Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
JAMOAT FONDLARI TOʻGʻRISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi jamoat fondlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining oʻziga xos xususiyatlari alohida qonun hujjati bilan tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Jamoat fondi tushunchasi
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni koʻzlaydigan, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi (bundan buyon matnda fond deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 75-moddasi.
4-modda. Fondlarning turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro, respublika fondlari hamda mahalliy fondlar tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro fondlarga faoliyati oʻz ustavlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining va bir yoki undan ortiq chet davlatlarning hududiga tatbiq etiladigan fondlar kiradi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Faoliyatini oʻz ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki ikki yohud undan ortiq viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida amalga oshiradigan fondlar respublika fondlari jumlasiga kiradi.
Faoliyatini oʻz ustaviga muvofiq tuman(lar), shahar(lar), viloyat yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan fondlar mahalliy fondlar jumlasiga kiradi.
5-modda. Fondning vakolatxonalari va filiallari
Fond Oʻzbekiston Respublikasi hududida va boshqa davlatlarda vakolatxonalar ochishi hamda filiallar tashkil etishi mumkin.
Fondning vakolatxonasi fondning oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida boʻlinmasidir.
Fondning filiali fondning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Fondning vakolatxonalari va filiallari fond nomidan ish koʻradi hamda ustavda belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun fond oldida masʼuldir.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Vakolatxonalar va filiallarni fond mol-mulk bilan taʼminlaydi. Vakolatxona va filialning mol-mulki alohida balansda hamda fondning balansida hisobga olinadi.
Fondning vakolatxonalari va filiallari fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Xalqaro hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari
(6-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro hamda chet el fondlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq oʻz vakolatxonalarini ochishi va filiallarini tashkil etishi mumkin.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, mazkur Qonunning 5-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi kerak.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro hamda chet el fondlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan vakolatxonalari va filiallariga, qonunda boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, fondlarning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 92 — 97-moddalari, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 49 — 54-moddalari, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni 56-moddasi.
7-modda. Fondlarning faoliyati kafolatlari
Oʻzbekiston Respublikasida fondlarning faoliyat erkinligi, mulki daxlsizligi hamda ishchanlik nufuzi himoyasi kafolatlanadi.
Fondlarning mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizatsiya qilinmaydi va musodara etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202 — 204-moddalariga qarang.
8-modda. Fondlarning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Fondlarning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida koʻriladi.
Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashlari mumkin.
Davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining fondlar faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek fondlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
II. FONDNI TASHKIL ETISH VA DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH TARTIBI
9-modda. Fondni tashkil etish
Fond muassislarning (muassisning) qaroriga binoan yoki vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilishi mumkin.
10-modda. Fond muassislari (muassisi)
Bir yoki bir nechta yuridik va (yoki) jismoniy shaxs fond muassislari (muassisi) boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganligi yoxud firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar fond muassislari (muassisi) yoki rahbar organi aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fond muassislari (muassisi) fond ustavini tasdiqlaydi, fond vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolarini tayinlaydi hamda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Fondning vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilishi
Fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomada fondning maqsad va vazifalari, unga oʻtkazilayotgan mol-mulk hajmi koʻrsatilgan hamda vasiyatnomani ijro etuvchi belgilangan boʻlishi kerak. Vasiyatnomani ijro etuvchi fond vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolarini, agar ular vasiyatnomada nomma-nom koʻrsatilgan boʻlmasa, tayinlaydi, shuningdek fondning tashkil etilishi bilan bogʻliq boshqa harakatlarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar vasiyatnomani ijro etuvchi oʻz zimmasiga yuklatilgan harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortsa yoki ularni amalga oshirishga qodir boʻlmasa, qonunchilikka muvofiq vasiyatnomani ijro etuvchi yangi shaxs tayinlanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1131-moddasi.
12-modda. Fond ustavi
Fond ustavi fond muassislari (muassisi) tomonidan tasdiqlanadi.
Fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan taqdirda, fond ustavi vasiyatnomani ijro etuvchi tomonidan vasiyatnomaga muvofiq ravishda tuziladi.
Fond ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
“jamoat fondi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan fondning nomi;
fondning joylashgan yeri (pochta manzili);
fondning maqsad va vazifalari;
fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi;
fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi;
fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari, fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari;
fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi;
fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi;
fond ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fond ustavida fondning tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 75-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Fondni hamda uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fondni hamda uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish adliya organlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Xalqaro, respublika fondlari, shuningdek bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mahalliy fondlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fondlarning vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar
(14-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, muassislar (muassis) yoki ular (u) vakolat bergan shaxslar (shaxs) tomonidan imzolangan, ularning (uning) familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va yashash joyi (pochta manzili) koʻrsatilgan belgilangan shakldagi ariza;
(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
agar fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan boʻlsa, vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼsis yigʻilishining (syezdi, konferensiyasining) yoki muassisning (agar fond bir yuridik shaxs tomonidan tashkil etilayotgan boʻlsa) fond muassislari (muassisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, fondning maqsad va vazifalari koʻrsatilgan qarori (respublika fondi uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, ularning rahbar organlari hamda boshqa organlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi);
(14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fond ustavi yoxud fondning vakolatxonasi yoki filial toʻgʻrisidagi nizom davlat tilida ikki nusxada;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
joylashgan yeri fondning pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
fondni tashkil etish tashabbuskorlari yoxud uning muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
fondning dastlabki mablagʻlari shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar fondni tashkil etish toʻgʻrisida muassislar (muassis) tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi. Agar fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan boʻlsa, mazkur hujjatlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganidan keyin ikki oy ichida taqdim etiladi.
Qoʻshib yuborish va qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan fondlar qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qayta tashkil etilayotgan fondga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan fondning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (qoʻshib yuborilgan taqdirda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining fondning muhri va shtampi yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (qoʻshib yuborilgan taqdirda).
Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
fond vakolatli organining roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizasi;
vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsad va vazifalar koʻrsatilgan, notarial tasdiqlangan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
vakolatxona yoki filial rahbari nomiga bosh tashkilot tomonidan berilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan ishonchnoma;
bosh tashkilotning ustavi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar koʻrsatilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan guvohnomasi nusxalari;
bosh tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona yoki filial ochish (tashkil etish) toʻgʻrisidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxonani ochish (filialni tashkil etish) toʻgʻrisidagi, uning nizomini (ustavini) tasdiqlash haqidagi, rahbarini (rahbarlarini) tayinlash toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak;
bosh tashkilotning faoliyati toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan axborot;
ijaraga beruvchining vakolatxona yoki filial uchun tegishli binolarni berish toʻgʻrisidagi rozilik xati;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda toʻrtinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari toʻgʻrisidagi, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi va telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotlar;
vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi belgilangan shakldagi deklaratsiya.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror
Fondni yoki uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni qabul qilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida yoxud davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad qilish haqida bir oy ichida qaror chiqarishi shart.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan fondga, uning vakolatxonasi va filialiga, bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondning va chet el fondining vakolatxonasiga yoki filialiga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda fondning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan, roʻyxatga olinganligi haqida belgi qoʻyilgan ustavi (nizomi) beriladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad qilish asoslari
Fondni, uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunda nazarda tutilgan hollarda rad qilinishi mumkin.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad qilish asoslantirilgan boʻlishi kerak. Fondni, uning vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning fondni, uning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek mazkur organning davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
17-modda. Fond ustaviga, fond vakolatxonalari hamda filiallarining nizomlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Fond ustaviga ustavning oʻzida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddatda maʼlum qilinadi. Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishga sabab boʻladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning IV-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fond vakolatxonalari va filiallarining nizomlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fond boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddatda maʼlum qilinadi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
III. FONDNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
18-modda. Fondning huquqlari
Fond:
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkli boʻlishga;
fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzishga;
xayriyalar, badallar, grantlar va boshqa mablagʻlar olishga;
sudda, boshqa organlar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishga;
ommaviy axborot vositalari taʼsis etish va noshirlik faoliyatini amalga oshirishga;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatishga;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;
xalqaro aloqalar oʻrnatish, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish hamda xalqaro dasturlar va loyihalarda ishtirok etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Fondning majburiyatlari
Fond:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz faoliyatini qonunchilikka va fondning ustaviga muvofiq amalga oshirishi;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fond faoliyatining oshkoraligini taʼminlashi va fondning mol-mulkidan foydalanilishi toʻgʻrisida har yili hisobotlar eʼlon qilishi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ vakillariga fond oʻtkazadigan tadbirlarga erkin kirish imkoniyatini berishi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va davlat statistika organlariga hisobotlar taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Fond zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
IV. FOND FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSI
20-modda. Fondning mol-mulki
Muassislar (muassis) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan fondga oʻtkazilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk fondning mulkidir.
Binolar, inshootlar, turar joylar va boshqa imoratlar, asbob-uskunalar, inventar, pul mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablagʻlar, qimmatli qogʻozlar va oʻzga mol-mulk fondning mulki boʻlishi mumkin.
Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Fondning mol-mulki muassislar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan faqat fond ustavida belgilangan maqsadlar hamda vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning boshqa usuli sifatida foydalanilishi, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori
Quyidagilarni tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori:
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro va respublika jamoat fondlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida;
(201-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy jamoat fondlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida boʻlishi kerak.
(201-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jamoat fondlarining alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari) uchun dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori mavjud boʻlishi talab etilmaydi.
Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytida faqat pul shaklida shakllantirilgan boʻlishi lozim.
(201-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
21-modda. Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari
Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
muassislar (muassis) tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan (oʻtkaziladigan) yoki muntazam kelib turadigan pul va boshqa tushumlar;
fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan taqdirda vasiyat qiluvchining fondga oʻtkazilgan mol-mulki;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(21-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Fondning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi
Oldingi tahrirga qarang.
Fond qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga toʻgʻri keladigan doirada shugʻullanishi mumkin.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 75-moddasi.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari fond tomonidan faqat litsenziya asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Fond tijorat tashkilotlarining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas, bundan ochiq savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish mustasno.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fondning bir aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondi (ustav kapitali) summasining yigirma foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bunda aksiyadorlik jamiyatlarining olingan aksiyalari umumiy summasi fond aktivlari balans qiymatining aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanadagi yigirma foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
23-modda. Fondning oʻziga aloqador shaxslar bilan munosabatlari
Fondga aloqador shaxslar quyidagilardir:
fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi;
fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari boʻlgan shaxslar, shuningdek mazkur muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining kreditorlari;
fond muassislari (muassisi) boʻlmish yuridik shaxslarning ishtirokchilari, kreditorlari, shuningdek ular bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan shaxslar;
ustav fondida (ustav kapitalida) fondning oʻzi ishtirok etayotgan yuridik shaxslar va ularning xodimlari, shuningdek mazkur xodimlar bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari boʻlgan shaxslar;
fond vasiylik kengashining aʼzolari, fond boshqaruvining rahbari va aʼzolari, fond taftish komissiyasining aʼzolari, fondning boshqa xodimlari, shuningdek ular bilan yaqin qarindoshchilik yoki quda-andachilik aloqalari boʻlgan shaxslar.
Fondning oʻziga aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzishiga, shuningdek ularning foydasini koʻzlab boshqa harakatlar sodir etishiga vasiylik kengashining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Fond quyidagi hollarda oʻziga aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzishga yoki ularning foydasini koʻzlab boshqa harakatlar sodir etishga haqli emas:
fondga aloqador shaxslar bilan bunday bitimlar tuzish yoki harakatlar sodir etish fondga aloqador boʻlmagan shaxslar bilan boʻlgandagiga nisbatan bir muncha qulay shartlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa;
fondga aloqador shaxs fond vasiylik kengashining aʼzosi boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar fondning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan vasiylik kengashi aʼzosiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
24-modda. Fondning mol-mulkidan foydalanish
Fondning mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fondning maʼmuriy xarajatlari fond tomonidan hisobot davrida fondni boshqarish uchun qilingan barcha xarajatlarni va birinchi navbatda uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun zarur xarajatlarni, fondning oʻz ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun reklamaga sarflagan xarajatlarini, shuningdek qonunchilikka muvofiq fond faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni va toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Har yilgi maʼmuriy xarajatlarning jami summasi, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish fond barcha xarajatlari summasining oʻttiz foizidan oshmasligi kerak. Mazkur cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Fondning mol-mulki fondga aloqador shaxslar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
Fondning mol-mulkini koʻpaytirish uchun fondga mablagʻ kiritgan shaxslar mablagʻ berayotganda bu mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishi toʻgʻrisida, shu jumladan fondni qayta tashkil etishda yoki tugatishda mablagʻlarni qaytarish shartlari toʻgʻrisida fond bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
25-modda. Fondda hisobga olish va hisobot
Fond oʻz faoliyati natijalari hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlariga hisobot taqdim etadi.
Fond har yili oldingi yildagi oʻz faoliyati toʻgʻrisida quyidagilarni oʻz ichiga olgan hisobot eʼlon qiladi:
fondning hisobot davridagi faoliyati sharhini, bu faoliyat fondning ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligi darajasini koʻrsatgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
fondning yillik moliyaviy hisobotini, auditorlik tashkilotining xulosasini koʻrsatgan holda (bundan hisobot davrida bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan fondning oʻz faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazmaganligi hollari mustasno);
(25-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
fond olgan ixtiyoriy xayriyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
fondning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari (foydasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bu daromadlarning (foydaning) kelib chiqish manbalarini alohida-alohida koʻrsatgan holda;
xarajatlar umumiy summasini, fond faoliyatining ayrim turlari boʻyicha va maʼmuriy xarajatlar boʻyicha alohida-alohida koʻrsatgan holda;
fond ustavi va fond organlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
fondning ustavida yoki fondning vasiylik kengashi tomonidan belgilangan boshqa maʼlumotlarni.
V. FONDNI BOSHQARISH
26-modda. Fondning vasiylik kengashi
Fondning vasiylik kengashi fondning organi boʻlib, u fond faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Fond vasiylik kengashining tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolari muassislar (muassis) tomonidan yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan boʻlsa, vasiyatnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Fondning vasiylik kengashini tuzish, vasiylik kengashi yigʻilishlarini chaqirish va vasiylik kengashining qarorlarini qabul qilish tartibi fond ustavida belgilanadi.
Fond vasiylik kengashining aʼzolari ayni bir vaqtning oʻzida fondning boshqaruvi va taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Fondning ustavida fond vasiylik kengashining aʼzolariga haq toʻlash va ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin.
27-modda. Fond vasiylik kengashining vakolatlari
Fond vasiylik kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
fond faoliyati ustidan hamda ushbu faoliyat qonunchilik va fond ustaviga, fond vasiylik kengashining qarorlariga muvofiq boʻlishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(27-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fond ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni tasdiqlash;
fondning boshqaruvi va taftish komissiyasini tuzish;
fondning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
fond budjetini tasdiqlash;
fondning yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini, shu jumladan fond boshqaruvining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash;
fond faoliyatini navbatdan tashqari tekshirish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
fond boshqaruvining fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga zid boʻlgan qarorlari ijrosini toʻxtatib qoʻyish yoki ularni bekor qilish;
fondni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Fondning ustavida fond vasiylik kengashining vakolatlariga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Fond vasiylik kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal etish uchun fondning boshqaruvi yoki taftish komissiyasiga oʻtkazilishi mumkin emas.
Fondning vasiylik kengashi fondning boshqa organlaridan fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olishga haqli.
Fond vasiylik kengashining qarorlari fondning boshqaruvi va boshqa organlari, fond xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
28-modda. Fond boshqaruvi
Fond boshqaruvi fondning ijroiya organidir. Fond boshqaruvining tarkibi fond vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladi.
Fond boshqaruvining rahbari va aʼzolari fond vasiylik kengashi va taftish komissiyasining aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Fond boshqaruvi yiliga kamida bir marta oʻz faoliyati toʻgʻrisida vasiylik kengashiga hisobot taqdim etadi.
29-modda. Fond boshqaruvining vakolatlari
Fond boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
fondning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
fond tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida fond xodimlarining shtat jadvali va ish haqi miqdorini belgilash;
fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish hamda ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
fondning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularning rahbarlarini tayinlash.
Fond ustavi fond boshqaruvining vakolatlariga boshqa masalalarni ham kiritishi mumkin.
30-modda. Fond boshqaruvining rahbari
Fond boshqaruvining rahbari fond boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va chet el tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fond nomidan ish koʻradi.
VI. FOND FAOLIYATI USTIDAN NAZORAT
31-modda. Fondning taftish komissiyasi
Fondning moliyaviy faoliyatini hamda uning pul mablagʻlari toʻgʻri sarflanishi va mol-mulkidan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish uchun kamida uch kishidan iborat tarkibda fond taftish komissiyasi tuziladi.
Fond taftish komissiyasining aʼzolari fond vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Fond taftish komissiyasining tarkibi, vakolatlari va faoliyat muddati fond ustavida belgilanadi.
Fond taftish komissiyasining aʼzolari ayni bir vaqtning oʻzida fondning vasiylik kengashi va boshqaruvi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Fond taftish komissiyasi fond vasiylik kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
Fond ustavida fondning taftish komissiyasi aʼzolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin. Toʻlanadigan bunday haq va kompensatsiya miqdori fondning ustaviga muvofiq fond vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
32-modda. Fond taftish komissiyasining tekshiruvlar oʻtkazishi
Fondning moliyaviy faoliyatini va fond boshqaruvi tomonidan pul mablagʻlari toʻgʻri sarflanayotganligini hamda boshqa mol-mulkdan toʻgʻri foydalanilayotganligini tekshirishni fond vasiylik kengashining qaroriga binoan fond taftish komissiyasi fondning bir yillik yoki boshqa muddatdagi faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiradi.
Fondning mansabdor shaxslari fond taftish komissiyasining talabiga binoan komissiyaga fondning moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Fondning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari asosida fond taftish komissiyasi quyidagilarni oʻz ichiga olgan xulosa tayyorlaydi:
hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchli ekanligiga berilgan baho;
buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi hollari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek fond moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar.
33-modda. Fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Fond qonunchilikka muvofiq har yili oʻz faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 35-moddasi.
Auditorlik tashkilotini fondning vasiylik kengashi tanlaydi.
Fondga aloqador shaxslar fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan fond uchun ushbu kalendar yilda oʻz faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
34-modda. Fond faoliyatini toʻxtatib qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Fond qonunchilikni va fond ustavida belgilangan talablarni buzgan taqdirda uning faoliyati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning arizasiga binoan sud tomonidan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fond faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida” Qonunining 34-moddasi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida” Qonunining 34-moddasi.
35-modda. Fond faoliyati ustidan davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Fond faoliyati ustidan davlat nazorati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va boshqa vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(35-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: mazkur Qonunning V va VI-boblari.
VII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
36-modda. Fondni qayta tashkil etish
Fondning vasiylik kengashi qaroriga binoan fond qayta tashkil etilishi mumkin.
Fondning qayta tashkil etilishiga faqat boshqa fond bilan qoʻshib yuborilgan, boshqa fondni birlashtirib olgan yoki boshqa fondga birlashtirilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
37-modda. Fondni tugatish
Fondni tugatish manfaatdor shaxslarning arizasiga asosan sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Fond quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
fond tashkil etilishidan koʻzlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan;
faoliyat muddati tugaganligi munosabati bilan;
agar fondning mol-mulki fond oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish va vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli boʻlmasa, zarur mol-mulkni olish esa ehtimoldan yiroq boʻlsa;
agar fond oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish mumkin boʻlmasa, mazkur maqsadlarni esa zarur tarzda oʻzgartirib boʻlmasa;
fond oʻz ustavida belgilangan maqsad va vazifalardan chetga chiqqan boʻlsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Fondni tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Fondning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki fondning muassislari (muassisi), shuningdek fondning vasiylik kengashi, boshqaruvi, taftish komissiyasi aʼzolari yoki fond xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan fond ustavida nazarda tutilgan tartibda, fondni tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlarda va (yoki) xayriya maqsadlarida foydalaniladi.
38-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Fondlarni tashkil etish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda. Jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Jamoat fondlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2021, 239, 2391-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust.,
527-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 500-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2012-y., 15-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)