25.03.2025 yildagi PF-57-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona ma’muriyatchiligining shaffoflik va ishonchlilik tamoyiliga asoslangan sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, bojxona sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda — bojxona organlari) faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2030-yilga qadar Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) bojxona rasmiylashtiruvi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 55-pog‘onadan past bo‘lmagan darajaga ko‘tarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yilga qadar bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtiruv ulushini 2 barobarga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2028-yilga qadar bojxona ko‘rigini 21 foizdan 15 foizga tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 2030-yilga qadar sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda xavfni boshqarish tizimi samaradorligini 2 barobarga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bojxona boshqaruvidagi o‘zgarishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida (keyingi o‘rinlarda — o‘tkazish punktlari) fitosanitariya va veterinariya organlari tomonidan tashqi savdo yuklari bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat funksiyalari bojxona organlari tomonidan muvofiqlashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bojxona organlariga fitosanitariya va veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni nazoratdan o‘tkazish va ko‘zdan kechirish uchun vakolatli nazorat organlari mutaxassislarini jalb etish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qulayliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2025-yil 1-iyuldan boshlab veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinsin, barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshirilsin (tovarlar eksportida xalqaro shartnomalarda qat’iy belgilangan holatlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga bojxona to‘lovlari va bojxona rasmiylashtiruvi uchun boshqa turdagi to‘lovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyati yaratilsin, buning uchun yagona g‘azna hisobvarag‘i ochilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2025-yil 1-dekabrdan boshlab bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi “Tolling operatsiyalari” moduli amaliyotga joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasi amaliyotga joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Bojxona ma’muriyatchiligidagi o‘zgarishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 2025-yil 1-iyuldan boshlab Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab o‘tkazish punktlarida undiriladigan barcha turdagi yig‘im va to‘lovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali undirilsin va hisobi yuritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab “G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Dovut ota” o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “yashil yo‘lak”da — xavf darajasi past bo‘lgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “qizil yo‘lak”da — davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “qizil” yoki “yashil” yo‘laklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) o‘tkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib, tegishli nazorat shakllari qo‘llanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) mazkur tartibot O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalariga nisbatan faqatgina inspeksion ko‘rik majmuasi orqali nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilansinki, mazkur Farmonning 10-bandida nazarda tutilgan tartib sinov natijalariga ko‘ra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich avtomobil yo‘li o‘tkazish punktlarida kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2026-yil 1-martdan boshlab bojxona nazorati jarayonlari “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali yanada soddalashtirilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) boshqa vazirlik va idoralardan olinayotgan ma’lumotlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar salmog‘ini oshirish orqali tizimning yangi “Toifalash” moduli yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) xavf darajasi past bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyalari, shu jumladan, tranzit deklaratsiyalari inson omilisiz to‘liq avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, bojxona ombori rejimida saqlash muddati o‘tgan tovarlar 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda ular sud qarori asosida davlat egaligiga o‘tkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 2025-yil 1-apreldan boshlab tashqi savdo yuklaridan fitosanitariya xizmatlari uchun undirilgan yig‘im va to‘lovlarning besh foizi miqdoridagi mablag‘lar Bojxona qo‘mitasining rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda sohaga startap loyihalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 25-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-57-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tashkil etish tizimini yanada rivojlantirish

1.

Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida bojxona auditi yo‘nalishini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

soliq va bank qonunchiligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida xodimlar malakasini oshirish;

avtomototransport vositalarining “VIN (Vehicle identification number)” kodlarini bojxona rasmiylashtiruvidan keyin transport vositalariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tegishli vazirliklar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda aniqlash yuzasidan modulni joriy etish;

tizimda bojxona to‘lovlaridan mavjud qarzdorliklar hisobini yuritish faoliyatini muvofiqlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

2.

Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti negizida elektron savdo maydonchalari orqali xarid qilinayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postini tashkil etish. Bunda:

markazlashtirilgan xalqaro logistika xabi imkoniyatlariga ega infratuzilmani yaratish;

xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining vaznini o‘lchash, skanerlash, saralash va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi konveyer lentalar va boshqa texnologiyalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etiladigan holatlar;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishining eng kam va eng ko‘p miqdorlari belgilanishini inobatga olish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil fevral

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

4.

Bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha pulli xizmatlar ro‘yxati va tariflarini yagona hujjatda belgilash.

Bunda amalda joriy etilgan pulli xizmatlar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, logistika, sug‘urta kompaniyalari va bojxona terminallariga, shuningdek, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida Bojxona qo‘mitasi axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish orqali ma’lumotlarni olish hamda raqamlashtirish yo‘nalishida pulli xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

5.

Bojxona to‘lovlarini hisoblash va ularning undirilishini nazorat qilish hamda monitoring qilishning yagona tizimini yaratish orqali Bojxona qo‘mitasining Bojxona to‘lovlari tarkibiy tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish. Bunda:

tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun yagona g‘azna hisobvarag‘ini yaratish;

bojxona imtiyozlari, bojxona to‘lovlari ta’minoti usullari, bojxona yig‘imlari yo‘nalishlarini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarmalarning bojxona to‘lovlari yo‘nalishidagi funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish va ularni markazlashtirish hisobiga bojxona to‘lovlari tuzilmalari shtat birliklarini optimallashtirish;

bojxona to‘lovlari, shu jumladan, pul mablag‘lari aylanmasi va imtiyozlar axborot tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

6.

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bo‘yicha bojxona postlarini optimallashtirish jihatdan qayta ko‘rib chiqish;

masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari faoliyatini tahlil qilish orqali ularni markazlashtirish masalasini ko‘rib chiqish;

hududlarda tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarini birlashtirish va zarur holda ularning punktlarini tashkil etish;

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

bojxona organlari shtat birliklarini optimallashtirish orqali xalqaro maqomdagi davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida qonunchilik hujjatlari talablari asosida 3-4 smenali ish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

7.

Xalqaro valyuta jamg‘armasidan texnik ko‘mak jalb qilgan holda bojxona ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2025-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

 Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

II. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatlari samaradorligini oshirish

8.

Bojxona organlarining surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga Prezident qarori loyihasini kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2026-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Davlat bojxona xizmati organlariga oz miqdordagi kontrabanda ashyolarini hamda ko‘p miqdordagi tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish vakolatini berish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2025-yil noyabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

10.

Bojxona bojini to‘lashdan bo‘yin tovlash qilmishlarini soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyatlari doirasiga kiritish.

Bunda bojxona bojini to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt huquqbuzarlik sodir etilganligi va yetkazilgan zarar hajmi to‘g‘risida bojxona organining xabarini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida davlatga yetkazilgan zarar qoplanmagan taqdirda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2025-yil noyabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

III. 2025-2026-yillarda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida davlat nazoratini yanada samarali tashkil etish

11.

Bojxona postlarida fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihoz va texnik vositalar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Veterinariya qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

Karantin agentligi

(I. Ergashev)

12.

O‘tkazish punktlarida veterinariya va fitosanitariya nazorati qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. Bunda:

videoroliklar tayyorlash va chegara o‘tkazish punktlarida doimiy namoyish etish;

chet davlatlarning veterinariya va fitosanitar qoidalarini aks ettiruvchi flayerlar tayyorlash hamda o‘tkazish punktlarini ta’minlash;

ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga veterinariya va fitosanitariya qoidalarini yetkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Veterinariya qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

Karantin agentligi

(I. Ergashev),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

13.

Sug‘urta tashkilotlari bilan bojxona organlari axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

bojxona postiga kirib kelgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta polisini rasmiylashtirishni bojxona organlari axborot tizimlari orqali amalga oshirish;

Bojxona qo‘mitasining tegishli dasturlarini Istiqbolli loyihalar milliy agentligining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish;

chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda amalga oshirish;

sug‘urta tashkilotlarini bojxona organlari tomonidan belgilangan mezonlar (xalqaro reytingda yuqori o‘rinlarga ega bo‘lishi, moliyaviy barqarorligi, qarzdorlikning mavjud emasligi, sug‘urta bozoridagi tajribasi, to‘lov qobiliyatini depozit mablag‘lar hisobidan kafolatlashi va boshqa) asosida tanlab olish;

sug‘urta tashkilotlarini bojxona organlari axborot tizimiga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(D. Li),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining yangi shaklini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil may

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

15.

Mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqarolarni “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi asosida tahlil qilish orqali ularni tezkor bojxona nazoratidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish.

Bunda davlat chegarasini kesib o‘tayotgan fuqarolarning biometrik ma’lumotlarini va suratlarini onlayn rejimida almashish bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari axborot tizimini Bojxona qo‘mitasi axborot tizimiga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari

(S. Xusanov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

16.

Aviakompaniyalar tomonidan havo transportida tashilayotgan yuklar bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan bojxona organlariga taqdim etish tizimini takomillashtirish.

Bunda aviakompaniyalar tomonidan yuklar bo‘yicha ma’lumotlarni bojxona organlariga “yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etish hamda ma’lumotlarni taqdim etmagan aviakompaniyalarga jarima qo‘llash mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil noyabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan Airways” AJ

(Sh. Xudaykulov),

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev)

17.

Chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan fuqarolarning boshqaruvidagi avtotransport vositasiga egalik qilishi yoki undan foydalanish yoxud uni tasarruf etish huquqini beruvchi hujjatning mavjudligi haqida ma’lumotlarni tasdiqlash uchun idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov)

18.

Respublika hududidan belgilangan muddatda olib chiqilmagan xorijiy transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Bunda xorijiy transport vositalarini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazishga va ularni qayta jihozlashga asos bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov)

19.

Chegarada barcha tashuvchilar tomonidan xalqaro yuk tashish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash maqsadida real vaqt rejimida Bojxona qo‘mitasi bilan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

IV. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yishning ilg‘or mexanizmlarini joriy etish, ularning malakasi, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini oshirish, ijtimoiy himoyasini yaxshilash hamda sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish

20.

Xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, o‘z xizmat burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida bojxona organlarida eng yaxshi xodimlar nominatsiyalarini aniqlash hamda 26-yanvar — Bojxona organlari xodimlari kunini nishonlash chog‘ida ularni e’lon qilish va rag‘batlantirish tizimini joriy etish. Jumladan:

“Eng yaxshi hududiy bojxona organi boshlig‘i”;

“Eng yaxshi tezkor xodim”;

“Eng yaxshi surishtiruvchi xodim”;

“Eng yaxshi chegara bojxona posti xodimi”;

“Eng yaxshi xavfni boshqaruvchi xodim”;

“Eng yaxshi tashabbuskor xodim”;

“Eng yaxshi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimi”;

“Eng yaxshi masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona posti xodimi”;

“Eng yaxshi kinolog” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish.

Bunda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchi sovrindorlarni bojxona organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda bir martalik rag‘batlantirish tartibini joriy etish.

Nominatsiyalar turlari, o‘tkazish shartlari va rag‘batlantirish tartibini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

21.

Bojxona qo‘mitasining idoraviy mukofotlarini tayyorlash va ular bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

22.

Axborot texnologiyalari sohasida xizmat qilayotgan xodimlarning dasturlash, server va telekommunikatsiya qurilmalarini ma’muriy boshqarish hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida xalqaro darajadagi o‘quv kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

23.

Bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni amalga oshirishda dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, funksional kengaytirish, texnik kuzatuvni amalga oshirish hamda xarid qilingan GPS plombalar, inspeksion ko‘rik majmualar, rentgen qurilmalar va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalarini doimiy soz holda ishlashini ta’minlash bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi va “Bojxona-servis” davlat muassasasiga xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan jalb qilishga ruxsat berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

24.

Bojxona organlarida korrupsion omillarni aniqlash va ular sodir etilishining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli vazirlik idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar bazasidan to‘laqonli foydalanish imkoniyatini yaratish, shu jumladan, ularning axborot tizimlarini “Korrupsion xavflarni boshqarish” dasturiga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Yangi Toshkent shahri hududida davlat xizmatchilari uchun uy-joylar qurilishida Bojxona qo‘mitasining buyurtmasi asosida bojxona xodimlari uchun imtiyozli narx va shartlarda tayyor ta’mirlangan xonadonlar ajratish.

Bunda xodimlar tomonidan xonadonlarni xarid qilish uchun boshlang‘ich to‘lovlar Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasidan ajratilgan foizsiz ssuda va subsidiya hisobidan, qolgan qismi banklar tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari orqali moliyalashtirish amaliyotini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025 — 2028-yillar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(D. Adilov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Markaziy bank

(T. Ishmetov)

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

V. Bojxona organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda bojxona operatsiyalarini yanada soddalashtirish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini ta’minlash

26.

Bojxona organlarida tashkil etilgan ekspertizalar samaradorligini yanada oshirish hamda yangi ekspertiza turlarini joriy qilish maqsadida Markaziy bojxona laboratoriyasining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi laboratoriya qurilmalarini xarid qilish:

ICP-MS (induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometr) qurilmasi;

GC-MS/MS (tanlash detektorining uch kvadrupol massali gazli xromatograf) qurilmasi;

FTIR (Furyesi o‘zgaruvchan infraqizil spektometr) qurilmasi;

IRMS (izotop jihatlarini aniqlashning mass-spektometri) qurilmasi;

UNPLC (yuqori samarali suyuqlik xromatografi) qurilmasi.

Texnik topshiriqlarni tasdiqlash va “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasiga taqdim etish

2026-yil may

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi

(X. Yusupov)

27.

Vaqtincha olib kirishda bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladigan ayrim tovarlar ro‘yxati, imtiyoz berish muddatlari va shartlarini qaytadan ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2025-yil iyun

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

jo‘natmalarni qabul qiluvchi fuqarolar tomonidan elektron tizim yordamida tasdiqlash mexanizmini yaratish;

jo‘natmalarni xavf darajasidan kelib chiqib bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilash;

mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali qonunchilikda belgilangan me’yorlar doirasida eksportga rasmiylashtirish tartibini belgilashni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2025-yil iyun

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

29.

“G‘ishtko‘prik”, “Zangiota” va “Dovut ota” chegara o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartibotini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

chegara o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalariga alohida yo‘laklarni tashkil etish orqali sinovdan o‘tkazish va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

2026-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur amaliyotni bosqichma-bosqich inspeksion ko‘rik majmuasi mavjud barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarida joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari

(S. Xusanov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

VI. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish

30.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi o‘rtasida bojxona laboratoriyasi faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish.

Bitim loyihasi

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

31.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi bilan Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolash.

Bitim loyihasi

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

32.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va kelgusi tadbirlar doirasida imzolash choralarini ko‘rish.

Bitim loyihasi

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

Bunda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasida bojxona masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish chorasini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

33.

Bojxona qo‘mitasi rahbariyatining Vengriya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarga ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun ikki tomonlama tashriflarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

34.

Kinologiya sohasida xorijiy hamkorlikni rivojlantirish.

Bunda Milliy kinologiya markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning bojxona xizmati kinolog xodimlariga (xizmat iti bilan birga) tabiiy giyohvandlik vositalaridan foydalangan holda “Havo o‘tkazish punktlarida (avia chegara bojxona postlarida) yo‘lovchilar yuklari ichida giyohvandlik vositalarini qidirib topish yo‘nalishida xizmat itlarini tayyorlash va qo‘llashning o‘ziga xosligi” mavzusida xalqaro seminarlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

35.

O‘zbekiston — Turkiya qo‘shma bojxona kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

36.

Xalqaro hamkorlik sohasida amalga oshirilgan ishlar, tuzilgan bitim va kelishuvlar, hamkor davlatlar va tashkilotlar bilan aloqalar hisobini yuritish bilan bog‘liq faoliyatni raqamlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

37.

Bojxona organlarining xalqaro hamkorlik faoliyatini mustahkamlashda fidoyilik va qat’iyat ko‘rsatgan hamda xorijiy davlat bojxona xizmatlari bilan hamkorlikni faollashtirishga hissa qo‘shgan bojxona organlari xodimlari va faxriylari, shuningdek, boshqa davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy bojxona idoralari vakillarini taqdirlash maqsadida “Xalqaro hamkorlik uchun” esdalik nishonini ta’sis etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya

VII. Bojxona organlari infratuzilma obyektlarining institutsional asoslarini rivojlantirish

38.

Chegara o‘tkazish punktlaridagi mavjud dizbaryerlarni zamon talablariga mos ravishda qayta tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Veterinariya qo‘mitasi

(B. Norqobilov)

40.

Toshkent viloyatining “Oybek” chegara bojxona postida chegara orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.

Bunda:

bojxona postini kengaytirish uchun yondosh hududdagi yer maydonini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlardan ozod qilgan holda viloyat bojxona boshqarmasiga ajratish yuzasidan Hukumat komissiyasi bilan hamkorlikda tegishli tadbirlarni tashkillashtirish;

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Toshkent viloyati hokimligi

(T. Mirzayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov)

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

ajratilgan yer maydonida Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida bojxona postini zamonaviy ko‘rinishda yangidan qurish.

2025 — 2029-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Toshkent viloyati hokimligi

(T. Mirzayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Chegara bojxona postlarining bino va inshootlari hamda yo‘l qoplamalarini doimiy talab darajasida saqlash yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib, Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tegishli qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

42.

“Dovut-ota” chegara bojxona postiga yondosh hududda qurilgan bojxona terminali hududida ajratilgan yer maydonida tovarlarni fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish uchun fitosanitariya laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Karantin agentligi

(I. Ergashev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

43.

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida bojxona xodimlari uchun Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yotoqxona binosini qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(X. Bozarov)

44.

Xorazm viloyatida bojxona xodimlari uchun Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xizmat uyini qurish ishlarini yakunlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

45.

Xorazm viloyatining “Shovot” chegara bojxona postida Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqarolarni kirish chiqish zallarini kengaytirish va hududini obodonlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

46.

Surxondaryo viloyatining “Gulbahor” chegara bojxona postida grant mablag‘lari hisobidan avtoko‘rik bostirmasini qurish va hududini obodonlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda sohaga startap loyihalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish

1.

Xalqaro yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar va ulardagi yo‘lovchilarni soddalashtirilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida yo‘lovchilar va ularning yuklari bo‘yicha oldindan ma’lumot olish uchun Transport vazirligining “Smart Bus Station” tizimi bilan integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

2.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash talablariga chegara qo‘shinlari va bojxona organlariga xalqaro qatnov yo‘llarida harakatlanuvchi yo‘lovchilar hamda ularning yuklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Smart Bus Station” tizimi orqali taqdim etish talabini kiritish.

Tashuvni amalga oshirayotgan litsenziatlarga xalqaro yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar, yo‘lovchilar va ularning yuklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Smart Bus Station” tizimiga to‘liq kiritish tartibini belgilash. Bunda alohida ruxsatnoma asosida yo‘lovchilar tashuvi amalga oshirilayotgan holatlarni ham inobatga olish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil oktabr

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

3.

Temir yo‘l transporti tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi ma’lumotlarni beg‘araz tarzda bojxona organlariga real vaqt rejimida taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyul

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

4.

Tovarlar rasmiylashtiruvini soddalashtirish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida vazirlik va davlat idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, logistika, sug‘urta kompaniyalari va bojxona terminallariga, shuningdek, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Bojxona qo‘mitasi axborot tizimlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilgan holda ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni (keyingi o‘rinlarda — TIF) amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay bo‘lgan tartibotlarni, shu jumladan, logistika xizmatlarini o‘z ichiga olgan “GATE” (Global Access for Trade and Exchange) axborot platformasini IT park rezidentlari bilan hamkorlikda ishlab chiqish.

Bunda TIF ishtirokchilari uchun “shaxsiy kabinet” yaratish orqali quyidagi imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutish:

tashqi savdo shartnomalarini shakllantirish va ro‘yxatga olish;

bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirish va rasmiylashtirish;

to‘lovlarni, shu jumladan, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yig‘imlarni to‘lash;

sertifikat, xulosa va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun yagona ariza shaklini yaratish hamda raqamli shaklda rasmiylashtirish;

dastlabki qarorlar uchun ariza berish va rasmiylashtirish;

xalqaro tashuvchilar tomonidan bosqichma-bosqich transport logistika xizmatlarini ko‘rsatish;

sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish;

bojxona ekspertizasi xulosalarini olish;

bojxona va yuk operatsiyalarini amalga oshirish;

bojxona xizmatlarini ko‘rsatish;

bojxona qonunbuzarliklari to‘g‘risida axborot olish;

intellektual mulk obyektlari reyestriga tovarlarni kiritish;

TIF qatnashchilari o‘z faoliyatiga taalluqli hisobot shakllarini olish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Fitosanitariya va veterinariya sohasidagi mavjud xavf-xatarlarni tahlil qilib, xalqaro standartlar talablariga muvofiq xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmini joriy etish.

Fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining xavfni boshqarish tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

Veterinariya qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

Karantin agentligi

(I. Ergashev),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

7.

Bojxona qo‘mitasida mavjud ma’lumotlar markazini takomillashtirish uchun uni zarur bo‘lgan IBM FlashSystem 5300 NVMe rusumli ma’lumotlar saqlash tizimi bilan jihozlash hamda mavjud qurilmalarning kafolat muddatlarini 5 yilga uzaytirish bo‘yicha zarur bo‘lgan apparat-dasturiy vositalar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-2026-yillar

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

“O‘ztextreyd” DUK

(X. Yusupov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I.Norqulov)

8.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan kelishgan holda bojxona organlarining zaxira ma’lumotlar markazini yaratish uchun zarur bo‘lgan server, telekommunikatsiya va kiberxavfsizlikni ta’minlash qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

“O‘ztextreyd” DUK

(X. Yusupov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I.Norqulov)

9.

Tovarlar yetkazib beruvchilarni identifikatsiya qilish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni nazorat qilish, halol TIF ishtirokchilari uchun qo‘shimcha yengilliklar yaratish va moliyaviy operatsiyalarda shaffoflikni ta’minlash maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq yetkazib beruvchilarni aniqlash “LEI” (Legal entity identifier, ISO 17442), “GLN (Global Location Number, ISO 6523) va boshqa shu kabi identifikatsiya mexanizmlarini joriy etish:

2026-yil 1-apreldan tashqi savdo shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona yuk deklaratsiyasini ixtiyoriy to‘ldirish;

2027-yil 1-yanvardan esa barcha tashqi savdo operatsiyalari va bojxona operatsiyalari uchun majburiyligini belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Diplomatik kanallar va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda tashqi savdo ishtirokchilarini joriy etilayotgan yangi identifikatsiya mexanizmi va uning afzalliklari haqida xabardor qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

10.

Chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasini ishlab chiqish.

Mobil ilovani amaliyotga joriy etish

2025-yil noyabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

11.

Bojxona ombori egalari uchun yuk operatsiyalaridan foydalanish bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqish.

Mobil ilovani amaliyotga joriy etish

2026-yil aprel

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

12.

Xalqaro tajribalar asosida bevosita chegara o‘tkazish punktlarida zarur infratuzilmalar tashkil etilgandan so‘ng tirbandliklarning oldini olish maqsadida xususiy sektor bilan hamkorlikda “E-navbat” hamda “Fast track” axborot tizimlarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil iyun

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

13.

Bojxona to‘lovlarini soddalashtirilgan tartibda hisoblash va notarif choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining yangi versiyasini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

14.

Tovarlar bojxona nazorati jarayonlarini soddalashtirish orqali bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini qisqartirish maqsadida “Xavflarni boshqarish” axborot tizimini yanada takomillashtirish. Bunda:

boshqa vazirlik va idoralardan olinayotgan ma’lumotlar asosida TIF ishtirokchisi haqidagi ma’lumotlar salmog‘ini oshirish orqali tizimning yangi “Toifalash” modulini yaratish;

yangi “Toifalash” modulini yaratishga Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda Jahon bankining metodologiyasi va tavsiyalarini inobatga olish;

bojxona qiymati belgilanishini inson omilisiz monitoring qilishga mo‘ljallangan “Bojxona qiymati” modulini yaratish;

tovarlarni tasniflash va tahlil qilish hamda qo‘shimcha to‘lovlarni aniqlash modulini joriy qilish;

xavf darajasi past bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyalarini inson omilisiz to‘liq avtomatik tarzda rasmiylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

15.

Bojxona hududida va/yoki hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlariga bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda shakllantirish maqsadida “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi negizidagi “Tolling operatsiyalari” modulini ishlab chiqish.

Modulni amaliyotga joriy etish

2025-yil dekabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

II. Bojxona sohasiga startap loyihalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash

16.

Jismoniy shaxslar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining bojxonaga oid savollariga javob beruvchi sun’iy intellektga asoslangan “Bojxona maslahatchisi” chatbotini joriy etish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

17.

Bojxona organlariga taqdim etilayotgan qog‘oz ko‘rinishidagi ma’lumotlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish va tahlil qilish imkonini o‘rganish yuzasidan tadqiqot olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil may

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

18.

Bojxona deklaratsiyasida tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida uning TIF TN kodini aniqlash hamda sun’iy intellekt yordamida TIF ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan tovarning TIF TN kodiga solishtirib, uning o‘xshashlik darajasini baholashni amalga oshirish yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil oktabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

19.

Inspeksion ko‘rik majmualari orqali o‘tkazilayotgan transport vositalari tasvirini sun’iy intellekt elementlarini qo‘llash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tadqiqot olib borish.

Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida IKM tasvirlarni saqlovchi virtual server yaratish;

virtual serverga joylashtirilgan IKM tasvirlarini Raqamli texnologiyalar vazirligiga onlayn rejimda uzatilishini yo‘lga qo‘yish;

olingan IKM tasvirlarni sun’iy intellekt elementlarini qo‘llagan holda qayta ishlash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish yuzasidan tadqiqot olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

20.

 “E-tijorat” dasturida tovar narxini nazorat qilish, xalqaro elektron tijorat platformalaridagi narxlarni o‘zgarish tendensiyasini bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida tovarlarning bojxona qiymati bilan o‘zaro solishtirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil iyun

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

21.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini bojxona organlari axborot tizimlarida qo‘llash maqsadida “chatgpt.com” va boshqa sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanishga ruxsat berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

22.

Tovar va transport vositalariga tegishli bo‘lgan invoys va “CMR” yuk hujjatlarini (“pdf”, “jpg” va boshqa shakllar) sun’iy intellekt elementlarini qo‘llash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tadqiqot olib borish.

Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida tovar va transport vositalariga tegishli bo‘lgan invoys va “CMR” yuk hujjatlarini (pdf shaklini) saqlovchi virtual server yaratish;

virtual serverga joylashtirilgan pdf hujjatlarni Raqamli texnologiyalar vazirligiga onlayn rejimda uzatilishini yo‘lga qo‘yish;

“pdf” hujjatlarni sun’iy intellekt elementlarini qo‘llagan holda qayta ishlash orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratish yuzasidan tadqiqot olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

23.

Chegara postlarida jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan yuklarni skanerdan o‘tkazishda sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil davomida

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

24.

Bojxona qiymatini nazorat qilishda tovarlarning transport xarajatlari to‘g‘ri ko‘rsatilganini monitoring qilish maqsadida sun’iy intellekt elementlarini qo‘llagan holda “Yandeks maps”, “Google maps” va boshqalarni bojxona organlari axborot tizimlariga integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

25.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postlarida fuqarolarga o‘tishda qulaylik yaratish maqsadida ularni identifikatsiya qilish borasida sun’iy intellektga asoslangan “UzFace” tizimini Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: mazkur kompleks chora-tadbirlar rejasida keltirilgan sun’iy intellekt texnologiyalaridan boshqa texnologiyalar yoki modullar joriy etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmonining 4-bandi birinchi xatboshisidagi “ko‘zda tutilgan imtiyozlar” so‘zlari “ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

“Dovut-ota” chegara bojxona posti

Hukumat qarori asosida bojxona postini to‘liq rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. Bunda mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish.

2022 — 2025-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari*

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov)

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

 

23.

“Sirdaryo” chegara bojxona posti.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida “Sirdaryo” va “Atameken” (Qozog‘iston) chegara bojxona postlari oralig‘ida yangi ko‘prik qurish ishlari 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini ta’minlash.

2023-2024-yillar davomida

-

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

(J. Tursunov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov),

viloyatlar hokimliklari

“Sirdaryo” chegara bojxona postining “Malik” va “Oq oltin” chegara bojxona punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sirdaryo viloyati hokimligi

(A. Mahmudaliyev),

“O‘zsuvta’minoti” AJ

(D. Azimov)

“Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida postni to‘liq rekonstruksiya qilish.

Bunda:

mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkillashtirish;

2025-2026-yillar

Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari *

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi

(X. Yusupov),

“O‘zsanoateksport” AJ

(B. Namozov)

 

bojxona postini kengaytirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Bojxona qo‘mitasining taklifiga asosan qo‘shimcha yer maydoni ajratish.

2025-yil may

Sirdaryo viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

”;

 

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25 — 27-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

 

25.

“Navoiy” chegara bojxona posti.

Hukumat qarori asosida bojxona postini to‘liq rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

Bunda:

mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;

2022-2024-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasi maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

o‘tkazish punktini kengaytirish loyihasini amalga oshirish (yer ajratish) maqsadida yondosh hududdagi aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini boshqa joyga ko‘chirish masalalarini hal etish.

2024-yil sentabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

 

26.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti.

Hukumat qarori asosida bojxona postini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. Bunda:

mavjud bino-inshootlarni buzib, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;

2022 — 2025-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari*

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

 

post atrofidagi bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazgan holda, ularni belgilangan tartibda boshqa joyga ko‘chirish yoki buzish;

Mahalliy budjet mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(B. Zokirov)

 

“Uch qahramon” patrul-postidan “G‘ishtko‘prik” postigacha bo‘lgan 11 km yo‘l bo‘yini zamonaviy qiyofaga keltirish va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish;

chegara oldi hududda 400 gektar maydonda savdo va logistika maydonini tashkil etish hisobiga kuniga 5 ming yuk avtotransport vositalari va 35 ming kishiga xizmat qiladigan infratuzilma yaratish.

Tashabbuskorning o‘z mablag‘i, bank kreditlari

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(B. Zokirov)

 

27.

“S. Najimov” chegara bojxona posti.

Bojxona postida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida chegara bojxona postlari oralig‘idan o‘tgan magistral gaz quvurini boshqa hududga ko‘chirish masalasini hal etish.

2023 — 2025-yillar davomida

“O‘ztransgaz” AJ mablag‘lari

“O‘ztransgaz” AJ

(B. Narmatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov),

Energetika vazirligi

(A. Axmedxodjayev)

 

Bojxona postiga olib boruvchi 13 km yo‘lni kapital ta’mirlash.

2022-2023-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

(J. Tursunov)

 

Bojxona postini ichimlik suv bilan ta’minlash.

2024-yil iyun

Mahalliy budjet mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

“O‘zsuvta’minoti” AJ

(M. Abbasxanov)

”;

 

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“* “Dovut-ota” va “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 2026-yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan 83,0 mlrd so‘m miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovaning 43-44-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

43.

Ish samaradorligini oshirish maqsadida bojxona postlarini quyidagi texnik vositalar bilan jihozlash:

kompyuter texnikasi — 600 ta;

lokal tarmoq qurilmalari (kommutator) — 44 ta;

videokuzatuv (inson yuzini tanib olish) tizimi — 400 ta kamera, 20 ta server;

qo‘l yuklarini ko‘rikdan o‘tkazuvchi zamonaviy skaner (rentgen) qurilma — 23 ta;

fuqarolar qo‘l yuklarini ko‘rikdan o‘tkazuvchi zamonaviy “3D tomograf” skaner (rentgen) qurilmalari — 1 ta;

inson tanasini skaner qiluvchi qurilma (Body scaner) — 8 ta;

transport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion ko‘rik majmualari — 6 ta;

elektron avtotarozilar (transport vositalari uchun) — 16 ta;

hajm o‘lchovlarini avtomatik aniqlovchi qurilmalar — 15 ta.

1. Texnik topshiriqlarni tasdiqlash va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasiga taqdim etish.

2. Texnik vositalarni xarid qilish.

3. Texnik vositalarni o‘rnatish.

4. Xodimlarni texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitish.

2022-2023-yillar davomida

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:

2022-yilda 66 mlrd so‘m;

2023-yilda 201,5 mlrd so‘m

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi

(X. Yusupov),

“O‘zsanoateksport” AJ

(B. Namazov)

44.

Ish samaradorligini oshirish maqsadida bojxona postlarini quyidagi texnik vositalar bilan jihozlash:

kompyuter texnikasi ((UPS) bilan birga) — 425 ta;

“Body camera” qurilmalari — 80 ta;

planshetlar (ko‘rikni amalga oshirish uchun) — 357 ta;

radioaloqa vositasi (ratsiya) — 1 215 ta;

lokal tarmoq qurilmalari — 82 ta,

kommutator, 14 ta marshrutizator va 350 ta IP telefonlar;

videokuzatuv (inson yuzini tanib olish) tizimi — 100 ta kamera, 8 ta server;

GPS monitoring tizimi — 46 ta GPS treker qurilmasi va dasturiy ta’minoti;

transport vositalarining davlat raqamini hamda vagonlar raqamini avtomatik aniqlash tizimi — 87 ta kamera,

10 ta inspeksion ko‘rik majmuasiga maxsus ARA tizimi va kameralari, 19 ta server, 19 ta doimiy elektr manbai (UPS);

qo‘l yuklarini ko‘rikdan o‘tkazuvchi zamonaviy skaner (rentgen) qurilmasi — 10 ta;

inson tanasini skaner qiluvchi qurilma (Body scaner) — 5 ta;

transport vositalarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion ko‘rik majmualari “Z-Portal” (CIM Server tarmoq kompleksi bilan) — 2 ta;

elektron avtotarozilar — 10 ta transport vositalari va 8 ta vagonlar uchun;

hajm o‘lchovlarini avtomatik aniqlovchi qurilmalar — 3 ta;

sensorli monitorlar (100 duym) — 10 ta;

akustika qurilmalari — 10 ta mikrofon, miksher va boshqalar;

DLP, antivirus dasturlari;

monoblok, printer, UPS (maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun) — 145 ta;

media mahsulotlarni tayyorlash uchun maxsus qurilmalar (foto, videokamera, suflyor va boshqalar) — 83 ta.

1. Texnik topshiriqlarni tasdiqlash va Mudofaa sanoati agentligiga taqdim etish.

2. Texnik vositalarni xarid qilish ishlarini tashkil etish.

3. Texnik vositalarni o‘rnatish.

4. Xodimlarni texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitish.

2022 — 2026-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda xorijiy grant mablag‘lari

Bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov),

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi (X. Yusupov),

“O‘zsanoateksport” AJ

(B. Namazov)

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-son Farmonining 4-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni olib kirishda bojxona imtiyozlari faqat tovarlar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda qo‘llaniladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “53 735” raqamlari hamda “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “49 274” raqamlari tegishincha “49 045” va “44 584”raqamlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” bo‘limining 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) izohlar qismining 1-bandi “Mudofaa vazirligi” so‘zlaridan keyin “, Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisidagi “soliq tekshiruvlari” so‘zlaridan keyin “hamda Bojxona kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan bojxona nazorati shakllari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-son qarori bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritilayotgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining ro‘yxatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-pozitsiyada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hududi(ga)*” ustunidagi “24,3” raqami “24,07” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bino va inshootlar maydoni (kv.m)” ustunidagi “83 200,0” raqami “82 175,65” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Jami” pozitsiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hududi(ga)*” ustunidagi “81,4” raqami “81,17” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bino va inshootlar maydoni (kv.m)” ustunidagi “174 722,7” raqami “173 698,35” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4394-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“harbiy (alohida) holatda,” so‘zlaridan keyin “bojxona organlarida sutkalik navbatchilikni va chegara bojxona postlarida xizmatni o‘tash davrida,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh — xizmat vazifalarini bevosita xizmat xonalarida (bino, transport vositasi, harbiy qism, bojxona posti, bojxona ko‘rigi o‘tkazish joylari) amalga oshirish vaqtida prokuratura, bojxona va ichki ishlar organlarining xodimlari (harbiy xizmatchilari), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasining kinologiya bo‘linmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“bojxona organlari xodimlari (kinologiya xizmatlaridan tashqari)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshidagi “va bojxona xizmatlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qo‘mitasining” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3995-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Institut bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tayanch oliy harbiylashtirilgan ta’lim hamda ilmiy-metodik muassasa hisoblanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshidagi “bojxona organlaridagi” so‘zlari “bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek, O‘zbekistoni Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi vazirlik va idoralardagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“kamida uch yil ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar Institutning professor-o‘qituvchilar (ofitser va serjantlar) tarkibi lavozimlariga bir yillik shartnoma asosida ishga qabul qilinishi mumkin.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi o‘ninchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Institut bitiruvchilariga oliy ta’limning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplom hamda belgilangan namunadagi ko‘krak nishoni beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institut o‘z grifi asosida o‘quv adabiyotlarni yaratish va nashr etish, ilmiy, ta’lim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Institut boshlig‘iga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-o‘qituvchilar tarkibining faoliyat turlari bo‘yicha vaqt me’yorlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida uch yil ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslarni Institutning professor-o‘qituvchilar (ofitser va serjantlar) tarkibi lavozimlariga bir yillik shartnoma asosida maxsus unvoniga ega bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga yoki amaliy tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga soatbay tarzda va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida jalb etish, shuningdek, Institutning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ularning mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutning ta’lim jarayoniga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladigan bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi vazirlik va idoralar xodimlariga Institutning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lash, bunda ularning asosiy ish joyi bo‘yicha pul va oziq-ovqat ta’minoti to‘liq saqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqotlar olib borish sohasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri memorandum hamda bitimlarni tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlari xodimlariga belgilangan pul ta’minotini to‘liq saqlab qolgan holda mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida Bojxona instituti va boshqa ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona institutning rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona instituti xodimlari uchun lavozim maoshining 200 foizi miqdorida shaxsiy ustamalar belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin qolgan mablag‘larning 100 foizgacha miqdorda mablag‘lari xodimlarga ustama to‘lash, ularning ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlarga yo‘naltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-o‘qituvchi, kursant va xodimlarning malaka oshirish kurslari (shu jumladan, chet el ta’lim muassasalarida) bilan bog‘liq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Institutga tashrif buyurgan mehmonlar uchun suvenir va esdalik sovg‘alar sotib olish hamda ovqatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kursantlarga turli olimpiada, ta’lim va bayramga atalgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallaganlari uchun qimmatbaho sovg‘a, suvenir va pul mukofoti bilan rag‘batlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkaziladigan turli ilmiy tadbirlarga kanselyariya buyumlari va esdalik sovg‘alari uchun xarajatlarni qoplash”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Bojxona qo‘mitasi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga egalik qilish, uni yuritish va boshqarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan 2025-yil 1-mayga qadar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimining dasturiy ta’minoti va ma’lumotlar bazasi beg‘araz asosda Bojxona qo‘mitasi serveriga joylashtirilib, joriy tizimning barcha modullari yagona ma’lumotlar bazasi asosida to‘liq ishga tushirilishi ta’minlansin hamda bir yil davomida tizimning texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylari faoliyatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-365-son qaroriga ilovaning 6, 8, 9, 11, 13, 14, 15, 16 18 va 21-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Muassasa nomi

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbai*

Mas’ul ijrochilar

6.

Farg‘ona nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi.

1. Binolarning fasad qismini ta’mirlash.

2. Hududning old tomonidagi devor o‘rniga temir panjarali to‘siqlar o‘rnatish.

3. Hududning old tomonida avtoturargoh tashkil qilish.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi (Bozarov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qo‘chqorov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

8.

Qo‘rg‘ontepa nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi

1. Oziq-ovqat saqlash binosini, shuningdek, 40 o‘rinli oshxona binosini 200 o‘ringa mo‘ljallab qayta qurisha jihozlash,

2. ko‘mir va tovar-moddiy boyliklarni saqlash omborxonalari binolarini qurish.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

9.

Chuama nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “Muruvvat” internat uyi.

Sil kasalligiga chalingan shaxslar uchun 30 o‘rinli va yotoq kasal bo‘lgan shaxslar uchun 70 o‘rinli bo‘limlar binolarining ichki qismini ta’mirlash.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmonov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

11.

Nurota nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi.

1. Yuvinish xonasini qayta ta’mirlash.

2026-2027-yillar davomida

Navoiy viloyati xo‘jalik yurituvchi subyektlari homiylik mablag‘lari,

Sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Navoiy viloyati hokimligi

(Tursunov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Sport vazirligi

(Ikramov)

2. Tashqi hojatxona binosini qayta ta’mirlash.

3. Sport anjomlari bilan ta’minlash.

2026-2027-yillar davomida

13.

Ohangaron nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi.

Usti yopiq mini futbol maydonchasini qurish.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

14.

Qudash nogironligi bo‘lgan ayollar uchun “Muruvvat” internat uyi.

1. Sport maydonchasi, oziq-ovqat ombori qurish.

2. Tabiiy gaz tortib kelish uchun zarur gaz quvur va materiallarni xarid qilish.

3. Gaz quvurini tortib kelish.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi (Bozarov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov)

15.

Qo‘qon nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi.

1. Dezinfeksiya kamerasi uchun xona qurish.

2. Vasiylikka olingan shaxslarning mehnat terapiyasi bilan shug‘ullanishi uchun alohida bino qurish.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

16.

Xiva nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyi.

1. Sport zali, madaniyat va ma’rifat zalini qurish hamda hududni obodonlashtirish.

2. Kir yuvish xonasi binosini ta’mirlash.

3. Muassasaning tashqi kanalizatsiya tizimini qurish

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi (Raximov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

18.

Andijon Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi.

Muassasada qo‘shimcha 20 o‘rinli yotoqxona binosi, sport maydonchasi va usti yopiq ayvon qurish.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

21.

Ohangaron Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi.

Muassasada ta’mirlashga muhtoj yotoqxona binolarini mukammal ta’mirlash.

2026-2027-yillar davomida

Bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi hamda homiylik mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-son qaroriga ilovaning 3-bandi birinchi xatboshisidagi “kameral soliq tekshiruvlari” so‘zlaridan keyin “hamda bojxona nazorati shakllari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralari tomonidan undiriladigan ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yig‘imlar, to‘lovlar, jarimalar va ajratmalar taqsimotida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Mablag‘ yo‘naltirilishi” ustuni 31-pozitsiyaning “b” kichik pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasi******”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) izoh qismi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“****** O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tranzit karantin ruxsatnomasini olish uchun arizani ko‘rib chiqishdan olinadigan to‘lovlarning 30 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga, 5 foizi Bojxona qo‘mitasining Maxsus jamg‘armasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport birligini ochish dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan to‘lovlarning 30 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga, 5 foizi Bojxona qo‘mitasining Maxsus jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegara o‘tkazish punktlarida qo‘l yuki va 1000 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligi uchun fitosanitariya sertifikati berishdan olinadigan to‘lovlarning 30 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga, 5 foizi Bojxona qo‘mitasining Maxsus jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni ikkilamchi ko‘rik o‘tkazish xizmatlaridan olinadigan to‘lovlarning 30 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga, 5 foizi Bojxona qo‘mitasining Maxsus jamg‘armasiga o‘tkaziladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-1815-son Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5229-son Farmonining 20-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5269-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5547-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5582-son Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5971-son Farmoniga 1-ilovaning 5 va 8-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-son Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoniga 6-ilovaning 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6310-son Farmoniga 2-ilovaning 1 — 5-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-115-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son Farmoniga 6-ilovaning 1 — 3-bandlari va 7-ilovaning 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1595-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Xorijiy davlatlarda ko‘rgazma tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3451-son qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3665-son qarori.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)