Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-yanvar,
7-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 281-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining pilla tayyorlash va pillakashlik korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining pilla tayyorlash va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasining Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 4-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda):
1-banddagi “Hasanov B.V.” soʻzlari “Qalandarov N.K.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “tegishli ravishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarining qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalarining pilla yetishtiruvchilar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadan 70-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga
6-ILOVA
2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilgi pilla hosili uchun pilla tayyorlovchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 26-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II boʻlimining 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-martdagi 141-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda) 1-bandi va qarorga ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2007-y., 37-38-son, 390-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 20-son, 362-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)