Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.01.2009 yildagi PQ-1048-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 YILDA SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni yanada ragʻbatlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo, jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida, shuningdek Respublika ikkinchi sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunlarini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan respublika xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi maʼqullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yilda sanoat mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmining maqsadli parametrlari va mahalliylashtirish darajasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning oʻtuvchi loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yangi loyihalari roʻyxati 2a-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning oʻtuvchi loyihalari roʻyxati 3 ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yangi loyihalari roʻyxati 3a-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirishga tavsiya etilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 49-son, 522-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar 2011-yil 1-yanvargacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan subyektlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2a va 3a-ilovalarga kiritilgan korxonalar uchun ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar loyihalar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng, Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) qarorlariga binoan 2012-yilning 1-yanvarigacha beriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1250-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 561-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-noyabrdagi PF-3937-sonli Farmoni 4-bandining amal qilishi mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni xarid qilish uchun tuziladigan shartnomalarga tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasiga Maxsus komissiyaning takliflari boʻyicha mahalliylashtirish loyihalari parametrlari va roʻyxatiga, shuningdek 4-ilovaga kiritilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin. Bunda Mahalliylashtirish dasturiga, birinchi navbatda, 4-ilovada aks ettirilgan, shuningdek Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish davomida aniqlangan talabga asoslanib, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarish nazarda tutilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Nizomda loyihalarni kiritishning soddalashtirilgan mexanizmi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari vakolatli organlar va Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilishining aniq muddatlari va Mahalliylashtirish dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, manfaatdor xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari korxonalar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ushbu qarorning 2a va Za-ilovalariga kiritilgan loyihalarning pasportlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va Maxsus komissiyaga taqdim etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda moddiy resurslar xarid qilishga va belgilangan prognoz parametrlardan past boʻlmagan holda mahalliylashtiriladigan mahsulot yetkazib berishga buyurtmalar portfeli shakllantirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Direksiyasi mahalliylashtiriladigan mahsulot yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda roʻyxatga olinishini taʼminlasin, natijalar toʻgʻrisida Maxsus komissiyaga har oyda maʼlumot berib tursin.
(7-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1250-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 561-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshiruvchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek korxonalarning xodimlarini standartlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalalari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat kooperatsiyasi aloqalarini chuqurlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish borasidagi tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirilishi tavsiya etilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati toʻgʻrisida muntazam axborot berib borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2008 — 2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-maydagi PQ-879-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 27-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1048-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 35-modda, 49-son, 522-modda, 52-son, 561-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda)