Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025 24.11.2018 yildagi PF-5582-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash boʻyicha vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzlangan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi asosan bojxona organlari faoliyati samaradorligiga bogʻliq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, bojxona maʼmuriyatchiligi sohasida mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar saqlanib qolinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi bojxona tartib-taomillari xalqaro norma va standartlar talablariga toʻliq darajada javob bermaydi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ortiqcha moliyaviy va vaqt sarf-xarajatlarga bogʻliq boʻlib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etishlari va insofli tadbirkorlarni ragʻbatlantirish, ular uchun maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish boʻyicha deyarli hech qanday mexanizmlar qoʻllanilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari xodimlarini moddiy jihatdan ragʻbatlantirish uchun imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmaslik korrupsiya holatlari profilaktikasi va umuman tizimning samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish yoʻlida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining logistika uchun qulay chegara oʻtkazish punktlarida xoʻjalik subyektlarini jalb etgan holda bojxona terminallarini qurish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funksiyalari “yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari bojxona terminallarida koʻrsatiladigan tijorat xizmatlaridan ixtiyoriy ravishda foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi quyidagilarni qoʻllagan holda toʻliq rejimda joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sariq yoʻlak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qizil yoʻlak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2019-yil 1-martdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil yoʻlak”, bunda xavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“koʻk yoʻlak”, bunda xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimovga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2019-yil 1-fevraldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari institutining joriy etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida bepul asosda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi maxsus shaxslar guruhi — “front-ofis”ni tuzish va uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha (keyingi oʻrinlarda — dastlabki loyiha) amalga oshirilishi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki loyihaning xarajatlari, shu jumladan fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilinadigan shaxslarga ish haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki loyiha doirasida bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish uchun taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar haqqoniyligi uchun javobgarlik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar dastlabki loyiha natijalarini Davlat bojxona qoʻmitasining boshqa hududiy boshqarmalari faoliyatiga joriy etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan tovarlarni koʻzdan kechirish hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga asosan xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishga majbur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflaydigan vaqti bojxona postlari xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi vaqti toʻgʻrisidagi statistik axborot har oyda barcha bojxona postlari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sariq” va “qizil” yoʻlaklar mos ravishda 70 va 30 foiz nisbatda tovar va transport vositalarini xavf profillari yoki tasodifiy tanlash asosida qoʻllaniladi. Shu bilan birga, “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar amalga kiritilgan kundan boshlab, mazkur xatboshida koʻrsatilgan foiz nisbati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan xavfni boshqarish tizimini qoʻllash samaradorligi monitoringi asosida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“koʻk yoʻlak”ga yoʻnaltirilgan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kiriladigan tovarlarning bojxona koʻrigi uch oy davomida bojxona koʻrigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi. Oʻziga xos xususiyatlarga ega, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmagan tovarlar, shuningdek tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud boʻlmagan hollarda, bojxona koʻrigi tovarlar yetkazib berilgan joyda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan koʻchma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda amalga oshiriladi va videotasvirlar bojxona postida koʻrik oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi taʼminlanadi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda (shu jumladan, pensiyani hisoblashda) tarif koeffitsiyentlari 1,7 karra miqdorda qoʻllaniladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining markaziy apparati, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari, shuningdek, Milliy kinologiya markazi xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga ustamalar 50 foizni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yigʻimlari tushumining 30 foiz miqdordagi ajratmalar, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalanish sharti bilan Maxsus jamgʻarmada qoladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat oʻtayotgan xodimlarga nisbatan “gaupvaxtada hibsda ushlab turish” intizomiy jazo chorasi kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-yanvarga qadar vakolatli iqtisodiy operator maqomini, shuningdek, ular foydalanishi mumkin boʻlgan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini taqdim etishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operator toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oylik muddatda bojxona yigʻimlari stavkalari turlarini maqbullashtirish va qatʼiy belgilagan holda ularning yangilangan stavkalarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy taʼsir choralarini kuchaytirish, shu jumladan, bojxona qiyoslash vositalariga shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilning 1-fevraliga qadar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari murojaatlarini koʻrib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida baʼzi vakolatlarni bojxona postlariga berish orqali hududiy boshqarmalar va bojxona postlari oʻrtasidagi vakolatlarning taqsimlanishini tanqidiy koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni import qilishda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari toʻgʻri qoʻllanilganligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi talab etilishi amaliyotini bekor qilish boʻyicha choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov va E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 24-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5582-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻL XARITASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli
va mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Bojxona yigʻimlari stavkalari turlarini maqbullashtirish va qatʼiy belgilagan holda ularning yangilangan stavkalarini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2018-yil
10-dekabrgacha

DBQ (Azimov),
TSV (Xodjayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev),
Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2.

Vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish, shuningdek, soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari turlarini, bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi Vakolatli iqtisodiy operator toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2018-yil
25-dekabrgacha

DBQ (Azimov),
TSV (Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev),
LBMA (Axmedxodjayev)

3.

Muvofiqlikni baholash lozim boʻlgan tovarlar nomenklaturasini sezilarli darajada qisqartirish va yagona roʻyxatni tasdiqlash orqali ushbu nomenklaturani tizimlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

2019-yil
1-yanvargacha

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),
“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (Ergashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Veterinariya davlat koʻmitasi (Norqobilov),

Ekologiya davlat qoʻmitasi (Qoʻchqarov)

4.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida tan olish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori loyihasi

5.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy taʼsir choralarini kuchaytirish, jumladan, bojxona identifikatsiya vositalariga qasdan shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi

qonuni loyihasi

2019-yil
20-fevralgacha

DBQ (Azimov),
Bosh prokuratura (Mavlonov),

Adliya vazirligi (Joʻrayev)

6.

Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, quyidagi tartib-taomillarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish:

davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etilishi shart boʻlgan hujjatlar roʻyxatini qisqartirish orqali bojxona qiymatini maʼlum qilish va aniqlash;

soddalashtirish orqali, bojxona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil
20-yanvargacha

DBQ (Azimov)

7.

Davlat bojxona organlarining qonun import qilinayotgan tovarlarda hujjatlarida belgilangan markirovkalar mavjudligini nazorat qilish funksiyalarini tegishli vakolatli organlarga oʻtkazish va mazkur organlar oʻrtasida samarali idoralararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Shu bilan birga, import qilinayotgan tovarlarni tegishli markirovkalarsiz sotishni taqiqlash, ular bajarilmaganligi uchun javobgarlik choralari kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil
1-fevralgacha

DBQ (Azimov),
DSQ (Musayev), “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev), Moliya vazirligi (Xaydarov),
TSV (Xodjayev),
LBMA (Axmedxodjayev)

8.

Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha bepul asosda xizmat koʻrsatuvchi shaxslarning maxsus guruhi — “front-ofis” tuzish va uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha dastlabki loyihani amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining boshqa hududiy boshqarmalari faoliyatiga dastlabki loyiha natijalarini joriy etish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi qarori










Yozma axborotnoma

2019-yil
1-yanvargacha










2019-yil
1-sentabrgacha

DBQ (Azimov),
Moliya vazirligi (Xaydarov)

9.

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan tashqi savdo shartnomalari boʻyicha maʼlumotlarni kiritishni tubdan soddalashtirishni nazarda tutuvchi dasturiy va texnik oʻzgartirishlar kiritish.

Texnik topshiriq

2019-yil
1-martgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
Markaziy bank (Ishmetov),
Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), TSV (Xodjayev), DBQ (Azimov)

10.

Shu jumladan raqamli iqtisodiyotda bojxona maʼmurchiligining zamonaviy usullarini joriy etishni nazarda tutuvchi 2019 — 2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha Konsepsiyani tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-iyulgacha

DBQ (Azimov),
DSQ (Musayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzayev)

11.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga Maxsus fond mablagʻlari hisobidan ish haqi fondi (pul taʼminoti)ning 100 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar berish Tartibini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi buyrugʻi

2018-yil
10-dekabrgacha

DBQ (Azimov)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni 3-bandining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PF-3512-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“d) poryadok, v sootvetstvii s kotorim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vvoz i vivoz fizicheskim litsom tovarov pri peresechenii tamojennoy granitsi v predelax norm, ukazannix v podpunktax “a” — “g” nastoyashego punkta, osushestvlyayetsya bez ix obyazatelnogo pismennogo deklarirovaniya, za isklyucheniyem mejdunarodnix pochtovix i kuryerskix otpravleniy, a takje vvozimix tovarov, prednaznachennix dlya predprinimatelskoy deyatelnosti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pri opredelenii tamojennim organom prednaznacheniya tovarov, peremeshayemix fizicheskimi litsami cherez tamojennuyu granitsu, uchitivayutsya kolichestvo tovarov, gde odnorodnie tovari, kolichestvo kotorix previshayet potrebnost fizicheskogo litsa, peremeshayushego tovari, i chlenov yego semi, rassmatrivayutsya kak tovari, vvozimie dlya ispolzovaniya v predprinimatelskoy deyatelnosti, yesli litso, peremeshayusheye tovari, ne okajet obratnoye;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pri vvoze fizicheskimi litsami tovarov cherez tamojennuyu granitsu dlya predprinimatelskoy deyatelnosti primenyayutsya obshiye pravila tamojennogo oformleniya, ustanovlennie zakonodatelstvom v otnoshenii vsey summi vvozimix tovarov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pri previshenii predelnix norm vvoza v respubliku fizicheskim litsom tovarov, ne podlejashix oblojeniyu tamojennimi platejami i ne prednaznachennix dlya predprinimatelskoy deyatelnosti, tamojennie plateji uplachivayutsya v chasti previsheniya predelnix norm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kabinet Ministrov Respubliki Uzbekistan vprave ustanavlivat po soglasovaniyu s Natsionalnim agentstvom proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan predelnie normi i usloviya peremesheniya fizicheskim litsom tovarov cherez tamojennuyu granitsu, ne podlejashix oblojeniyu tamojennimi platejami”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavining rus tilidagi matnida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 28-band quyidagi mazmundagi “d1” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“d1) arest s soderjaniyem na gauptvaxte;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“arest s soderjaniyem na gauptvaxte — v kachestve krayney meri dissiplinarnogo vozdeystviya v otnoshenii sotrudnikov za soversheniye prostupka, yavlyayushegosya osnovaniyem dlya uvolneniya so slujbi tamojennix organov”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 47-bandning oltinchi xatboshisi “uvajitelnix prichin” soʻzlaridan keyin “boleye trex dney” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) quyidagi mazmundagi 491-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“491. Pri nalojenii dissiplinarnogo vziskaniya v vide aresta s soderjaniyem na gauptvaxte, uvolneniye so slujbi tamojennix organov za etot prostupok ne dopuskayetsya, yesli ono ne vlechet za soboy ugolovnuyu otvetstvennost.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Srok aresta s soderjaniyem na gauptvaxte sostavlyayet dlya sotrudnikov ryadovogo, serjantskogo i mladshego ofitserskogo sostava — do 10 sutok, sotrudnikov starshego ofitserskogo sostava — do 5 sutok.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dissiplinarnoye vziskaniye v vide aresta s soderjaniyem na gauptvaxte ne mojet bit nalojeno v otnoshenii jenshin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandning “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “35****” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) izohda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda koʻzdan kechirish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2006-yil 4-maydagi 75-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomning 13-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 684-son qarorining 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)