01.03.2018 yildagi PQ-3578-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tgan vaqt mobaynida respublikada yer qa’ridan foydalanish samaradorligini oshirish va uni muhofaza qilish, mineral-xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan bir qator kompleks chora-tadbirlar maqsadli amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qa’rini kompleks geologik o‘rganish, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlarini samarali amalga oshirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha yagona geologiya xizmati tashkil qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ishlarning amaldagi holatini o‘rganish ushbu sohada foydali qazilmalar zaxiralarini ko‘paytirish va oqilona foydalanishni ta’minlashga, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, aynan bir funksiyalar boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi tufayli yer qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida geologiya tashkilotlari vakolatlarini amalga oshirishning aniq mexanizmi mavjud emas, buning natijasida konlarni qazib olishda foydali qazilmalarning makonda joylashish omillari va ularni kelgusida aniqlanish istiqbollari hisobga olinmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, geologiya tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi foydali qazilmalarni qazib olish obyektlari to‘liq qamrab olinishini va mineral-xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish ustidan nazoratni samarali amalga oshirish uchun mavjud resurslarni jalb qilish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida ish uchastkalari va faoliyat yo‘nalishlari aniqlashtirilmagan, bu esa vazifalar nooqilona taqsimlanishiga va bir-birini takrorlovchi funksiyalar amalga oshirilishiga sabab bo‘lmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari geologiya tashkilotlari faoliyatiga yetarlicha joriy etilmasligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaffoflik va tezkorlikning yetarli darajasini, yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish masalalari bo‘yicha samarali idoralararo hamkorlikni ta’minlamayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, geologiya tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish va ularni moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tizimi darajasi pastligi halol va yuqori malakali xodimlarni jalb qilishga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa o‘z navbatida geologiya-qidiruv ishlarining sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona geologiya tizimini tashkil qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga har tomonlama ko‘maklashish, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining shaffofligini maksimal ta’minlash, yer qa’ridan oqilona foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi), Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — “Sanoatgeokontexnazorat” DI) yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga topshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzurida xodimlarning umumiy soni 100 nafar bo‘lgan Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) va uning hududiy inspeksiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4401-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 07/19/4401/3470-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olishda, mineral-xom ashyoni qayta ishlashda muhofaza qilish, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik bilan ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qaror va xulosalari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlash va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, Inspeksiya budjet tashkiloti hisoblanadi va uning ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yer qa’ridan foydalanish sohasida belgilangan talablar buzilganligi uchun undiriladigan jarimalardan tushadigan moliyaviy tushumlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyati ustidan nazorat qilish inspeksiyasining nizomini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar bo‘yicha davlat komissiyasi tugatilsin, Davlat geologiya qo‘mitasi huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini to‘liq va kompleks qazib olishning talablariga mos keluvchi foydali qazilmalar zaxiralarini aniq hisoblash uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta’minlovchi barcha turdagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologik materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni tasniflash va zaxiralarini hisoblash, ularni geologik-iqtisodiy baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlashning maqbul prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti suvlari qismi bo‘yicha suvdan maxsus va ehtiyoj yuzasidan foydalanish uchun ruxsatnoma belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologik stansiyalari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan konchilik ishlarini rivojlantirish rejalarini belgilangan tartibda kelishish, shuningdek, ularni qazib olish hajmlari to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni qabul qilish va ularni keyinchalik Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondiga yuborish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalar bo‘yicha — Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ruxsatnomalarni olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi — yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi — respublikaning mineral-xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, birinchi navbatda, yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranni, yangi turdagi mineral xom ashyoni va ularning konlarini tezkor qidirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, joylarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaxiralari ko‘paytirishni hamda iqtisodiyot sohalarining mineral xom ashyo bazasini qayta to‘ldirishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi — foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiyaviy muhitni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda, respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan sanoat sohalarining xom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi — mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish uzoq muddatli, o‘rta muddatli va yillik davlat dasturlarining amalga oshirilishi monitoringini olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasi, hajmi, sifati va natijalarining ishonchliligini xolis baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi — yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olishda, mineral-xom ashyoni qayta ishlashda muhofaza qilish, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik bilan ta’minlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi — zamonaviy yuqori unumli geologiya-qidiruv uskunalarini jadal sur’atlarda joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya sohasini modernizatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘qqizinchi — geologiya sohasi uchun yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, geologiya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatida quyidagi bo‘linmalar tashkil etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish bosh boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya sohasida davlat xizmatlari boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va innovatsiyalar boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnika siyosati boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar zaxiralari bo‘limi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat va ijro intizomi bo‘limi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaatlar bilan ishlash bo‘limi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik va ommaviy-axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati ta’minoti uning tasarrufidagi tashkilotlarning ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida maslahatchi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, zarur bo‘lgan holatlarda xalqaro tashkilotlardan, chet el kompaniyalaridan ekspert-maslahatchilarni va tajribali mutaxassis-amaliyotchilarni jalb qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat geologiya qo‘mitasi Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati va uning tasarrufidagi tashkilotlarni zarur nazariy bilim va amaliyot ko‘nikmalariga, qo‘mitaga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan darajada yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ma’lumotlar bilan almashish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasining ma’lumotlar bazasini vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar tizimi bilan yagona idoralararo elektron aloqa tizimiga birlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Davlat geologiya qo‘mitasining ma’lumotlar bazasini birlashtirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun qo‘shimcha to‘lovlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasining respublikaning tegishli hududlarida joylashgan idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari uchun ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarini to‘lashning cheklangan miqdori O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,11 baravarini tashkil etadi;
(16-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari ish haqiga koeffitsiyent belgilanishi bilan bog‘liq xarajatlar Mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish yillik davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan ishlar tannarxiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki hafta muddatda Davlat geologiya qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga va shtat jadvallariga ushbu qarorga muvofiq o‘zgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash”, “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qa’ridan foydalanish sohasida, shuningdek, ushbu sohada faol investitsiyaviy siyosatni olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda Davlat geologiya qo‘mitasi, uning tasarrufidagi tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli va mas’uliyatini oshirishni hisobga olgan holda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 16-bandi ikkinchi xatboshidagi talablardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-iyuldagi 494-son qaroriga 1-ilovaning 5-bo‘limiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan muddatda o‘zi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 13-sentabrdagi PQ-2589-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish har yillik davlat dasturlari doirasida Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, xo‘jalik faoliyatidan tushumlar, xalqaro tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar X.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutini moliyalashtirish manbai hisoblanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3578-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va asosiy vazifalari bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Korxonalar nomi

