Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 27.09.2006 yildagi PQ-475-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va barqaror faoliyatini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari hamda fond tuzilmalari bilan birgalikda ishlab chiqqan 2006-2007-yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni to‘liq davlat tasarrufidan chiqarish va yangi aksiyadorlik jamiyatlari tuzish hisobiga qimmatli qog‘ozlar birlamchi bozorini yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozori miqyoslarini jadal rivojlantirish va kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond bozorining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ijro etuvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturdagi chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunga auditor tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z shaxsiy kapitali miqdori doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi uch yil ichida rentabellik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik jihatidan ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, auditor tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan OAJlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentlar tomonidan investorlarga tegishli mablag‘larni to‘lash bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklarining ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatining har yilgi biznes-rejasi kelgusi moliya yilining 1-dekabridan kechiktirmay kuzatuvchi kengash majlisida ma’qullanishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari qonunda belgilangan korporativ boshqaruv normalariga rioya etish bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida har yili hisobot beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarining balans qiymati 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lgan korxonalarda, aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming karrasidan ko‘proq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida esa ichki audit xizmatlari tashkil etiladi, mazkur xizmatlar kuzatuv kengashlari tomonidan tayinlanadi va ularga hisobot beradi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq unifikatsiyalash va takomillashtirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 27-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-475-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 41-son, 441-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2015-y., 51-son, 633-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)