O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-son Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.H. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-yanvar,
PQ-1259-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniyalar” so‘zlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning sarlavhasidagi “boshqaruvchi kompaniyalar” so‘zlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)