02.07.1992 yildagi 625-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 12.08.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-sonli “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun birjalar tashkil etish va birja faoliyatini huquqiy boshqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Birja
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja avvaldan tayinlanadigan manzil va vaqtda belgilangan qoidalar asosida ochiq savdo-sotiq oʻtkazish orqali birja tovarlari bilan erkin ulgurji savdo qilish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, yuridik shaxs hisoblanadigan korxonadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Birja faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyati — tovarlarga boʻlgan talab va ularni taklif qilishning amalda mavjud nisbatlarini aniqlash hamda uni hisobga olgan holda narx-navoni shakllantirish asosida birja tovarlarining ulgurji bozorini vujudga keltirishga qaratilgan harakatlarning majmuidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Birja tovari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mol-mulk, shu jumladan koʻchmas mol-mulk, xizmatlar, mahsulot yetkazib berishga doir shartnomalar, intellektual mulk, qiymatli qogʻozlar, valyuta mablagʻlari va fuqarolar oʻrtasida muomalaga chiqariladigan boshqa tovar birja tovari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat va tarixga doir milliy boyliklar roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa turdagi tovarlar birja tovari boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Birja faoliyatining qatnashchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, tashkilotlar, xoʻjalik uyushmalari, brokerlik va dilerlik firmalari (idoralari), brokerlar, dilerlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari birja faoliyatining ishtirokchilari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Birja va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja tuzish va birja faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun mehnat birjasiga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. BIRJA TAʼSIS ETISh VA UNING FAOLIYATINI TAShKIL QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Birja taʼsis etish va uni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birja yuridik shaxslar tomonidan ham, jismoniy shaxslar tomonidan ham, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ular oʻrtasidagi ixtiyoriy kelishuv asosida taʼsis etiladi. Birja taʼsis etish taʼsis shartnomasi bilan rasmiylashtirilib, unda birjaning vazifalari va faoliyat sohasi, birja muassislarining tarkibi, ustav fondining miqdori, har bir muassisning ustav fondidagi ulushi, ulush kiritish muddatlari va tartibi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning ustav fondi 50 million soʻmdan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondining eng kam miqdori har yili narx-navo darajasining oʻzgarishiga muvofiq ravishda qonunlarda belgilangan tartibda indeksatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy hamda mahalliy idoralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining muassislari boʻlishi mumkin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sugʻurta va davlat investitsiya kompaniyalari hamda fondlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat, diniy va xayriya birlashmalari (tashkilotlari) hamda fondlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarga koʻra tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan jismoniy shaxslar birja muassislari boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birja belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgandan keyin birja savdo-sotigʻi oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birjani tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Birja tashkil qilish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalar aksiyador jamiyatlar (ochiq yoki yopiq xildagi), masʼuliyati cheklangan jamiyatlar kabi xoʻjalik jamiyatlari koʻrinishida va boshqa shakllardagi uyushmalar tarzida tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Birja turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birjalar ixtisoslashuviga qarab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar birjalari, shu jumladan universal va ixtisoslashtirilgan birjalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta birjalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-fond birjalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlari bilan savdo-sotiq qiluvchi birjalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash birjalar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fond va valyuta birjalari, tovar-fond birjalarining fond boʻlimlari faoliyatining oʻziga xos jihatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Birjalarning xoʻjalik uyushmalari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birjalar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, birja harakatini rivojlantirishga oid boshqa vazifalarni hal etish maqsadida ittifoqlar, uyushmalar va oʻzga birlashmalarga birlashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja savdo-sotigʻida raqobatga barham berish yoki uni cheklab qoʻyish maqsadida birjalarning birlashishi taqiqlanadi hamda shunga qaratilgan bitimlar va harakatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Birjaning faoliyat sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birja birjaning savdo-sotigʻini tashkil etish va uni tartibga solib turishga doir faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja oldi-sotdi, savdo-vositachilik faoliyati bilan bevosita shugʻullanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz oldilariga ushbu Qonunning 2-moddasida nazarda tutilgan faoliyat bilan shugʻullanishni maqsad qilib qoʻymagan boʻlsalar, birja bu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga pul qoʻyishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olish va muassisi boʻlishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Birjani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjani boshqarish uning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. Birja oʻz boshqaruvining tuzilishi, shakli va uslublarini mustaqil belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Birja ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja oʻz faoliyatini muassislari tasdiqlaydigan ustav asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning ustavida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjaning nomi va turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja manzilgohi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyatining sohasi va maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondining miqdori, muassislar tomonidan fondga ulushlar kiritishning tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadni taqsimlash va ehtimol tutilgan zararlarni qoplash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja muassislari va aʼzolarining mulkiy javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjaning boshqaruv idoralari, ularni tashkil etish tartibi va ularning vakolatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdo-sotigʻi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni vaqtincha toʻxtatib turish va toʻxtatish tartibi, birja aʼzolarining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjani qayta tashkil etish va tugatish tartibi belgilab berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavda qonunlarga zid kelmaydigan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Birjaning huquqlari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birja ushbu Qonun va oʻz ustavi asosida birja savdo-sotigʻi qoidalarini qabul qilishga va bu qoidalarning birja savdo-sotigʻining barcha ishtirokchilari tomonidan ijro etilishini talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonalar, shuningdek birja infrastrukturasini shakllantiruvchi filiallar va boshqa alohida boʻlinmalar tashkil etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdo-sotigʻi oʻtkazish uchun sharoit yaratib berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja operatsiyalarini tartibga solib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarga boʻlgan talab va takliflar nisbati asosida narx-navoni aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolari va mijozlariga tashkiliy yoʻsindagi hamda boshqa xil xizmatlar koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narx-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi va oʻzgarishiga, savdo-sotiq vaqti, tovarlar, bitim hajmlari, kontraktlarning miqdorlariga va boshqa koʻrsatkichlariga doir axborotlarni, tovarlar bozorining ahvoli va uning rivojlanishi taxminlariga doir tahliliy sharhlarni eʼlon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Birja mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birjaning mol-mulki asosiy fondlar va oborot mablagʻlaridan, shuningdek jamoa egaligi huquqida birjaga qarashli boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja mol-mulki birja qatnashchilari tomonidan taʼsis paylari va kirish badallari hisobiga uning egaligiga yoki unga ijaraga beriladi, shuningdek birja tomonidan oʻz faoliyatidan orttirgan daromadlar hisobiga mulk sifatida sotib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja mol-mulkidan foydalanish tartibini birja aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat birjaning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Qonunlarda nazarda tutilganidan boʻlak hollarda birja mol-mulkining tortib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning mulkiy huquqlarini buzish tufayli, faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish oqibatida unga yetkazilgan zararlar qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Birja aʼzolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaning ustav kapitalida ishtirok etuvchi (muassislar) yoxud birja mol-mulkiga oʻzga badallar kirituvchi yuridik va jismoniy shaxslar birja aʼzolari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2-bandida sanab oʻtilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek mazkur birjaning xizmatchilari birja aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. BIRJA FAOLIYATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Birja faoliyatining asosiy qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan joyi va vaqtini oldindan tartibga solish yoʻli bilan birja savdo-sotigʻi samaradorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovarlari bozorini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin ravishda yuzaga keladigan bozor narxlarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo-sotiqni oshkora va omma oldida oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlarini tasdiqlangan qoidalarga asosan erkin ravishda tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarning narxini belgilash va ularga doir maʼlumotlarni eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Birja savdo-sotigʻi ishtirokchilari va ularning birja savdosidagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja aʼzolari, birja vositachilari, shuningdek birja mijozlari birja savdo-sotigʻining qatnashchilari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerlik joyiga ega ekanlik yoxud doimiy va bir gallik mijozlar tomonidan savdo-sotiqqa kelganlik uchun yigʻimlar toʻlaganlik birja savdo-sotigʻida bevosita ishtirok etish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerlik joyiga ega boʻlmagan birja aʼzolari birja savdo-sotigʻida