Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2026 07.07.2023 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-martdagi 114-sonli “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda respublikada xalqaro tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, logistika xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va samarali transport infratuzilmasini yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda transport va logistika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlarga qaramasdan, hamon ushbu sohada tizimli kamchiliklar mavjud bo‘lib, ayrim normalarni takomillashtirish hamda jahon tajribasidan kelib chiqib uyg‘unlashtirish, sohani yashirin iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish talab etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tashish sohasida band bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining xorijiy ruxsatnomalarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022-yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilarning xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlarini inson omilisiz to‘liq avtomatlashtirilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilar reytingini yuritish va bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan eng ko‘p daromad olayotgan tashuvchilarni rag‘batlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchilarga ularning ehtiyojini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga qaytarish majburiyatini yuklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga bergan hamda ularni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga qaytarmagan milliy tashuvchilarga nisbatan ruxsatnomalar berilishini to‘xtatib turish bo‘yicha sanksiyalarni inson omilisiz avtomatik tarzda qo‘llash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston ruxsatnomalarini xorijiy tashuvchilarga berish, ulardan foydalanish hamda yuklarni xalqaro tashish turlarini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda milliy tashuvchilarning elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadini aniqlash maqsadida tegishli axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro yuk tashishning ruxsatnoma tizimiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining bojxona organlari axborot tizimlariga kiritilgan mezonlar va tartibga asosan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlari 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda milliy tashuvchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan joriy yil uchun qo‘shimcha ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini kelishish choralarini ko‘rsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, avtomobilda yuklarni xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro va mintaqaviy bozorlarga chiqishni ta’minlaydigan tashqi savdo yo‘nalishlaridagi asosiy tranzit davlatlar bilan bosqichma-bosqich tranzit yuk tashishlarni ruxsatnomasiz tizimga o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyati milliy tashuvchilar o‘rtasida keng yoritilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 7-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 277-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil transportida xavfli, katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘lovchilarni, bagajni xalqaro tashishda — yo‘lovchilarni, bagajni tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rindig‘i bilan hisoblaganda 9 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi (avtobus);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklarni xalqaro tashishda — yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi (yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobil);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy tashuvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi va bunga maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tashuvchi — xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan, mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asoslarda unga tegishli avtotransport vositasidan yuk yoki yo‘lovchilarni xalqaro tashishda foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish — yuk yoki yo‘lovchilarni ikki yoki undan ortiq davlatlar hududlari bo‘ylab avtomobil transportida tashish, shuningdek, yuksiz avtotransport vositasining ikki yoki undan ortiq davlatlar hududi bo‘ylab o‘tishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni ikki tomonlama xalqaro tashish (yuk va yo‘lovchilar ikki tomonlama tashish) — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasida O‘zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlat hududiga yoki xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tashish hamda xorijiy davlat tashuvchisiga tegishli avtotransport vositasida va ushbu avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan xorijiy davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan ushbu xorijiy davlat hududiga tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tranzit tashish (tranzit tashish) — avtotransport vositasining yuk yoki yo‘lovchilar bilan (yoxud ularsiz) davlat hududi bo‘ylab o‘tishi, bunda jo‘nash va borish punktlari ushbu davlat hududidan tashqarida joylashgan bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi davlat hududidan yoxud uchinchi davlat hududiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish (uchinchi davlatga/dan tashish) — jo‘natuvchi mamlakatda yuklangan va qabul qiluvchi mamlakatda tushirilgan, jo‘nash yoki qabul qilish mamlakati hisoblanmaydigan mamlakatda ro‘yxatga olingan avtotransport vositalarida yuklarni tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashish — oldindan kelishilgan yo‘nalish, jadval, tariflar, tashuvchi tomonidan yo‘lovchilar chiqariladigan va tushiriladigan to‘xtash bekatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtomobil transportida yo‘lovchilarni va bagajni muntazam tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro nomuntazam tashish — avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashishga tegishli bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisida avtomobil transportida yo‘lovchilarni va bagajni tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnov — avtotransport vositasining jo‘nash punktidan borish punktigacha o‘tishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma — avtotransport vositasining davlat hududi bo‘ylab o‘tishi va unda ko‘rsatilgan tashish turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat (blanka yoki e-Permit elektron shakli);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston ruxsatnomasi — xorijiy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘tishiga bir martalik ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ruxsatnoma — milliy tashuvchiga tegishli avtotransport vositasining xorijiy davlat hududi bo‘ylab o‘tishiga bir martalik ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘p tomonlama ruxsatnoma — bunday ruxsatnoma egasiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasining ko‘p tomonlama ruxsat berish tizimiga a’zo bo‘lgan har qanday davlat hududi bo‘ylab bir martalik o‘tishiga ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi — xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ayirboshlash uchun tenglik asosida bir yilga kelishilgan ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E-avto ruxsatnoma avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“E-avto ruxsatnoma” AAT) — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning milliy tashuvchilar orasida avtomatik tarzda taqsimlanishini, ularga berilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimining bir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tovar-transport yuk xati — Xalqaro yo‘llarda yuklarni tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiyada nazarda tutilgan, shu jumladan, tashilayotgan yuk, uning jo‘natuvchisi va qabul qiluvchisi, tashuvchisi va tashuvni amalga oshiruvchi avtotransport vositasi to‘g‘risida, shuningdek, uni ortish va tushirish joylari haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro, shuningdek, tranzit tashish O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalarida ikki tomonlama va tranzit tashishni ruxsatnomasiz amalga oshirish nazarda tutilgan taqdirda, bunday tashish tashish turini tasdiqlovchi xalqaro tovar-transport yuk xati asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Amalga oshirilayotgan avtomobilda xalqaro yuk tashish turi (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlat hududiga/dan tashish) O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan belgilangan mezonlar va tartibga muvofiq xalqaro tovar-transport yuk xati va boshqa yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston ruxsatnomalarida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki tomonlama yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tranzit yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilgan ruxsatnomalardan tashqari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash komissiyalarning protokol qarorlari bilan ruxsatnomaning boshqa turlari nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar orasida yo‘lovchi va yuklarni tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi tashuvchilar o‘z davlatida ro‘yxatga olingan va farqlovchi belgilariga ega bo‘lgan avtotransport vositalaridan foydalanishlari lozim, bunda tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatda ro‘yxatga olingan va farqlovchi belgilarga ega bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun talab etiladigan O‘zbekiston ruxsatnomalari, xalqaro tovar-transport yuk xatlari va boshqa hujjatlar avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishidan oldin xorijiy tashuvchi tomonidan to‘ldirilishi lozim va avtotransport haydovchilari yonida bo‘lishi hamda nazorat qiluvchi organlar talablariga muvofiq avtotransport vositasi haydovchilari tomonidan taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijiy davlat hududi bo‘ylab avtomobilda yo‘lovchilarni xalqaro muntazam tashish O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatning vakolatli organlari kelishuvi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi O‘zbekiston Respublikasining avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarini bajarish doirasida ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-avto ruxsatnoma” AAT orqali milliy tashuvchilarning xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga berilgan O‘zbekiston/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar (xorijiy davlat nomi, turiga qarab miqdori, ro‘yxat raqamlari va amal qilish muddati hamda yo‘l yig‘imlaridan ozod etilishi /etilmasligi, yuk tashishning alohida shartlari) to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasini xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotlarni milliy tashuvchilarning “E-avto ruxsatnoma” AATdagi shaxsiy kabinetiga joylashtirish yo‘li bilan ularni xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning mavjudligi, shu jumladan, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar soni haqida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-avto ruxsatnoma” AAT orqali milliy tashuvchilarga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun milliy tashuvchilar kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha buyurtmanomalar taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etiladi. Elektron tarzda taqdim etilgan hujjatlar milliy tashuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomada rejalashtirilayotgan qatnovlar soni (yuk tashish uchun), tashuvchining xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik ehtiyoji har bir davlat/ko‘p tomonlama ruxsatnoma tizimi va tashish turi bo‘yicha ko‘rsatiladi, shuningdek, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soni qayd etiladi. Buyurtmanoma kelgusi yil mobaynida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning aniq prognozlari asosida tuzilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, milliy tashuvchilar asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda qolgan davrga yil davomida buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq berilgan buyurtmanomalar haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida kelgusi yil boshlanishidan ikki oy oldin xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyoj to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni shakllantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi kelgusi yil boshlanishidan kamida bir oy oldin xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash o‘zarolik shartida kelgusi yil 31-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyoj hamda ularni milliy tashuvchilarga kelgusi yildan oldingi o‘n ikki oy mobaynida berilishini tahlil qilish asosida navbatdagi yil uchun aniqlangan har bir turdagi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi quyidagilarga ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda nazarda tutilgan kvotalar bo‘yicha xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi to‘g‘risidagi doimiy yangilanadigan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida oshkora e’lon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash va taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga O‘zbekiston/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni beradi hamda ulardan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondiruvchi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar orasida taqsimlanmaydi va yil davomida ularning arizasiga binoan berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Taqsimlash shartlari asosida bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar taqdim etgan milliy tashuvchilar orasida bir yilga (olti oyga) taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar teng ulushlarda choraklarga ajratiladi va milliy tashuvchilarga berib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar tomonidan joriy chorakda to‘liq ishlatilgan taqdirda, ularning xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojlari kelgusi choraklar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchi tomonidan bir chorak davomida olinmagan taqdirda, ular kelgusi choraklarga barcha tashuvchilar orasida qayta taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar ishlatilish dinamikasidan kelib chiqib, xorijiy davlatning vakolatli organlari bilan joriy yil uchun qo‘shimcha ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Milliy tashuvchilarga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berish va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan arizani milliy tashuvchi o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan holda, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun berilgan ariza O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kun ichida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarish sharti bilan milliy tashuvchilarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Har bir beriladigan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma uchun ruxsatnomani berish sanasida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan biri miqdorida yig‘im undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yig‘ilgan mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining budjetdan tashqari jamg‘armasi g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va undan O‘zbekiston/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalarini tayyorlash, vakillik xarajatlari, qo‘shma/aralash komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha boshqa tadbirlarga sarflangan xarajatlarni qoplash hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida band bo‘lgan xodimlar ta’minoti uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir berilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma uchun undirilgan yig‘im qaytarilmaydi va qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga ularning xalqaro yuk tashishda foydalaniladigan mavjud avtotransport vositalari soni doirasida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchiga muayyan davlatning avval berilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalari o‘rniga yangilari, ushbu davlatning avval berilgan ruxsatnomalarini qaytarish sharti bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Quyidagilar xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishni rad etishga asos bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) milliy tashuvchida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun litsenziya va (yoki) litsenziya kartochkalari mavjud emasligi yoxud ularning amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu Nizomning 33 va 36-bandlariga muvofiq xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to‘xtatib turilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organida xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) milliy tashuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishning boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Arizani rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma milliy tashuvchiga elektron tarzda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali rad etish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchi tomonidan rad etish sabablarini bartaraf etish va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berilishi rad etilganligi to‘g‘risida elektron shakldagi bildirishnoma olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablar milliy tashuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, arizani takroran ko‘rib chiqish, xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va ular bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Arizani takroran ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ariza beruvchi oldin “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali yo‘llangan elektron shakldagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari qayd etilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Milliy tashuvchi tomonidan elektron shakldagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lganidan keyin taqdim etilgan ariza yangi taqdim etilgan ariza hisoblanadi va umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Milliy tashuvchi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berishning rad etilganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Milliy tashuvchiga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma berilganda, blankaning tegishli kataklarida O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining mas’ul xodimi tomonidan majburiy tarzda tashuvchining nomi va manzili qayd etiladi, shuningdek, muhr (shtamp) va ruxsatnomani bergan shaxsning imzosi qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga, shu jumladan, ishlatmasdan qaytarilganlarga, agar avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash komissiyalar protokol qarorlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Olingan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar milliy tashuvchilar tomonidan ushbu milliy tashuvchining litsenziya kartochkasida qayd etilgan avtotransport vositasida foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlarni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga — uch oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa — olti oy muddatga barcha xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi hamda unga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin bo‘lgan taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar ular berilgan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechikmay O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangilarini olish uchun foydalanilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar zarur tarzda va to‘g‘ri to‘ldirilgan holda O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organiga safar yakunlanganidan so‘ng ushbu bandda nazarda tutilgan muddatdan ilgari qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga belgilangan tartibda qaytarilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar mas’ul xodim tomonidan maqsadli ishlatilganligi (ishlatilmaganligi) darhol tekshiriladi va “E-avto ruxsatnoma” AATda tegishli belgi qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har bir qaytarilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomaning (oldi va orqa tomoni) elektron nusxasi “E-avto ruxsatnoma” AATga bir ish kuni ichida yuklanadi va jamoatchilik nazorati uchun milliy tashuvchilarga xolisona tekshirish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangisini olish uchun foydalanilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarilgunga qadar uning (oldi va orqa tomoni) elektron nusxasi “E-avto ruxsatnoma” AATga to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy tashuvchi tomonidan ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Milliy tashuvchi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomani berilgan kundan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90 kalendar kun ichida ishlatmasdan qaytarsa, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin bo‘lgan taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar soni har bir ishlatilmasdan qaytarilgan ruxsatnomalar soniga kamaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90 kalendar kun ichida qaytarmasa, olingan ruxsatnoma qaytarilguniga qadar “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga barcha xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi, yo‘l-transport hodisasi, yong‘in, tabiiy ofatlar va jinoyat sodir etilganlik natijasida yo‘qotilganligi yoki yo‘q bo‘lganligi holatlari (vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida) bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 90 kalendar kun o‘tgandan so‘ng ishlatmasdan qaytarilganda, ushbu tashuvchiga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin bo‘lgan aynan shu davlatning taqsimlangan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalari bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. “E-avto ruxsatnoma” AATda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga qaytarilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar hisoboti xorijiy davlatlar va milliy tashuvchilar kesimida yuritiladi va oshkora e’lon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. O‘zbekiston ruxsatnomalarini xorijiy tashuvchilarga berish va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. O‘zbekiston ruxsatnomalari xorijiy tashuvchilarga o‘z davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tegishli yilga ayirboshlangan ruxsatnomalar hisobidan beriladi. O‘zbekiston ruxsatnomalari joriy kalendar yilda va kelgusi yilning 31-yanvarigacha (ushbu sana ham shunga kiradi) amal qiladi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Xorijiy tashuvchi har bir safarga borishda O‘zbekiston ruxsatnomasi blankasini olishi shart. Ushbu blankadan u faqat bir marta va amalga oshirilayotgan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning bir turi bo‘yicha foydalanishi mumkin, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tuzilgan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash protokol qarorlarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 820-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tranzit qatnovdan orqaga qaytib harakatlanayotgan xorijiy yuk avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-yo‘lakay yuk olishiga O‘zbekistonning avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning tegishli turi uchun haqiqiy bo‘lgan qo‘shimcha ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchinchi mamlakatlardan boshqa transport turlaridan (havo, temir yo‘l, dengiz) foydalangan holda yuk tashish, kelgusida avtotransport ro‘yxatga olingan mamlakatda qayta yuklanishi (yuk ortilishi/yuk tushirilishi) bilan amalga oshirilganda, qayd etilgan tashish ishlov berish terminalining (transport turlarini almashtirish joyi) haqiqiy bojxona muhrlari bosilgan tovar-transport hujjatlari bilan tasdiqlangan taqdirda, uchinchi mamlakatga/dan O‘zbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi. Shu bilan birga, bunday tashish ikki tomonlama tashish uchun beriladigan O‘zbekiston ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun mo‘ljallangan ro‘yxatga olish va farqlash belgilariga ega bo‘lmagan, shu jumladan, yuklangan avtotransport vositalarini olib kelishda O‘zbekiston ruxsatnomasi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ruxsatnoma blankalarining shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ruxsatnoma blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega. O‘zbekiston ruxsatnomalarining blankalari shakli O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining rahbari javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Milliy tashuvchilar xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning zarur tarzda va to‘g‘ri to‘ldirilishi, ulardan maqsadli foydalanilishi va o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. “E-avto ruxsatnoma” AATga tegishli ma’lumotlarni hamda belgilarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining mas’ul xodimi javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlash va xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilarga berish va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Milliy tashuvchi

