|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.10.2025
|
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 31-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
I bob. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
2-modda. Suv to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasida suvga doir munosabatlar ushbu Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suvga doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;
yer usti suvlari — yer qobig‘ining ustida joylashgan suvlar;
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini to‘plash hamda ularni sug‘oriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmog‘ini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmog‘ini o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi obyektlari;
suvlar — suv obyektlarida to‘plangan barcha suvlar majmui;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
(21-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi;
suv rejimi — suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi;
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim bo‘lgan suv obyektlari suvlari;
suv xo‘jaligi — iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini o‘rganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’siriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmog‘i;
suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari);
(21-moddaning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suvlarning zararli ta’siri — suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlarning o‘zga ta’sirlari natijasida ayrim tabiiy-xo‘jalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa cho‘kishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishi va boshqa salbiy hodisalar;
suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash — suv ta’minoti tashkilotlari (suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqalar) tomonidan ko‘rsatiladigan suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar (bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari (suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalaridan foydalanishda ko‘maklashish) uchun shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish;
(21-moddaning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
transchegaraviy suv obyektlari — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari;
transchegaraviy suvlar — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari”;
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni bilan kiritilgan—O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
3-modda. Suvga davlat egaligi
Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
4-modda. Yagona davlat suv fondi
Yagona davlat suv fondi:
jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;
yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir.
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
II bob. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING SUVGA DOIR MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda suv xo‘jaligiga oid strategik davlat dasturlarini qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasarrufiga kiradigan boshqa masalalarni hal etish.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish sohasida vazirliklar, idoralar, boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
suv fondini hosil qilish va undan foydalanish tartibini, suvdan foydalanish, suv iste’moli me’yorlarini va suv obyektidan suv olish limitlarini (bundan buyon matnda suv olish limitlari deb yuritiladi) tasdiqlash tartibini belgilash;
(6-moddaning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
suvlarning davlat tomonidan hisobga olib borilishini hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza etishni ta’minlash, davlat suv kadastri va suv monitoringini yuritish;
yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli ta’siri oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash, suv obyektlarini bulg‘atganlik va quritib qo‘yganlik uchun haq undirish tartibini belgilash;
suv xo‘jaligi sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
(6-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, suvdan samarali foydalanish, suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini tasdiqlash;
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
(6-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash;
suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlarini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlash;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda ko‘maklashish;
suv iste’molchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek bulg‘anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.
(7-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III bob. SUVDAN FOYDALANISH VA UNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA NAZORATI
8-modda. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (yer usti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari) o‘z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
9-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo‘yilgan tartibga barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarishlarini ta’minlashdir.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
10-modda. Suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning ishtiroki
Suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadi. Davlat organlari bu tadbirlarni o‘tkazishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning takliflarini hisobga olishi mumkin.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
IV BOB. SUVLARNING VA SUV OBYEKTLARINING HOLATIGA TA’SIR ETUVCHI KORXONALAR, INSHOOTLARNI HAMDA BOSHQA OBYEKTLARNI JOYLASHTIRISH, LOYIHALASH, QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH, TA’MIRLASH, TIKLASH VA ISHGA TUSHIRISH
(IV-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
11-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga tushirish shartlari
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga tushirishda, yangi texnologik jarayonlarni joriy etishda aholining sog‘lig‘ini saqlash va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish talablariga rioya etgan holda suvdan oqilona foydalanish, shuningdek kollektor-drenaj suvlarini va oqova suvlarni chiqarib yuborishning qulay rejimi ta’minlanishi lozim. Bunda suv obyektlaridan olinadigan va shu obyektlarga qaytariladigan suvni hisobga olishni, suvlarni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashni, suvlarning zararli ta’sirining oldini olishni, yerlarning suv bosishini imkon qadar kamaytirishni, yerlarni sho‘rlanishdan, zax bosishdan yoki qaqrab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek qulay tabiiy sharoitlar va landshaftlarni saqlab qolishni ta’minlovchi tadbirlar nazarda tutiladi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari suv obyektlaridan dam olish va sport uchun foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan holda tuzilishi lozim.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
12-modda. Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish shartlari
Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida yangi va ta’mirlangan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish chog‘ida ushbu Qonun 15-moddasining talablariga rioya qilish bilan bir qatorda, baliq zaxiralariga yetkazilayotgan zararning o‘rnini qoplash, boshqa suv hayvonlari va o‘simliklarini muhofaza qilish hamda ularni asrash, qayta tiklash va ko‘paytirishni ta’minlaydigan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-sonli “Baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo‘yi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
13-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash mazkur suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq kelishib olinadi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va tiklash loyihalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra aylanma suv ta’minotiga va chiqitsiz texnologiyaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan sanoat korxonalarining suv bilan to‘xtovsiz ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
15-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni ishga tushirishni taqiqlash
Quyidagilarni:
suvlarning bulg‘anishi va ifloslanishining oldini oluvchi qurilmalar bilan ta’minlanmagan, shuningdek suvlarning va suv obyektlarining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi hamda rekonstruksiya qilingan korxonalar, sexlar, agregatlarni, kommunal va boshqa obyektlarni;
yerlarning suv bosishi, zax bosishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishining hamda tuproq eroziyasini oldini olishning loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlari amalga oshirilmaguncha sug‘orish va suv bilan ta’minlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq suv qabul qiladigan va boshqa inshootlarni qurib bitkazmay turib, zax qochirish tarmoqlarini;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq baliqlarni saqlab qolish qurilmalari bo‘lmagan suv olish inshootlarini;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq toshqin suvlarni va baliqlarni o‘tkazib yuboradigan qurilmalari tayyor bo‘lmagan gidrotexnika inshootlarini;
yer osti suv zaxiralari tasdiqlanmagan suv olish inshootlari guruhini;
suvni tartibga soluvchi qurilmalar bilan ta’minlamay turib va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamay turib, suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqlarni ishga tushirish taqiqlanadi.
