28.12.2016 yildagi PF-4904-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo‘lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yo‘l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar tuzilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan buyon — Xalq qabulxonalari) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (bundan buyon — Virtual qabulxona).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon — murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
(2-bandning uchini xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PF-5035-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalarining boshqaruv xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilayotgan Xalq qabulxonalari faoliyatini tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining boshqa xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki haftalik muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining tuzilmasi, Nizomi va shtatlar jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilayotgan Xalq qabulxonalarining namunaviy tuzilmalari va namunaviy nizomlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etiladigan qabullarini muntazam o‘tkazib borsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga murojaatlar bilan ishlashga oid, shu jumladan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona tomonidan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlashga oid o‘z hisobotini taqdim etib borsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan javobgarlik xususida qat’iy ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4904-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 5-modda)