Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 15.11.2006 yildagi PQ-512-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA PILLAChILIK TARMOG‘INI YaNADA ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublika pillachilik tarmog‘iga uni modernizatsiyalash va yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulot hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbek ipagi” uyushmasi ishtirokchilarining uni tugatish to‘g‘risidagi taklifiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3044-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 460-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3044-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 460-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining uning markaziy apparati tuzilmasida xodimlar cheklangan soni 5 kishidan iborat ipakchilikni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekyengilsanoat” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasining uning ijro etuvchi apparati tuzilmasida xodimlar cheklangan soni 7 kishidan iborat pillachilik sanoatini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” DAK tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha maxsus ajratiladigan yer maydonlarida yangi tutzorlar barpo etish parametrlari 3-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar davrida mahalliy ipak qurti urug‘ining serunum zotlari va duragaylarini yetishtirish hajmlari 4-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar davrida pillachilik sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga investitsiyalarni, jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturi 5-ilovaga** muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ajratiladigan yer maydonlarida tutzorlar barpo etish va ipak qurti urug‘idan tirik pilla yetishtirish bo‘yicha 3-ilovada nazarda tutilgan belgilangan topshiriqlarning bajarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutzorlar saqlab qolinishi ustidan qattiq nazoratni, ixtisoslashtirilgan pillachilik fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi va fermer xo‘jaliklarida namunaviy qurtxonalar qurilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zagrokimyohimoya” AJ bilan birgalikda qizil kapalak bilan zararlangan barcha tut daraxtlariga har yili uch marotaba ishlov berish hamda uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va butunlay yo‘q qilish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi PQ-3044-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 460-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekyengilsanoat” DAK O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2006—2010-yillar davrida pillachilik sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni tanlab olish va jalb etish, mahsulot umumiy hajmining kamida 70 foizi eksportga yetkazib berilishi sharti bilan ushbu korxonalarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil hosilidan boshlab 2010-yilning 1-yanvarigacha ipak qurti urug‘i zavodlari o‘zi ishlab chiqargan urug‘larni pilla yetishtiruvchi xo‘jaliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha va pilla tayyorlash tashkilotlari orqali sotishda, shuningdek pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari — quruq pillani qayta ishlovchi respublika pillachilik tarmog‘i korxonalariga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekyengilsanoat” DAKning pillachilik tarmog‘i korxonalari tomonidan, 6-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan xomashyo, bo‘yoqlar, kimyoviy vositalar va yordamchi materiallar 2008-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ipakchilik tarmog‘i korxonalari tomonidan import bo‘yicha olib kelinadigan xomashyo va materiallardan maqsadli foydalanish ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbek ipagi” uyushmasi, “Pilla” hududiy birlashmalari va pillachilik tarmog‘i korxonalarining ayrim rahbarlari moliya intizomini, pillachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda belgilangan tartibni qo‘pol ravishda buzgani uchun respublika Prokuraturasi idoralari tomonidan qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortilganligi va egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining quyidagi majburiyatlar bo‘yicha kafolatini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbek ipagi” uyushmasining majburiyatlari bo‘yicha — “O‘zbekyengilsanoat” DAKning Koreya Eksport-import banki krediti yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi majburiyatlari etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Koreya Eksport-import banki oldidagi majburiyatini belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Atlas” AJ va “Buloqboshi ipagi” AJ pillakashlik korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash to‘g‘risida 2001-yil 30-noyabrdagi qarz bitimi va kredit shartnomasiga “O‘zbek ipagi” uyushmasi majburiyatlarining “O‘zbekyengilsanoat” DAKga qayta rasmiylashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 15-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-512-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 456-modda; 2017-y., 23-son, 460-modda)