Suv omborlarini ularning o‘zanini loyihada ko‘rsatilganidek tayyor qilib qo‘yish tadbirlari amalga oshirilmaguncha suv bilan to‘ldirish taqiqlanadi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
16-modda. Suv obyektlaridan o‘tadigan ko‘priklar, o‘tish yo‘llarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarini kelishib olish
Suv obyektlaridan o‘tadigan ko‘priklar, o‘tish yo‘llarini va boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalari suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini nazorat qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda zarur hollarda, energetika, arxitektura va qurilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan (daryo transporti yuzasidan) kelishib olinishi lozim, shuningdek toshqin suvlarini o‘tkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning ifloslanishiga, bulg‘anishiga va kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni, ularning zararli ta’sirining oldini olishni ta’minlovchi tadbirlar o‘tkazilishini nazarda tutishi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi suv obyektlaridan o‘tadigan ko‘priklar, o‘tish yo‘llarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini ta’mirlash va tiklash loyihalari suv xo‘jaligi organlari bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa organlar bilan kelishib olinishi hamda toshqin suvlarni o‘tkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulg‘anishi va ifloslanishining oldini olishni ta’minlovchi tadbirlar o‘tkazilishini nazarda tutishi kerak.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
V BOB. SUV OBYEKTLARIDA, SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH ZONALARI, SOHIL BO‘YI MINTAQALARIDA VA SANITARIYA MUHOFAZASI ZONALARIDA ISHLARNI BAJARISH
(V bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
17-modda. Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida ishlarni bajarish tartibi
Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida, yer osti suvlari hosil bo‘ladigan hududlarda suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi qurilish, ta’mirlash, tiklash, o‘zan tubini chuqurlashtirish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni kavlab olish va suv o‘simliklarini olish, kabellar, quvurlar hamda boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, daraxtlarni kesish, burg‘ulash, qishloq xo‘jaligi ishlari va o‘zga ishlar qonunchilikka muvofiq bajariladi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi ishlar ushbu Qonun talablariga muvofiq ravishda, ilmiy asoslangan norma va qoidalar asosida qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, baliqchilik xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, maishiy va kommunal xo‘jalik manfaatlari hisobga olingan holda o‘tkaziladi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
VI BOB. SUVDAN FOYDALANUVCHILAR, SUV ISTE’MOLCHILARI VA ULAR FOYDALANADIGAN OBYEKTLAR
(VI bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
18-modda. Suvdan foydalanuvchilar
Suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
181-modda. Suv iste’molchilari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suv iste’molchilari bo‘lishi mumkin.
182-modda. Suv iste’molchilari uyushmalari
Suv iste’molchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Suv iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
(182-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish o‘z a’zolarining har yillik a’zolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, a’zolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv iste’molchilariga suv yetkazib berishni to‘xtatishga haqli.
(182-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
19-modda. Suvdan foydalanish obyektlari
Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish obyektlari bo‘lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik prinsiplari hamda boshqa shartlar asosida foydalanishga berilishi mumkin, bundan suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari mustasno.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni.
191-modda. Suv iste’moli manbalari
Suv obyektlari yoki ularning qismlari suv iste’moli manbalari bo‘lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda suv iste’moli uchun berilishi mumkin.
(191-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Suv obyektlaridan foydalanishni qisman yoki batamom taqiqlash
Alohida davlat ahamiyatiga yoxud alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga ega bo‘lgan suv obyektlaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda qisman yoki batamom taqiqlanishi mumkin.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VII BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTE’MOLI TURLARI
(VII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
21-modda. Suvdan foydalanish turlari
Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanishdir. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.
Qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
(21-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Mazkur Qonunning VIII bobi.
Tanho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyektidir.
Suv obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda foydalanishga beriladi.
(21-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va o‘zga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
Oqova suvlarni oqizish uchun suv obyektlaridan foydalanishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
(21-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
211-modda. Suv iste’moli turlari
Maqsadli foydalanilishiga ko‘ra suv iste’moli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi suv iste’moliga va boshqa turlarga bo‘linadi. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv iste’moli umumiy va maxsus suv iste’moliga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sug‘orish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv iste’moli umumiy suv iste’molidir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suv iste’moli maxsus suv iste’molidir. Maxsus suv iste’moliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suv iste’moli ham kiritilishi mumkin.
Suv resurslari qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda iste’mol uchun beriladi.
(211-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Mazkur Qonunning VIII bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22,23 va 24-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
VIII bob. SUV OBYEKTLARINI FOYDALANISHGA BERISH TARTIBI VA SHARTLARI
25-modda. Suv obyektlarining, avvalo aholi ehtiyojlari uchun berilishi
Suv obyektlari, avvalo, aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojini va maishiy ehtiyojini qondirish uchun foydalanishga beriladi.
26-modda. Suv obyektlarini tanho foydalanishga berish tartibi
Suv obyektlari tanho foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud tegishli vakolatga ega davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda batamom yoki qisman beriladi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandi ikkinchi xatboshisi va 57-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv obyektlari tanho foydalanish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnomasi albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
27-modda. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan beriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Sun’iy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan beriladi.
(27-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
28-modda. Suvdan umumiy foydalanishni amalga oshirish
Suvdan umumiy foydalanish ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan tartibda ruxsatsiz va cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
29-modda. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanish va umumiy suv iste’moli
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv iste’moliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qonunchilikka muvofiq taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi.
30-modda. Suv olish limitlari
Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan belgilanadi.
Suv olish limitlari (ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) suv xo‘jaligi organlari tomonidan suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Kommunal va maishiy xo‘jaliklarning suv olish limitlari tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlari (bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno), shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq to‘lanadi.
(30-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
31-modda. Suv obyektlaridan foydalanish muddatlari
Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun beriladi.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb e’tirof etiladi.
Suvdan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam bo‘lmasligi va qirq to‘qqiz yildan oshmasligi kerak.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv obyektlarini tanho foydalanish uchun berish to‘g‘risida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
IX BOB. SUVDAN FOYDALANUVCHILARNING VA SUV ISTE’MOLCHILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
(IX bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
32-modda. Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari
Suvdan foydalanuvchilar:
suv obyektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan bo‘lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish;
suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda inshootlar, qurilmalar hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
(32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
(32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
manbaning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
(32-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
Suvdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
321-modda. Suv iste’molchilarining huquqlari
Suv iste’molchilari:
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
(321-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritish;
suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
(321-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14 va 985-moddalari, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
Suv iste’molchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(321-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
33-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlarini muhofaza qilish
Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining buzilgan huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14 va 985-moddalari.
