1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining gʻaznachilik boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligini va uning hududiy boʻlinmalarini moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
9.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlarini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan yagona gʻaznachilik hisob raqamida boʻlgan Davlat budjeti mablagʻlarini boshqarish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilikning, budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobiga toʻlash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻlar oluvchilarning shartnomalar tuzishi doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun shakllanayotgan narxlar monitoringi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlik qilish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar smetasi va roʻyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning toʻliq hamda tizimli hisobini yuritish.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik subyektlarini noinsof yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta mablagʻlari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari (kreditlari)ni qaytarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan toʻlovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta mablagʻlarini boshqarish, chet el valyutasidagi mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish hamda budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, gʻaznachilikning markaziy apparati va uning boʻlinmalari tuzilmasiga gʻaznachilik xodimlarining cheklangan umumiy soni va moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻaznachilik xodimlariga moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda — moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda — gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan taʼminlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — Davlat budjeti gʻazna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy taʼminlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona gʻazna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti gʻazna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda Gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shart va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kiradi;
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga koʻra, 15 foiz miqdorida oldindan haq toʻlash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra gʻaznachilik tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda xizmat koʻrsatuvchi banklarga vositachilik haqlarini hisob-kitobning akkreditiv shaklidan foydalangan holda toʻlash ularning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Moliya vazirligining takliflari boʻyicha budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda oldindan haq toʻlashni amalga oshirishi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining maʼlumotlar tarmogʻini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari gʻaznachilikka berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablagʻlari oluvchilarga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Amaliyot boʻlimi
33 nafar
Yuriskonsult
1 nafar
Moliyaviy resurslarni tartibga solish va yigʻma tahlil boʻlimi
4 nafar
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narxlarni monitoring qilish guruhi
12 nafar
Umumiy boʻlim
(kadrlar boʻyicha mutaxassis, ish yurituvchi-inspektor, buxgalter)
3 nafar
Gʻazna operatsiyalarini nazorat qilish guruhi
2 nafar
Moliyaviy majburiyatlar va toʻlovlarni roʻyxatga olish guruhi
20 nafar
Buxgalterlik hisobi va hisoboti guruhi
3 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Umumiy cheklangan shtat birligi — 48 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi, shuningdek, Bektemir, Uchtepa va Sergeli tumanlaridan tashqari tuman mahalliy budjetlaridan mablagʻ oluvchilarga ham xizmat koʻrsatadi.