Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2018 13.07.2017 yildagi 494-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari uzluksiz ish stajlari uchun (uzoq muddat ishlaganlik) har oylik ustama olish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlashga moʻljallangan budjet mablagʻlari hamda “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJning ajratmalari miqdorlari Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlash har yilgi dasturlarda nazarda tutilgan togʻ-kon burgʻulash ishlarining fizik hajmlarini bajarish va foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirish chorak prognoz parametrlarining bajarilishiga koʻra har oyda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2017-yilning ikkinchi yarim yilligida mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun ustamalar toʻlashni moliyalashtirish 2017-yilgi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturida tasdiqlangan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun har oylik ustamalarni toʻlash ehtiyojining 15 foiz ulushi — budjet mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ehtiyojning 67 foizi va 18 foizini tashkil etgan ulushlar — tegishli ravishda “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi, ushbu mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Xarajatlar tarkibi (ishlar, xizmatlar) va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1.1.4-bandiga muvofiq ishlab chiqarishga oid moddiy xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 13-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
494-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek kon munosabatlarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati va unga idoraviy mansub tashkilotlar Davlat geologiya qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat geologiya qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat geologiya qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatini saqlab turish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, idoraviy mansub tashkilotlarning ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati Toshkent shahri, T.Shevchenko koʻchasi, 11-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat geologiya qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning mineral xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xomashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasini oʻsishini taʼminlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini qayta toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalar konlari sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun berilishini tezlashtirish hisobiga faol investitsiya siyosatini yuritish, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda ulardan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarining xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini taʼminlash, yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasini oʻrganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy yuqori samarali geologiya-qidiruv va laboratoriya asbob-uskunalarini jadal joriy etish hisobiga geologiya tarmogʻini modernizatsiya qilish choralarini samarali amalga oshirish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarning kasb mahoratini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish, mehnatni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini joriy qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yuklangan vazifalarga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlarining geologik oʻrganilganligi va iqtisodiyot tarmoqlarining foydali qazilmalar bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi va uning asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mineral-xomashyo bazasidan foydalanish strategiyasi, qayta toʻldirish surʼatlari, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, oqilona va kompleks tarzda foydalanish hamda buning uchun zarur boʻlgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini, yer qaʼrini geologik oʻrganish va muhofaza qilish boʻyicha xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat hisobiga olishni, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk egasining mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlarga huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va yer qaʼridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan foydali qazilmalarning barcha turlari boʻyicha yer qaʼri haqidagi barcha geologik va boshqa maʼlumotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini bajarishga loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi va taʼminlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlarning davlat fondini, toshlarga oid geologik materiallarning davlat fondini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konlar va foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan yer qaʼri uchastkalari davlat reyestrini (oʻz vakolati doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar namoyon boʻlishi va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrini (yer osti suvlari), tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar namoyon boʻlgan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek qoʻriqlanayotgan tabiiy hududlarning davlat kadastri boʻyicha chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanishi zonalari boʻyicha maʼlumotlarni tuzadi va taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda yer osti suvlari monitoringini ham oʻz ichiga olgan yer qaʼri davlat monitoringini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish zarur tarzda nazorat qilinishini va hisobga olinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshni davlatlarning geologik xizmatlari bilan birgalikda transchegaraviy hududlar doirasida radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish oʻchoqlarini aniqlash va oʻrganishni amalga oshiradi, qoʻshni hududlarning ekologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻta xavfli zonalarni va uchastkalarni aks ettirgan holda geologik xarita va atlaslar tuzadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish va hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar taʼsiri tarqalishidan himoya qilish sxemasini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geologik va mineralogik obyektlar muhofazasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va xoʻjalik qurilishlari obyektlarini istiqbolli joylashtirish uchun muhandislik-geologik, gidrogeologik va ekologik-geologik asoslarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan yirik sanoat va qishloq xoʻjaligi obyektlarining atrof muhitga taʼsirini baholash ishlarida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilayotgan bino va inshootlar ostida foydali qazilmalar mavjud emasligi haqida xulosalar berilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga jalb qilinmagan konlar (keng tarqalgan foydali qazilma konlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imoratlar qurish, shuningdek ular joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirish imkoniyatlarini kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi haqida takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub tashkilotlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika mineral-xomashyo bazasining holati haqidagi axborot tizimi mavjud boʻlishi va uning rivojlanishini taʼminlaydi, yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) respublika mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyoning yangi turlarini va ularning konlarini jadal izlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishgan holda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq davrga) va oʻrtacha muddatli (5 yilgacha davrga) davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi boʻyicha (uglevodorodlardan tashqari) davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub tashkilotlar oʻrtasida mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun davlat buyurtmalarini joylashtiradi, ularning bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJning mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni loyihalash va olib borish sohasida oʻz vakolatlari doirasida meʼyorlar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida idoraviy mansub tashkilotlarning geologik oʻrganish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqining yuzaga kelishiga asos boʻlib hisoblanuvchi yer qaʼrini geologik oʻrganishga oid loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli geologik jarayonlar (koʻchkilar, qulashlar, choʻkishlar, suffoziya, karst)ni oʻrganish, shuningdek ularning togʻli tumanlarda hosil boʻlishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlarining shoʻrlanishiga va choʻllanishiga taʼsir koʻrsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni oʻrganish ishlarini oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi oʻsishni taʼminlash va joylarda yangi sanoat quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini qayta toʻldirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, noyob, kamyob metallar va uran konlarini, shuningdek boshqa turdagi foydali qazilma konlarini aniqlashga istiqbolli boʻlgan hududlarni belgilaydi va joylarda sanoatni rivojlantirish uchun ushbu hududlarda geologiya-qidiruv ishlarining ustuvor rivojlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavzuli va tajriba-konstruktorlik ishlarini, maʼdan va togʻ jinslarini texnologik tadqiq qilish, shuningdek yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini hamda fundamental va amaliy fanlarning ilgʻor yutuqlari asosida mineral-xomashyodan foydalanishni asoslab beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) foydali qazilmalar konlari sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun berilishini tezlashtirish hisobiga faol investitsiya siyosatini yuritish, ulardan shu jumladan xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib boradi va ularga yer qaʼridan foydalanish huquqini berish boʻyicha (oʻz vakolatlari doirasida) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar oʻtkazadi, Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologik xizmatlari bilan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda aʼzoligidan kelib chiquvchi majburiyatlari bajarilishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish va foydalanish, konchilik munosabatlarini boshqarish, mineral-xomashyo salohiyatini rivojlantirish va qayta toʻldirish sohasidagi xalqaro shartnomalarda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-xomashyo bazasini qayta toʻldirish) xarajatlar oʻrnini toʻldirish stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va kreditlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish (nomaʼdan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar, shuningdek chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadidagi yer osti inshootlaridan foydalanish bundan mustasno), qoʻriqlanadigan geologik obyektlarni barpo qilish va yarqiramatosh xomashyo namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash huquqini beruvchi litsenziyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub gidrogeologik tashkilotlar tomonidan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun gidrogeologik xulosalar oʻz vaqtida berilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma beradi va suvdan (yer osti suvlari) maxsus foydalanishi uchun ruxsatnoma idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz vaqtida kelishilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofazasi qilish davlat qoʻmitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” DI bilan birgalikda keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxatini belgilaydi va uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda materiallarni tayyorlaydi, yer qaʼridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ommaviy savdolarni tashkil qilish va oʻtkazishda qatnashadi, yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida yerdan foydalanuvchilar tomonidan yer qaʼridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalarda belgilangan shartlarga, yer qaʼrini geologik oʻrganishlarga doir ishlarni loyihalashtirish sohasidagi meʼyorlar va qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarining xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimli asosda mineral-xomashyodan foydalanishning umumjahon tendensiyalarini va ular asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning qayta ishlab chiqarish quvvatlari uzoq muddatli istiqbolda foydali qazilmalar zaxiralari va resurslari bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi va yangi turdagi mineral-xomashyolarni oʻzlashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xorijiy mamlakatlarda yangi turdagi mineral-xomashyodan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni respublikada mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning qayta ishlovchi tarmoqlari xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini taʼminlash, yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasini oʻrganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan asosiy turdagi foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmalari va respublika mineral-xomashyo bazasini (uglevodorodlardan tashqari) shakllantirish, mustahkamlash va kengaytirishga doir geologik vazifalar va respublika hududini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning davlat dasturlari amalga oshirilishi, foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasi bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi va nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida geologiya-ekologiya va gidrogeologiya-meliorativ tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir olib boriladigan ishlarga ajratiladigan moliyaviy mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) zamonaviy yuqori samarali geologiya-qidiruv va laboratoriya asbob-uskunalarini jadal joriy etish hisobiga geologiya tarmogʻini modernizatsiya qilish choralarini samarali amalga oshirish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlariga zamonaviy