Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi OʻRQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari boʻlishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkilotlari faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan qoʻshimcha daromad olishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning roʻyxati toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi:
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shuʼba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi boʻyicha Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 788, 30.07.1999-y.)ga qarang.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab oʻtilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning toʻgʻriligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan subyektlar zimmasiga yuklatiladi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
mikrofirma va kichik korxona Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarining hamda oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band boʻlgan xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining oʻqishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;
kichik korxona oʻz uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band boʻlgan xodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 30 foiz oshirilganda.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-265-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 469-modda)
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq tufayli oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasiga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 24-moddasiga qarang.
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
oddiy shirkat;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.
Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bogʻliq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa aʼzolarining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari boʻlishlari mumkin.
Dehqon xoʻjaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari hamda Fuqarolik kodeksining 53-bobi (962—975-moddalari)ga qarang.
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va oʻz mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) isteʼmolchilarini tanlash;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;
 LexUZ sharhi
“Tovar bozorlari chegarasini aniqlash va xoʻjalik yurituvchi subyektni monopolist deb tan olish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1014, 09.03.2001-y.)ga qarang.
oʻz mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yoʻli bilan;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari;
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishlari;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10—16-moddalari, shuningdek Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-sonli “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga qarang (roʻyxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr).
pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi Nizomning 36-bandiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari oʻz pochta manzili oʻzgargan taqdirda oʻn kun muddatda bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Tadbirkorlik subyektlari oʻz huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi Nizomga qarang.
II. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydilar va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq, banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafil boʻlishlari mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻlishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash tariqasida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfi sugʻurtasi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisidan foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1548, 21.02.2006-y.) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish sugʻurta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
17-modda. Hisob va hisobot
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-fevraldagi 65-son “Kichik biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining Milliy standarti “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish toʻgʻrisida”gi 20-son BXMS (roʻyxat raqami 879, 24.01.2000-y.)ga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi.
III. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Tadbirkorlarga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari
Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab oʻtish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin.
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2002-yil 5-avgustdagi 280-sonli “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga qarang.
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Mol-mulk mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli.
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasiga muvofiq, mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-bobi (228—233-moddalari)ga qarang. (Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish).
24-modda. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-38-moddalariga qarang.
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga qarang.
25-modda. Dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Dehqon xoʻjaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi boʻlinmaydi.
Tomorqa yer uchastkasining oʻlchamlari va chegarasi faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga koʻchirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 41-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni oʻz nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi hamda ularni amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini koʻrsatishi lozim. Bunday eslatmaning boʻlmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.
27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xom-ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika resurslari, urugʻlik materiallar, koʻchatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari
Fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilgʻi-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral oʻgʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xoʻjalik yuritish subyektlari bilan teng huquqlarga ega.
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) fermer va dehqon xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmolini amalga oshirish kafolatlari
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 385-son “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega.
Budjetdan tashqari fondlar mablagʻlaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1548, 21.02.2006-y.) ga qarang.
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandiga qarang.
31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin.
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.
32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202-moddasiga muvofiq, natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq toʻlash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga oʻtkazishdan iborat. Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonunlarda oʻzgacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 204-moddasiga muvofiq, qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki oʻzga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq toʻlamasdan mulkdordan olib qoʻyilishi mumkin (musodara).
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno boʻlib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya toʻgʻrisidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega boʻlib, bu nom uning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi. Firma nomiga boʻlgan huquq tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan eʼtiboran yuzaga keladi
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-52-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 371-modda)
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomiga juda oʻxshash boʻlib, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatga olinishi mumkin emas.
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatga olinganligi asosida beriladi.
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli boʻladi.
Firma nomini, tovar belgisini (xizmat koʻrsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) egasiga tegishlidir.
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno.
IV. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli.
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning oʻziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazolarga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 65-bobi (1098—1111-moddalari) (Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin.
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini koʻrayotganligi tufayli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan hollarda himoya qilinadi.
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqa maʼlumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qoʻshib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning cheklanganligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu moddaning ikkinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga qarang.
Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 1573, 06.05.2006-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
(39-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuniga muvofiq oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
(39-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Oʻtkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga aʼzo tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar mazkur Palata vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish uchun qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligi asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin boʻlib, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi.
(39-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
391-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmasligi
Tadbirkorlik subyektlari nazorat organlarining tekshirishlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
(Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuniga muvofiq 391-modda bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni oʻtkazish rejasidan koʻchirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
401-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qoʻllash
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
(401-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
V. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh
41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni oʻrganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda koʻmaklashadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda koʻmaklashadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashadi;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar boʻyicha imtiyozlarni belgilaydi;
(42-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
eksport-import operatsiyalari, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan taʼminlash;
zooveterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar belgilash.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori.
(43-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllashga haqli.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega.
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar tugatilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak.
46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya taʼminoti manbai isteʼmolidagi imtiyozlar
Energiya taʼminoti manbai boʻyicha qishloq xoʻjalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
“Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhlari toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 955, 10.08.2000-y.)ning 2-bandiga muvofiq, qishloqda joylashgan va oʻz faoliyatini amalga oshiradigan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari III tarif guruhiga kiritilgan.
47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
VI. YAKUNIY QOIDALAR
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatini toʻxtatish)
Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasiga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti faoliyatining toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—57-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishlariga koʻra boʻysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
 LexUZ sharhi
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga shikoyat qilishlari mumkin.
50-modda. Nizolarni hal etish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
69-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 140-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 12-13-son, 100-modda; 37-38-son, 371-modda; 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2010-y., 37-son, 314-modda, 50-son, 469-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda, 37-son, 374-modda)