Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2005 22.01.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1204
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2005
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1204-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi (M. M. Azmetov), Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (X. Nurmuratov) bilan birgalikda ushbu Nizomni o‘rnatilgan tartibda Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qaror kuchga kiritilishi munosabati bilan Markaziy bank Boshqaruvining 2000-yil 29-iyuldagi 14/9-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish rais o‘rinbosari A. V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-noyabr 2002-yil,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26/14-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bank Boshqaruvining
2002-yil 30-noyabrdagi
26/14-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1995-y, 12-son, 247-modda) 51-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Malaka talablarini qo‘yish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi matnlarda “kasbga muvofiqlikni aniqlash” deb yuritiladi) — bank ishi va amaliyotini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi (keyingi matnlarda “Komissiya” deb yuritiladi) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari, rais o‘rinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv a’zolari, bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (bo‘lim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklari Boshqaruvi raislari, ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgaltyerlari, viloyat va tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va o‘z navbatida ular bu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum bo‘lgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a’zolari hamda yirik ishtirokchilar (ustav kapitalida 10 foiz va undan ko‘p miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida noto‘g‘ri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, tijorat banki Boshqaruvi tavsiyasi asosida banklarning tuman filiallari bosh buxgaltyerlari lavozimlariga iqtisodiy o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlarni ma’lumoti bo‘yicha Komissiya qaror qabul qilish huquqiga ega. Shuningdek, tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari lavozimlariga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda iqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-4, 26.05.2004-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 256-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bank yoki filial rahbarlari bir bank tarkibida boshqa filialga yoki umuman boshqa bankka teng lavozimlarga o‘tkazilganida ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan va tijorat banklari Boshqaruvi raislari lavozimlari bundan mustasno) egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi taqdimnomasi asosida Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, buni tasdiqlovchi buyruq nusxasi 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu o‘rinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning 1-ilovada ko‘rsatilgan hisob-tavsiflov hujjatlari ko‘rib chiqish uchun 15 kun muddatda Komissiyaga taqdim etilishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-4, 26.05.2004-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 256-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan nomzod uzog‘i bilan 1 oy muddatgacha mazkur lavozimda vazifani bajaruvchi sifatida ishlab turishi hamda shu muddat ichida Komissiya suhbatidan va (yoki) test sinovidan o‘tishi shart.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-3, 02.04.2004-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 167-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tijorat banklari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari talablariga rioya qilmagan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan quyidagi choralar qo‘llanilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. MALAKAGA DOIR TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tijorat banklari tomonidan rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznesni kreditlash tartibi;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-3, 02.04.2004-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 167-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankni korporativ boshqarish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki audit vazifalari va faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika bank tizimida olib borilayottan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, nomzod Bazel qo‘mitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillarini bilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari), shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank tizimida yetarli ish tajribasiga hamda oxirgi ish joyidan tavsiyaga ega bo‘lishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi 12/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-1, 03.07.2003-y.) tahririda — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari), shahar va tuman bo‘limlari bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank tizimida va buxgalteriya sohasida yetarli ish tajribasiga hamda oxirgi ish joyidan tavsiyaga ega bo‘lishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi 12/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-1, 03.07.2003-y.) tahririda — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. NOMZODNING KASBGA MUVOFIQLIGINI ANIQLASh TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Komissiya tarkibi Markaziy bank raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda, qoidaga ko‘ra, ular o‘rniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga tegishli buyruq asosida kiritiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Komissiya yig‘ilishi va qarorlari uning a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Komissiya raisi yo‘qligida majlisni uning o‘rinbosari o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiya ishini tashkil etish (hujjatlarni qabul qilish va oldindan tahlil qilish, Komissiya majlisi bayonnomasini yuritish va h.k.) Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tijorat banklari tavsiya etilayotgan nomzodlarga oid hujjatlarni taqdim etadilar. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi komissiyaning barcha a’zolarini mazkur hujjatlar bilan tanishtirib chiqishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank zarurat tug‘ilgan hollarda, nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning o‘zidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan so‘rab, aniqlab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tijorat banklarining rahbarlari lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tijorat banklaridagi Markaziy bank nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlari dastlab – tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqilib, so‘ng Komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda o‘rganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini o‘zining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xodimning lavozimiga muvofiqligi Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga ko‘ra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror tijorat banklariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tavsiya etilgan lavozimiga muvofiq deb topilgan sanadan boshlab 10 kun muddat davomida lavozimiga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani mazkur tijorat bankining xodimlar bilan ishlash bo‘linmasi tomonidan Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga taqdim etilishi lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-4, 26.05.2004-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 256-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Faoliyat ko‘rsatayotgan bank yoki bank filialining rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi) Komissiya qaroridan tegishli ko‘chirmani olganidan so‘ng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzod(lar)ni tavsiya etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topilgan nomzodlar ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan lavozimlarga tayinlash uchun kamida bir yil muddat o‘tgandan so‘ng qayta tavsiya etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 1998-yil 24-sentabrdagi R-896-sonli Farmoyishiga muvofiq holda o‘tkaziladigan attestatsiya yakunlari bo‘yicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbar xodimlar 1 yildan so‘ng Komissiyaga qayta suhbatga va (yoki) test sinoviga qo‘yilishi mumkin. Buning uchun qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1204-3, 02.04.2004-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 167-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita a’zosining fikrnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining fikrnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xodimning o‘tgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi, nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shunday tavsiyalar berilgan bo‘lsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya etilayotgan nomzod uchun attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan sanadan 3 yil o‘tgandan so‘ng qo‘shimcha ravishdagi hujjatlar talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan tijorat banklari
va ularning filiallari rahbarlari
hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga
tavsiya etilayotgan nomzodlarga
nisbatan malaka talablari qo‘yish
tartibi to‘g‘risida Nizomiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari va bosh buxgaltyerlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
RO‘YXATI:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘rovnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimai hol;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom nusxasi (agar oliy o‘quv yurtida yoki texnikumda o‘qiyotgan bo‘lsa – o‘qiyotgan joyidan ma’lumotnoma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavsiya etilayotgan nomzod bilan respublika bankida o‘tkazilgan suhbat bayonnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayni paytda ishlab turgan bank tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi ma’lumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi Bank Kengashining rozilik xati (Kengash a’zolari tomonidan o‘tkazilgan suhbat varaqasi ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi bo‘lim rahbarlariga 3 ta, bosh buxgaltyerlariga 5 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki o‘qiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini o‘zi bilan birga olib kelishi shart.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son; 2003-y., 13-14-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 26-modda; 2004-y., 13-son, 167-modda)