usullar, ilmtalab texnologiyalar va uskunalar tatbiq etilishini tizimli asosda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasiga idoraviy mansub tashkilotlarni asosiy vositalarni, ularning balansiga topshirish yoʻli bilan modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy kon-burgʻulash, geologik-geofizik va laboratoriya-tahliliy uskunalardan foydalanish samaradorligini tahlil qiladi va ularni samarali qoʻllash boʻyicha idoraviy mansub tashkilotlarga metodik yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) kadrlarning kasb mahoratini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish, mehnatni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini joriy qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekstremal sharoitlarda (suvsizlik, yuqori togʻli, yer osti va boshqalar) ish olib borish uchun qoʻshimcha toʻlovlar miqdorining belgilanishini asoslab beradi va takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli ravishda olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat geologiya qoʻmitasi unga yuklangan vazifalarni hal etadi va oʻzining funksiyalarini bevosita va idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat geologiya qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat geologiya qoʻmitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini geologik materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga va fuqarolarga yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish doirasidagi qoida buzilishlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yer qaʼridan foydalanish huquqini chegaralash, toʻxtatib turish va toʻxtatish haqida qaror chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida qonun hujjatlari talablari bajarilmaganligi yoki yetarlicha bajarilmaganligi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish masalalari boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda imzolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarini tajriba orttirish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish, biznes-forumlar va boshqalarda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida chet ellik yetakchi mutaxassislarni Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda ishlash uchun shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning vazirliklari (idoralari), xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, chet el firmalari va kompaniyalari bilan, shuningdek xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa boʻyicha kengashlar va videokonferensiyalar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida hukumatlararo qoʻmitalar, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha kengashlar va komissiyalar ishida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun geologiya sohasi olimlari va mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish, boshqa vazirliklar va idoralardan mutaxassislar va ekspertlarni ushbu ishga shartnomalar asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat budjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarni shartnomalar asosida belgilangan tartibda realizatsiya qilish (berish, ayirboshlash, sotish).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vakolati doirasida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat geologiya qoʻmitasi va uning mansabdor shaxslari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosarlarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining va idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat boʻlganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ustavlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasiga idoraviy mansub tashkilotlarni qayta tashkil qilish yoki tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qiladi, tarmoq xodimlarini belgilangan tartibda koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan mukofotlaydi, Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan mukofotlashga tavsiya qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif setkasi boʻyicha) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va idoraviy mansub tashkilotlarda ustamalarni tayinlash tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini, Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi va idoraviy mansub tashkilotlarning mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlashga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro qilish, elektron hujjat aylanishi tizimini keng joriy qilish va samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslardan tushuvchi murojaatlar boʻyicha ularni koʻrib chiqish natijalarini hisobga olgan holda maʼlumotlar bazasini shakllantirishga oid ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat geologiya qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hayʼat tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizom bilan belgilangan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish, yer qaʼrini geologik oʻrganish va yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek konchilik munosabatlarini boshqarish, mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishni boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, konchilik munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, foydali qazilmalar konlarini izlash va qidirish ishlari samaradorligi oshirilishini taʼminlovchi geologiya-qidiruv ishlarini, shuningdek prognozlashtirishning ilgʻor usullaridan foydalangan holda yer qaʼri toʻgʻrisida geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, tayinlash, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijro intizomini mustahkamlash, ular oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hayʼat yigʻilishlariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning rahbarlari ham taklif qilinishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat yigʻilishida hayʼat aʼzolari tarkibining yarmidan ortigʻi ishtirok etgan taqdirda hayʼat vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat qarorlari Davlat geologiya qoʻmitasining qarorlari va raisning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi va yuzaga kelgan kelishmovchilik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini maʼlum qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼatning faoliyat yuritish tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Eng muhim yoʻnalishlarni, ish natijalarini va yer qaʼrini geologik oʻrganish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida ilmiy-texnik kengash tuziladi. Ilmiy-texnik kengash tarkibi va u toʻgʻrisidagi nizom hayʼat tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar, qoʻshimcha haqlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlariga qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan va respublikaning tegishli tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq har oyda uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustama toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun toʻlanadigan ustamalar faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ish staji boʻyicha guruh

