O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV A’ZOLARI HAMDA KREDIT UYuShMALARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI YaNGI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1455-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1641-son 14.11.2006-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahriri loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1 “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/14-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (2003-yil 22-yanvar, ro‘yxat raqami 1204) va unga Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi 12/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-sonli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar (2003-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 1204-1,), Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 27-dekabrdagi 32/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-sonli qo‘shimcha (2004-yil 14-yanvar, ro‘yxat raqami 1204-2), Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori bilan tasdiqlangan 3-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar (2004-yil 2-aprel, ro‘yxat raqami 1204-3), Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori bilan tasdiqlangan 4-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar (2004-yil 26-may, ro‘yxat raqami 1204-4) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-yanvar,
1/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(yangi tahriri)
(yangi tahriri)
Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi matnlarda “kasbga muvofiqlikni aniqlash” deb yuritiladi) — bank ishi va amaliyotini, shuningdek kredit uyushmalarining faoliyatini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi (keyingi matnlarda “Komissiya” deb yuritiladi) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari va rais o‘rinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (bo‘lim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari, shuningdek, kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari (keyingi matnlarda “Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari” deb yuritiladi) lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
5. Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va o‘z navbatida ular bu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum bo‘lgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a’zolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan ko‘p miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida noto‘g‘ri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bank yoki filial rahbarlari bir bank tarkibida boshqa filialga yoki umuman boshqa bankka teng lavozimlarga, bir kredit uyushmasi ijro organi rahbari boshqa kredit uyushmasi ijro organi rahbarligiga o‘tkazilganida ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
7. Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi (kredit uyushmasi kengashi) taqdimnomasi asosida Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu o‘rinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari tijorat banklari tomonidan 1-ilovaga, kredit uyushmalari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 15 kun muddat ichida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.”
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan nomzod uzog‘i bilan 1 oy muddatgacha mazkur lavozimda vazifani bajaruvchi sifatida ishlab turishi hamda shu muddat ichida Komissiya suhbatidan va (yoki) test sinovidan o‘tishi shart.
tijorat banklariga o‘rnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
tijorat banklarida ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish;
kredit uyushmasi lizensiyasini amal qilishini to‘xtatib turish va litsenziyasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish.
II. Malakaga doir talablar
10. Tijorat banklari rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi;
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi;
moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari;
bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
kichik biznesni kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
bankni korporativ boshqarish tartibi;
ichki audit vazifalari va faoliyati;
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Shuningdek, nomzod Bazel qo‘mitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillarini bilishi lozim.
Kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bank va kredit uyushmasi faoliyatiga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi;
kredit uyushmasi hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
kredit siyosati va kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banklari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy ma’lumotga, bank tizimida yetarli ish tajribasiga va oxirgi ish joyidan tavsiyaga, kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar esa oliy ma’lumotga, bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga, ishbilarmonlikdagi benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
Tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga istisno tariqasida bank yoki iqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan noiqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
III. Nomzodning kasbga muvofiqligini aniqlash tartibi
12. Komissiya tarkibi Markaziy bank raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda, ular o‘rniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
13. Komissiya yig‘ilishi va qarorlari uning a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
14. Komissiya raisi yo‘qligida majlisni uning o‘rinbosari o‘tkazadi.
15. Komissiya ishini tashkil etish (hujjatlarni qabul qilish va oldindan tahlil qilish, Komissiya majlisi bayonnomasini yuritish va h. k.) Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
16. Tijorat banklari va kredit uyushmalari tavsiya etilayotgan nomzodlarga oid hujjatlarni taqdim etadilar. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi komissiyaning barcha a’zolarini mazkur hujjatlar bilan tanishtirib chiqishi lozim.
Markaziy bank zarurat tug‘ilgan hollarda, nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning o‘zidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan so‘rab, aniqlab olishi mumkin.
17. Tijorat banklari va kredit uyushmalarining rahbarlari lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tijorat banklari va kredit uyushmalaridagi Markaziy bank nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlari dastlab tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan ko‘rib chiqilib, so‘ng Komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda o‘rganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini o‘zining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
19. Tavsiya etilayotgan nomzodning lavozimga muvofiqligi Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga ko‘ra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur qarordan ko‘chirma tijorat banklari va kredit uyushmalariga yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
20. Faoliyat ko‘rsatayotgan Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi) va kredit uyushmasi Komissiya qaroridan tegishli ko‘chirmani olganidan so‘ng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzod(lar)ni tavsiya etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan lavozimlarga tayinlanishi uchun kamida olti oy muddat o‘tgandan so‘ng, qayta tavsiya etilishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 28-maydagi 11/13-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 27.06.2005-y.) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 1998-yil 24-sentabrdagi R-896-sonli farmoyishiga muvofiq holda o‘tkaziladigan attestatsiya yakunlari bo‘yicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbar xodimlar 1 yildan so‘ng Komissiyaga qayta suhbatga va (yoki) test sinoviga qo‘yilishi mumkin. Buning uchun qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita a’zosining fikrnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning “v”-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
g) xodimning o‘tgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi,
nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar
(agar shunday tavsiyalar berilgan bo‘lsa).”
Tavsiya etilayotgan nomzod uchun attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan sanadan 3 yil o‘tgandan so‘ng rahbarlik lavozimiga tavsiya etilgan taqdirda ushbu bandning birinchi xatboshisida keltirilgan qo‘shimcha ravishdagi hujjatlar talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi nizomiga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
ro‘yxati
ro‘yxati
— Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
— So‘rovnoma;
— Tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
— o‘quv yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom nusxasi (agar oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan bo‘lsa — o‘qiyotgan joyidan ma’lumotnoma);
(1-ilovaning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
— Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
— tavsiya etilayotgan nomzod bilan respublika bankida o‘tkazilgan suhbat bayonnomasi;
— 6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
— ayni paytda ishlab turgan bank tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 28-maydagi 11/13-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi (ro‘yxat № 1455-1, 27.06.2005-y.) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)
— Nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi bo‘lim rahbarlariga 3 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak)
— turar joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki o‘qiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini o‘zi bilan birga olib kelishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi nizomiga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
ro‘yxati
ro‘yxati
— Kredit uyushmasi Kengashi taqdimnomasi;
— So‘rovnoma;
— Tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
— o‘quv yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom nusxasi (agar oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan bo‘lsa — o‘qiyotgan joyidan ma’lumotnoma);
(2-ilovaning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (ro‘yxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
— Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
— 6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
— Kredit uyushmasi tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 28-maydagi 11/13-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi (ro‘yxat № 1455-1, 27.06.2005-y.) — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)
— Nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak);
— turar joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki o‘qiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini o‘zi bilan birga olib kelishi shart.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 77-modda, 25-26-son, 185-modda, 43-44-son, 335-modda)