O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4143-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligini (keyingi o‘rinlarda transport va yo‘l xo‘jaligi deb ataladi) rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda normativ-huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlik o‘z faoliyatini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy tuzilmalar va tarkibiy tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, davlat tilida vazirlik va o‘zining nomi ko‘rsatilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, jumladan xorijiy valyutadagi hisobraqamlarga egadir.
9. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100128, Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi 3-uy.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
11. Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
1) transportning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashtirish va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalanish asosida birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;
2) transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;
3) xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish;
4) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-hususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
5) butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
6) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash;
7) transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;
8) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan jahon transport xizmatlari bozorida O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash;
9) transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish.
a) transportning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashtirish va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalanish asosida birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish sohasida:
transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish, transport sohasining samaradorligi va jozibadorligini oshirish, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
sohalar va hududlarning kompleks, istiqbolli va ilmiy asoslangan rejasini hisobga olgan holda, transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirishning transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi vazifalarni izchil va tizimli hal etishni ta’minlash bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘z ichiga olgan uzoq muddatli kelajakka mo‘ljallangan konsepsiyalarini ishlab chiqadi;
transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganishni tashkil etadi va o‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni hal etish, Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari o‘rtasida yo‘lovchilar va yuk oqimini optimallashtirish yo‘llarini izlash, milliy transport kommunikatsiyalari orqali xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni ta’minlaydi;
xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish, mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlari uchun xarajatlarini minimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini ta’minlaydi;
eksport hajmlarini oshirish va importni optimallashtirish bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish doirasida, transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarining eksport-import tartib-taomillari monitoringini amalga oshiradi;
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda shaxsiy tashabbusiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlarning texnik tartibga solish borasida ular faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi xalqaro transport yo‘laklaridan samarali foydalanish va yangilarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transport turlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari, rivojlantirish dasturlari, tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi faoliyatga oid boshqa hujjatlar loyihalarini kelishadi;
o‘z vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish samaradorligi xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi;
b) transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish sohasida:
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida transport xizmatlari bozorida sog‘lom raqobatbardosh muhitni shakllantirish va milliy kompaniyalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yagona tarif siyosatini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida transport sohasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda, aholi va tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlariga tariflarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari, konseptual yondashuvlarini belgilaydi;
tariflarni shakllantirish va qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani, jumladan, xalqaro qonunchilik va standartlar talablarini hisobga olgan holda takomillashtiradi;
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida tarif siyosati, stavkalar va yig‘imlar masalalarini tartibga solish, muvofiqlashtirish va kelishishda ishtirok etadi;
tashuvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda xalqaro tariflar bo‘yicha yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazish doirasida takliflarni ishlab chiqadi;
aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda havo makonidan foydalanuvchilar ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil tashuvlari yo‘nalishlarini tender bo‘yicha amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtiradi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(13-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
v) xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish sohasida:
tranzit salohiyatini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘tuvchi tranzit yo‘laklarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflarni tayyorlash yo‘li bilan yagona tranzit siyosatini amalga oshiradi;
logistika tizimi samaradorligini oshirish, logistika samaradorligining xalqaro reytinglarida O‘zbekiston Republikasining o‘rnini yaxshilash hamda tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlariga xarajatlarini minimallatirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
mavjud transport yo‘laklarini diversifikatsiyalash va istiqbollilarini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
g) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish sohasida:
tarmoqni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilagan holda, transport va yo‘l xo‘jaligining yaqin va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan Investitsion dasturlarni shakllantiradi va ular ijrosi holatini monitoring qiladi;
transport va yo‘l xo‘jaligi raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Transport va yo‘l xo‘jaligi investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va masalalarni ishlab chiqadi;
d) butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona axborot-kommunikatsiya siyosatini amalga oshiradi, transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish malalalari bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
e) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash sohasida:
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida zamon talablariga javob beradigan infratuzilmani yaratishga qaratilgan yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlari va qurilmalarini ishlab chiqarish sohasida texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiladi;
transport hamda yo‘l xo‘jaligini texnik jihatdan rivojlantirish, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik ishlarni amalga oshiradi;
j) transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