34-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlarini cheklash
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda aholi sog‘lig‘ini saqlash maqsadini, davlatning boshqa manfaatlarini, shuningdek o‘zga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining manfaatlarini ko‘zlab, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari cheklanishi mumkin. Bunda aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashmasligi lozim.
(34-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35-modda. Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Suvdan foydalanuvchilar:
suv obyektlaridan oqilona foydalanishi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi;
belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishi;
suvdan maxsus foydalanishda qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
(35-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti.
ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
(35-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv obyektlariga, xo‘jalik obyektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
(35-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
suv obyektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suvni olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda hisobotni taqdim etishi;
(35-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti.
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida shartnomaviy asosda to‘lashi;
suvni tejash va raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘rishi;
(35-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv resurslaridan oqilona foydalanishda suv iste’molchilariga ko‘maklashishi;
suvlarning bulg‘anishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlariga suvlarning zararli ta’sirini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari to‘planadigan maydonlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasligi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‘z suv xo‘jaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda, shuningdek suv obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi;
(35-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.
Suvdan foydalanuvchilar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
351-modda. Suv iste’molchilarining majburiyatlari
Suv iste’molchilari:
suv resurslaridan oqilona foydalanishi, suvning maqsadsiz iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi;
belgilangan suv olish limitlari va suv iste’moli qoidalariga rioya etishi;
suvni maxsus iste’mol qilishda qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
(351-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Mazkur Qonunning 113-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
(351-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
boshqa suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv obyektlariga, xo‘jalik obyektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
(351-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashi, ichki suv obyektlari va inshootlarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
olinayotgan suv miqdori hisobini yuritishi va suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma bergan organlarga zarur axborotni taqdim etishi;
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar (bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida shartnomaviy asosda to‘lashi;
(351-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
suvni tejash chora-tadbirlarini ko‘rishi;
suvlarni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda kelishilgan texnologiya, o‘rmon-melioratsiya, agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirishi;
suvlarning bulg‘anishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishda o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi suvdan foydalanuvchilarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabiga ko‘ra ishtirok etishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari to‘planadigan maydonlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasligi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlariga rioya etishi;
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini o‘z suv xo‘jaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi suvdan foydalanuvchilarni, mahalliy davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.
Suv iste’molchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(351-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
X BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUVNI ISTE’MOL QILISH HUQUQINI BEKOR QILISH
(X bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
36-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqini bekor qilish asoslari
Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqi:
suvdan foydalanishga, suv iste’moliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli muddati tugaganda;
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xo‘jaligi tugatilganda, dehqon xo‘jaligi tugatilganda (faoliyati tugatilganda);
suv xo‘jaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tug‘ilganda bekor qilinadi.
Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoxud suvdan maqsadsiz foydalanilganda yoki suv maqsadsiz iste’mol qilinganda hamda limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik va maishiy ehtiyojlar uchun suvlardan foydalanish huquqi bundan mustasno).
Qonunchilikda suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
37-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqini bekor qilish tartibi
Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish huquqi:
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish;
(37-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish yo‘li bilan bekor qilinadi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va ushbu ruxsatnomani bekor qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
38-modda. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlari qonunchilikda belgilanadigan tartibda qaytarib olinadi.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
39-modda. Suv xo‘jaligi tadbirlarini o‘tkazish, suvdan foydalanish va suv iste’moli shartlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda fuqarolarga suv xo‘jaligi tadbirlarini (suv obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlarini va boshqalarni) o‘tkazish, suvlardan nooqilona foydalanish, ularni bulg‘atish, ifloslantirish, kamaytirish, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’moli shartlarini qonunga xilof ravishda bekor qilish yoki o‘zgartirish natijasida yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda qoplanadi.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti.
Suv obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida qonunga xilof ravishda qurilgan obyektlar hamda qonunga xilof ravishda o‘zlashtirilgan yer uchastkalarida suv xo‘jaligi tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanmaydi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
XI bob. AHOLINING ISTE’MOLI, MAISHIY VA BOSHQA EHTIYOJLARI UCHUN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
40-modda. Aholining iste’moli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun ajratiladigan suv obyektlari
Aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojini, maishiy ehtiyojini va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun suvning sifati belgilangan sanitariya-gigiyena talablari va milliy standartlarga muvofiq bo‘lgan suv obyektlari ajratiladi.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
41-modda. Aholini markazlashgan tartibda suv bilan ta’minlash
Aholining iste’moli, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashgan tartibda suv bilan ta’minlash uchun suv obyektlaridan foydalanilganda, o‘zining kundalik boshqaruvida, egaligida yoki foydalanishida xo‘jalik-ichimlik vodoprovodlari bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar suv olish inshootlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalariga va ichimlik suv olish hamda uni iste’molchilarga yetkazib berish uchun suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalariga muvofiq suv ta’minoti manbalaridan suv olishga haqlidirlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan ta’minlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati o‘zgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ma’lumotlar berib turadi
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
42-modda. Aholini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash
Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta’minlash uchun suv obyektlaridan foydalanganda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suvdan umumiy yoki maxsus foydalanish yoxud suvni umumiy yoki maxsus iste’mol qilish tartibida bevosita yer usti yoki yer osti suv obyektlaridan suv olishga haqlidir. Zarur hollarda, bunday suv olish kanallar, kollektorlar, suv omborlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish chog‘ida nazarda tutilishi va me’yorlab qo‘yilishi lozim. Shu maqsadlar uchun mo‘ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining qarorlariga muvofiq hamda suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari mazkur suv olish inshootlarining tegishli sanitariya-texnika holatida bo‘lishini ta’minlashi shart.
(42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
43-modda. Iste’molga yaroqli yer osti suvlaridan iste’molga va maishiy ehtiyojlarga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda foydalanishni cheklash
Iste’molga yaroqli yer osti suvlaridan iste’molga va maishiy ehtiyojlarga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda foydalanishga, odatda, yo‘l qo‘yilmaydi. Yer yuzasida zarur suv manbalari bo‘lmagan va iste’molga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli bo‘lgan joylarda ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq limitlarga mos ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bunday suvlardan iste’mol va maishiy ehtiyojlarga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda foydalanishga ruxsat berishlari mumkin.
(43-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
XII bob. SUV OBYEKTLARIDAN DAVOLASH, KURORT VA SOG‘LOMLASHTIRISH MAQSADLARIDA FOYDALANISH
44-modda. Shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan birinchi navbatda davolash va kurort maqsadlarida foydalanish
Belgilangan tartibda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, avvalo, davolash va kurort maqsadlarida foydalaniladi.
Suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari tegishliligiga ko‘ra shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, ayrim hollardagina sog‘liqni saqlash organlari va kurort boshqarmalari bilan kelishilgan holda boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
45-modda. Shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlariga oqindi suvlar tashlanishini taqiqlash
Shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlariga oqova suvlarni tashlash taqiqlanadi.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
46-modda. Dam olish va sport uchun suv obyektlaridan foydalanish tartibi
Dam olish va sport uchun suv obyektlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(46-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
XIII bob. SUV OBYEKTLARIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
47-modda. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining, shuningdek fuqarolarning sug‘oriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suv obyektlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit bo‘yicha suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus iste’mol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
48-modda. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish
Suvdan foydalanish va suv iste’moli har yilgi suv bilan haqiqiy ta’minlanganlik hisobga olingan holda suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Kollektor-drenaj tarmog‘ida suvdan foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish melioratsiya qilinayotgan yerlarning holatini, kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suv iste’moli rejalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv iste’moli rejalarini umumlashtiradi va suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
(48-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
(48-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Quyidagilar:
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda — suv iste’molchilari bo‘yicha;
(48-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bo‘yicha;
(48-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha tuzilgan hamda umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi.
(48-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
49-modda. Sug‘oriladigan yerlarda suvdan foydalanish va suv iste’molining o‘ziga xos xususiyatlari
Sug‘oriladigan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshootlari, melioratsiya tarmog‘i barpo etilganligi shunday yerlarning o‘ziga xos xususiyatidir.
Suv fondi yerlaridan, suv obyektlaridan, sug‘oriladigan yerlar doirasidagi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari suv xo‘jaligi obyektlari va inshootlaridan yagona suv xo‘jaligi tizimi sifatida foydalaniladi, ular davlat mulkidir.
(49-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv xo‘jaligidan foydalanuvchi tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlari va inshootlari belgilangan tartibda, davlat-xususiy sheriklik prinsiplari asosida foydalanishga berilishi mumkin.
Suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari xususiylashtirilmaydi.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichi sanitariya muhofazasi zonalarining xo‘jalik-ichimlik suvi maqsadidagi I va II poyaslari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.
Sug‘oriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish limit bo‘yicha suvdan foydalanishning yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
Suvni faqat ro‘yxatdan o‘tkazilgan, suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan suv ajratish joylaridan (kanallarning suv olish inshooti, quduq, nasos stansiyasi (agregati) va boshqa suv olish inshootlari) shartnomaviy asosda olishga ruxsat beriladi.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
50-modda. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv resurslarini samarali boshqarishi, limitdan ortiqcha suv olinishiga va suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
belgilangan tartibda yangi suv obyektlari qurilishini va ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning kompleks rekonstruksiya qilinishini tashkil etishi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilg‘or sug‘orish texnikasini joriy etish orqali sug‘orish vositalari va usullarini takomillashtirishda suv iste’molchilariga ko‘maklashishi;
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi shart.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
501-modda. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv iste’molchilarining majburiyatlari
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv iste’molchilari ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlarini sug‘orish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlashi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilg‘or sug‘orish texnikasini joriy etish orqali sug‘orish vositalari va usullarini takomillashtirishi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga ishlab chiqilgan va joriy etilgan suvni tejovchi texnologiyalarning kamida besh yil qo‘llanilishini ta’minlashi;
(501-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini, shu jumladan yerlarning sho‘rini yuvishda lazerli uskuna yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislashni amalga oshirishi;
(501-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradigan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishi;
sug‘orish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmog‘iga va boshqa suv obyektlariga oqizib yuborilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishi shart.
(501-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
51-modda. Oqova suvlar bilan sug‘orish
(51-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqova suvlar bilan sug‘orish davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat, kommunal korxonalari va boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar tuproq unumdorligiga va yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga zararli ta’sir qiluvchi suvlarni qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun berishlari taqiqlanadi.
(51-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
52-modda. O‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orish
Ushbu Qonunning 47, 50-moddalari va 51-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan qoidalar o‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orishga ham tatbiq qilinadi.
53-modda. Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv obyektlaridan foydalanish
Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan ta’minlash belgilangan tartibda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv resurslarini ajratish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvga bo‘lgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi, ular o‘rtasidagi suvni iste’mol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi.
(53-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
54-modda. Suv iste’molchilarining suv obyektlaridan beriladigan suv oqimi maromini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishini taqiqlash
Suv iste’molchilarining suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda suv sarfini ko‘paytirish yoki kamaytirish maqsadida suv obyektlaridagi gidrotexnika inshootlarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat to‘siqlar, nasos stansiyalari (agregatlar) va suvni ko‘taradigan hamda suv oladigan boshqa inshootlarni qurishi taqiqlanadi.
(54-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan suv ajratish joylaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish taqiqlanadi.
(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
55-modda. Suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, transport vositalarini va chorva mollarini haydab o‘tishning taqiqlanishi
Suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, avtomobillar va boshqa transport vositalarini haydab o‘tish, shuningdek mo‘ljallanmagan joylardan chorva mollarini haydab o‘tish va sug‘orish taqiqlanadi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
XIV bob. SUV OBYEKTLARIDAN SANOAT MAQSADLARIDA VA ENERGETIKA EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
56-modda. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv iste’molchilarining majburiyatlari
(56-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida hamda issiqlik va atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv iste’molchilari, ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv ta’minotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqova suvlarning oqizib yuborilishini tugatish choralarini ko‘rishi, shuningdek suvlarning radioaktiv ifloslanishi belgilangan normalardan oshishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Loyihalanayotgan va ishga tushirilayotgan sanoat obyektlari uchun suv ta’minotining to‘xtovsiz tizimidan foydalanishni nazarda tutish man etiladi, ishlab chiqarishning shart-sharoitlari taqozosi bilan aylanma suv ta’minotiga moslashtirilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar va boshqa obyektlar bundan mustasno.
Aylanma suv ta’minotiga ega bo‘lmagan ishlab turgan korxonalar uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda ularni suv ta’minotining to‘xtovsiz tizimiga o‘tkazish muddatlari belgilanadi.
