01.12.2004 yildagi 563-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISHGA KOʻMAKLASHISH” LOYIHASINI GERMANIYA HUKUMATINING IMTIYOZLI KREDITIDAN FOYDALANGAN HOLDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KFW)ning imtiyozli kredit mablagʻlarining samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KFW) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 40 yil muddat bilan, 0,75 yillik foiz stavkasi boʻyicha 7669 ming yevro miqdorida imtiyozli kredit va 1023 ming yevro miqdorida grant berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi koʻrsatib oʻtilgan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan qarz oluvchi etib;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agent etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha asosiy qarzni, vositachilik haqini, foizlarni va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻi hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish loyihasining, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirishga jalb etiladigan Germaniya taraqqiyot banki (KFW) kreditini qaytarish va kredit boʻyicha foizlarni toʻlash jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida tuziladigan import kontraktlar ekspertizasi oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishning taʼminlanishi uchun javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha zarur hujjatlarni va iqtisodiy asoslashlarni, shu jumladan, asbob-uskunalar xarid qilish hamda xizmatlar koʻrsatishga tender hujjatlarini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan mazkur loyiha doirasida Germaniya taraqqiyot banki (KFW) kredit mablagʻlari va granti hisobiga sotib olinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan asbob-uskunalar, oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar va texnik vositalar bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin, bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kelish vizalari berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji toʻlovisiz taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Qosimov va E.M.Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
563-son