1-ILOVA
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Boshliq |
Institut kengashi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Boshliqning oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari |
Tarbiyaviy ishlar va harbiy tayyorgarlik boʻyicha boshliq oʻrinbosari |
Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha boshliq oʻrinbosari |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kadrlar boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot texnologiyalari va modellashtirish markazi 3 |
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi 2 |
Maʼnaviyat va yoshlar tarbiyasi markazi 4 |
Moliya-iqtisod boʻlimi 4 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qoʻriqlash boʻlimi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moddiy-texnik taʼminot va kapital taʼmirlash boʻlimi 7 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Harbiy orkestr 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻquv-uslubiy boʻlim 5 |
Axborot-resurs markazi 1 |
Tashkiliy nazorat, xizmat faoliyatini tahlil qilish va baholash boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ashula va raqs ansambli 1 |
Tibbiy xizmat 4 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bojxona ishi fakulteti 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻquv batalyoni 9 |
Tahririy-nashriyot xizmati 1 |
Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kafedralar: |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ixtisoslashtirilgan Bojxona nazorati Bojxona tartibga solinishi va bojxona toʻlovlari Maxsus-huquqiy fanlar Bojxona ekspertizasi Umumhuquqiy fanlar |
Umumtaʼlim Axborot texnologiyalari va matematika Oʻzbek va xorijiy tillar Harbiy va jismoniy tayyorgarlik Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar |
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti 2 |
Bosmaxona |
Bosh yuriskonsult 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Birinchi boʻlim 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Maxsus fanlar kafedrasi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro aloqalar xizmati 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish markazi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
|
T/r |
Mutaxassislik shifri |
Mutaxassislik nomi |
Beriladigan malaka |
Taʼlim shakli |
Taʼlim muddati |
|
Bakalavriat | |||||
|
1. |
60410300 |
Bojxona ishi |
iqtisodchi |
kunduzgi |
4 yil |
|
2. |
60420100 |
Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash) |
yurist |
kunduzgi |
4 yil |
|
Magistratura | |||||
|
1. |
70410301 |
Bojxona ishi |
iqtisodiyot magistri |
kunduzgi |
1 yil |
|
2. |
70420107 |
Soliq va bojxona huquqi |
huquq magistri |
kunduzgi |
1 yil |
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Amalga oshirish mexanizmi |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Normativ-huquqiy baza va tashkiliy asoslarni takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) Ustavi; Institut tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar; Institut ichki-tartib qoidalari. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov) |
|
2. |
Institutning 2019 — 2021-yillarda istiqbolli rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qoshida Muvofiqlashtiruvchi ilmiy-metodik kengash tashkil etish, uning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov) |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi tarkibida shtat birligi doirasida DBQ taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, taʼlim sifatini monitoring va nazorat qilish uchun masʼul boʻlinmani tuzish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov) |
|
5. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻquv jarayonini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom; Bojxona organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
6. |
Institut professor-oʻqituvchilari tarkibining mehnatini normalashtirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Bandlik vamehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev) Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
7. |
Oʻquv jarayoniga jalb qilinadigan ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi-mutaxassislar mehnatiga soatbay haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Normativ-huquqiy hujjat |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
Institut kursantlari bilimini baholash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
9. |
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash boʻyicha shartnoma tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Normativ-huquqiy hujjat |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
10. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Institut kursantlari tomonidan oʻquv amaliyoti va stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Institut bitiruvchilarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi nizom; Institut mutaxassislik fanlar oʻqituvchilarini rotatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov) |
|
11. |
Institutga kursantlarni tanlash va qabul qilish Tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori |
DBQ (M. Azimov), DTM (M. Karimov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
12. |
“Oʻzbekiston bojxona axborotnomasi” ilmiy jurnali toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (A. Yunusov) |
|
121. |
Institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil 1-dekabr |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
DBQ (M. Azimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Ibroximov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
II. Oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish | ||||
|
13. |
Mutaxassislar tayyorlash boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarni quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqish: kursantlarda xorijiy til tayyorgarligi, tahlil etish qobiliyati, tizimli tahlil, bojxona faoliyatining tegishli sohalarida boshqaruv koʻnikmasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilgʻor xalqaro tajriba va talablarni inobatga olgan holda tayyorlangan taʼlim dasturlari asosida oʻquv jarayonini tashkil etish; 2018-2019 oʻquv yilidan nomutaxassislik fanlarning hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlari hajmini oshirish hisobidan uch yillik nazariy kurs hamda hududiy bojxona boshqarmalarida bir yillik stajirovka oʻtashdan iborat oʻqitish tizimiga oʻtish; kursantlarning bojxona faoliyati sohasidagi bilimlarni chuqur oʻzlashtirishlari va amaliy koʻnikmalarini oshirishlarini inobatga olib, mutaxassislik fanlar boʻyicha oʻquv yuklamalarini oshirish; ixtisoslashtirilgan trenajer-imitatsion va dasturiy majmualarni qoʻllash hisobidan kursantlarning nazariy va amaliy tayyorgarligini tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalangan holda amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish; kursantlarning bilimini baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash uchun baholashning yangi mezon va usullarini joriy etish; xalqaro amaliyotda ehtiyoj yuqori boʻlgan xorijiy tillarni ilgʻor oʻrganish usullaridan foydalangan holda til oʻrgatishning zamonaviy tizimini joriy etish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari |
DBQ (M. Azimov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
14. |
