06.03.2019 yildagi PQ-4230-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “Oʻzstandart” agentligining 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji toʻlash tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chek berish yoki yoʻlovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud boʻlishi sharti bilan yoʻlovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud boʻlishi haqidagi talablarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) quyidagilarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil transportida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi yakka tadbirkorlarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona shtatida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan avtotransport vositalaridan foydalanish va tashish xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mutaxassisning alohida birligi mavjud boʻlishi sharti bilan yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi talablarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud boʻlishi haqidagi talablarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2019-yil 1-apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki marotaba kamaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan, quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yaratilishini taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlarning shaxsiy kabineti faoliyat yuritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar oʻrtasida avtomatik ravishda choraklar boʻyicha taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar, avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar, shuningdek, YUXYT daftarchasini qoʻllagan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq YUXYT (CARNET TIR) daftarchasidan foydalanishga ruxsatnomalar olishga talabgorlarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish bosqichini koʻrsatgan holda qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatlar va jismoniy shaxslar oʻrtasida tuziladigan avtotransport vositalarining ijara shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobini yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi oʻn kun muddatda axborot tizimi joriy etilguniga qadar mamlakatlar boʻyicha xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi toʻgʻrisida doimiy yangilanadigan axborotning vazirlik veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishsiz taksi uchun talab etiladigan toʻlov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni boʻyamasdan oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan yengil avtomobillar yoʻnalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yoʻnalishida harakatlanishi hamda “Toʻxtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida toʻxtashi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar ular olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega yuridik shaxslarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda, uning rasmiylashtirilishini taʼminlagan holda, ularning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalaridan litsenziya kartochkalarisiz foydalanilayotgan davlat raqami belgilari qaytarilishi choralarini koʻrgan holda yoʻnalishsiz taksilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalariga maxsus seriyalardan berilgan davlat raqami belgilarining amaldagi litsenziya kartochkalariga muvofiqligi yuzasidan xatlov oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) himoyalangan telekommunikatsiya kanallari yordamida “Transport vositalari hisobi”, “Texnik koʻrik” va “UzTrans” axborot tizimlarining samarali idoralararo integratsiyasini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yoʻllarida transport vositalarining ogʻirlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlangan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar va koʻchma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar avtomobil yoʻllarida davlat-xususiy sheriklik obyektlari roʻyxatini, reglamentni va investorlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tanlab olish mexanizmini nazarda tutuvchi ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha maxsus punktlarni tashkil etish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport-logistika sohasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish va minimallashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini berish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat buyurtmachilari, shu jumladan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatishni maxsus elektron savdo maydonchasida elektron savdo yakunlari boʻyicha xarid qilish va xizmat koʻrsatishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi, tranzit oʻtishi (alohida yuklar va harbiy kontingentlardan tashqari) va hududda boʻlishi tartibini, shu jumladan, respublikaga kirayotgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining boʻlishi muddatlarini optimallashtirishni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan ikki punkt oraligʻida yuk va yoʻlovchilar tashish amalga oshirilganligi, shuningdek, ruxsat etilgan ogʻirlik va gabarit parametrlari oshirilganligi uchun taʼsir choralarini qoʻllash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 20-fevralda Jeneva shahrida imzolangan elektron yuk xatiga tegishli Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish (YUXYT) shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiyaning Qoʻshimcha bayonnomasiga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda milliy transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish, mazkur shartnomalarni tuzgan tashkilotlar roʻyxatini oshkora eʼlon qilish tartibini oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lokomotivlar, temir yoʻl vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601–8607), barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609), uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8704 21 (refrijeratorlar), 8704 23 (samosvallardan tashqari) va aviatsiya yoqilgʻisi bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son — 2021-yil 20-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 6-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4230-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Transport sohasini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish

1.

Transport sohasida milliy qonunchilikni xatlovdan oʻtkazish va uni xalqaro normalar bilan uygʻunlashtirish.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish

2019-yil 1-dekabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Adliya vazirligi (Istamov), Oʻzstandart (Sattarov),

Bosh prokuratura (Saidkarimov)

2.

Tashish jarayonlarini boshqarish boʻyicha dasturiy taʼminot ishlashi va transport vositalarining yoʻllardagi harakatlanish tezligini masofadan kuzatish, avtotransport vositalarining texnik holati va safar oldi texnik koʻrikdan oʻtganligi hamda haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi elektron tizimining yagona minimal standartlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

IIV (Bobojonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

3.

Yoʻlovchilar va yuk tashishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish tartibi toʻgʻrisida Nizom loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashish xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2019-yil

1-avgustgacha

IIB (Bobojonov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

5.

Jamoatchilik kuzatuvi mexanizmlaridan foydalangan holda avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashish faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Tashkiliy

tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

IIV (Bobojonov).

6.

Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2019-yil 1-iyulgacha

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (Valiyev)

7.

