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari, komissiya kotibi‎‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Idoralararo maxsus komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 49-son, 522-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 7-8-son, 56-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2013-y., 15-son, 200-modda, 36-son, 477-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda, 30-son, 366-modda; 2016-y., 50-son, 565-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)