1. Kelgusi yil mobaynida avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning aniq prognozlari asosida har bir davlat/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimi va tashish turlari bo‘yicha ehtiyojni shakllantiradi.

2. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali buyurtmanoma taqdim etadi.

Kelgusi yil boshlanishidan kamida uch oy oldin

3. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda qolgan davrga buyurtmanoma taqdim etadi.

Yil davomida

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi

Buyurtmanomalar haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida milliy tashuvchilarning xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyoji to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni shakllantiradi.

Kelgusi yil boshlanishidan kamida ikki oy oldin

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi

1. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasini aniqlaydi va ularni ayirboshlash jarayonini kelishib oladi.

Kelgusi yil boshlanishidan kamida bir oy oldin

2. Aniqlangan kvotalarni quyidagilarga ajratadi:

a) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi;

b) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi.

Avtomatik ravishda

3. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etadi.

Kelgusi yil 31-yanvarga qadar

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi

1. Ma’lumotlarni milliy tashuvchilarning “E-avto ruxsatnoma” AATdagi shaxsiy kabinetiga joylashtirish yo‘li bilan ularni ajratilgan kvotalar bo‘yicha xorijiy /ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning mavjudligi haqida xabardor qiladi.

2. Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida bir yilga (olti oyga) taqsimlaydi.

Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar kelib tushgandan so‘ng avtomatik ravishda

5-bosqich

Milliy tashuvchi

Avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan arizani o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan holda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etadi.

Rejalashtirilayotgan safar boshlanishidan uch kun oldin

6-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi

1. Avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqadi.

2. Milliy tashuvchilarga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni beradi yoki qonunchilik hujjatlarida aniq normalari ko‘rsatilgan holda berishni rad etadi.

avtomatik ravishda

7-bosqich

Milliy tashuvchi

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga olingan barcha xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni qaytaradi.

Berilgan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechikmay

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan umumiy yillik ehtiyojni aniqlash uchun _______ yilga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYURTMANOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Buyurtmanoma beruvchi milliy tashuvchi to‘g‘risida ma’lumot

1.1

Buyurtmanoma beruvchi tashkilotning yoki jismoniy shaxsning to‘liq nomi

1.2

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.3

Hisobvarag‘i

1.4

MFO

1.5

Telefon raqami

1.6

Elektron pochta manzili

II. Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soni to‘g‘risida ma’lumot

2.1

Yuk tashish uchun (dona)

2.2

Yo‘lovchilar tashish uchun (dona)

III. Rejalashtirilayotgan qatnovlar (borish va orqaga qaytish yo‘nalishda) to‘g‘risida ma’lumot

Marshrut bo‘yicha borish*

Rejalashtirilayotgan yilga qatnovlar soni

Avtotransport vositalarining hisoblangan soni**

Jo‘nash mamlakati

tranzit mamlakat (lar)

Boriladigan mamlakat

1

2

3

4

5

6

* Boriladigan yo‘nalishni to‘ldirishda ISO 3166-1 “Jahon mamlakatlari klassifikatori” xalqaro standartlariga muvofiq mamlakatlarning ikki harfli kodlarini qo‘llashga ruxsat etiladi.

** Avtotransport vositalarining hisoblangan soni II bo‘limda ko‘rsatilgan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari sonidan ortiq bo‘lmasligi lozim.

IV. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan yillik ehtiyoj to‘g‘risida ma’lumot

Davlat/ko‘p tomonlama ruxsatnoma tizimining nomi

Ruxsatnoma turi*

Ruxsatnomalar soni**, dona

shu jumladan, dona

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

JAMI

* Quyidagilar uchun ruxsatnomalarning asosiy turlari: ikki tomonlama yuk tashish uchun; tranzit yuk tashish uchun; uchinchi mamlakatlarga/dan yuk tashish uchun; ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun; ikki tomonlama yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun; tranzit yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun; ikki tomonlama/tranzit yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.