“Toshshahartransxizmat” AJning avtobus parklaridagi hissasini ishonchli boshqaruvga oʻtkazish yoki xususiy mulkka sotish chora-tadbirlarini koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Davlat aktivlarin�

boshqarish agentligi (Joʻrayev),

Transport vazirligi (Dexkanov),

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)

8.

Temir yoʻl va havo tashishlari sohasida:

yuk hujjatlarini rasmiylashtirishni amalga oshirish, tashish uchun hisob-kitoblar qilish;

havo kemalari, vagonlar va konteynerlarning toʻlganligi darajasi hamda poyezdlar harakatini onlayn tarzda monitoring qilish;

vagonlar va konteynerlar harakatlarini, shu jumladan mobil telefonlar uchun ilovalardan foydalangan holda, masofadan kuzatish imkoniyatini yaratuvchi elektron tizimni joriy etish boʻyicha takliflarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xosilov), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ (Xakimov)

9.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga litsenziyalashni soddalashtirish va nazorat tizimini takomillashtirishni hisobga olib, shu jumladan “tijorat asosida amalga oshiriladigan tashishlar” tushunchasini izohlashni nazarda tutgan holda, oʻzgartirishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

IIV (Bobojonov),

Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarining narx siyosatini, texnik konfiguratsiyasi va turlarini milliy avtotransport kompaniyalarining real ehtiyojlarini hisobga olib, qayta koʻrib chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gʻulomov), Oʻzavtosanoat (Umurzoqov), Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasi (Sharipov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

11.

Milliy eksport qiluvchilarni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish, shu jumladan eksport qilinadigan milliy tovarlar tashishni subsidiyalash tartibini joriy etish yoʻli bilan.

Tahliliy maʼlumot shaklida xulosa

2019-yil1-aprelgacha

Moliya vazirligi (Xaydarov),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

12.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro yuk tashishlariga ixtisoslashtirilgan transport-logistika qoʻshma korxonalarini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy transport kompaniyalarni jalb etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-oktabrgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

13.

Milliy, shu jumladan milliy tashuvchilarning xorijdan orqaga qaytishida yuklar yuklanishi boʻyicha ixtisoslashtirilgan va yagona elektron logistik portalning operatori hisoblangan milliy ekspeditorlik kompaniyasini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

14.

Qora dengiz havzasi, Kaspiy va Oʻrta yer dengizlari, Fors koʻrfazining yirik dengiz portlarida hamda transkontinental dengiz tutashmalarida joylashgan portlarda vakolatxonalar, front-ofislar va stividor kompaniyalarni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Savdo sanoat palatasi (Ikramov)

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida “Logistika va yetkazib berish tizimini boshqarish” yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash jarayoni tashkil qilish, bunda yetakchi xorijiy mutaxassislar hamda logistika va yetkazib berish tizimini boshqarish sohasida taʼlim muassasalarini jalb qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Davlat boshqaruvi Akademiyasi (Kasimov Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi (Abduraupov)

16.

“Transport logistikasi” yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish samaradorligini oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-aprelgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

17.

Milliy oliy taʼlim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni tiklash boʻyicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Transport vazirligi (Maxkamov)

18.

Ilgʻor xorijiy ishlanmalarni joriy etgan holda, hududiy rejalashtirish uchun transport makro va mikro modellashtirishni ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov)

19.

Taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etgan holda avtomobilda xalqaro tashishlar uchun xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Bosh prokuratura (Mavlonov)

20.

Amalga oshirilayotgan xalqaro avtomobilda yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

DBQ (Azimov)

21.

“Oʻzbekiston — Tojikiston — Xitoy” yoʻnalishi boʻyicha tajriba-sinov avtokarvonini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

II. Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashish jarayonlarini takomillashtirish

22.

Yoʻnalishli taksilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining maxsus seriyali davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

IIV (Bobojonov)

III. Yoʻl, yoʻl yoqasi va boshqa infratuzilmalarni takomillashtirish

23.

Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, MDH va Yevropa punktlari oʻrtasida �ransfert oqimiga xizmat koʻrsatish markazini bosqichma-bosqich tashkil etishga qaratilgan Markaziy Osiyo xabi Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

24.

Xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda aerodromlarni samolyotlar oqimi koʻpayishi ehtimoliga tayyorlash (zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, uchish-qoʻnish yoʻlagi va perronlar turargohlari sonini koʻpaytirish).

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov)

25.

Aeroportlarning noaviatsiya daromadlarini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish, aeroportlar hududida xizmatlarni taqdim etish uchun xususiy sektorga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov)

26.

Yoʻlovchilarga zarur qulayliklar va xavfsizligini taʼminlash uchun ishlab turgan temir yoʻl vokzallarini xalqaro normalar va standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida (simsiz internetdan erkin foydalanish, chipta kassalariga elektron navbatlar, yoʻlovchilarni xabardor qilishning markazlashgan tizimi, xavfsizlik choralarini koʻrish, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar yoki ogʻir bagaj bilan sayohat qilayotganlarga qulaylik yaratish) modernizatsiya qilish va jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ (Xasilov),

27.

