Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISHGA KOʻMAKLASHISH” LOYIHASI DOIRASIDA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI IMTIYOZLI KREDITINING TEJALGAN MABLAGʻLARIDAN HAMDA KREDITNI TOʻLDIRISH MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan imtiyozli kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini Germaniya Hukumatining imtiyozli kreditidan foydalangan holda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-dekabrdagi 563-son qaroriga hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Germaniya Hukumati imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlaridan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-martdagi 46-son qaroriga muvofiq “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan 7669,4 ming yevro miqdoridagi imtiyozli kreditni va 1023,0 ming yevro miqdoridagi grantni oʻzlashtirish doirasida:
KfW imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari 746,619 ming yevroni tashkil etganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yilda rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi Hukumatlararo maslahatlashuvlar yakunlarining 2004-yil 1-apreldagi Protokoliga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyiha mablagʻlarini 1200,0 ming yevro miqdorida toʻldirish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining KfW imtiyozli kreditining 1946,6 ming yevro miqdoridagi tejalgan mablagʻlarini va kreditni toʻldirish mablagʻlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan kasb-hunar kollejlari qoʻshimcha sonini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga ilgari belgilangan tender shartlariga rioya qilgan holda tender savdolari oʻtkazmasdan:
axborot-texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish uchun — Fujitsu-Siemens kompaniyasi bilan 2005-yil 11-iyuldagi S'SEP/01/ /E/2005-son kontraktga;
kasb-hunar kollejlarini oʻquv anjomlari bilan jihozlash va mebellar yetkazib berish uchun — Lucas Nuelle kompaniyasi bilan 2005-yil 23-avgustdagi SSEP/02/EM/2005-son kontraktga;
konsalting xizmatlari koʻrsatish uchun — GOPA kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga;
kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini texnik jihatdan oʻqitishda maslahat xizmatlari koʻrsatish uchun — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan 2006-yil 14-avgustda tuzilgan 03/CS-son kontraktga;
kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarining texnik malakasini oshirishni tashkil etish xizmatlari koʻrsatish uchun — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan 2006-yil 18-sentabrda tuzilgan 04/O-son kontraktga qoʻshimcha bitimlar tuzishga ruxsat etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yilda rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi Hukumatlararo maslahatlashuvlar yakunlarining 2004-yil 1-apreldagi Protokoliga binoan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini kengaytirish uchun jalb qilinadigan 1200,0 ming yevro miqdorida moliyalashtirish hajmini koʻpaytirish toʻgʻrisida Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan shartnoma tuzsin;
ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha bitimlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin.
5. Moliyalashtirish hajmi 1200,0 ming yevroga koʻpayganligini hisobga olgan holda kreditni qaytarish va Germaniya taraqqiyot banki (KfW) krediti boʻyicha foizlar toʻlash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi, foizlar toʻlash, KfW imtiyozli kreditining 1200,0 ming yevro miqdoridagi toʻldirish mablagʻlariga oid boshqa chiqimlarni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga kredit mablagʻlaridan oʻz vaqtida va samarali foydalanilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-may,
89-son
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi boʻyicha Germaniya taraqqiyot banki (KfW) imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlarini hamda kreditni toʻldirish mablagʻlarini qayta taqsimlash
| | | | | | (ming yevro) |
| T/r | Kredit mablagʻlari hisobiga xarajatlar nomi | Kredit boʻyicha rejalashtirilgan xarajatlar | Kreditning foydalanilgan qismi | Kreditning tejalgan qismi va uning toʻldirilishi | Kreditning tejalgan qismi mablagʻlarini va kreditni toʻldirish mablagʻlarini qayta taqsimlash |
| | Kredit boʻyicha hammasi | 8869,4 | 6922 | 1946,6 | 1946,6 |
| 1. | Kreditning taqsimlangan qismi, shu jumladan: | 7669,4 | 6922,8 | 746,6 | |
| 1.1 | asbob-uskunalar sotib olish | 6963,3 | 6594,7 | 368,6 | 1825,4* |
| 1.2 | axborot infratuzilmasini rivojlantirish | 15,0 | 15,0 | 0,0 | |
| 1.3 | oʻquv materiallari sotib olish va nashr etish | 208,4 | 23,8 | 184,6 | 101,2* |
| 1.4 | oʻquv-laboratoriya anjomlari xarid qilish boʻyicha maslahat xizmatlari | 289,3 | 289,3 | | 20,0* |
| 1.5 | nazarda tutilmagan xarajatlar | 193,4 | | 193,4 | |
| 2. | Ushbu loyiha boʻyicha mablagʻlarni toʻldirish | 1200,0 | | 1200,0 | |
* Loyiha amalga oshirilishi davomida uning qismlari qiymati Fujitsu-Siemens, Lucas Nuelle, GOPA Consultants firmalari bilan aloqa muzokaralari oʻtkazilishi natijalari boʻyicha hamda narxlar va xarajatlar maqbullashtirilishi hisobga olingan holda aniqlashtiriladi.
Germaniya taraqqiyot banki (KfW ) imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari va kreditni toʻldirish mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari
ROʻYXATI*
| T/r |
Mintaqalar boʻyicha kasb-hunar kollejlari |
Tashkil etilgan yili |
Oʻquvchi oʻrinlari soni |
|
|
Andijon viloyati | ||
| 1. | Andijon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2002 | 750 |
|
Jizzax viloyati | |||
| 2. | Jizzax kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2006 | 720 |
| |
Qashqadaryo viloyati | ||
| 3. | Shahrisabz kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2007 | 540 |
| 4. | Gʻuzor kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2007 | 540 |
| |
Namangan viloyati | ||
| 5. | Uychi kompyuter texnologiyalari va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji | 2006 | 720 |
| |
Samarqand viloyati | ||
| 6. | Samarqand informatika va aloqa kasb-hunar kolleji | 2005 | 720 |
| 7. | Ishtixon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2007 | 720 |
| |
Fargʻona viloyati | ||
| 8. | Qoʻqon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2006 | 720 |
| |
Xorazm viloyati | ||
| 9. | Urganch aloqa va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji | 2003 | 750 |
| 10. | Xiva kasb-hunar kolleji | 2006 | 720 |
* Germaniya taraqqiyot banki (KfW) imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari va kreditni toʻldirish mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari roʻyxatiga yetkazib beriladigan anjomlar va mebelning kontrakt narxlari maqbullashtirilishi hisobga olingan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.