(56-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
57-modda. Ichimlik suvdan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy ofat, avariyalar ro‘y bergan taqdirda va boshqa favqulodda holatlarda, shuningdek korxona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojlarini va maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish manfaatlarini ko‘zlab, kommunal vodoprovodlardan sanoat maqsadlari uchun ichimlik suv iste’molini qisqartirishga yoki taqiqlab qo‘yishga va idoralarga qarashli ichimlik suv beradigan xo‘jalik vodoprovodlari suvidan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni vaqtincha cheklab qo‘yishga haqlidir.
(57-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
58-modda. Yer osti suvlaridan texnika suv ta’minoti va boshqa sanoat maqsadlari uchun foydalanish
Ichimlik suvlar qatoriga kiritilgan yer osti chuchuk suvlaridan ishlab chiqarish-texnika maqsadlari uchun foydalanish taqiqlanadi, zarur yer usti suv manbaalari mavjud bo‘lmagan hududlarda foydalanadigan hollar bundan mustasnodir.
Ichimlik yoki shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilmagan yer osti suvlaridan (chuchuk, mineral va issiq suvlardan) foydalanishga loyiq tasdiqlangan zaxiralari bo‘lsa, belgilab qo‘yilgan tartibda texnika suv ta’minoti uchun, mazkur suv tarkibidagi kimyoviy elementlarni ajratib olish, issiqlik energiyasi hosil qilish va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish talablariga rioya qilingan holda foydalanish mumkin.
59-modda. Suv obyektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish
Suv obyektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari manfaatlari hisobga olinib, suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida, tegishli hollarda esa, suv xo‘jaligi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, suvlardan kompleks va oqilona foydalanish talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Gidroenergetika ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan suv obyektlaridan tabiiy sharoitlarga, xo‘jalik ehtiyojlari va o‘zga ehtiyojlarga qarab, boshqa maqsadlar uchun ham foydalaniladi.
Gidroenergetika korxonalari ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv obyektlarining foydalanish qoidalarida belgilangan ish rejimiga, shu jumladan suv omborlarini to‘ldirish va ishga tushirish, ulardan suv chiqarish hamda suvning yuqori va quyi sathi o‘zgarishining rejimiga rioya etishi;
sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv omborlaridan suv chiqarib turilishini ta’minlashi shart.
(59-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
XV bob. SUV OBYEKTLARIDAN BALIQCHILIK XO‘JALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
60-modda. Baliqchilik xo‘jaligi manfaatlarini ko‘zlab baliqchilik xo‘jaligi havzalari suvidan foydalanishni cheklash
Baliqlarning qimmatli turlarini hamda suv bilan bog‘liq ovchilik obyektlarini saqlab qolish va urchitib ko‘paytirish uchun alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan baliqchilik xo‘jaligi havzalarida yoki shu havzalarning ayrim uchastkalarida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari baliqchilik xo‘jaligi manfaatlarini ko‘zlab cheklab qo‘yilishi mumkin.
Bunday havzalarning yoki shu havzalardagi uchastkalarning ro‘yxatini hamda suvdan foydalanishni cheklash turlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va suv xo‘jaligi organlari belgilab beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
(60-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
61-modda. Baliq zaxiralarini muhofaza qilish va baliqlarni urchitib ko‘paytirish tadbirlari
Baliqchilik xo‘jaligi havzalaridagi gidrotexnika inshootlari va boshqa inshootlarni ishlatishda baliq zaxiralarini muhofaza qilish va baliqlarni urchitib ko‘paytirish shart-sharoitlarini ta’minlash tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim.
Baliqchilik xo‘jaligiga qarashli suv havzalaridagi baliqlar urug‘ tashlaydigan joylarga va ularning qishlov uyalari joylashgan yerlarga tuproq to‘kish, baliq zaxiralari holatiga hamda ularning urchib ko‘payish sharoitlariga salbiy ta’sir etuvchi boshqa ishlarni bajarish man qilinadi.
Sanoat maqsadlari, sug‘orish va boshqa ehtiyojlar uchun baliqchilik xo‘jaligi suv havzalaridan suv olishga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishib, suv chiqarish inshootlariga baliq tushib qolmasligini ta’minlaydigan maxsus moslamalar o‘rnatilgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
(61-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
62-modda. Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalaridan yoki ov qilish uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari
Foydalanish uchun baliqchilik xo‘jaligi suv havzalari yoki ov qilish uchastkalari berib qo‘yilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ushbu Qonunning 35 va 351-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
baliq zaxiralarining urchib ko‘payish sharoitlarini ta’minlashi;
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini, sun’iy hovuzlar va boshqa baliqchilik xo‘jaligi inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashni amalga oshirishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi;
zarur melioratsiya ishlari olib borishi hamda mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan yerlardagi qirg‘oq uchastkalarini lozim darajada sanitariya holatida saqlashi shart.
(62-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
63-modda. Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi
Suv obyektlari baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga va shartlarga rioya etgan holda berilishi mumkin.
Suv obyektlaridan baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Batafsil ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
64-modda. Suv obyektlaridan sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash uchun foydalanish
Suv havzalarida sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlashga ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga biriktirilgan joylarda ushbu jamiyatlarning ruxsatnomasi asosida bepul yoki haq evaziga ruxsat etiladi, bundan davlat qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining va davlat biosfera rezervatlarining hududidagi suv havzalari mustasno. Suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari ovchilar va baliqchilarning jamoat birlashmalariga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda biriktirilishi mumkin.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunning III bo‘limiga qarang.
Baliqchilik xo‘jaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xo‘jaliklarida, shuningdek ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash ularning ruxsatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(64-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
XVI bob. SUV OBYEKTLARIDAN OVCHILIK XO‘JALIGI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
65-modda. Ovchilik xo‘jaligini yurituvchi shaxslarning suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlari
Yovvoyi suv qushlari va qimmatli mo‘yna beradigan suv hayvonlari (qunduz, ondatra, suv kalamushi, nutriya va hokazolar) maskani bo‘lgan daryolarda, ko‘llarda va boshqa suv obyektlarida ovchilik xo‘jaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxsga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlari suvdan kompleks foydalanish talablarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlar berishi mumkin.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
66-modda. Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi
Suv obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(66-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
XVII BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARDA JOYLASHGAN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
(XVII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
67-modda. Muhofaza etiladigan suv obyektlari
Ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv obyektlari yoki ularning ayrim uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb e’lon qilinadi va xo‘jalik maqsadida foydalanishdan chiqariladi.
(67-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
68-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish choralari
Davlat qo‘riqxonalari, tabiat bog‘larining va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari suvlaridan baliq ovlash, ov qilish, suv o‘simliklari va organizmlarini yig‘ish uchun foydalanish, shuningdek bunday suvlarning tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlariga oqova suvlarni oqizishga, shuningdek ularda gidromelioratsiya ishlarini o‘tkazishga ushbu Qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda yo‘l qo‘yiladi.
(68-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish rejimi qonunchilikda belgilanadi.
(68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
69-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qo‘yish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv obyektlarini olib qo‘yishga zarur bo‘lgan alohida hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan yo‘l qo‘yiladi.
(69-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
XVIII bob. SUV OBYEKTLARIDAN SUV TRANSPORTI EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
70-modda. Kema qatnaydigan suv yo‘llari
Daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, basharti, suv yo‘llari sifatida foydalanish to‘la yoki qisman taqiqlangan yoxud ular tanho foydalanish uchun berib qo‘yilgan bo‘lmasa, umum foydalanadigan suv yo‘llari hisoblanadi.
Kema qatnovi uchun suv obyektlaridan foydalanish suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(70-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
71-modda. Suv yo‘llarini kema qatnaydigan suv yo‘llari qatoriga kiritish, shuningdek suv yo‘llaridan foydalanish qoidalarini belgilash tartibi
Suv yo‘llarini kema qatnaydigan suv yo‘llari qatoriga kiritish, shuningdek suv yo‘llaridan foydalanish qoidalarini belgilab berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti ustavi.
72-modda. Suv obyektlaridan kichik kemalarda suzib yurish uchun foydalanish
Suv obyektlaridan kichik kemalarda (eshkakli va motorli qayiqlar, katerlar, yelkanli yaxtalar va shu kabilarda) suzib yurish uchun foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq ruxsat beriladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari.
XIX bob. OQOVA SUVLARNI OQIZISH UCHUN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
(XIX bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
74-modda. Suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari
(74-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga suv obyekti tarkibidagi ifloslovchi moddalarning belgilab qo‘yilgan me’yorlardan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan va suvdan foydalanuvchi hamda suv iste’molchisi bunday oqova suvlarni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan darajaga yetkazib tozalab berish sharti bilangina yo‘l qo‘yiladi.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Agar mazkur talablar buzilayotgan bo‘lsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari oqova suvlarni oqizishni cheklab, to‘xtatib yoki taqiqlab qo‘yishlari, hattoki ayrim sanoat qurilmalarini, sexlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yishlari lozim. Aholining sog‘lig‘iga xatarli hollarda, oqova suvlarni oqizish to‘xtatilib, hattoki ishlab chiqarish obyektlaridan va boshqa obyektlardan foydalanish to‘xtatib qo‘yishi lozim.
(74-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
75-modda. Suv obyektlaridan oqova suvlarni oqizish uchun foydalanish tartibi va shartlari
(75-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suv obyektlaridan oqova suvlarni oqizish uchun foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(75-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni.
XX bob. SUV OBYEKTLARIDAN YONG‘INGA QARSHI EHTIYOJLAR UCHUN HAMDA BOSHQA DAVLAT VA JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN FOYDALANISH
76-modda. Suv obyektlaridan yong‘inga qarshi ehtiyojlar uchun foydalanish
Yong‘inga qarshi ehtiyojlar uchun har qanday suv obyektlaridan suv olishga yo‘l qo‘yiladi.
77-modda. Suv obyektlaridan yong‘inga qarshi ehtiyojlar uchun hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi
Suv obyektlaridan yong‘inga qarshi ehtiyojlar uchun, shuningdek davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yong‘in xavfsizligi qoidalarining 17-bobi.
XXI bob. SUV OMBORLARI, GIDROUZELLAR VA BOSHQA INSHOOTLARDAN FOYDALANISH
78-modda. Suv omborlarini suv bilan to‘ldirish va ulardan suv chiqarish rejimi
Oldingi tahrirga qarang.
Suv omborlarida to‘g‘onlar, dambalar, suv o‘tkazadigan va suv oladigan inshootlar, gidroenergetika majmualaridan hamda boshqa inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanish qoidalari hamda suv omborlarining ta’sir zonalaridagi suvdan foydalanuvchilar, suv iste’molchilari, yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari hisobga olingan holda suv omborlarini to‘ldirish va ishlatish borasida belgilangan rejimga rioya qilishi shart.
(78-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv omborlari turli suvdan foydalanuvchilarning va suv iste’molchilarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni tartibga solish maqsadida bunyod etiladi.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Suv omborlarini suvga to‘ldirish va ulardan suvni chiqarish rejimi, suv sathining o‘zgarish rejimi, gidrouzel orqali suv o‘tish rejimi, kemalarning bemalol va xavfsiz o‘tishi, shuningdek baliqlarning urug‘ tashlaydigan joylarga o‘ta olishini ta’minlash suv omborlaridan foydalanish qoidalari bilan belgilanadi.
79-modda. Suv omborlaridan foydalanish tartibi
Suv omborlaridan foydalanish tartibi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda, har bir suv ombori, suv omborlari tizmasi yoki tizimi uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
80-modda. Suv omborlarining tegishli texnika holatini va obodonchiligini ta’minlaydigan tadbirlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish
Suv omborlarining tegishli texnik holatini va obodonlashtirilishini ta’minlaydigan tadbirlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish suv xo‘jaligi organlari hamda suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(80-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
81-modda. Ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv omborlari sifatida foydalanish
Ushbu Qonunning 78, 79 va 80-moddalaridagi qoidalar ko‘llardan va suv omborlari tariqasida xizmat qilayotgan boshqa suv havzalaridan foydalanishga ham joriy qilinadi.
82-modda. Gidrouzellar va boshqa gidrotexnika inshootlaridan foydalanish tartibi
Daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi suv xo‘jaligi organlari tomonidan foydalaniladigan gidrouzellar hamda boshqa gidrotexnika inshootlari davlat mulki bo‘lib, ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Suvdan foydalanuvchilarning gidromelioratsiya tarmog‘idagi gidrotexnika inshootlari, shu jumladan sug‘orish kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlari suvdan foydalanuvchilar tomonidan mansubligi bo‘yicha ishlatiladi.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suv xo‘jaligi organlari suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomaviy asosda gidromelioratsiya tarmog‘iga va undagi inshootlarga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
(82-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
XXII bob. OROL DENGIZI HAVZASIDA DAVLATLARARO SUVDAN FOYDALANISH
83-modda. O‘zbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanishni tartibga solish
O‘zbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(83-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
84-modda. Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli, suv xo‘jaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv iste’moli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XXIII BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTE’MOLI TO‘G‘RISIDAGI NIZOLARNI HAL QILISH
(XXIII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
85-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qiluvchi organlar
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari, shunga vakolatli boshqa organlar va sudlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(85-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
86-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududidagi suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fuqarolar o‘rtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilish mazkur organlarning vakolatiga kiradi, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim bo‘lgan nizolar bundan mustasno.
(86-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
87-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Tegishli hududda suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar o‘rtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa organlar hal qilishi lozim bo‘lgan nizolar bundan mustasno.
(87-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(89-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
90-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Turli viloyatlar yoki bitta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni hal qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradi, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim bo‘lgan nizolar bundan mustasno.
(90-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
91-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi xalqaro nizolarni hal qilish
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida transchegaraviy suvlardan va transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanish va suvni iste’mol qilish to‘g‘risidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadigan tartibda hal qilinadi.
(91-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
92-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqish
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizolar taraflardan birining arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Arizaga suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish huquqi buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilinadi.
(92-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
93-modda. Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga doir nizolarni ko‘rib chiqish tartibi
Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga doir nizolar manfaatdor tomonlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi, ular nizo hal qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qilib qo‘yiladi.
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
94-modda. Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga doir nizolar yuzasidan qaror qabul qilish
Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga doir nizolarni ko‘rib chiqish natijasi haqida shu nizoni hal qiluvchi organlar qaror chiqaradilar.
Zarur hollarda bu qarorlarda ularni ijro etish tartibi va muddatlari, shuningdek buzilgan huquqni tiklash tadbirlari ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
(94-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
95-modda. Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga doir nizo yuzasidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyat qilish tartibi
Suvdan foydalanishga va suv iste’moliga doir nizo yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shu qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkin.
Nizo yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan qilingan shikoyat bu qarorning ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qarorning ijrosi qaror chiqargan organ, yuqori turuvchi organ tomonidan to‘xtatilishi yoki ijro muddati uzaytirilishi mumkin.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
96-modda. Suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mulkka oid nizolarni hal qilish
Suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mulkka oid nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli sud tomonidan hal etiladi.
(96-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XXIV BOB. SUVNI VA SUV OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH
(XXIV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
97-modda. Suvni muhofaza qilish vazifalari
Hamma suvlar (suv obyektlari) aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazishi, shuningdek baliq zaxiralarining kamayishi, suv ta’minoti sharoitining yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyati kamayishi, suvning gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib chiqadigan boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan muhofaza qilinishi kerak.
98-modda. Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilishni, shuningdek suv rejimi va suvning holatini yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshirish
Faoliyati suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati organlari hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda texnologiya, o‘rmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini o‘tkazishlari shart.
(98-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Oldingi tahrirga qarang.
99-modda. Suvni va suv obyektlarini chiqit va chiqindilar bilan ifloslantirishdan muhofaza qilish
(99-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa xil chiqitlar hamda chiqindilarni suv obyektlariga tashlash;
Oldingi tahrirga qarang.
moylarning, yog‘ochlarning, kimyoviy va neft mahsulotlarining hamda boshqa mahsulotlarning to‘kilib-sochilishi natijasida suvni va suv obyektlarini bulg‘atish va ifloslantirish;
(99-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
suv havzalarining yuzi, suv havzalarini qoplab turgan yaxlar va muzliklarning yuzasi, sanoat chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq chiqitlar, shuningdek yer usti va yer osti suvlarning sifatini yomonlashtirib yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg‘atish va ifloslantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
suvlarni o‘g‘itlar, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zararli moddalar bilan bulg‘atish;
(99-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari rejimini buzish.
(99-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishga ushbu Qonunning 74 va 75-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga rioya qilingan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
(99-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
100-modda. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari
Suv obyektlarining tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan bulg‘anishi, ifloslanishi, kamayishi va loyqa cho‘kishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek qulay suv rejimini saqlash, foydalanish va ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun normal shart-sharoit yaratish maqsadida qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari belgilanadi.
Aholining ichimlik, maishiy va davolash-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarni muhofaza qilish maqsadida qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari belgilanadi.
(100-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Suv obyektlarining vazifasi, joylashgan o‘rni va texnik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarida xo‘jalik faoliyatining maxsus rejimi belgilanadi.
Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(100-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
101-modda. Yer osti suvlarini muhofaza qilish
Yer osti suvlari chiqarish va undan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga tutash hududlarda yer osti suvlariga doir rejimlarga rioya etilishini kuzatib borishlari, shuningdek foydalanilayotgan suvning miqdori va sifatining hisobini yuritishlari shart.
Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni o‘rganish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq burg‘ilash hamda boshqa kon-qidiruv ishlari bajarish chog‘ida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangani taqdirda, bu haqda geologiya va mineral resurslar organlariga ma’lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
(101-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Basharti, sanoat oqova suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo‘lsa, bunday quduqlar qazish barcha hollarda man etiladi.
(101-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
O‘z-o‘zidan suv chiqarib, suvi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o‘rnatilishi, ular qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi lozim.
(101-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Sifatli yer osti suvlari to‘planadigan manbalar tegrasida qattiq va suyuq chiqindilar to‘plash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jalik obyektlari va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rish, shu jumladan quduqlarni kuzatish tarmog‘ini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
102-modda. Kichik daryolarni muhofaza qilish
Xo‘jalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim.
(102-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Kichik daryolarning suvni muhofaza qilish mintaqalari, bu mintaqalardagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
(102-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
XXV bob. SUV YETKAZADIGAN ZARARLI TA’SIRNING OLDINI OLISH VA UNI BARTARAF QILISH
103-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini olish hamda uni bartaraf etish bo‘yicha majburiyatlari
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, geologiya va mineral resurslar organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda yoki shunga vakolatli davlat organlarining yozma ko‘rsatmalari bo‘yicha:
(103-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;
sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;
yerlarning botqoqlanishi va sho‘rlanishining;
tuproq eroziyasining, jarlar, o‘pirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli ta’sirning oldini olish hamda uni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishi shart.