Uzluksiz staj uchun ustama miqdori

3 yildan 5 yilgacha

20%

5 yildan 10 yilgacha

35%

10 yildan 15 yilgacha

50%

15 yil va undan ortiq

60%

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlash (ishlab chiqarishda qatnashuvchi xodimlar) budjet mablagʻlari, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari toifalarining (ishlab chiqarishda qatnashuvchi xodimlar) roʻyxati ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmaydigan Davlat geologiya qoʻmitasi (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar), shu jumladan uning markaziy apparati xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlash Davlat geologiya qoʻmitasi olgan foyda va idoraviy mansub tashkilotlarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlashga moʻljallangan budjet mablagʻlari hamda “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJning ajratmalari Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yilgi dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddatli ishlaganlik) uchun ustamalarni toʻlash yillik dasturlarda nazarda tutilgan kon burgʻulash ishlarining fizik hajmlarini bajarish va foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi choraklik prognoz parametrlarining bajarilishiga koʻra har oyda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha geologiya-qidiruv, gidrogeologiya, ilmiy-tadqiqot ishlarini va mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning har yilgi davlat dasturlari doirasidagi boshqa ishlarni bajaruvchi xodimlarga uzluksiz ish staji uchun ustamalarni toʻlashga doir sarf-xarajatlar ishlar tannarxiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat geologiya qoʻmitasini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan xodimlari toifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida tegishli loyihalar (yoki ularning bir qismi)ni amalga oshirayotgan idoraviy mansub tashkilotlar direktorlari va direktorlar oʻrinbosarlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bosh geologlar, bosh geolog oʻrinbosarlari, barcha toifadagi geologlar, texnik-geologlar, geologiya mutaxassisligining barcha texniklari, gidrogeologlar, geodezistlar, geofiziklar, marksheyderlar, topograflar, paleontologlar, geokimyogarlar va barcha toifadagi kimyogarlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Partiyalar, boʻlimlar, shuʼbalar, otryadlar, uchastkalar va guruhlar boshliqlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh muhandislar, bosh muhandislar oʻrinbosarlari, barcha toifadagi muhandislar, bosh texnologlar va barcha toifadagi texnologlar, bosh geofiziklar va barcha toifadagi geofiziklar, bosh marksheyderlar va barcha toifadagi marksheyderlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh mutaxassislar va barcha toifadagi ilmiy xodimlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va buxgalteriya xizmatlari mutaxassislari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Burgʻulash ustalari, burgʻulash qurilmasi mashinistlari, mashinist yordamchilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kon ishlari ustalari, shaxta boshliqlari, kon ishchilari, yer osti ishlari ishchilari va geologiya-qidiruv ishlarining boshqa xizmatchilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Geologiya-qidiruv ishlarida qatnashuvchi ishchilar va transport vositalari haydovchilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Geologiya-qidiruv ishlarida bevosita qatnashuvchi boshqa mutaxassislar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 8-iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 6-son, 46- modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 34-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori) 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga ilovaning 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 10-son, 72-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasi)” 2016-yil 9-noyabrdagi 383-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 11-son, 101-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 664-modda)