21.04.2006 yildagi PQ-330-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOʻQIMACHILIK SANOATI KORXONALARINI MOLIYAVIY SOGʻLOMLASHTIRISH VA ULARGA PAXTA TOLASI SOTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda davlat tomonidan toʻqimachilik sanoati qoʻllab-quvvatlanayotgani tufayli mamlakatimizda yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi zamonaviy toʻqimachilik korxonalari tashkil etildi. Natijada tarmoqda ishlab chiqarish hajmi va xalqaro standartlarga javob beradigan toʻqimachilik mahsulotlari eksporti barqaror oʻsib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va toʻqimachilik sanoatiga xorijiy investorlarni jalb qilish surʼatlari yetarlicha emas. Buning oqibatida qimmatbaho paxta tolasining anchagina qismi eskirgan uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda sifati past mahsulotlarga aylantirilmoqda. Tarmoqda zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar soni qisqarmayapti. Toʻqimachilik sanoati korxonalarining paxta tolasini yetkazib beruvchilarga hamda tijorat banklarining kreditlari boʻyicha qarzdorligi yuqoriligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlarini jadallashtirish, texnik qoloq va iqtisodiy nochor korxonalarni qatʼiy tugatish, qoʻshma toʻqimachilik korxonalari faoliyati hamda texnik qayta jihozlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida eskirgan uskunalarda ishlayotgan sifatli raqobatbardosh toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni taʼminlamayotgan va rivojlanish istiqbollariga ega boʻlmagan korxonalar aniqlandi (1-ilovaga* muvofiq), ularning aksariyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa kreditorlar tashabbusiga koʻra belgilangan tartibda bankrotlik toʻgʻrisida ishlar qoʻzgʻatildi va tugatish amaliyoti oʻtkazilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tili matnida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar bilan birgalikda tashkil etilgan va banklarning kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari bor, iqtisodiy nochor toʻqimachilik korxonalarga (2-ilovaga* muvofiq) nisbatan kreditorlar tomonidan bankrotlik jarayonlari boshlangan yoki qonunda belgilangan tartibda ularning mulkidan jarima undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi tartib belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovada koʻrsatilgan korxonalarda zamonaviy texnologik uskunalar asosida modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmaguncha eskirgan texnologik uskunalarda qayta ishlash uchun paxta tolasi sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozirgi vaqtda modernizatsiya va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirayotgan 3-ilovada* koʻrsatilgan korxonalar uchun 2007-yil 1-iyulgacha ularga paxta tolasi sotishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi tahrirda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari sotib olingan paxta tolasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari bor respublika qayta ishlash korxonalari birja savdolariga qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tanlash boʻyicha hukumat komissiyasi (quyida — Komissiya) 4-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
(3-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetga, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari boʻyicha berilgan bank kreditlari hamda paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalari va “Oʻzpaxtasanoat” AJ oldida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar boʻyicha mulkiga kreditorlarning talablari qaratilgan iqtisodiy nochor toʻqimachilik korxonalarini sotish va boshqaruvga berish, investorlar yoki zamonaviy toʻqimachilik korxonalari menejmenti tajribasiga ega investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar oʻrtasida ochiq tanlovlarni oʻtkazish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5348-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan texnologik uskunalari bor toʻqimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturiga kiritish va undan chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida paxta tolasini sotish boʻyicha yopiq kimoshdi savdolariga kiritiladigan toʻqimachilik korxonalari roʻyxatiga qoʻshish va bu roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqimachilik korxonalari modernizatsiya va texnik qayta jihozlash ishlarini bajargandan soʻng ularni Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida paxta tolasini sotib olishiga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya (Azimov R.S.):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan vakolatlarga muvofiq oʻziga yuklatilgan vazifalarning tezkor hal etilishini taʼminlash va har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga amalga oshirilayotgan ishlarning muayyan natijasi haqida hisobot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilning 1-iyuligacha 2-ilovada qayd etilgan korxonalar uchun investorlar yoki boshqaruv kompaniyalarini tanlash ishlari yakunlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2006—2008-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga oʻz tarkibiga xorijiy investitsiyalar kiritilgan korxonalarni birlashgan aʼzolar sifatida ushbu korxonalar taʼsischilarining qaroriga muvofiq qabul qilish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 36-son, 359-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda ikki hafta ichida paxta tolasini OʻzRTXB orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
(11-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 36-son, 359-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-330-son
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 36-son, 359-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda,36-son, 359-modda; 2008-y., 10-11-son, 58-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)