Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 277-sonli “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4353-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining uchdan” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-avgust,
716-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 09/19/716/3636-son)