28.02.2007 yildagi PQ-594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligini negizida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. G‘aznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g‘azna hisobvarag‘ida bo‘lgan Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining mablag‘lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘aznachilikning, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga to‘lash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik subyektlarini noinsof yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta mablag‘lari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari (kreditlari)ni qaytarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan to‘lovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta mablag‘larini boshqarish, chet el valyutasidagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish hamda budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziriga, zarur hollarda, G‘aznachilikning markaziy apparati va uning bo‘linmalari tuzilmasiga G‘aznachilik xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘aznachilik raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘aznachilik xodimlariga iqtisodiyot va moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘aznachilik markaziy apparati xodimlari tibbiy va ijtimoiy himoya qilish shartlariga ko‘ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda — iqtisodiyot va moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda — g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan ta’minlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — Davlat budjeti g‘azna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy ta’minlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag‘larini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti g‘azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kiradi;
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra g‘aznachilik tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi banklarga vositachilik haqlarini hisob-kitobning akkreditiv shaklidan foydalangan holda to‘lash ularning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflari bo‘yicha budjetdan mablag‘ oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda oldindan haq to‘lashni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini ko‘rsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari g‘aznachilikka berilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablag‘lari oluvchilarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy me’yoriy hujjatlarning mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-594-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda; 52-son, 534-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2009-y., 7-son, 68-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)