15.07.2019 yildagi PQ-4394-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning formali kiyim-boshi davlat tuzilmalari vakilining uslub bo‘yicha yagona ko‘rinishini yaratishga mo‘ljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) bir qator bo‘linmalarida ular tomonidan bajariladigan vazifalarning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinmagan formali kiyim-bosh kiyish tartibi amalda bo‘lib, bu holat noqulayliklarga va formali kiyim-boshga nisbatan e’tiborsiz munosabatda bo‘lishga olib kelmoqda.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek ularga yuklatilgan xizmat vazifalarining o‘ziga xosligini inobatga olib, kiyim-bosh kiyib yurish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2020-yilning 1-yanvariga qadar bosqichma-bosqich tartibda bo‘ysunuvidagi bo‘linmalarning quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqini nazarda tutuvchi takliflari rozilik berilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tantanali formali kiyim-bosh — rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh — o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy (alohida) holatda, bojxona organlarida sutkalik navbatchilikni va chegara bojxona postlarida xizmatni o‘tash davrida, shuningdek, maxsus operatsiyalarni o‘tkazish vaqtida faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi va Harbiy prokuraturasining xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh — xizmat vazifalarini bevosita xizmat xonalarida (bino, transport vositasi, harbiy qism, bojxona posti, bojxona ko‘rigi o‘tkazish joylari) amalga oshirish vaqtida prokuratura, bojxona va ichki ishlar organlarining xodimlari (harbiy xizmatchilari), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasining kinologiya bo‘linmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qoladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari xodimlari (tezkor va tergov bo‘linmalardan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlari xodimlari (kinologiya xizmatlaridan tashqari);
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida, sayyor yoki ommaviy qabullarda o‘rganish, sektorlar faoliyatini tashkil etish, nazorat tadbirlarini o‘tkazish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va ijro harakatlarini amalga oshirishda prokuratura organlari xodimlari;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘linmalarning sohasidan qat’i nazar ichki ishlar organlari rahbarlar tarkibi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari xodimlari.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ommaviy va qishloq xo‘jaligi tadbirlarni bevosita o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlashni ta’minlash, shuningdek, yo‘l-patrul xizmatining muntazam postlarida xizmatni o‘tash vaqtida maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining oliy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ta’lim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan kiyimning garderobi tarkibi va kundalik kiyib yurish tartibi xizmatni o‘tashning o‘ziga xosligini, iqlim sharoitlarini hamda davlat xizmatchilarining umume’tirof etilgan odob-axloq normalarini inobatga olgan holda davlat organlarining rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda formali kiyim-boshning yangilangan ro‘yxatini (garderobi tarkibini), uni kiyib yurish qoidalari, kiyim-kechak ta’minoti me’yorlari va ulardan foydalanish muddatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tugilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar davlat organlarining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 15-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4394-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 07/19/4394/4220-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)