18.11.1991 yildagi 422-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun nogironlarga huquq va erkinliklarni roʻyobga chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni toʻlaqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek oʻzlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlatning nogironlarga oid siyosatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilishga, nogironlikning oldini olishga va nogironlarning jamiyat bilan uygʻunlashib ketishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. “Nogiron” tushunchasining taʼrifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj boʻlgan shaxs nogiron hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning oʻz-oʻziga xizmat qilish, yurish, yoʻlni topa olish, muloqot qilish, oʻz xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shugʻullanish qobiliyati yoki imkoniyatini toʻla yoxud qisman yoʻqotganligida ifodalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Nogironlar huquqiy mavqeyining asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qoʻyilgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklarga egadirlar. Nogironlarni kamsitish taqiqlanadi va qonunga muvofiq jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nogironlarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlab, tegishli davlat dasturlarida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish, salomatligini saqlash, mehnat qilish, bilim olish va kasb oʻrganish, uy-joyli boʻlish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni roʻyobga chiqarishda toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida qonunlarda koʻzda tutilgan shakllarda ularga ijtimoiy yordam berish yoʻli bilan ularning xos kamol topishlari, ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi. Davlat nogiron bolalar toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga yordam koʻrsatish maqsadida respublikada va viloyatlarda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmalari tashkil etilib, ulardan soliq olinmaydi. Bu jamgʻarmalarni tashkil etish, ularning faoliyat tartibini hamda tashkil topish manbalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalikdan nogiron boʻlganlarning hamda boshqa I va II guruh nogironlarining uy-joy sharoitini yaxshilash chogʻida uylar ularning ish joylariga hamda davolash-profilaktika muassasalariga va transport yoʻllariga yaqin boʻlishi zarurligini hisobga olgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga va aʼzolaridan biri nogiron boʻlgan oilalarga uy-joy berish, uy-joy sotib olish, qurish va ulardan foydalanish yuzasidan yengilliklar Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonunlarida belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan sud yoʻli bilan yoki qonunda belgilangan boshqa tartibda taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro vakolatli davlat idorasi (TMEK)ning uni nogiron deb topgan yoki nogiron deb topmaganligi xususidagi qaroriga norozilik bildirib TMEKning yuqori idorasiga murojaat qilishga haqlidir. Agar shu qaror ham nogironni qoniqtirmasa, unda u sud yoʻli bilan eʼtiroz bildirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar qonunda belgilangan moddiy, intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Nogironlar muammolariga doir qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirok etishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari oʻz ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda, shuningdek tegishli tadbirlarni pul bilan taʼminlashda ishtirok etishlari mumkin. Xalq deputatlari Kengashlari ularga bu borada har tomonlama koʻmaklashishlari shart.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlarni indeksatsiyalashni hisobga olib, respublika budjeti, mahalliy budjetlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan nogironlarga ijtimoiy yordam berish tartibi va shartlari;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi OʻZQ-2-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilishning respublika va mintaqa dasturlarini tasdiqlash va pul bilan taʼminlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni tarbiyalashni, ularning umumiy taʼlim olishini va hunar oʻrganishini, ularni ishga joylashtirishni va mehnati muhofaza etilishini taʼminlashga oid umumiy qoidalar belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga oid xalqaro shartnomalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. NOGIRONLARNING IJTIMOIY INFRASTRUKTURADAN TOʻSQINLIKSIZ FOYDALANIShI UChUN ShART-ShAROIT YaRATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Nogironlarning uy-joylardan va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlaridan foydalanishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarga (shu jumladan oʻrindiqli aravacha va yetaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarga) uy-joylardan, jamoat va ishlab chiqarish binolaridan, inshootlar va xonalardan foydalanishlari, jamoat transporti va transport kommunikatsiyalari, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan toʻsqinliksiz foydalanishlari, bemalol yoʻl tanlash va yurishlari uchun shart-sharoit yaratib berishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chogʻida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarini loyihalash va qurish, turar joy dahalarini barpo etish, binolar, inshootlar, shu jumladan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtostansiyalar, daryo portlari, sport komplekslari, maorif va madaniyat obyektlarining, kommunikatsiyalarning loyiha yechimlarini ishlab chiqish, ularni qurish va rekonstruksiyalash, shuningdek transport vositalarini, shu jumladan xususiy transport vositalarini, aloqa va axborot vositalarini ularga nogironlar kirishi va ulardan foydalanishi uchun moslashtirmay turib yaratish va ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tegishli obyektlarning loyihalari nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan kelishib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga shart-sharoit yaratish loyihalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Nogironlar uchun moʻljallangan obyektlarni loyihalash va qurish ustunlik tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Ijtimoiy infrastrukturaning ishlatilayotgan obyektlarini nogironlar foydalanishi uchun moslashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi transport, aloqaning, axborotning ishlatilayotgan vositalari hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlari (8 va 9-moddalar) davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari tomonidan nogironlarning jamoat birlashmalari ishtirokida belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlarda nogironlar kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur obyektlarni nogironlar kirishi uchun moslashtirish mumkin boʻlmagan hollarda tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nogironlarning ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydigan zarur choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Turar joy binolarini nogironlarning kirishiga va foydalanishiga moslashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar yoki aʼzolaridan biri nogiron boʻlgan oilalar yashayotgan turar joy binolari, shuningdek nogironlar uchun qurilayotgan uy-joylar nogironlar salomatligini tiklashning yakka tarzdagi dasturiga muvofiq maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur turar joy binolarini uy-joy fondining egasi boʻlgan xalq deputatlari Kengashlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar jihozlaydilar. Yakka tartibda qurilgan uylarni jihozlash xalq deputatlari tegishli Kengashlari tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda nogironlarning jamoat birlashmalari albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tadbirlarni pul bilan taʼminlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Nogironlarning transport hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlaridan foydalana olishini taʼminlash vazifalarini bajarmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab turgan transport, aloqa va axborot vositalarini hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlarini nogironlar kira oladigan va foydalana oladigan qilib moslashtirish yuzasidan ushbu Qonunda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni bajarmagan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar nogironlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda tegishli budjetlarga oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur mablagʻlardan faqat ijtimoiy infrastruktura obyektlarini nogironlarning ehtiyojlariga moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchungina foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Nogironlarning madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga kirishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Kengashlari, ularning boshqarmalari va boʻlimlari, boshqa tarmoq boʻlinmalari nogironlar madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga bemalol kirishi va madaniy kamol topish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish maqsadida ulardan bemalol foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, shuningdek ularga maxsus sport anjomlari berilishini taʼminlashga majburdirlar. Nogironlar mazkur xizmatlardan bepul yoki yengil shartlar bilan foydalanadilar.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan taʼminlashda, ularni jihozlashda va taʼminlashda korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan taʼminlashga, jihozlar sotib olishga va ularni taʼminlashga mablagʻ ajratishga haqlidir. Mazkur maqsadlarga ajratilgan mablagʻdan soliq olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Nogironlar uchun mollar va texnika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga beriladigan yengilliklar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar uchun sanoat mollari, maxsus texnika va oʻzga vositalar ishlab chiqaradigan hamda nogironlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga, shuningdek aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan maxsus taʼlim-tarbiya muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan, shuningdek xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlarda yengilliklar beriladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. NOGIRONLARNI TIBBIY, KASB VA IJTIMOIY JIHATDAN TIKLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash tizimini tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga koʻmaklashadi. Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan qobiliyatlarini, oʻziga oʻzi xizmat qilish qobiliyatini, kasb faoliyatining xilma-xil turlaridagi qobiliyatini, shuningdek nogironlarga toʻlaqonli turmush tarzini davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda mavjud imkoniyatlarini ishga solishni taʼminlaydigan qobiliyatlarini qayta tiklashga hamda ularning oʻrnini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash, shuningdek nogironlikning oldini olish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va mutaxassislar tayyorlashni pul bilan taʼminlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari vakolat bergan davlat idoralari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturida tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari, shuningdek ijtimoiy yordam turlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron taqdim etadigan tiklashning yakka tartibdagi dasturi tegishli davlat idoralari, shuningdek korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ijro etishi majburiy boʻlgan hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Nogironlarni tiklash ishlarini amalga oshiruvchi muassasalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika idoralari va mahalliy idoralar nogironlarning salomatlikni tiklashga qaratilgan yordamga boʻlgan ehtiyojlarini va mahalliy sharoitlarni hisobga olib, nogironlarning salomatligini tiklash tarmoqlarini, shu jumladan ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini, ambulatoriyalar hamda doimiy davolash-profilaktika muassasalarida tiklash boʻlimlarini, maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarini, ixtisoslashtirilgan sanatoriy-kurort muassasalarini, nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatadigan korxonalar va muassasalarni barpo etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. NOGIRONLARNING ILM OLIShI VA KASB TAYYORGARLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun sharoit yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun zarur shart-sharoit yaratishga kafolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi idoralari sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot idoralari bilan birgalikda nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tarbiyasini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi rejasiga muvofiq ular umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim olishini taʼminlashga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Nogiron bolalarning maktabgacha tarbiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salomatligi tufayli umumiy yoʻsindagi maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnay olmaydigan nogiron bolalarni tarbiyalash hamda salomatligini tiklash uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida xalq deputatlari Kengashlari korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarni jalb etgan holda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarini, shu jumladan internat-uylarni tashkil etadilar.