Institut oʻquv jarayonida AKTdan foydalanish hamda samarali boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi Kompleks chora-tadbirlar dasturini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash: trenajer-imitatsion komplekslar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan trenajerlarni joriy etish hisobiga kursantlarni nazariy va amaliy tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish; oʻquv videofilmlar va elektron oʻquv modullari hisobiga taʼlim resurslari bazasini kengaytirish; Institutning “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga begʻaraz asosda ulanishini, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirishini taʼminlash; professor-oʻqituvchilar tarkibi faoliyatini, kursantlar bilimini monitoring qilish va baholashning zamonaviy elektron tizimini joriy etish (e-monitoring, e-dekanat, e-kafedra); Institut oʻquv jarayonini axborot materiallari bilan taʼminlash va unda kompyuter planshetlaridan foydalanish amaliyotini joriy etish uchun (Wi-Fi simsiz aloqaga ulanish tizimini joriy etgan holda) Internet tarmogʻiga ulanish tizimini takomillashtirish va tezligini oshirish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (A. Abduazizov) |
|
15. |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetini takomillashtirishga qaratilgan dasturni quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash: tinglovchilarda bojxona qonunchiligi tizimidagi oʻzgarishlarni bir xilda talqin qilish koʻnikmasi va amaliyotda qoʻllash malakasini shakllantirishga qaratilgan taʼlim jarayonini tashkil qilish; xodimlarning malakasini oshirishning yangi shakllarini, jumladan, taʼlimning aralash (masofaviy va kunduzgi taʼlim shakllari birlashgan) shaklini ishlab chiqish va joriy qilish; bojxona organlarining kasbiy faoliyatini istiqbolli tajribasini oʻrganish, tizimlashtirish va tarqatish; oʻquv jarayonining amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashni nazarda tutuvchi Institut oʻqituvchilarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish va joriy qilish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
16. |
Iqtisodiy va yuridik fanlarning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda tegishli fanlar va predmetlar boʻyicha yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqish va belgilangan muddatlarda amalga oshirish. |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
DBQ raisi buyrugʻi |
DBQ (M. Azimov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
17. |
Institut Axborot-resurs markazi fondini doimiy asosda zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan, shu jumladan, muntazam ravishda mahalliy hamda xorijiy huquqiy va iqtisodiy nashrlarining obunasini taʼminlash, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻladigan dasturiy mahsulotlarni (maʼlumotlar bazasi) xarid qilish va yangilab borish. |
doimiy asosda |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov) |
|
III. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||
|
18. |
Bojxona ishi va iqtisodiy xavfsizlik sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Chora-tadbirlar dasturi |
DBQ (M. Azimov) |
|
19. |
Institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish: yetakchi ilmiy-tadqiqot, taʼlim, axborot-tahlil, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik kelishuvlari, memorandumlarini tuzish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirish; kadrlarni tayyorlash, professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish, hamkorlikda tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, maʼruza oʻqish va “mahorat darslari” mashgʻulotlarini, shu jumladan, masofaviy tarzda oʻtishni tashkil qilish maqsadida yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish; rivojlangan davlatlar (AQSH, Germaniya, XXR, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya va boshqalar)ning bojxona kadrlarini tayyorlash sohasidagi taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish boʻyicha xorijiy safarlarni tashkil qilish; Umumjahon bojxona tashkiloti dasturlari (PICARD va boshqalar) doirasida ilmiy tadqiqotlar va bojxona ishini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish; Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan va roʻyxatga olingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar (BMTTD, Jahon banki, YEXHT va boshqalar) ishtirokida bojxona sohasidagi loyiha va dasturlarni hamkorlikda amalga oshirish. |
2018-yil |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
|
20. |
Iqtisodiy xavfsizlik va bojxona ishi sohasidagi eng dolzarb muammolar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida yetakchi qoʻshma taʼlim va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek, tajribali amaliyotchi-mutaxassislar ishtirokida ijodiy guruhlar tuzish va faoliyatini tashkil qilish. |
doimiy asosda |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), boshqa ilmiy va taʼlim muassasalari |
|
21. |
Yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalarida Institut oʻqituvchilari uchun maqsadli doktoranturani tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
IV. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish | ||||
|
22. |
Kursantlarda Vatan himoyasi uchun axloqiy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni, konstitutsiyaviy va xizmat burchiga sodiqlikni, yuksak fuqarolik masʼuliyatini shakllantirishga qaratilgan qoʻshma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qoʻshma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kadirov) |
|
23. |
Kursantlarni milliy va jahon klassik adabiyotini oʻrganishga yoʻnaltirish, yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish, kursantlar orasida turli mavzudagi tanlovlar oʻtkazishga qaratilgan qoʻshma tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qoʻshma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Axmedov) |
|
24. |
Institut kursantlari va professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qoʻshma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
25. |
Kursantlarning ota-onalari, bojxona xizmati veteranlari ishtirokida Institut professor-oʻqituvchilar tarkibi va kursantlari oʻrtasida korrupsiya profilaktikasi va uning oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har yil |
Qoʻshma tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Bosh prokuratura (E. Yoʻldoshev) |
|
V. Moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish | ||||
|
26. |
Institut shaxsiy tarkibini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tashkil qilish boʻyicha autsorsing xizmatlarini joriy qilish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov) |
|
27. |
Institutda zamonaviy oʻquv, moddiy-texnik baza va axborot-resurs taʼminotini yaratish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutgan takliflarni tayyorlash va kiritish: Axborot-resurs markazi va qoʻshimcha maʼruza auditoriyalari uchun alohida kompleks qurish; elektron oʻquv materiallarini yaratishga moʻljallangan multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash. |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
Chora-tadbirlar rejasi |
DBQ (M. Azimov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov), Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
28. |
Oʻquv, ilmiy adabiyotlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish uchun kichik bosmaxona tashkil etish va jihozlash. |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
Tadbirlar dasturi |
DBQ (M. Azimov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (A. Yunusov) |