brokerlik firmalari (idoralari) va ushbu birjada oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan mustaqil brokerlar bilan tuzgan shartnomalar asosida ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Birja faoliyatidagi vositachilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyatidagi vositachilik faqatgina birja vositachilari — brokerlar va dilerlar, brokerlik va dilerlik firmalari (idoralari) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Broker — oldi-sotdi bitimlari tuzilishida oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan va ularning nomidan vositachilik xizmatini amalga oshiruvchi shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diler — birjada oʻz nomi va oʻz hisobidan vositachilikni amalga oshiruvchi shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Birja savdo-sotigʻi qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birja savdo-sotigʻi qoidalari birja aʼzolarining umumiy yigʻilishi yoki umumiy yigʻilish vakolat bergan birjaning boshqaruv idorasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja savdo-sotigʻi qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada amalga oshiriladigan birja operatsiyalarining turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdo-sotigʻi ishtirokchilarining tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablarning majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja operatsiyalarini amalga oshirish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja tovarlari narx-navosini aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimlari tuzish chogʻida birja aʼzolari va birja savdo-sotigʻi boshqa qatnashchilarining oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori va bu toʻlovlarni belgilash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja qatnashchilari va xodimlarining birja savdo-sotigʻi qoidalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi nizom aks ettirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birja qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx-navoning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatish maqsadida bir shaxs tomonidan bevosita yoki soxta shaxslar orqali tovarlarni (bitimlarni) oldi-sotdi qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdo-sotigʻi qatnashchilari tomonidan kelishib turib birjadagi kundalik narx-navoni oʻzgartirishi yoki belgilab berishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlar sodir etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor konʼyukturasini sunʼiy ravishda oʻzgartirishga olib kelishi mumkin boʻlgan soxta maʼlumotlar tarqatish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birja faoliyati bilan shugʻullanishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi va bunday faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya beruvchi davlat boshqaruvi idoralari birja savdo-sotigʻi qoidalarining ijro etilishi respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan taqdirda ushbu Qonun 16-moddasining talablariga muvofiq ana shu qoidalarga oʻzgartishlar kiritishni talab qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Birja operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi boʻyicha birja vositachilari oʻrtasida tuzilgan, birja savdo-sotigʻi qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan va belgilangan tartibda birjada roʻyxatdan oʻtkazilgan bitimlar birja operatsiyalari deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birjada roʻyxatga olingan bitimlar notarial idorada tasdiqlanmaydi, amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, ijro oʻrni va muddatidan boʻlak) oshkor etilishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir maʼlumotlar faqat tergov va sud idoralarining talabi bilan taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birja bitimlari birja nomidan va uning hisobiga tuzilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Birja bitimlarining turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bor tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar topshirishni ham koʻzda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
forvard bitimlar, yaʼni bor tovarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fyuchers bitimlar, yaʼni standart kontraktlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
opsion bitimlar, yaʼni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narxlar boʻyicha kelgusida xarid qilib olish yoki sotish huquqlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdo-sotigʻi qoidalarida nazarda tutilgan tovarlar, kontraktlar yoki huquqlarni xarid qilish va sotishga doir boshqa bitimlar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Forvard va fyuchers bitimlari hamda opsionlar savdosini amalga oshiruvchi birja oʻzining hisob-kitob (kliring) markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Birjada tovar ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdo-sotiq qatnashchisining talabiga koʻra birja oldi-sotdisi orqali sotiladigan mavjud mollar sifatining ekspertizasini tashkil etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Hisob-kitob va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja oʻz faoliyati natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini, shuningdek amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda statistika hisobotini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika hisobotini buzib koʻrsatishda yoki belgilangan muddatda taqdim etmaganlikda aybdor boʻlgan birjaning mansabdor shaxslari qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. BIRJA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaxslarni) davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyatini soliq solish bilan boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufida boʻlmagan tuzilmalarning birjalar va birja qatnashchilari faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va ularga litsenziya berish ishlariga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Birjani va birja faoliyati qatnashchilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birjani davlat roʻyxatidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻtkazadi, birja faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish esa “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qatʼiy summalarda davlat poshlinasi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birjani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uning taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi va ustavi) oʻzgargani taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Asossiz ravishda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Birja faoliyatiga litsenziya berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymatli qogʻozlar, valyuta, koʻchmas mulk, intellektual mulk bilan savdo operatsiyalari bajarish birja faoliyati qatnashchilari tomonidan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyatiga litsenziya berish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyatining qatnashchilariga litsenziya u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan idora tomonidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Birja faoliyatini soliq yoʻli bilan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja faoliyatini soliq yoʻli bilan tartibga solib turish korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Birja qonunlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda birja faoliyati qatnashchilariga litsenziyalar berish ishini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi idoralari birjalar va birja qatnashchilari birjaga doir qonunlarga rioya etishlarini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Birjaning tashqi iqtisodiy faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja tashqi iqtisodiy faoliyatni ushbu Qonun va amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdo-sotigʻiga qoʻyish uchun moʻljallangan tovarlarga doir eksport va import ishlari birja vositachilari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Birja faoliyatiga davlat kafolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat amaldagi qonunlarga zid boʻlmagan barcha turdagi birja bitimlari boʻyicha mulkchilik huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi idoralari birja faoliyati qatnashchilarining faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI VA BIRJA FAOLIYATI SUBYEKTLARINING JAVOBGARLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birja faoliyati qatnashchilari oʻrtasida, shuningdek birja faoliyati qatnashchilari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar hakamlik sudlari yoki xalq sudlari tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja bitimlari qatnashchilari oʻrtasida birja savdo-sotigʻi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan nizolarni birjaning hakamlik komissiyasi hal etadi, tomonlardan birontasi uning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa tegishli hakamlik sudi hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolarni hakamlik komissiyasida qarab chiqqanlik uchun haq undirish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Birja va birja faoliyati qatnashchilarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birjalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va birja qatnashchilariga litsenziyalar berish bilan shugʻullanadigan idoralar 1, 2, 6 (2-band), 9 (2-band), 10, 13 (2-band 4-xatboshi), 15 (2-band), 19 (3-band), 29-moddalarda nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda birja faoliyatini va litsenziyalarning amal qilishini uch oygacha toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, birja ushbu Qonun qoidalarini buzishda davom etaversa, nazorat qiluvchi idoralar birja savdo-sotigʻi uyushtirish uchun birjaga berilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qonunning qoidalarini buzganlarga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyatining qatnashchisi boʻlgan korxonaning mansabdor shaxsini birjaga doir qonunlar buzilganligi hollariga 15 kunlik muddat ichida barham berish toʻgʻrisida ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyati qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxslardan 500 ming soʻmgacha miqdorda jarima undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja faoliyati qatnashchisi boʻlgan korxonalarning mansabdor shaxslaridan 50 ming soʻmgacha miqdorda jarima undirish kabi javobgarlik choralari ham qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birjaga doir qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik turini aniqlash birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi idoralarning vakolatiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazo tariqasidagi jarimalar nazorat qiluvchi idora tomonidan hakamlik sudida yoki xalq sudida daʼvo qoʻzgʻash yoʻli orqali undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birjaga doir qonunlar va birja savdo-sotigʻi qoidalari buzilganligi uchun jarima undirish toʻgʻrisida hakamlik sudida yoki xalq sudida daʼvo qoʻzgʻatgan davlat boshqaruvi idoralari davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaga muvofiq undirib olingan jarima summalari toʻliq miqdorda tegishli budjetga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jarima miqdorlari narx-navo darajasining oʻzgarishiga muvofiq indeksatsiya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
625-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 394-modda; 1993-y., 1-son, 19-modda; 1993-y., 9-son, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda)