Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA qILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TOʻgʻRISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi boʻlmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 61-moddasi.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq koʻzga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, meʼmoriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan, ijtimoiy, maʼmuriy, diniy, ilmiy, oʻquv-taʼlim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati, meʼmorchilik asarlari bilan bogʻliqlikda alohida yoki oʻzaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bogʻ-rogʻ sanʼati asarlari (bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar);
diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega boʻlgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bogʻliq boʻlgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek koʻhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;
yodgorliklar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bogʻliq boʻlgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental sanʼat asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va sanʼat asarlari, arxiv, qoʻlyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qoʻlyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega boʻlgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga oʻyib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari;
madaniy meros obyektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari;
moddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;
nomoddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʻz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʻliq bilimlar, koʻnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarining toifalari
Moddiy madaniy meros obyektlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, meʼmoriy, badiiy va memorial qimmatga ega boʻlgan respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros obyektlari;
viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, meʼmoriy, badiiy va memorial qimmatga ega boʻlgan mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros obyektlari.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
II. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI
5-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish tartibini belgilaydi;
(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros obyektlarining, shu jumladan Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarning hududlari va muhofaza tegralaridan foydalanish tartibotlarini tasdiqlaydi;
(6-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
tarixiy-madaniy qoʻriqxonalarni, muzey-qoʻriqxonalarni va tarixiy manzilgohlarni tuzish tartibi va saqlash tartibotini belgilaydi;
madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targʻib qilinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlaydi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritadi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik jihatdan tadqiq etish, konservatsiyalash, taʼmirlash hamda ulardan hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targʻib qilinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlaydi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(71-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondida turgan madaniy meros hujjatli obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida hisobga olinishi, muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishini amalga oshiradi.
(8-moddaning manti Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida oʻz hududlarida joylashgan madaniy meros obyektlarini aniqlaydilar hamda ularni hisobga oladilar, muhofaza qiladilar, asraydilar va ulardan foydalanadilar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydilar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish tadbirlarini oʻtkazishga jalb etadilar.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
III. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILISH
10-modda. Madaniy meros obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini taʼminlash
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish bu madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan koʻriladigan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, axborotga doir, moddiy-texnikaviy va boshqa chora-tadbirlar tizimidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish:
tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni davlat hisobiga olish, hamda Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish;
madaniy meros obyektlarining ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etilishini rivojlantirish;
madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish;
moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza tegralarining loyihalarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish;
(10-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan va moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilash;
moddiy madaniy meros obyektlarida muhofaza belgilarini oʻrnatish;
madaniy meros obyektlari holatining monitoringini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham taʼminlanishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u moddiy madaniy meros obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi.
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritishga quyidagilar kiradi:
moddiy madaniy meros obyektlariga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
moddiy madaniy meros obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
moddiy madaniy meros obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastr axborotini tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
moddiy madaniy meros obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchilarni qonunchilikda belgilangan tartibda kadastr axboroti bilan taʼminlash.
(11-modda ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxati nomoddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan hisobga olish hujjatidan iborat boʻladi.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritishga quyidagilar kiradi:
nomoddiy madaniy meros obyektini identifikatsiya qilish;
tegishli nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarmoqlari, yoʻnalishlari, janrlari va uslublarini tasniflash;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini doimiy ravishda tiklovchi shaxslarni, guruhlarni koʻrsatish;
maʼlumotlarni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining sifat holatini aniqlash va uning natijalari boʻyicha hisobotlar tuzish.
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizom.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan, ularni Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish esa Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan kundan eʼtiboran mazkur obyektlar aniqlangan madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritiladi.
Arxeologiya yodgorliklari topilgan paytidan eʼtiboran aniqlangan moddiy madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritiladi.
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan yangi aniqlangan moddiy madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilishi toʻgʻrisidagi masala hal qilingungacha ushbu Qonun talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi aniqlangan moddiy madaniy meros obyektining mulkdorini mazkur obyekt Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida xabardor qilishi shart.
(12-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Moddiy madaniy meros obyektining pasporti
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektiga moddiy madaniy meros obyektining pasporti berilib, unga mazkur moddiy madaniy meros obyektini muhofaza qilish mazmunidan iborat maʼlumotlar va obyektning tavsiflari kiritiladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektini moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish, agar obyekt jisman toʻla yoʻqotilgan boʻlsa yoki moddiy madaniy meros obyekti sifatidagi oʻz qimmatini yoʻqotgan boʻlsa, tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi
Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi:
madaniy meros obyekti Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslash;
moddiy madaniy meros obyektining toifasini belgilash;
moddiy madaniy meros obyektining toifasi oʻzgartirilishini asoslash;
moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish;
moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek moʻljallanayotgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarning moddiy madaniy meros obyektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan, nomoddiy madaniy meros namunalarining tarixiy-madaniy ekspertizasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
16-modda. Tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari quyidagilardir:
xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan yer uchastkalari, agar ularda moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan boʻlsa;
madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar;
moddiy madaniy meros obyektlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar;
moddiy madaniy meros obyektining toifasi belgilanishini yoki oʻzgartirilishini asoslovchi materiallar;
ushbu Qonunda belgilangan hollarda shaharsozlik va loyiha hujjatlari;
moddiy madaniy meros obyektlariga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni asoslovchi hujjatlar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizom.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda.Moddiy madaniy meros obyektlari qoʻriqlanadigan tegralar
Moddiy madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralari belgilab qoʻyiladi.
Muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralarining chegaralari va ularni saqlash tartibotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
18-modda. Madaniy meros obyektlarining holati ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilishi hamda ularning asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta moddiy madaniy meros obyektlarining holatini koʻrikdan oʻtkazishi hamda ularni qayd etishi shart.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Madaniy meros obyektlarini Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish
Tarix, sanʼat, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega boʻlgan madaniy meros obyektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya hamda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada belgilangan tartibda tegishincha Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish yoʻli bilan jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Madaniy meros obyektlari tarixiy-madaniy ekspertizasining xulosasi asosida madaniy meros obyektlarini Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) huzuridagi Umumjahon merosi qoʻmitasi va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmita talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasiga yuboriladi
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
IV. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI ASRASH
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari
Moddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ularni konservatsiyalash, tuzatish, taʼmirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bogʻliq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Moddiy madaniy meros obyektini konservatsiyalash — moddiy madaniy meros obyektini mavjud koʻrinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Moddiy madaniy meros obyektini tuzatish — moddiy madaniy meros obyektining muhofaza mazmunini tashkil etuvchi oʻziga xos xususiyatlarini oʻzgartirmagan holda obyektni foydalanish holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Moddiy madaniy meros obyektini taʼmirlash — moddiy madaniy meros obyektining tarixiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Moddiy madaniy meros obyektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish — moddiy madaniy meros obyektining tarixiy-badiiy qimmatini va asralishini oʻzgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan unsurlarini taʼmirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, hujjatlashtirish, targʻib qilish va ragʻbatlantirish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektini asrashga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
(20-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Yoʻqotilgan madaniy meros obyektini asli holiga keltirish
Yoʻqotilgan moddiy madaniy meros obyekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki oʻzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan hollarda yoʻqotilgan moddiy madaniy meros obyekti taʼmirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi.
Yoʻqotilgan nomoddiy madaniy meros obyekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan hollarda yoʻqotilgan nomoddiy madaniy meros obyekti ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, taʼmirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻqotilgan nomoddiy madaniy meros obyektini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asli holiga keltirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan, manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikri hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Yoʻqotilgan moddiy madaniy meros obyektini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asli holiga keltirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan, manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikri hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
22-modda. Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish
Oldingi tahrirga qarang.
Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi beradigan ruxsatnomalar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi/
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etayotgan shaxslar ularning boshlangʻich konservatsiya qilinishi va asralishini taʼminlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Qazish va qidirish ishlari tugaganidan keyin, lekin ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari oʻtmasidan oldin, arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga hisobot taqdim etishlari hamda qazish va qidirish natijasida topilgan hamda tarixiy, ilmiy, madaniy yoki oʻzgacha qimmatga ega boʻlgan ashyolarni belgilangan tartibda davlatga topshirishlari shart.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 196-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARIGA EGALIK QILISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI TASARRUF ETISH
23-modda. Moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishning oʻziga xos jihatlari
Moddiy madaniy meros obyektining mulkdori oʻziga qarashli boʻlgan moddiy madaniy meros obyekti yoʻqotilsa uning oʻrni toʻldirib boʻlinmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, uni saqlab turish vazifasini zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yer uchastkalarining egalari (mulkdorlari) zimmasiga mazkur obyektlarni saqlab turish vazifasi, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Moddiy madaniy meros obyektining ijarasi ijara shartnomasi asosida amalga oshirilib, unda moddiy madaniy meros obyektini saqlash talablari qayd etilgan boʻlishi kerak.
Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.
24-modda. Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish
Moddiy madaniy meros obyektlarining mulkdorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar:
moddiy madaniy meros obyektining tashqi va ichki koʻrinishini moddiy madaniy meros obyektining pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni maʼlumotlariga muvofiq holda saqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining ruxsatnomasini olish;
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni saqlab turish tartibotini taʼminlash;
moddiy madaniy meros obyektining mulkdori tomonidan belgilanadigan shartlardagi moddiy madaniy meros obyektining hamma uchun ochiqligi talablarini albatta bajargan holda ularning asralishini taʼminlashga majburdirlar.
25-modda. Moddiy madaniy meros obyektidan foydalanish huquqlarining cheklanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektidan foydalanish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan mazkur moddiy madaniy meros obyektining, uning tevarak atrofidagi tabiiy muhitning muhofaza qilinishi, asralishi, targʻib qilinishi va undan foydalanilishi uchun, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada cheklanishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Xususiy mulkda turgan moddiy madaniy meros obyektidan foydalanish huquqi qonunda nazarda tutilgan hollarda sud qarori bilan cheklanishi mumkin.
Mazkur Qonunning 26-moddasiga berilgan sharhga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektidan foydalanishda cheklashni joriy etish zaruriyatini yuzaga keltirgan holatlar yoki shart-sharoitlar bartaraf etilgan taqdirda mazkur obyektdan foydalanish huquqi toʻla hajmda tiklanadi.
26-modda. Moddiy madaniy meros obyektiga doir mulk huquqining bekor qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektiga doir mulk huquqi qonunchilikka muvofiq bekor qilinishi mumkin.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining190, 197-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy mulkda turgan moddiy madaniy meros obyekti qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud qarori bilan mulkdordan olib qoʻyilishi mumkin.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 190-moddasi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 198-moddasining ikkinchi qismi, 206-moddasi.
Umumiy mulkda turgan moddiy madaniy meros obyektlari va ularning ajralmas qismi hisoblanadigan yer uchastkalari boʻlinmaydi.
27-modda. Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektini tekin foydalanishga berish
Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyekti tekin foydalanish shartnomasi shartlarida quyidagilarga berib qoʻyilishi mumkin:
moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga;
bolalar jamoat birlashmalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalariga;
(27-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
diniy tashkilotlarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektidan tekin foydalanish shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va u moddiy madaniy meros obyektini saqlash boʻyicha talablarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandi.
28-modda. Moddiy madaniy meros obyektidan foydalanish huquqining bekor qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektidan foydalanish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
(28-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
moddiy madaniy meros obyektidan tekin foydalanish shartnomasi yoki ijara muddati oʻtganidan keyin foydalanuvchi foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda;
foydalanuvchi-jismoniy shaxs vafot etganda;
foydalanuvchi-yuridik shaxs tugatilganda;
moddiy madaniy meros obyektiga foydalanuvchi qasddan zarar yetkazganda;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyekti joylashgan yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
(28-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish huquqi qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(V bob Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
VI. ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN TARIXIY-MADANIY HUDUDLAR
29-modda. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlari hududida alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tashkil etilishi mumkin.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar, muzey-qoʻriqxonalar, tarixiy manzilgohlar koʻrinishida va qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda tashkil etiladi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish tartibi hamda ularni saqlash tartiboti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
30-modda. Tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar
Oldingi tahrirga qarang.
Diqqatga sazovor joy yoki uning bir qismi hamda shu tegrada joylashgan yodgorliklar va ansambllar birgalikda tarixiy-madaniy qoʻriqxona hisoblanib, unda alohida tartibot oʻrnatiladi. Bu tartibot moddiy madaniy meros obyektlari tevarak atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asralishini, tarixiy-madaniy qoʻriqxona hududining yaxlitligini, shuningdek mazkur hudud chegaralarida qurilish va xoʻjalik faoliyati tartibga solib turilishini taʼminlaydi.
Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va u bilan bogʻliq tabiiy landshaft tarkibiga kiruvchi moddiy madaniy meros obyektlarida muzeylar yaratilsa, shuningdek tarixiy-madaniy qoʻriqxona hududida ilgari udum boʻlgan anʼanaviy xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tiklash zarurati tugʻilsa, mazkur tarixiy-madaniy qoʻriqxona muzey-qoʻriqxona deb hisoblanadi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
31-modda. Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va muzey-qoʻriqxona chegarasi
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va muzey-qoʻriqxona chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan tarixiy-madaniy reja va (yoki) tarixiy-madaniy qoʻriqxona hamda muzey qoʻriqxonaning taklif qilinayotgan chegarasini asoslab beruvchi boshqa materiallar asosida aniqlanadi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va muzey-qoʻriqxona chegarasi diqqatga sazovor joyning chegarasiga toʻgʻri kelmasligi mumkin.
32-modda. Tarixiy manzilgoh
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy manzilgoh deyilganda uning hududi doirasida oʻtmishda yaratilgan, tarixiy, estetik, ijtimoiy-madaniy, arxeologik, meʼmoriy yoki shaharsozlik qimmatiga ega boʻlgan va xalqning oʻziga xosligini, uning jahon madaniyatiga qoʻshgan hissasini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga molik moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan manzilgohlar tushuniladi.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Tarixiy manzilgohda joylashgan va shaharning muayyan boʻlagi sifatida tarixiy qimmatga ega boʻlgan barcha obyektlar: rejaviy tarh, imorat, kompozitsiya, tabiiy landshaft, arxeologik qatlam, shahardagi turli (boʻsh turgan, imoratlar qurilgan, koʻkalamzorlashtirilgan) maydonlarning oʻzaro nisbati, katta-kichik yoki uzun-qisqa koʻrinishlari, shahar qurilishining boʻlak-boʻlak va xaroba holidagi osori atiqalari, sahni, mahobati, tuzilishi, uslubi, materiallari, rangi va manzarali elementlari bilan ajralib turadigan binolar, inshootlarning shakli va tashqi qiyofasi muhofaza qilinishi kerak.
Tarixiy manzilgohdagi tabiiy tarkib topgan va inson qoʻli bilan yaratilgan manzaralar uygʻunligi, tarixiy manzilgoh taraqqiyoti davrida unga xos boʻlib qolgan turli jihatlar, shuningdek boshqa qimmatli elementlar saqlab qolinishi kerak.
33-modda. Tarixiy manzilgohda shaharsozlik, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatni tartibga solishning oʻziga xos jihatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy manzilgoh hududi doirasida shaharsozlik, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat moddiy madaniy meros obyektlari va mazkur manzilgohning boshqa qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish sharti bilan amalga oshirilmogʻi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek tarixiy-madaniy yoki tabiiy qimmatga ega boʻlgan boshqa obyektlarni saqlab qolish maqsadida tarixiy manzilgohlarda qonunchilikka muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi belgilab qoʻyiladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 62 va 63-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarixiy manzilgohlarda shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organning hamda arxitektura-shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nazorati ostida oʻtkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha izchil va oʻzaro bogʻliq tadbirlar tizimidan iborat. Alohida tartib tarixiy-meʼmoriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv va arxeologiya tadqiqotlari asosida tarixiy manzilgoh hududi chegaralarida tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan yer uchastkalarida joylashgan, ham saqlanib qolgan, ham yoʻqotilgan mazkur tarixiy manzilgohning rivojlanish bosqichlarini koʻrsatuvchi barcha shaharsozlik elementlari va inshootlarini asoslagan holda tarixiy-madaniy tayanch rejasini tuzishni, binolar hamda inshootlarning oʻlchamlari va nisbatlariga, avtomobillar turadigan joylarni, reklamalar va lavhalarni joylashtirishni taqiqlash va cheklashlarga hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash uchun zarur boʻlgan boshqa cheklashlarga taalluqli shaharsozlik reglamentini oʻz ichiga oladi.
(33-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
VII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
34-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning moliyalashtirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardir.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishi mulkdorlar va foydalanuvchilarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarini foydalanishga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari hamda xayriyalaridan tushgan mablagʻlar qonunchilikka muvofiq moddiy madaniy-meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash va targʻib qilishga hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band boʻlgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun sarflanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-228-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 440-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandi qirqinchi xatboshi.
35-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(35-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 64-moddasi.
36-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(36-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(36-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 64-moddasi, Jinoyat kodeksining 132-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
2001-yil 30-avgust,
269-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 180-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2005-y., 37-38-son, 277-modda; 2009-y., 41-son, 440-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)