yo‘lovchilar, bagaj va yuk tashish qoidalariga rioya etish, yo‘lovchilar va yuk tashish xavfsizligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining zarur darajasini ta’minlash, yo‘lovchilar yo‘nalishlarida transport vositalarining bir maromda harakatlanishi, belgilangan harakat jadvali va oraliqlariga rioya etilishini tizimli nazorat qilishni tashkil etadi;
temir yo‘l transportida ichki va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar va yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni (litsenziya varaqalarini) beradi;
ruxsatnoma hujjatlari shartlari va litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar va ruxsatnoma hujjatlarining amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish choralarini ko‘radi;
kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kemalarni qurish, ulardan foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiradi;
kemalarga kema guvohnomalari va chiptalar, toifa guvohnomalari, suzishga yaroqlilik guvohnomalari va kemachilikni tartibga solish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;
avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlariga, shuningdek, temir yo‘l transporti tashkilotlari, markazlari va korxonalarida yangi lavozimga tayinlangan rahbarlar va mas’ul boshqaruv xodimlarigi qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini attestatsiyadan o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya hodisalari va fuqaro aviatsiyasi hamda eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va to‘qnashuvlarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarni texnik surishtiruv-tergov ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat hududidagi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya halokatlari hamda to‘qnashuvlarni, shuningdek, yo‘lovchilar poyezdlari tarkiblari bilan yuz bergan avariya va halokatlarni surishtiruv-tergov qilish ishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
tergov, shu jumladan transport korxonalari va tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ishlarining belgilangan muddatlarda va xolisona olib borilishini, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalar, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarning to‘g‘ri tasniflanishiga rioya etilishi va ularni hisobga olgan holda nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi hamda eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlarning oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
birinchi navbatda, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda FVDX deb ataladi), harbiy bo‘linmalarning qutqarish tuzilmalari, kuchlari va vositalari va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun yuklarni tashishni ta’minlaydi;
FVDX, avtotransport xizmati va avtoyo‘l xizmatlarining funksional kichik tizimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil va temir yo‘l transportida tranzit harakatlanayotgan xavfli va maxsus yuklarni tashishning eng qisqa masofasi tartibini belgilashda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarini rekonstruksiya qilish va ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflarini kelishishni amalga oshiradi;
z) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash sohasida:
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifoda etadi;
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha idoralararo xususiyatdagi xalqaro shartnomalarni tuzadi;
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalarni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda xorijdagi shunday tadbirlarda ishtirok etadi;
i) transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish sohasida:
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish siyosatini belgilaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan kadrlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi;
ixtisoslashtirilgan trenajerlar, turli ilovalarni keng qo‘llab, o‘quv jarayoniga masofaviy ta’limni faol jalb qilgan holda, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning, shu jumladan ommaviy kasblar, sayyor mashg‘ulotlarning bazaviy dasturlarini tasdiqlaydi;
ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan samarali hamkorligini, bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida transport ta’lim muassasalari va ish beruvchilarning sa’y-harakatlarini, jumladan, xususiy investitsiyalarni o‘quv jarayoniga jalb etgan holda birlashtirishni tashkil etadi;
transport logistikasi tizimi yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va rahbar kadrlarni tayyorlash, yo‘nalish tarmog‘i va yo‘lovchi oqimlarini modellashtirishning iqtisodiy-matematik usullarini qo‘llashni tashkil etadi;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etadi hamda ularning natijalarini ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirishni tashkil etadi;
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, ularning pedagog va ilmiy kadrlarini attetatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi fanlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim va ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish hamda nostrifikatsiya qilishda (ekvivalentligini belgilashda) ishtirok etadi.
15. Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar orqali bajaradi.
2) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;
3) Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining yig‘ilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish;
6) Vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
7) Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;
8) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta’minlash;
9) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
11) transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
12) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro xorijiy tadbirlarda Vazirlik vakillarining ishtirokini ta’minlash;
13) Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
14) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, nazoratdagi tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
15) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni o‘rganishni tashkil etish, transport va yo‘l xo‘jaligini yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;
16) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.
17. Vazirlik markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minotini amalga oshiradi;
2) Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlikning buyruq va normativ-huquqiy hujjatlari, hay’ati qarorlarining bajarilishini doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi;
3) Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi;
4) Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratini amalga oshiradi;
5) ichki va xalqaro yo‘llarda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi va berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi, joylarga borib litsenziya talablari va shartlarining litsenziatlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
51) avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro tashish faoliyatini litsenziyalashni, litsenziya/litsenziya varaqalari reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 51-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
8) temir yo‘l yo‘laklari, shuningdek, vagon va konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga mo‘ljallangan uskunalarni qurish va ta’mirlash loyihalarini kelishishni ta’minlaydi;
9) Vazirlik faoliyatini, shu jumladan qonun ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;
10) Vazirlik vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi;
11) Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydi;
13) Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ish faoliyatiga zamonaviy uslublarni joriy etishni ta’minlaydi;
14) Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
15) O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan ishlarni amalga oshiradi.
18. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) tashuvlar, transport obyektlari xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash yuzasidan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va mavjudlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda boshqaruv organlari va xo‘jalik subyektlari tomonidan ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
2) mavjud xalqaro yo‘laklardan samarali foydalanish va yangilarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
3) transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar va konsepsiyalarni, shuningdek, xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) tegishliligi bo‘yicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;
(19-bandning “4” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5) avtotashuvlar, avtovokzal, avtostansiyalar faoliyatini boshqarish va dispetcherlik nazoratini o‘rnatishni tashkil etadi;
(19-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
6) mahalliy davlat hokimiyati organlari va aholining transport va yo‘l xo‘jaligi faoliyatiga tegishli takliflarini ko‘rib chiqadi, ularni umumlashtirgan holda, Vazirlik markaziy apparatiga taqdim etadi;
7) yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini xatlovdan o‘tkazadi, Vazirlik markaziy apparatiga to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan takliflar kiritadi;
8) sanoat korxonalari harakatlanuvchi tarkibining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsatnomalar berishni belgilangan tartibda ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
9) avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchilar tashishlarni litsenziyalashni, litsenziya/litsenziya varaqalari reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
(19-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
10) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasidan yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilganligini, Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qiladi.
(19-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
21. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
2) Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
3) yuridik shaxs huquqlarida yo‘lovchilar va/yoki yuk tashish, transport-logistika faoliyati, infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni tashkil etish, shuningdek, Vazirlik tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarni belgilangan tartibda birlashtirish va tugatish (davlat boshqaruvi organlari bundan mustasno);
4) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish;
5) davlat organlariga transport va yo‘l xo‘jaligidan foydalanish qoidalarini buzishda aybdor shaxslarni qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
7) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda bepul so‘rash va olish;
8) O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida va transport infratuzilmasi obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha nazoratni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasidan yozma va/yoki elektron shaklda zarur ma’lumotlarni bepul so‘rash va olish, o‘z vakolati doirasida mazkur ta’kidlangan tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazasidan erkin belgilangan tartibda foydalanish;
9) statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni bepul so‘rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
11) Vazirlik va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida bir tarkibiy tuzilmadan boshqasiga qonunchilikda belgilangan tartibda, bepul foydalanish huquqi bilan o‘tkazib berish;
12) qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan budjetdan tashqari moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalarini tashkil etish, markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar xodimlarini ular tomonidan Vazirlik faoliyatini baholash mezonlari va ishchi o‘lchovlarining bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
13) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, banklarda hisobraqamlar ochish;
14) Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan takliflarni muhokama etish uchun kiritish;
15) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda xalqaro shartnomalarni tuzish;
16) xalqaro darajada transport va yo‘l xo‘jaligi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;
17) o‘z vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
18) transport va yo‘l xo‘jaligini yaxshilash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va milliy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish;
19) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi transport tashkilotlarining vakolatxonalari va xorijiy muassasalaridan muntazam ravishda transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy materiallar, hisobotlar hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan transport hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan takliflarni so‘rash va olish;
20) davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va o‘quv muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini va ekspertlarni shartnoma asosida maslahatchi sifatida jalb etish;
21) yuqori malakali va malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini xorijiy valyutada belgilash.
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
2) Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishga erishishni ta’minlash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati va yakuniy natijalari;
4) transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uldir.
24. Vazirlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini so‘rash va olish;
2) zarur hollarda, Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillarini jalb etish, ushbu maqsadlarda ekspert va ishchi guruhlarni tuzish;
3) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlik, shuningdek uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi doirasida ularning faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
4) Vazirlikning markaziy apparati boshqarmalari va xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq tashkil etishda bevosita ishtirok etish;
5) Vazirlikning tarkibiy tashkilotlari va muassasalarining boshqarmalari faoliyatiga tegishli masalalarni o‘rganishni tashkil etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
6) Vazirlik tizimida buxgalterlik hisobini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuritish tashkil etilishini ta’minlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalterlik hisobi yuritilishini nazorat qilish;
7) xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanganligini, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilib borish;
8) transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini sifatli o‘rganish va monitoring qilishni tashkil etish uchun komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlarni tuzish;
9) vazirliklar, idoralar, o‘quv va boshqa muassasalarning olimlari, yuqori malakali mutaxassislarini transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida ilmiy va ekspert ishlar, maslahatlarni o‘tkazish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tarkibiga kiruvchi o‘quv muassasalarida dars berish va mahorat saboqlari o‘tkazish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida taklif etish.
1) Vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining ishini tashkil etish;
3) Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanish sifati;
4) O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun mas’uldir.
27. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan ular vakolatiga tegishli masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda bepul so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish.
28. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari:
1) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda viloyatlar va Toshkent shahrida yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar va takliflar, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlar loyihalarining sifati, ularni amalga oshirish yakuniy natijalari;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tayyorlash;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uldir.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan transport va yo‘l xo‘jaligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlarida ishtirok etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish;
7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilishda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
8) Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning ijrosi holatini nazorat qilish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
10) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;
12) faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Vazirlikda ishlab chiqish, Vazirlik rahbariyati huzurida himoya qilish, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish va qayta ishlashda ishtirok etish;
13) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
14) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishish (viza qo‘yish);
15) Vazirlikning qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish faoliyatini “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish;
16) Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tegishli qarorlar qabul qilish;
17) Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
18) o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilish, Vazirlikning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
19) Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmaslik maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
20) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
21) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
22) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy etishni ta’minlash;
23) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi, sifatini, shu jumladan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda “yagona darcha” prinsipini joriy etish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan oshirish;
24) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
26) davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;
27) Vazirlik markaziy apparati shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari nizomlarini hamda idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;
29) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
30) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
31) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish choralarini ko‘rish;
32) O‘zbekiston Respublikasining imidji va transport brendini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni tatbiq etish borasida yagona siyosatni amalga oshirish;
33) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
7) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) Vazirga mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viz qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda, o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Vazir topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
10) Vazirlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
11) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlikning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
13) Vazirlik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirga kiritish;
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional mas’uliyatlari va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
15) Vazirlik xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
17) Vazirga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
20) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
21) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasida normativ-huquqiy va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
22) texnik jihatdan tartibga solish borasida normativ hujjatlarning davlat jamg‘armasini shakllantirishda ishtirok etish;
23) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
24) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
25) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quv darajasi va sifatini tubdan oshirishga ko‘maklashish, kadrlarni, shu jumladan xorijdagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalarida va ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
26) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini xodimlarning belgilangan cheklangan soni, shuningdek, markaziy apparat xarajatlar smetasi asosida tasdiqlaydi.
31. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, mazkur bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash;
3) o‘z vakolati doirasida Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) prognoz ko‘rsatkichlarni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlashning kompleks amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
6) Hay’at qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
10) Vazirlik rahbariyatiga tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
15) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
17) Vazirlikka davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
20) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
21) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etish;
22) tarkibiy bo‘linmalar vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni Vazirlik rahbariyati uchun tayyorlash;
23) Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
32. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari va Vazirlik buyruqlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosini ta’minlash;
3) hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlashning kompleks amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish, hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
5) Vazirlik Hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish;
7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmalarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash;
8) Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular ijrosi holatini nazorat qilib borish;
9) Vazirlikning hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil etish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Vazirlik apparati nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;
11) hududiy bo‘linmalar xodimlari, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
12) hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
13) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy bo‘linmalar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
14) prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga hududiy bo‘linmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
15) hududiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
16) hududiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga doir, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
17) Vazirlikning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
20) hududiy bo‘linmalar xodimlariga mukofot pullarini, lavozim maoshiga qo‘shimchalar, moddiy yordam pulini to‘lash, mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
21) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash.
3) mazkur Nizomning 29-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) mazkur Nizomning 30-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
2) Vazirlik markaziy apparatining mazkur Nizom 26-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
36. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlari:
2) Vazirlik hududiy bo‘linmalarining mazkur Nizom 28-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.
37. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.
40. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari moddiy ta’minot, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga tenglashtiriladi.
41. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa vazirning tegishli buyrug‘iga asosan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri va uning o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Vazir bilan kelishilgan holda;
2) viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Vazir bilan kelishilgan holda;
3) Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining rektori Vazir tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
4) Vazirlik tarkibiga kiradigan ilmiy-tadqiqot va o‘quv muassasalari rahbarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirlik markaziy apparatining boshqa xodimlari belgilangan tartibda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlari o‘z maqomiga ko‘ra, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
43. Vazirlik markaziy apparatining o‘z hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ta’minlaydi.
44. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda:
1) topshiriqlarni hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
2) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga bevosita tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rov jo‘natadi va ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
3) Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va o‘rganadi, amaliyotini umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
4) Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining tashkil etilishi va natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
5) Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
6) Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan kelgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ular tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
45. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga ma’lumot taqdim etadi;
3) ular faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf etilganligi natijalari haqida axborot beradi;
4) Vazirlik markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatda o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
5) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik natijalari haqida axborot beradi;
46. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi jarayoni davomida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazir topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqilgandan so‘ng ham kelishmovchiliklar hal bo‘lmagan taqdirda, ular bo‘yicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
47. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
48. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qiladi.