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
104-modda. Suvning zararli ta’siri natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni tugatishga doir eng zarur choralarni amalga oshirish
Suvning zararli ta’siri natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni tugatishga doir eng zarur choralarni amalga oshirish yo‘llari qonunchilikda belgilab beriladi.
(104-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy tuman hududida toshqin va sel bo‘lganda avariya holatlarining oldini olish hamda tugatish ishlarini bajarishni tuman davlat hokimiyati organlari tashkil etadilar.
(104-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Suvning zararli ta’siri natijasida yuz beradigan tabiiy ofatlarning oldini olish va ularni tugatish ishlariga operativ rahbarlik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlari zarur hollarda toshqinga qarshi kurash komissiyalari va boshqa komissiyalar tuzadilar, bu komissiyalar tarkibiga tegishli korxona, tashkilot va muassasalarning vakillari, shuningdek suv xo‘jaligi va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakillari kiradi.
(104-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
105-modda. Suv yetkazadigan zararli ta’sirdan muhofaza qilish, ularning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari
Suv yetkazadigan zararli ta’sirdan muhofaza qilish, zararli ta’sirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning balansidagi obyektlarda tegishli budjet mablag‘lari hisobidan, suv iste’molchilari balansidagi obyektlarda esa ularning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(105-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
106-modda. Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilishning iqtisodiy chora-tadbirlari
Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora-tadbirlari:
suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar (bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno) va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari, suv obyektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli ta’sir etishning o‘zga turlari uchun haq olishni;
(106-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tejashda samarali bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlarni;
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, ekologik rag‘batlantirishning va boshqacha rag‘batlantirishning samarali chora-tadbirlari tizimini qo‘llashni nazarda tutadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona iste’mol qilish va suvlarni muhofaza qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning tatbiq etilishini rag‘batlantirishi va taqdirlashi mumkin.
(106-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
XXVI bob. SUVDAN FOYDALANISHNI DAVLAT YO‘LI BILAN HISOBGA OLISH VA REJALASHTIRISH
107-modda. Suvni va undan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suvni va undan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olishning vazifasi yagona suv fondini tashkil etuvchi suvlarning miqdorini va sifatini, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilashdan iboratdir.
(107-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
108-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza etishni rejalashtirish
Suvdan foydalanishni rejalashtirish birinchi navbatda aholining ichimlik suvga bo‘lgan va maishiy ehtiyojlarini qondirishni, suvning suvdan foydalanuvchilar o‘rtasida ilmiy asosda taqsimlanishini, suvni muhofaza qilishni va suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini olishni ta’minlashi lozim.
Suvdan foydalanishni rejalashtirish chog‘ida davlat suv kadastridagi ma’lumotlar, suv xo‘jaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va suvni muhofaza qilish jadvallari hisobga olinadi.
109-modda. Davlat suv kadastri
Davlat suv kadastri suvni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olish, suvdan foydalanishni qayd qilish va hisobga olish ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.
110-modda. Suv xo‘jaligi balanslari
Oldingi tahrirga qarang.
Suvning mavjud miqdorini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari hamda iqtisodiy mintaqalar bo‘yicha suv xo‘jaligi balanslari tuziladi.
(110-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Suv xo‘jaligi balanslari ushbu Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan suvlardan foydalanishni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tuziladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi.
(110-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
111-modda. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish jadvallari
Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh va havza (hududiy) jadvallari, shu jumladan ekotizim ehtiyojlari uchun oqizib yuboriladigan suvlar aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining suvga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek suvni muhofaza qilish va suv yetkazadigan zararli ta’sirlarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy suv xo‘jaligi tadbirlarini va boshqa tadbirlarni belgilab beradi.
(111-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
112-modda. Suvni va undan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish, davlat suv kadastri yuritish, suv xo‘jaligi balanslari tuzish hamda suvlardan kompleks foydalanishning va uni muhofaza qilishning jadvallarini ishlab chiqish tartibi
Suvni va undan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish, davlat suv kadastrini yuritish, suv xo‘jaligi balanslari tuzish hamda suvdan kompleks foydalanishning va uni muhofaza qilishning jadvallarini ishlab chiqish ishlari budjet hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda bajariladi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
113-modda. Suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilishda suvning hisobi va hisoboti hamda monitoringini yuritish tartibi
Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste’molchilari belgilangan tartibda suvdan foydalanishning hisobi va hisobotini yuritadi.
Suv resurslari monitoringi suv resurslarining, shu jumladan yer osti suvlarining o‘zgarishini aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda suv resurslari holatining prognozlarini ishlab chiqish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suvdan maxsus foydalanish va maxsus suv iste’moli chog‘idagi suv resurslarining hisobi, hisoboti hamda monitoringi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(113-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
XXVII BOB. SUV TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
(XXVII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
114-modda. Davlatning suvga bo‘lgan egalik huquqini buzadigan bitimlarning haqiqiy emasligi
Suvdan foydalanish huquqini boshqaga berish hamda davlatning suvga egalik huquqini oshkora yoki yashirin shaklda buzadigan boshqa xil bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
115-modda. Suv to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suv to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(115-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 203-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72—76-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomning IX bo‘limiga (“Suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlik uchun javobgarlik”) qarang.
116-modda. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan suv obyektlarini qaytarib olish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan suv obyektlari ulardan qonunsiz foydalanish vaqtida qilingan xarajatlar qoplanmagan holda o‘z egasiga qaytarib olib beriladi.
XXVIII BOB. SUV TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH NATIJASIDA YETKAZILGAN ZARARLARNI QOPLASH
(XXVIII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
117-modda. Suv to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni undirish
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suv to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonunchilikda belgilanadigan miqdorda va tartibda qoplashlari shart.
(117-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son — Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga qarang.
118-modda. Zarar yetkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning moddiy javobgarligi
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zarar xarajatlarini to‘lashida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgar bo‘ladilar.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1001- moddasiga qarang.
XXIX bob. XALQARO SHARTNOMALAR
119-modda. Xalqaro shartnomalar
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganlaridan o‘zga qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
837-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)