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Nogironlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim olishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim berish barcha oʻquv yurtlarida, zarur boʻlgan hollarda esa maxsus bilim yurtlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ishlaydigan davolash profilaktika yoki salomatlikni tiklash muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun ham oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Nogiron bolalarga uyda tarbiya va taʼlim berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron bolalarga umumiy yoki maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida va oʻquv yurtlarida tarbiya va taʼlim berish imkoni boʻlmagan taqdirda, ota-onalarining istaklari hisobga olinib, bunday bolalarga uyida tarbiya va taʼlim beriladi. Bunda ota-onalardan biriga yoki ularning oʻrnini bosuvchi kishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlar asosida moddiy taʼminot va imtiyozlar beriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli oʻquv-tarbiya muassasalari nogiron bolalarni uyda oʻqitishda ota-onalarga yordam berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron bolalarni har tomonlama uygʻun rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni, mehnatga qiziqishni tarbiyalash, ularni fan, texnika, sanʼat va sportga jalb etish maqsadida xalq taʼlimi idoralari, boshqa davlat idoralari nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyadan bahramand boʻlishlarini taʼminlashga, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Nogiron bolalarga doimiy muassasalarda tarbiya va taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashaydigan nogiron bolalarga ana shu muassasalar ijtimoiy-maishiy hamda mehnat koʻnikmalarini hosil qilish bilan uzviy bogʻlangan holda tarbiya va taʼlimning uzluksizligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Nogironlarning kasb tayyorgarligini va ularning malakasini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning kasb tayyorgarligi va ularning malakasini oshirish oʻquv yurtlarida, korxonalarda va tashkilotlarda (ixtisoslashgan yoki umumiy yoʻsindagi), shuningdek nogiron jamoat tashkilotlarining korxonalari va birlashmalarida ijtimoiy yordam muassasalari bilan birgalikda tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ravishda taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb tayyorgarligi va malaka oshirish davrida nogironlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartib va shartlar asosida moddiy jihatdan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Nogironlarning ilm olish, kasb tayyorgarligi va malaka oshirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning ilm olishi, kasb tayyorgarligi va malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan, kunduzgi hamda kunduzgi-sirtqi shakllarda, oʻzicha mustaqil tayyorlanish yoʻli bilan, maxsus guruhlarda, sinflarda hamda yakka tartibdagi oʻquv dasturlari asosida, shu jumladan uyda oʻqish yoʻli bilan roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Imo-ishora tili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi imo-ishora tilini shaxslararo muloqot vositasi sifatida tan oladi. Imo-ishoralar tilining huquqiy maqomi va qoʻllanish sohasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. NOGIRONLAR MEHNATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Nogironlarning mehnat qilish huquqini amalga oshirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga mehnat sharoiti odatdagicha boʻlgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qoʻllaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan hamda qonun bilan taqiqlanadigan oʻzgacha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga koʻtarishdan bosh tortishga, maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga, nogironligi uchun uni oʻz roziligisiz boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga koʻra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogiron oʻz mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin avvalgi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Nogironlarni ish bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni ish bilan taʼminlash maqsadida davlat idoralari nogironlarning kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari ishtirokida korxonalarda, birlashmalar, muassasalarda va tashkilotlarda ishlovchilar sonining kamida 3 foizi miqdorida nogironlar uchun ish joylarini band qilib qoʻyish normalarini belgilaydi (kamida 34 kishi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar uchun ish joylarini band qilib qoʻyishni taʼminlamagan yoki ularni ishga joylashtirishdan boʻyin tovlagan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar davlat hokimiyati mahalliy idoralariga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda nogironlarni ishga joylashtirish va ularga moddiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun pul toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Koʻzi ojiz nogironlar sharoiti oʻzlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band boʻlgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xomashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Nogironlarni mehnat sharoiti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarda, birlashmalarda, muassasalarda va tashkilotlarda ishlayotgan nogironlarga tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ravishda zarur mehnat sharoiti yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat sharoiti, shu jumladan mehnatga haq toʻlash, ish vaqti, tartibi va dam olish vaqti, jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasida belgilab qoʻyiladigan yillik va qoʻshimcha otpuskalarning muddati amaldagi normativ hujjatlarda koʻzda tutilganidan kam boʻlmasligi va boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi yoki ularning huquqlarini cheklamasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar uchun imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar imtiyozli asoslarda soliq toʻlash, moliyalashtirilish hamda moddiy-texnika bilan taʼminlanish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar mehnati qoʻllaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish, ularni moliyalashtirish hamda moddiy-texnika bilan