** Avtotransport vositalarida yuk tashish uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan ehtiyoj III bo‘limga muvofiq rejalashtirilayotgan qatnovlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAQSIMLASH SHARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlari (keyingi o‘rinlarda — taqsimlash shartlari) milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Milliy tashuvchilarga ularning ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning taqsimoti quyidagi maxsus formula orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu yerda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ki — i-milliy tashuvchiga bir yilga (olti oyga) taqsimlanadigan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — bir yilga (olti oyga) taqsimlanadigan ma’lum bir turdagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning umumiy soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ei — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan i-milliy tashuvchining taqsimot o‘tkazilayotgan oydan oldingi o‘n ikki oy mobaynida elektron hisobvaraq-fakturalar (keyingi o‘rinlarda — EHF) bo‘yicha bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
E — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan barcha milliy tashuvchilarning taqsimot o‘tkazilayotgan oydan oldingi o‘n ikki oy mobaynida EHF bo‘yicha bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olishgan o‘rtacha daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bi — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan i-milliy tashuvchi tomonidan taqsimot o‘tkazilayotgan oydan oldingi o‘n ikki oy mobaynida ishlatilgan xorijiy ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan barcha milliy tashuvchilar tomonidan taqsimot o‘tkazilayotgan oydan oldingi o‘n ikki oy mobaynida ishlatilgan xorijiy ruxsatnomalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pi — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan i-milliy tashuvchining taqsimot o‘tkazilayotgan oyning boshida yuklarni xalqaro tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalari soni (ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P — xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan barcha milliy tashuvchilarning taqsimot o‘tkazilayotgan oyning boshida yuklarni xalqaro tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalari soni (ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m — ma’lum bir turdagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda ishtirok etayotgan va ushbu ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash uchun buyurtmanomalar taqdim etgan milliy tashuvchilar soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Taqsimlash shartlarining 2-bandida nazarda tutilgan maxsus formula orqali kelib chiqqan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar sonining qiymati — Ki butun songacha yaxlitlanadi. Bunda 0,5 va undan yuqori hisoblangan son 1 gacha, 0,5 gacha bo‘lgani — 0 gacha yaxlitlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy tashuvchining yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-avto ruxsatnoma” AATda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqsimot o‘tkazilayotgan oydan oldingi o‘n ikki oy mobaynida i-milliy tashuvchining EHF bo‘yicha olgan jami daromad summasini uning ushbu davr boshida avtomobilda yuklarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soniga bo‘lish orqali bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadi aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqsimot o‘tkazilayotgan oydan oldingi o‘n ikki oy mobaynida milliy tashuvchilarning EHF bo‘yicha olgan jami daromad summasini ularning ushbu davr boshiga avtomobilda yuklarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan jami avtotransport vositalari soniga bo‘lish orqali bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olishgan o‘rtacha daromadi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. I-milliy tashuvchining bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadini milliy tashuvchilarning bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan o‘rtacha daromadiga bo‘lgan nisbati1,5 dan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda uchinchi davlat hududiga/dan yuk tashish uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlashda i-milliy tashuvchining bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadi milliy tashuvchilarning bitta yuk avtotransport vositasi hisobiga yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olishgan o‘rtacha daromadining kamida 50 foizi bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi taqsimlash shartlarining 5-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan qiymatni o‘zgartirishi mumkin. Bunda o‘zgartirilgan qiymat to‘g‘risida milliy tashuvchilar darhol xabardor etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar olish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARIZA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Ariza beruvchi milliy tashuvchi to‘g‘risida ma’lumot

1.1

Ariza beruvchi tashkilotning yoki jismoniy shaxsning to‘liq nomi

1.2

STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

1.3

Hisobvarag‘i

1.4

MFO

1.5

Telefon raqami

1.6

Elektron pochta manzili

II. Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar to‘g‘risida ma’lumot

Davlat/ko‘p tomonlama ruxsatnoma tizimining nomi

Ruxsatnoma turi*

Ruxsatnomalar soni**, dona

JAMI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 277-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-martdagi 202-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori)” 2019-yil 25-avgustdagi 716-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 50-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 09/23/277/0458-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)