Qayta tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar

Yakunlash sanasi

Qayta tashkil etilgandan keyingi asosiy vazifalari

1.

“Markaziy O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspeditsiyasi” DK

Yangidan tashkil etiladigan “Regional geologik tasvirlash izlash ekspeditsiyasi” DK tarkibiga qo‘shilish orqali qayta tashkil etiladi

2018-yil
1-avgust

Respublikaning barcha hududlarida o‘rta va yirik masshtabda regional geologik, geologiya xaritalash va chuqur geologik xaritalash bo‘yicha kompleks o‘rganish ishlarini olib borish

2.

“Sharqiy O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspeditsiyasi” DK

3.

“Qoraqalpoq geologik tasvirlash izlash ekspeditsiyasi” DK

4.

“Ko‘kpatas geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” DK

Yangidan tashkil etiladigan “Qizilqumgeologiya” DK tarkibiga qo‘shilish orqali qayta tashkil etiladi

2018-yil
1-iyul

Bo‘kantov, Ovminzatov, Quljuqtov, Tomditov va Aristantov tog‘larida mufassal geologiya-qidiruv ishlarini olib borish

5.

“Dovg‘iztov geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” DK

6.

“Qizilqum geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” DK

7.

“Zarafshon geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” DK

Nomi “Samarqandgeologiya” DKga o‘zgartiriladi

2018-yil
15-aprel

Shimoliy va Janubiy Nurota, Ziyovuddin-Zirabuloq tog‘larida mufassal geologiya-qidiruv ishlarini olib borish

8.

“Janubiy-O‘zbekiston geologik tasvirlash izlash ekspeditsiyasi” DK

Yangidan tashkil etiladigan “Hisorgeologiya” DK tarkibiga qo‘shilish orqali qayta tashkil etiladi

2018-yil
1-iyul

Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida mufassal geologiya-qidiruv ishlarini olib borish

9.

“Xondiza geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” DK

10.

“Sharqiy Qurama geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” DK

Nomi “Toshkentgeologiya” DKga o‘zgartiriladi

2018-yil
15-aprel

Chotqol-Qurama tog‘larida mufassal geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.

11.

“Kompleks geologik tasvirlash izlash ekspeditsiyasi” DK

Nomi “Urankamyobmetgeologiya” DKga o‘zgartiriladi

2018-yil
15-aprel

Respublikaning barcha hududlarida uran, kamyob metallar va kamyob yer elementlariga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish

12.

““Gidromineral resurslar geologiyasi” IICHM” DK

Yangidan tashkil etiladigan “O‘zbekgidrogeologiya” DK tarkibiga qo‘shilish orqali qayta tashkil etiladi

2018-yil
1-avgust

Respublikaning barcha hududlarida yer osti suvlari zaxiralarini ko‘paytirish va ularni monitoringini ta’minlash hamda gidrogeologik va geoekologik ishlarni olib borish

13.

“G‘arbiy O‘zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” DK

14.

“Orolbo‘yi gidrogeologiya ekspeditsiyasi” DK

15.

“Farg‘ona gidrogeologiya ekspeditsiyasi” DK

16.

“Yerni masofadan zondlash va GIS-texnologiyalari” DK

“Mineral resurslar instituti” DKga qo‘shiladi

2018-yil
15-iyul

Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasida amaliy ilmiy-tadqiqot, malakaviy-konstruktorlik, laboratoriya va texnologik izlanishlarni, shuningdek geologiya-qidiruv ishlarini ilmiy-uslubiy yo‘l bilan rivojlantirish

17.

“Ingichka tajriba-texnologiya ekspeditsiyasi” DK

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 07/19/4522/4031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga
7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “Ma’danli foydali qazilmalarini sanoatda o‘zlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot va loyiha-izlash ishlarini olib borishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3145-sonli qarori 4-bandining birinchi xatboshi va 7-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek, 1- va 2-ilovalari.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/0843-son, 24.07.2019-y., 07/19/4401/3470-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son, 19.11.2019-y., 07/19/4522/4031-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 01.07.2020-y., 07/20/4766/1008-son; 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)