taʼminlash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Ijtimoiy yordam turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga ijtimoiy yordam pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar) shaklida, texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan taʼminlash shaklida, shuningdek tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati koʻrsatish yoʻli bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni pensiyalar va nafaqalar bilan taʼminlash tartibi pensiya va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga bepul maxsus tibbiy yordam koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunlarida belgilab qoʻyiladi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan taʼminlash, ularga texnik vositalar va oʻzga vositalarni berish, shuningdek, maishiy xizmat va transport xizmati koʻrsatish bepul yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Nogironga texnika vositasi yoki oʻzga vositani berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironga texnika vositasi yoki oʻzga vosita salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq bepul yoki imtiyozli shartlar bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida koʻzda tutilgan texnika vositasi yoki oʻzga vositani davlat idorasi nogironga berishi mumkin boʻlmasa yoki nogiron tegishli vositani oʻz hisobidan sotib olgan boʻlsa, unga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda tovon toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Uyga borib xizmat koʻrsatish. Nogironlarga ijtimoiy yordam beradigan doimiy ishlovchi muassasalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj boʻlgan nogironlarga ijtimoiy yordam idoralari uyga borib yoki doimiy ishlaydigan muassasalarda tibbiy yoki maishiy xizmat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi doimiy muassasalar tarmogʻini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishchi yoki xizmatchi korxona, birlashma, muassasa, tashkilotning aybi bilan nogiron boʻlib qolgan hamda boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlsa, shu korxona, birlashma, muassasa, tashkilot sogʻliqni saqlash organlari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosasiga muvofiq mehnatga yaroqsiz boʻlib qolgan davrda bemorni parvarishlash uchun oʻz hisobidan uyda qarab turadigan bir kishini yollashi shart va nogironga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplaydi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Internat-uylardagi va boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalaridagi nogironlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning internat uylarda yoki boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalarida boʻlish sharoiti nogironlar oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatni taʼminlashi hamda shaxsning ehtiyojlari mumkin qadar toʻla-toʻkis qanoatlantirilishiga koʻmaklashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salomatligini tiklash choralari yordamida nogironning internat uyda yoki oʻzga doimiy ishlaydigan ijtimoiy muassasada boʻlishiga zarurat qolmagan taqdirda davlat hokimiyati mahalliy idorasi unga ushbu Qonunning 11-moddasi talablariga muvofiq ravishda qulay turar joy maydoni berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashayotgan yetim yoki ota-onalarining vasiyligidan mahrum etilgan nogiron bolalar balogʻatga yetgach, agar salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish va mustaqil turmush kechirish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlsa, shu dasturga muvofiq xalq deputatlari Kengashlari tomonidan navbatdan tashqari turar joy maydoni bilan taʼminlanadi.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish, shu jumladan ularni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq isteʼmoli mollari bilan taʼminlash, ularga kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatish xalq deputatlari Kengashlari tomonidan nogironlarning kasaba uyushmalari hamda jamoat birlashmalari, ijtimoiy yordam muassasalari ishtirokida belgilanadigan yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Kengashlari har yili kamida bir marta nogironlarning ijtimoiy-turmush sharoitlarini oʻrganib chiqishni tashkil etadilar hamda bu sharoitlarni yaxshilash uchun zarur choralar koʻradilar.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi davlat idoralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga ijtimoiy yordamni xalq deputatlari Kengashlari, ularning ijroiya va boshqaruv idoralari, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport idoralari hamda boshqa davlat idoralari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspertiza (tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining, ixtisoslashtirilgan ekspert xizmatlarining, tibbiy maslahat komissiyalarining) xulosalari asosida koʻrsatadilar.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Ijtimoiy yordamni pul bilan taʼminlash manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy yordam respublika budjeti va mahalliy budjetlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan, shuningdek korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan beriladi.
(38-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi OʻZQ-2-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarni pul bilan taʼminlovchi korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlarda soliq solishda yengilliklar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. NOGIRONLARNING JAMOAT BIRLAShMALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamgʻarmalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari, shuningdek mulkning oʻz xoʻjalik yuritishning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chogʻida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari oʻz manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalariga beriladigan imtiyozlar va yengilliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning jamoat birlashmalari hamda ularning korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlari soliq toʻlashda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda imtiyozlar va yengilliklardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlimlari va boʻlinmalari binolar olishda, xomashyo resurslari, ishlab chiqarish-texnika uskunalarini sotib olishda birinchi navbat huquqidan foydalanadilar va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq imtiyozli suratda pul va kredit bilan taʼminlanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
422-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda;2001-y., 5-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda)