05.01.2010 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

POCHTA ALOQASI XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA AFZALLIKLAR BERILADIGAN FOYDALANUVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA POCHTA ALOQASI XIZMATLARI KOʻRSATISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA

Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi
(roʻyxatning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oldingi tahrirga qarang.
(roʻyxatning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatuvchi “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, uning mintaqaviy (viloyat) pochta aloqasi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda mintaqaviy pochta aloqasi tashkilotlari deb ataladi), pochta aloqasi obyektlari, “Xalqaro pochtamt” ixtisoslashtirilgan filiali tomonidan bajariladigan pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilar ayrim toifalarining pochta joʻnatmalariga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchilarning ayrim toifalari deb ataladi) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xizmatlar koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Foydalanuvchilarning ayrim toifalari tomonidan joʻnatiladigan pochta joʻnatmalariga joʻnatuvchidan adresatgacha boʻlgan butun oʻtish yoʻli davomida “HUKUMATGA OID” belgisi bilan ishlov beriladi, joʻnatiladi va topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalari boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banderollar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
posilkalar (oddiy, qiymati eʼlon qilingan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalari pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlarning buyruqlari bilan belgilangan ajratilgan pochta aloqasi boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalariga boshqa pochta joʻnatmalaridan alohida, yirik pochta aloqasi boʻlimlarida esa — maxsus ish joylarida ishlov beriladi va belgilangan manzil boʻyicha eng tez usulda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalari faqat ushbu Roʻyxatga kiritilgan foydalanuvchilarning rahbarlari nomiga va rahbarlari nomidan joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalarini qabul qilish, ularga ishlov berish, ularni tashish va yetkazib berish (topshirish) ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda pochta joʻnatmalarining tegishli turlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalarining oʻlchami, ogʻirligi va oʻrovi pochta joʻnatmalarining tegishli turlari uchun Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishning amaldagi qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalari joʻnatuvchilardan belgilangan shakldagi roʻyxatlar boʻyicha yopiq holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy yozma xat-xabarlarni joʻnatish uchun roʻyxatlar bir nusxada, roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini joʻnatish uchun — ikki nusxada toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini qabul qilishda roʻyxatlarda quyidagilar koʻrsatiladi: pochta joʻnatmasining belgilangan manzili, adresatning familiyasi (nomi), ogʻirligi, joʻnatish uchun toʻlov va kvitansiya daftari boʻyicha pochta joʻnatmasining raqami. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega oddiy yozma xat-xabarlarni qabul qilishda — roʻyxatlarda xatlarning konvertlarda koʻrsatilgan chiqish raqamlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalarini joʻnatish uchun toʻlov tegishli pochta joʻnatmalarini qabul qilish vaqtida amalda boʻlgan tariflar boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega oddiy va buyurtma xatlar, oddiy va buyurtma banderollar hattoki bunday belgiga ega bir dona pochta joʻnatmasi mavjud boʻlganda ham boshqa xat-xabarlardan alohida yigʻindilarga joylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega yozma xat-xabarli yigʻindilar, miqdoridan qatʼi nazar, barcha oʻtish bosqichlarida alohida qoplarda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega pochta joʻnatmalari barcha mumkin boʻlgan usullar va vositalar bilan eng qisqa muddatlarda yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “HUKUMATGA OID” belgisiga ega oddiy pochta joʻnatmalari belgilangan shakldagi hujjatlarga imzo qoʻygan holda belgilangan tartibda topshiriladi, bu hujjatlarda quyidagilar koʻrsatiladi: qabul qilingan joyi, pochta joʻnatmasining qobigʻiga qoʻyilgan birinchi chiqish raqami (raqami boʻlmaganda “r/y” deb koʻrsatiladi) va adresat nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun aloqa xodimlari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 6-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)