Ishlab turgan avtovokzallar, avtostansiyalar va toʻxtash bekatlariga egalik qilish shartlarini qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Avtovokzallar, avtostansiyalar, toʻxtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va boshqarishga, tomonlarning majburiyatlari va obyektlar joylashuvi standartlarini aniq belgilab, tadbirkorlik subyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Transport vazirligi (Maxkamov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

29.

Axborotlarni maxsus saytda joylashtirish, aholi va yoʻlovchilar uchun yoʻnalishlar, harakat jadvallari, xizmatlar va boshqa zaruriy maʼlumotlar haqida axborot bazalaridan erkin foydalanishni nazarda tutuvchi, jamoat transporti faoliyati haqida xabardor qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish yoʻli bilan yoʻlovchilarni axborot bilan taʼminlash darajasini oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Valiyev)

30.

Aviatsiya yoqilgʻisini import qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish, shu jumladan aeroportlar hududida havo kemalariga uzluksiz xizmat koʻrsatish uchun tadbirkorlik subyektlari va xorijiy kompaniyalarni jalb qilishni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Energetika vazirligi (Sultonov)

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov), “Oʻzbekneftgaz”
AJ (Siddikov)

31.

Ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritlitransport vositalarining “Qamchiq” dovoni orqali oʻtishini, shu jumladan tashishlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari uchun Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi hududlari boʻylab muqobil aylanma yoʻllardan foydalanish boʻyicha shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan kamaytirish yuzasidan choralarni koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

Transport vazirligi (Maxkamov),

TIV (Kamilov)

32.

Temir yoʻl tashuvlari sohasida faoliyatni amalga oshirishga, shu jumladan asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan mehmonxona va boshqa mol-mulkini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida berish yoki sotish boʻyicha takliflarni kiritish yoʻli bilan, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-iyulgacha

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov)

33.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda, ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritliyuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-avgustgacha

Transport vazirligi (Abduvaliyev)

34.

Yoʻl yoqasi infratuzilmasi obyektlarini (kemping, parkovka, motel, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, sanitar punkti va boshqalarni) xorij tajribasidan kelib chiqib, davlat-xususiy sheriklik asosida respublikaning tranzit yoʻlaklari boʻylab joylashtirish va qurish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Abduvaliyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov),

Qurilish vazirligi (Tuxtayev)

IV. Tranzit salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

35.

Xorijiy tashuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida yoʻlovchilar va yuklar tashishni amalga oshirgani, shuningdek, katta gabaritlar boʻyicha cheklangan parametrlaridan oshganligi uchun javobgarlik choralarini belgilash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-avgustgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), IIV (Bobojonov),

DSQ (Musayev),

DBQ (Azimov)

36.

Xorijiy tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish muddatlariga nisbatan mos choralarni koʻrish tartibini joriy etish, respublika hududida uzoq muddat boʻlish uchun ruxsatnomani faqatgina asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), IIV (Bobojonov), DBQ (Azimov)

37.

Oʻzbekiston Respublikasining TRASEKA Hukumatlararo Komissiyasining Doimiy Kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish toʻgʻrisida 2005-yil 21-apreldagi Bitimga qoʻshilishi yoʻli bilan TRASEKA doirasida hamkorlikni faollashtirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumot koʻrinishida xulosa

2019-yil 1-aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

V. Tashuvchilar va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini

majburiy sugʻurtalash mexanizmlarini takomillashtirish

38.

Tashuvchilar va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini majburiy sugʻurtalash mexanizmlarini, shu jumladan sugʻurta qoplamasi miqdorini oshirish, sugʻurta kompaniyalarini respublika hududiga (bojxona) kirish joylarida joylashtirish tartibini belgilash masalalarini nazarda tutgan holda takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Moliya vazirligi (Xaydarov)

39.

Xorijiy transport vositalarini qoʻshaloq sugʻurtalanishi holatlariga yoʻl qoʻymagan holda, avtosugʻurtaning yagona namunalari qoʻllanishini taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

VI. Transport sohasida tariflar, yigʻimlar va toʻlovlarni belgilash tartibini takomillashtirish

40.

Davlatlar va mahsulotlar kesimida raqobatbardosh narxlarni taʼminlashni hisobga olgan holda, eksport mahsulotlarini tashish tariflarini optimallashtirish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil 1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xosilov), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ (Xakimov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

41.

Xorijiy davlatlarning katta hajmli yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun yoʻl yigʻimlari kilometrli yoki vaqtbay hisoblash tizimini joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro tajribani, asosan davlat-xususiy sheriklik asosida qoʻllash yuzasidan takliflarni kiritish.

Tahliliy maʼlumot koʻrinishida xulosa

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi(Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

DBQ (Azimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4230/2713-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)