49. Vazirlik faoliyati Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy tuzilmalari tomonidan nazorat qilinadi.
50. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha) hamda faoliyatning asosiy yo‘nalishlarida mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari tarkibidan iborat hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Vazir taqdimnomasi bo‘yicha tasdiqlanadi.
1) Vazirlikning mazkur Nizom bilan belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalar bilan yuklangan vazifalarning Vazirlik tizimidagi rahbarlar va xodimlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda, tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli eshitib borish;
3) Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish holatining natijadorligini har chorakda va tizimli muhokama qilib borish;
4) Vazirlik faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasini joylarda ta’minlagan holda, hay’atning kengaytirilgan sayyor yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil etish hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
5) Vazirlikning markaziy apparati nomenklaturasiga va tizimiga kiruvchi lavozimlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
6) Vazirlikning markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at, shuningdek, Vazirlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega.
52. Hay’at yig‘ilishiga Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxasislari taklif etilishi mumkin.
53. Hay’at, agar uning yig‘ilishida a’zolarning yarmidan ko‘pi ishtirok etgan taqdirda, haqiqiy deb hisoblanadi. Muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
55. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazir axborot beradi va mustaqil qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini ma’lum qilishlari mumkin.
58. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
1) Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
2) Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
60. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
61. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub davlat boshqaruvi organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
62. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, rag‘batlantirishlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlik, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi.
Vazirlik Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlariga, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori bilan Vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari ta’minoti uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdori o‘rtasida yuzaga keladigan tafovut hisobiga 2 barobargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llashga haqli.
Vazirlik markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlari (davlat boshqaruvi organlari) xodimlariga Davlat budjeti hisobidan ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lanadi: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4.
Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ish haqi fondiga nisbatan 200 foizgacha miqdorda amalga oshiriladi.
Vazirlik hududiy boshqarmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tadbiq etiladi.
63. Boshqaruv apparati xodimlari sonining qisqartirilishi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi sababli bo‘shaydigan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi mablag‘lari Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
64. Vazirlik tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarni moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish idoraviy mansub tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatidan tushadigan tushumlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
65. Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transporti korxonalari xodimlarining ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqi va imtiyozlari, shuningdek, xizmat safarlari davomida doimiy ravishda, ta’til davrida — bir yilda bir marta avtomobil, temir yo‘l, havo transportidan imtiyozli foydalanish tadbiq etiladi.
66. Vazirlik xodimlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ular hayotining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlik tomonidan belgilangan tartib asosida turar-joy va respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini harid qilish uchun kreditlarni rasmiylashtirishda dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun foizsiz qarzlar berish huquqiga ega.
Foizsiz qarzlar Vazirlik hay’ati qarori asosida Vazirlik va xodim o‘rtasida qarz shartnomasini tuzish va qarzni qaytarish jadvalini tasdiqlash yo‘li bilan beriladi. Turar-joy harid qilish uchun dastlabki to‘lovlarga kredit taqdim etish muddati 10 yilni, avtotransport vositalari xaridi uchun 5 yilni tashkil etadi.
Qarz uchinchi shaxs kafilligi asosida taqdim etiladi, kafillik shartnomasining notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi. Qarz tasdiqlangan jadval asosida to‘lanmagan taqdirda, to‘lov miqdori qarz shartnomasi shartlariga muvofiq belgilangan tartibda undiriladi.
Xodimning Vazirlik tizimidagi mehnat faoliyati to‘xtatilgan taqdirda, qarzning to‘lanmagan miqdori bir oy muddatda Vazirlikka qaytarilishi shart.
67. Vazirlik xodimlariga ish haqini va rag‘batlantirishlarni to‘lash shartlari Vazirlik, uning hududiy hamda idoraviy mansub bo‘linmalari xodimlariga ish haqi va qo‘shimcha rag‘batlantirishni to‘lash tartibi bilan belgilanadi.
68. Vazirlik rahbarlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
69. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Vazirlik rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligini holisona baholaydi.
70. Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra, Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha jazo qo‘llaniladi.