O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA 4-SON O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 26-mayda 1204-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 4-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 4-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-may,
10/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi
10/7-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
521-4-son
banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi
10/7-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
521-4-son
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga
4-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tijorat banklari Boshqaruvi raislari, ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlari, viloyat va tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va o‘z navbatida ular bu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar;
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum bo‘lgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a’zolari hamda yirik ishtirokchilar (ustav kapitalida 10 foiz va undan ko‘p miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar);
o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida noto‘g‘ri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Alohida hollarda, tijorat banki Boshqaruvi tavsiyasi asosida banklarning tuman filiallari bosh buxgalterlari lavozimlariga iqtisodiy o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlarni ma’lumoti bo‘yicha Komissiya qaror qabul qilish huquqiga ega. Shuningdek, tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari lavozimlariga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda iqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.”
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgalterlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan va tijorat banklari Boshqaruvi raislari lavozimlari bundan mustasno) egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi taqdimnomasi asosida Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgalterlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, buni tasdiqlovchi buyruq nusxasi 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu o‘rinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning 1-ilovada ko‘rsatilgan hisob-tavsiflov hujjatlari ko‘rib chiqish uchun 15 kun muddatda Komissiyaga taqdim etilishi lozim.”
3. 20-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgalterlari tavsiya etilgan lavozimiga muvofiq deb topilgan sanadan boshlab 10 kun muddat davomida lavozimiga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani mazkur tijorat bankining xodimlar bilan ishlash bo‘linmasi tomonidan Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga taqdim etilishi lozim.”
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 256-modda)