Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019 28.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 28.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668
Kuchga kirish sanasi
07.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1668-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 15-oktabrdagi 02/29-10/36 va 132-sonli “Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisid”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1668-6, 26.10.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/12-18/03-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining
2007-yil 12-fevraldagi 01/12-18/03, 20-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlarini ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga kiritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 15-noyabrdagi 01/29-10/27, 151-sonli (roʻyxat raqami 1668-5, 14.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1668-5/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) auditorlik tashkilotlarini kiritish uchun tanlov mazkur Nizom bilan belgilangan talablarga javob beruvchi va barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish yoki tashabbus tarzdagi va banklar, sugʻurta tashkilotlari va aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining arizalari asosida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlovda ishtirok etish uchun talablar tanlovda ishtirok etadigan barcha auditorlik tashkilotlari uchun yagona hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlovda qatnashadigan auditorlik tashkilotlari har yili 1-fevraldan 25-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Nizomning ilovasidagi shaklga muvofiq arizani taqdim etadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 15-noyabrdagi 01/29-10/27, 151-sonli (roʻyxat raqami 1668-5, 14.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1668-5/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda taqdim etilmagan ariza koʻrib chiqilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Auditorlik tashkilotlarini tanlash mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Auditorlik tashkilotlarining arizalarini koʻrib chiqish uchun Markaz va Moliya vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhi tuziladi. Ishchi guruhning tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 15-noyabrdagi 01/29-10/27, 151-sonli (roʻyxat raqami 1668-5, 14.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1668-5/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishchi guruh har yili 1-martga qadar auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan arizalarni koʻrib chiqadi, mazkur Nizom talablariga javob beruvchi auditorlik tashkilotlarini aniqlaydi va har yili Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan Roʻyxatni tuzadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har yili tasdiqlanadigan auditorlik tashkilotlarining roʻyxati ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaz va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarning boshqaruv organlari auditorlik tashkilotini tanlov asosida tasdiqlangan Roʻyxatdan tanlab oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Roʻyxatga kiritilmagan yoki Roʻyxatga kiritilgandan keyin mazkur Nizom talablariga nomuvofiq boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Auditorlik tashkiloti mazkur Nizom talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan paytdan boshlab 10 kunlik muddat ichida Markazga uni Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 18-dekabrdagi 01/09-26/25, 114-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-3, 15.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 3-son, 39-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz va Moliya vazirligining monitoringi davomida auditorlik tashkilotining mazkur Nizom talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ushbu auditorlik tashkiloti Roʻyxatdan chiqariladi va nomuvofiqlik aniqlangan kundan boshlab keyingi Roʻyxat tasdiqlanadigan kunga qadar takroran Roʻyxatga kiritish uchun ariza berish huquqiga ega boʻlmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruh xulosasiga koʻra auditorlik tashkilotini Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaz va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotiga quyiladigan talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish yoki tashabbus tarzdagi va banklar, sugʻurta tashkilotlari va aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) auditorlik tashkiloti rahbari va shtatdagi auditorlarda amalda boʻlgan auditorlik sertifikatlarining (ariza berilgan paytda) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) auditorlik faoliyati sohasida kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) auditorlik tashkilotida qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega boʻlgan kamida bitta mutaxassisning mavjudligi (malaka mazkur ixtisoslik boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi yoki qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka attestatining mavjudligi yoki ushbu sohada ish tajribasiga ega boʻlishi bilan tasdiqlanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 4-sonli auditorlik faoliyatining milliy standarti “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qoʻyiladigan talablar”ga (roʻyxat raqami 1624, 2006-yil 25-sentabr) muvofiq ichki standartlarning mavjudligi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlovda ishtirok etish uchun auditorlik tashkiloti quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori ixtisosligi boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisida diplom nusxasi yoxud qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki standartlar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda koʻrsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Markaz mazkur Nizomning 12-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan axborotlarni Moliya vazirligidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik bandida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka attestatining mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazidan belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi.
(131-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 15-noyabrdagi 01/29-10/27, 151-sonli (roʻyxat raqami 1668-5, 14.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1668-5/0411-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat aktivlarini boshqarish markazi

______________________________
‎________________________________________________________ dan

‎‎ARIZA‎‎‎

‎‎Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga kiritishga.
‎‎Ariza beruvchi: ______________________________________________________________________‎____________

‎‎(auditorlik tashkilotining ustaviga asosan toʻliq nomi koʻrsatiladi)

‎‎Ariza beruvchining pochta manzili: _______________________‎‎_‎‎________________‎_____________
‎‎__________________________________________________________________________________
‎‎Telefon: _______________, Faks:________________ E-mail ________________________________
‎‎Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning raqami va sanasi:
‎‎Seriya:_________, raqami:__________, “___”_______ 20__y.
‎‎Auditorlik tashkiloti rahbarining F.I.O., malaka sertifikati raqami, sanasi:‎
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎Auditorlik tashkilotining shtatidagi auditorlarning F.I.O., malaka sertifikati raqami, sanasi:
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎Auditorlik tashkilotining shtatidagi qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining F.I.O., malaka attestati raqami, sanasi:
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎_________________________, raqami: ______, “___”______20__y.
‎‎Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:
‎‎‎1. Qimmatli qogʻozlar bozori ixtisosligi boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisida diplom nusxasi yoxud qimmatli qogʻozlar bozori sohasida malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan koʻchirma.‎‎
‎2. Auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisining nusxasi.
‎‎3. Ichki standartlar roʻyxati
‎‎_____________________
‎‎Auditorlik tashkiloti rahbarining F.I.O., imzo va imzolangan sana (muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).
(ilova Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-yanvardagi 01/09-26/49, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1668-4, 07.02.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 6-son, 81-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 128-modda; 2008-y., 37-38-son, 387-modda; 2011-y., 1-2-son, 20-modda; 2014-y., 3-son, 39-modda; 2017-y., 6-son, 81-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1668-5/0411-son)