O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullangan
1-modda. Aprel oyining birinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-dekabr,
O‘RQ-509-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 03/18/509/2374-son)